scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Psoriaz kasalligi: sabablari, klinik ko'rinishlari, diagnostika va davolash usullari

Jo'raqobilov, Nodirbek Xurshid o'g'li; Islamov, Nurali Hikmatovich

Abstract

Psoriaz teri kasalliklari ichida tez-tez uchrab turadigan, surunkali qaytalanuvchi, multifaktorial tabiatga ega kasallikdir. Psoriaz epidermis hujayralarining giperproliferatsiyasi, keratinizatsiyasining buzilishi, dermada esa yallig'lanish reaktsiyasi va turli a'zolarda patologik jarayonlarning yuzaga kelishi bilan kechadi. Bu kasallik yillab davom etadi hamda retsidiv (qaytalanishi) va remissiya bilan almashinib turadi.

Full text

“ISSIQ IQLIM SHAROITIDA YUQUMLI KASALLIKLARNING O‘ZIGA XOS KECHISHI” 24 “ISSIQ IQLIM SHAROITIDA YUQUMLI KASALLIKLARNING O‘ZIGA XOS KECHISHI” TERMIZ - 2025 Foydalanilgan adabiyotlar: World Health Organization. Leishmaniasis Fact Sheet. 2023. Ridley DS, Marsden PD. A histological classification of cutaneous leishmaniasis and its significance. Trans R Soc Trop Med Hyg. 1974. O‘zbekiston SSV dermatologiya bo‘yicha klinik protokoli, 2022. Zulfiqorov A. Teri kasalliklari va ularning diagnostikasi. Toshkent, 2020. PSORIAZ KASALLIGI: SABABLARI, KLINIK KO‘RINISHLARI, DIAGNOSTIKA VA DAVOLASH USULLARI Jo’raqobilov Nodirbek Xurshid o’g’li Samarqand davlat tibbiyot universiteti Davolash fakul’teti 508-guruh talabasi O’zbekiston, Samarqand shaxar Amir Temur ko’chasi 18-uy Tel: +998 66 2330841 E-mail: [email protected] Ilmiy raxbar: Islamov Nurali Hikmatovich Samarqand davlat tibbiyot universiteti Dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi katta o’qituvchisi O’zbekiston, Samarqand shaxar Amir Temur ko’chasi 18-uy Tel: +998 66 2330841 E-mail: [email protected] Kirish: Psoriaz teri kasalliklari ichida tez-tez uchrab turadigan, surunkali qaytalanuvchi, multifaktorial tabiatga ega kasallikdir. Psoriaz epidermis hujayralarining giperproliferatsiyasi, keratinizatsiyasining buzilishi, dermada esa yallig'lanish reaktsiyasi va turli a'zolarda patologik jarayonlarning yuzaga kelishi bilan kechadi. Bu kasallik yillab davom etadi hamda retsidiv (qaytalanishi) va remissiya bilan almashinib turadi. Asosiy qism: 1. Psoriazning etiologiyasi (kelib chiqish sabablari): “ISSIQ IQLIM SHAROITIDA YUQUMLI KASALLIKLARNING O‘ZIGA XOS KECHISHI” 25 “ISSIQ IQLIM SHAROITIDA YUQUMLI KASALLIKLARNING O‘ZIGA XOS KECHISHI” TERMIZ - 2025 o Genetik moyillik (ota-onada bo‘lsa, bolalarda uchrash ehtimoli yuqori); o Immun tizimi faoliyatining buzilishi; o Psixologik stress, infeksiyalar, travmalar va dori vositalari (masalan, beta-blokatorlar, litiy). 2. Klinik ko‘rinishlari: o Eng ko‘p uchraydigan shakli — vulgor psoriaz (psoriasis vulgaris); o Teri yuzasida qizil, tangachali tugunchalar; o Tirsak, tizza, bosh terisi, bel sohalarida ko‘proq uchraydi; o Psoriatik artrit — bo‘g‘imlarga ta’sir qiluvchi turi; o Teri shikastlanishi bilan birga, tirnoqlarda o‘zgarishlar ham kuzatiladi. 3. Diagnostika: o Klinik ko‘rinishlarga asoslanadi; o Biopsiya orqali aniq tashxis qo‘yilishi mumkin; o Laborator testlar yordami bilan boshqa kasalliklardan farqlanadi. 4. Davolash usullari: o Mahalliy davolash: kortikosteroidlar, D vitamini analoglari, salitsil kislotasi asosidagi preparatlar; o Sistemali davolash: metotreksat, siklosporin, biologik preparatlar (TNF-alfa inhibitörlari, IL-17 blokatorlari); o Fototerapiya: UVB yoki PUVA nurlari yordamida. Xulosa: Psoriaz — bu faqat teri kasalligi emas, balki butun organizmga ta’sir qiluvchi, uzoq muddatli yondashuvni talab qiladigan kasallikdir. Vaqtida tashxis qo‘yish, kompleks davolash va psixologik qo‘llab-quvvatlash kasallik kechishini yaxshilaydi va bemor hayot sifatini oshiradi.