SUD HOKIMIYATINING MUSTAQILLIGI VA ADOLATLI SUDLOV TAMOYILI
Abstract
Ushbu maqolada sud hokiniyatining mustaqilligi adolatli sudlov tamoyillarining mazmuni va O’zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlari chuqurroq o’rgatilgan va yoritib o’tilgan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 634 SUD HOKIMIYATINING MUSTAQILLIGI VA ADOLATLI SUDLOV TAMOYILI Nazarov Elbek Shermaxmatovich Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti “Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi kafedrasi” o‘qituvchisi. Ibragimova Gulsanam Quvonch qizi Termiz davlat universiteti Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo’yicha) yo’nalishi talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17682761 Annotatsiya. Ushbu maqolada sud hokiniyatining mustaqilligi adolatli sudlov tamoyillarining mazmuni va O’zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlari chuqurroq o’rgatilgan va yoritib o’tilgan. Kalit so’zlar: Sud hokimiyati, adolat, mustaqillik, huquqiy davlay, demokratiya, sudlov tamoyillari. Adolat-insoniyatning eng oliy qadriyatlaridan biridir. Uni hayotga tatbiq etuvchi kuch esa-davlatda mustaqil sud hokimiyatidir. So’nggi yillarda mamlakatimiz sud-huquq sohasini tubdan isloh qilish uni zamonaviy talabalarga moslashtirish, fuqorolarning odil sudlovga bo’lgan ishonchini to’liq taminlashga qaratilgan keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar fuqorolarning odil sudlovga bo’lgan ishonchini yanada oshiradi shuningdek sud ishlarini oshkora va xolis tarzda yuritishni taminlaydi. Zero, insonlarning o’z huquq va erkinliklarini samarali himoya qilish, mulkiy manfaatlar va shunga o’xshash barcha huquqiy masalalarni taminlanishi aynan sud tizimiga bog’liq. Turkiya davlatining sud tizimi bilan O’zbekiston davlatining sud tizimida ko’plab o’xshashliklar bor. Eng katta o’xshashligi bu Turkiyada ham sud hokimiyati 3 tarmoqga bo’linishi, konstitutsiyaviy sud mavjudligi, sudyalarnin maxsus kengash tayinlaydi. Turkiyada HSK, O’zbekistonda sudyalar oliy kengashi, shuningdek asolatli sudlov tamoyili e’tirof etilganligi. O’ziga xos farqli jihatlari ham bor. Sud tizimi tarmoqlarida oliy sudlar sonida hamda sud ishi tilidan farq qiladi. Turkiya va O’zbekiston sud tizimi demokratik boshqaruv tamoyiliga asoslangan bo’lib, har ikkisi ham sud mustaqilligini konstitutsiyaviy darajada kafolatlaydi. Biroq, O’zbekiston songi yillarda sud-huquq sohasida yanada chuqurroq islohotlar amalga oshirilmoqda, hamda zamonaviy modelga yaqinlashmoqda. Sud mustaqilligi deganda, sudlarning boshqa hokimiyat tarmoqlaridan mustaqil faoluyat yuritish, sudyalar faqatgina qonunga bo’ysinishi kerakligi tushuniladi. O’zbekiston Respublikasi prezidentning farmoni bilan “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taminlasj hamda sud tizimida korrupsiyani oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari” to’g’risigi qonunda mamlakatimizda sudyalarning chinakam mustaqikkigini taminlash, malakali kadrlar tanlash, sudyalik kasbiga tayyorlash va tayinkash tizimini takomillashtirish, shuningdek fuqorolarning odil sudlovga bolgan ishonchini oshirish boyincha izchil ishlar olib borilmoqda. Ozbekiston prezidenting 2019-yil 29-maydagi PF-5729-son farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2020 -yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi ishlab chiqildi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 635 Ushbu farmonga binoan sudyalarga ko’plab imkonoyatlar berildi, shuni takidlash joizki sud organlarini yani sudyalarni ragbatlantirish uchun “Ibratli sudya” mukofoti odil sudlovmi amalga oshirishda uzoq yillari samarali mehnat qilin pensiyaga chiqqan sudyalar uchun “Sud faxriysi” kokrak nishonini joriy etdi. Sud hokimiyatj davlat hokimitini muhim tarmogidan biridir. Sud hokimiyatini tashkil etilishi bevosita davlat boshqaruvi shakli bilan chambarchas bogliq. Ozbekiston davlat boshqaruvi Respublika shaklidagi davlatdir. Buning isboti Ozbekiston Konstitutsiyasini 1-moddasida aks etgan. Konstitutsiyani 11-moddasiga binoan Ozbekiston davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, va sud hokimiyatga bolinadi. Shuningdek, “Yangi ozbekiston-tangi sud” tamoyili doirasida aholini odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish sud tizimini isloh qilishni jadallashtirishni sohaga ilgor xalqaro standartlarni joriy etish taqozo etmoqda. Buning dallili sifatida davlatimisning xalqaro maydonlardagi reytinglardagi tegishli orinlarda korishingiz mumkin. Yani Ozbekiston qonun ustuvorligi indeksi (worldjusticeproject.org)ning 2022-yilgi reyting natijalari boyicha 140 davlat ichida 0,50 ball bilan 78 orinni egallagan bolsa shundan fuqorolik odil sudlov indekatori boyicha 75, jinoiy odil sudlov indikatori boyicha 65-orinni egallagan. Ozbekiston respublikasining yangi tahriridagi “Sudlar togrisidagi” qonunining 1-moddasi talabiga kora Ozbekiston Respublikasi sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan siyosiy partiyalardan boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. Sod hokimiyati faqat sudlar tomonidan amalga oshiriladi.Hech qaysi boshqa organlar va shaxslar sud hokimiyati vakolatlarini ozlashtirib olishga haqli emas deb belgilaning qoyilgan. Mamlakatimizda sud hokimiyatining konstitutsiyaviy huquqiy maqomi, tuzilishining qonuniy asosi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va shu jumladan O'zbekiston Respublikasining "Sudlar to'g'risida"gi qonuni va tegishli boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Shuningdek O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanganligi, unga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat deb belgilanganligini hisobga olib, har bir inson huquq va burchlarini belgilash va unga qo'yilgan jinoiy aybning qanchalik darajada asosli ekanligini aniqlash uchun to'liq tenglik asosida uning ishi oshkora va adolat talablariga rioya qilingan holda mustaqil va xolis sud tomonidan ko'rib chiqish huquqiga ega ekanligi Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 10 - moddasida va O'zbekiston Respublikasi qo'shilgan boshqa xalqaro huquq hujjatlarida mustahkamlangan. Shuni ham ta'kidlash lozim, sudyalar uchun belgilangan ma'lum talablar doirasida ular uchun faoliyati davomida ba'zi majburiyatlar qo'yilgan. Misol uchun, sudya sud hokimiyatining sha'ni va mustaqilligini mo'tabar tutishi, halol va beg'araz bo'lishi, qonunga rioya etishi va fuqarolarning huquqlarini hurmat qilishi, o'zining sudyalik lavozimi nufuzidan shaxsiy manfaatlari yoki boshqa shaxslarning manfaatlari yo'lida foydalanishdan o'zini saqlashi, huquq sohasida o'zining kasb malakasini oshirib borishi, shaxsiy hayotda yuksak axloqiy qoidalarga amal qilishi, har bir sudyaning konstitutsiyaviy normalar va qonunlarga, "Sudyalarning odob - axloq kodeksi" qoidalariga rioya qilishini, talab etiladi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 636 Xulosa qiladigan bo'lsak, bugungi kunimizni raqamlashtirilgan texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi, shunday ekan nafaqat sud-huquq tizimidagi, balki barcha jabhadagi islohotlar bilan bir qatorda raqamlashtirish ham ma'lum ma'noda keng imkoniyatlar va qulayliklar yaratadi. Ya'nikim, bu orqali sud -huquq sohasini ham anchayin isloh qilish va korrupsion holatlarni oldini olish ham mumkin. Su o'rinda mening fikrimcha, Sud sohasi jazolovchi organ emas, inson haq-huquqlarini himoya qiluvchi organga aylantirilishi lozim. Sud jarayonini yanada shaffof va demokratik ruhda olib borilishi uchun esa sudya maslahatchilari tarkibiga tegishli tashkilot vakillaridan emas, balki huquqiy sohadan xabari bor bo'lgan ko'ngilli oddiy fuqarolarni ham jalb etish lozim. Buning natijasida sudya va ayblanuvchi o'rtasida hech qanday shaxsiy manfaat bo'lmasligi va sudya tomonidan qabul qilinadigan qaror yanada adolatli va oqilona bo'lishiga zamin bo'ladi. Shu o'rinda Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek: "Sudyaning ongida - adolat, tilida - haqiqat, dilida esa poklik bo'lishi shart". Foydalanilgan adabiyotlar: 1. @uzwikipedia.org 2. O’zbekiston Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PF-5729-son farmoni 3. @worldjusticeproject.org 4. www.lex.uz 5. www.xs.uz 6. O’zbekiston Respublikasini Konstitutsiyasi