scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TERRORIZMGA QARSHI KURASHISHDA YOSHLARNING MA'NAVIY VA FUQAROLIK MAS'ULIYATI

Atanazarov Samandar Kuvandiq uli

Abstract

Maqolada terrorizmga qarshi kurashishning zamonaviy shakllari, yoshlarning bu jarayondagi o‘rni, ma’naviy immunitetni shakllantirish hamda fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirish masalalari tahlil qilingan. Terrorizmga qarshi kurashda mafkuraviy tarbiya, ta’lim tizimi va ijtimoiy ongning o‘rni yoritilgan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 641 TERRORIZMGA QARSHI KURASHISHDA YOSHLARNING MA’NAVIY VA FUQAROLIK MAS’ULIYATI Atanazarov Samandar Kuvandiq uli Ichki Ishlar Vazirligi akademiyasi 3-kurs kursanti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17682847 Annotatsiya. Maqolada terrorizmga qarshi kurashishning zamonaviy shakllari, yoshlarning bu jarayondagi o‘rni, ma’naviy immunitetni shakllantirish hamda fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirish masalalari tahlil qilingan. Terrorizmga qarshi kurashda mafkuraviy tarbiya, ta’lim tizimi va ijtimoiy ongning o‘rni yoritilgan. Kalit so‘zlar: terrorizm, xavfsizlik, mafkura, yoshlar, vatanparvarlik, ma’naviyat, fuqarolik burchi. So‘nggi yillarda dunyo hamjamiyatida terrorizm, ekstremizm va radikalizm tahdidlari tobora murakkablashib bormoqda. Bu xavf nafaqat siyosiy, balki ma’naviy va axborot maydonida ham kuchaymoqda. Shuning uchun har bir yosh, ayniqsa ichki ishlar tizimida o‘qiyotgan kursant, bu illatga qarshi mafkuraviy jihatdan tayyor bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev o‘zining “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” asarida ta’kidlaganidek, “Biz yoshlarimizni nafaqat bilimli, balki mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sadoqatli insonlar etib tarbiyalashimiz zarur.” Ushbu g‘oya terrorizmga qarshi kurashning mafkuraviy asosini tashkil etadi. Terrorizm bugun oddiy kuch ishlatish bilan cheklanmaydi. U axborot makoniga, ijtimoiy tarmoqlarga, hatto ta’lim muhitiga kirib kelmoqda. Diniy niqob ostida tarqalayotgan ekstremistik g‘oyalar yoshlar ongini zaharlashga urinmoqda. Shu boisdan ham yoshlar orasida mafkura immunitetini shakllantirish masalasi dolzarbdir. Bu immunitet — bu bilim, tanqidiy fikrlash, va eng muhimi — Vatanga sadoqatdir. MVD tizimidagi har bir kursant uchun terrorizmga qarshi kurash — bu xizmatdan oldingi tayyorgarlik emas, balki hayot falsafasi bo‘lishi kerak. Terrorizmga qarshi kurashning eng samarali yo‘li — bu profilaktika. Yoshlar o‘rtasida sog‘lom dunyoqarashni targ‘ib qilish, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash va o‘zlikni anglashni kuchaytirish bugungi davrning talabidir. Kursant sifatida men shuni his qilaman: bizning har bir mashg‘ulotimiz, har bir darsimiz — bu kelajak xavfsizligi uchun tayyorgarlikdir. Chunki ichki ishlar xodimi faqat qonun himoyachisi emas, balki xalqning ma’naviy tayanchi hamdir. Mafkuraviy himoya deganda, yoshlar ongida milliy g‘urur, vatanparvarlik, ma’naviy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish tushuniladi. Har bir o‘qituvchi, tarbiyachi, ayniqsa huquqtartibot tizimi kursantlari uchun bu — kasbiy burchdir. Bugun biz — IIV tizimida tahsil olayotgan yoshlar, mafkuraviy barqarorlikni saqlashda ikki tomonlama mas’uliyatni his etamiz: 1. O‘zimizni himoya qilish — ya’ni zararli g‘oyalarga berilmaslik; 2. Jamiyatni himoya qilish — boshqalarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish. Shu nuqtai nazardan, o‘quv muassasalarida quyidagi yo‘nalishlar samarali natija beradi: 1. Milliy g‘oya va mafkura asosida dars jarayonlarini boyitish; ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 642 2. Ma’naviy-ma’rifiy soatlarda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish; 3. Axborot texnologiyalaridan xavfsiz foydalanish madaniyatini o‘rgatish; Masalan, “Yoshlar — kelajagimiz” davlat dasturi [2] doirasida mafkuraviy himoya masalalari ham yoritilib, yoshlar bilan manzilli ish olib borish, ularni ijtimoiy faol hayotga jalb etish maqsad qilingan. Bu jarayonda ta’lim muassasalari bilan bir qatorda, oilaviy tarbiya va mahalla muhitining ham ahamiyati katta. Terrorizmga qarshi kurashish — bu faqat maxsus operatsiyalar emas, balki xalq va yoshlar ongini himoya qilish jarayonidir. Biz, yosh kursantlar, bu yo‘lda avvalo mafkura bilan qurollanishimiz, axborotga tanqidiy yondashishimiz va Vatanga sadoqatni hayot mezoniga aylantirishimiz zarur. Men ishonamanki, yoshlar bilimli, fidoyi va vatanparvar bo‘lsa, terrorizm O‘zbekiston tuprog‘ida ildiz ota olmaydi. Chunki ongli avlod — tinchlik kafolatidir. Foydalanilgan manbalar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev. “Yangi O‘zbekiston strategiyasi.” Toshkent: O‘zbekiston, 2021. 2. “Ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2021-yil 30-iyun, O‘RQ–704-son. 3. R.Jo‘rayev, X.Alimov. “Ma’naviyat asoslari.” Nukus: “Qoraqalpoqiston” nashriyoti, 2009.