PEDAGOGLAR O'RTASIDAGI NIZOLARNI BARTARAF ETISH
Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimidagi nizolarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etishda oila hamda maktabning o‘zaro hamkorlik asosida olib boriladigan integratsion yondashuvining o‘rni tahlil qilingan. Kalit so’zlar: boshlang‘ich ta’lim, nizolarni bartaraf etish, integratsion yondashuv, oila va maktab hamkorligi, psixologik rivojlanish, sotsiokultural nazariya, ekologik tizimlar, emotsional intellekt, pedagogik strategiyalar, bolaning ijtimoiy moslashuvi.
Full text
SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM Vol. 3 No. 6 (2025) 106 PEDAGOGLAR O’RTASIDAGI NIZOLARNI BARTARAF ETISH Malika Erkinovna Navoiy davlat universiteti tayanch doktoranti Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimidagi nizolarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etishda oila hamda maktabning o‘zaro hamkorlik asosida olib boriladigan integratsion yondashuvining o‘rni tahlil qilingan. Kalit so’zlar: boshlang‘ich ta’lim, nizolarni bartaraf etish, integratsion yondashuv, oila va maktab hamkorligi, psixologik rivojlanish, sotsiokultural nazariya, ekologik tizimlar, emotsional intellekt, pedagogik strategiyalar, bolaning ijtimoiy moslashuvi. Аннотация: В статье анализируется роль комплексного подхода, основанного на взаимном сотрудничестве семьи и школы, в выявлении конфликтов в системе начального образования, причин их возникновения и их устранении. Ключевые слова: начальное образование, разрешение конфликтов, интегративный подход, сотрудничество семьи и школы, психологическое развитие, социокультурная теория, экологические системы, эмоциональный интеллект, педагогические стратегии, социальная адаптация ребенка. Abstract: This article analyzes the role of an integrated approach based on mutual cooperation between family and school in identifying conflicts in the primary education system, their causes, and their elimination. Keywords: primary education, conflict resolution, integrated approach, family and school cooperation, psychological development, sociocultural theory, ecological systems, emotional intelligence, pedagogical strategies, social adaptation of the child.
SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM Vol. 3 No. 6 (2025) 107 Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ijtimoiy-psixologik muhitga moslashuvi va barqaror rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida yuzaga keladigan nizolar – o‘quvchi-o‘qituvchi, o‘quvchio‘quvchi va o‘quvchi-ota-ona o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar – bolaning shaxsiy rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday vaziyatlarda maktab va oilaning yaqin hamkorligi, integratsion yondashuvi muammolarni samarali hal qilishda muhim vosita bo‘la oladi. Boshlang‘ich ta’lim – bolalarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishida hal qiluvchi bosqich hisoblanadi. Ushbu davrda yuzaga keladigan nizolar, agar o‘z vaqtida hal etilmasa, bolaning psixologik holatiga va ta’limga bo‘lgan munosabatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun oilaviy muhit va maktab o‘rtasidagi integratsion yondashuvni shakllantirish muhim ahamiyatga ega Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida hissiy-intellektual rivojlanish hali yakunlanmagan bo‘lgani sababli, ular o‘zaro munosabatlarda ziddiyatli holatlarga duch keladilar. Psixolog Lev Vygotsky o‘zining sotsiokultural rivojlanish nazariyasida ta’kidlaganidek, bola rivojida atrof-muhit, ayniqsa, yaqin kattalar – ota-ona va o‘qituvchilarning roli beqiyosdir. Nizolar quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin: Kommunikatsiya yetishmovchiligi Emotsional regulyatsiya pastligi. Ijtimoiy rollarni noto‘g‘ri anglash Ota-onalarning haddan tashqari aralashuvi yoki befarqligi Integratsion yondashuv – bu Bronfenbrennerning ekologik tizimlar nazariyasiga asoslanadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra, bolaning rivoji uning mikro (oila, maktab), mezo (oila-maktab o‘zaro ta’siri), ekzo va makro tizimlaridagi aloqalar orqali shakllanadi. Oila va maktab o‘rtasidagi uzviy aloqa bolada xavfsizlik va barqarorlik hissini mustahkamlab, nizolar sonini kamaytiradi. Muhim tamoyillar quyidagilardan iboratdir: O‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan aloqa.
SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM Vol. 3 No. 6 (2025) 108 Yagona tarbiyaviy yondashuv. Doimiy muloqot va axborot almashinuvi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ota-onasi ta’lim jarayonida faol ishtirok etadigan bolalar kamroq nizolar, ko‘proq ijobiy xulq-atvor va yaxshi o‘zlashtirishga ega bo‘ladilar. Quyidagi shakllar samaradorlik ko‘rsatgan:Yig‘ilish va maslahatlar – otaonalar bilan muntazam maslahatlashuvlar nizolarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Ijtimoiy-psixologik treninglar – bolalarda empatiya, murosaga kelish, o‘z fikrini to‘g‘ri yetkazish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ochiq darslar va tadbirlar – ota-onalarning ta’lim jarayonidagi ishtirokini oshiradi. Amaliy misollar va tavsiyalar sifatida quyidagilarni aytishimiz mumkin. Misol: Bir sinfda ikki o‘quvchi doimiy tortishuvga kirishar edi. O‘qituvchi bolaning sinfdagi va oilaviy muhitini tahlil qilib, ota-onalar bilan alohida suhbat o‘tkazdi, psixolog ishtirokida ijtimoiy moslashuv bo‘yicha trening tashkil etildi. Natijada, nizolar soni kamaydi, o‘quvchilarda ijobiy munosabatlar shakllandi. Tavsiyalar:Har bir nizoni bola psixologiyasi va oilaviy kontekstdan kelib chiqib tahlil qilish Ota-onalarni faqat muammo yuzaga kelganida emas, doimiy ravishda jalb etish, har bir bola uchun individual yondashuv ishlab chiqishdan iboratdir. Integratsion yondashuv – bu nizolarni oldini olish va bartaraf etishda eng samarali strategiyalardan biridir. Maktab va oila o‘rtasidagi hamkorlik bolaning sog‘lom psixologik rivoji, ijtimoiy moslashuvi va akademik muvaffaqiyatining poydevoridir. Ilmiy-psixologik yondashuvlar asosida tashkil etilgan bu hamkorlik zamonaviy ta’limning muhim talabidir. Boshlang‘ich ta’limdagi nizolarni samarali hal etish uchun maktab va oilaning o‘zaro ishonchli, ochiq va faol hamkorligi zarur. Integratsion yondashuv orqali bolalarning sog‘lom psixologik rivoji ta’minlanadi, ta’lim samaradorligi oshadi va maktab muhiti ijobiy tus oladi.
SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM Vol. 3 No. 6 (2025) 109 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Xoliqov A. Pеdagogik mahorat (darslik). –T, 2011. 2. Sciеntific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257. 3. Sa‘diy Shеroziy. Guliston. Toshkеnt, 1968. 4. Ibragimov X., Yoldoshеv U. va boshqalar. Pеdаgоgik psixologiya. O‘quv qo‘llanma. -T., 2007.) 5. Malla Ochilov. Muallim qalb mе’mori. Toshkеnt, O‘qituvchi. 2001 yil. 56 – 57 bеtlar. 6. http://sjifactor.com/passport.php?id=22257. 7. Karimova Madina. Maqola, 208-209-bеtlar. 8. www.ilmsarchashmalari.uz