scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OʻZBEK BOLALAR ADABIYOTIDA YANGILANISH JARAYONI

Normurodova Nigora Abdusattorovna; Umida O'rinboyeva Hamro qizi

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek bolalar adabiyotida mustaqillikdan keyingi yillarda yuz bergan yangilanish jarayoni, adabiy janrlar va obrazlarning zamonaviylashuvi, shuningdek, yosh avlod yozuvchilarining ijodiy izlanishlari tahlil qilinadi. Bolalar adabiyotida milliy qadriyatlar, zamonaviy hayot manzaralari va ijtimoiy mavzular orqali asarlarda yangicha g‘oya-badiiy qarashlar shakllanayotgani yoritiladi.

Full text

Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 209 OʻZBEK BOLALAR ADABIYOTIDA YANGILANISH JARAYONI Normurodova Nigora Abdusattorovna O‘zMPU “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi” kafedrasi Dots.PHD Umida O‘rinboyeva Hamro qizi O‘zMPU “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(boshlang‘ich ta’lim)” yo‘nalishi 1-bosqich magistranti Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘zbek bolalar adabiyotida mustaqillikdan keyingi yillarda yuz bergan yangilanish jarayoni, adabiy janrlar va obrazlarning zamonaviylashuvi, shuningdek, yosh avlod yozuvchilarining ijodiy izlanishlari tahlil qilinadi. Bolalar adabiyotida milliy qadriyatlar, zamonaviy hayot manzaralari va ijtimoiy mavzular orqali asarlarda yangicha g‘oya-badiiy qarashlar shakllanayotgani yoritiladi. Kalit so‘zlar: bolalar adabiyoti, yangilanish, mustaqillik davri, qahramon, milliy qadriyat, zamonaviy obraz, janr. ПРОЦЕСС ОБНОВЛЕВНИЯ В УЗБЕКСКОЙ ДЕТСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ Аннотация. В данной статье анализируется процесс обновления узбекской детской литературы в постсоветский период, модернизация литературных жанров и образов, а также творческие поиски молодых писателей. Освещается формирование новых идейно-художественных подходов в произведениях, основанных на отражении национальных ценностей, современной жизни и социальных тем в детской литературе. Ключевые слова: детская литература, обновление, период независимости, герой, национальные ценности, современный образ, жанр. THE RENEWAL PROCESS IN UZBEK CHILDREN’S LITERATURE Annotation. This article analyzes the renewal process in Uzbek children's literature during the post-independence period, the modernization of literary genres and characters, and the creative explorations of the younger generation of writers. It highlights the emergence of new ideological and artistic approaches in works that depict national values, contemporary life, and social themes within children's literature. Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 210 Keywords: children’s literature, renewal, independence period, character, national values, modern image, genre. Mustaqillik yillarida o‘zbek adabiyoti barcha yo‘nalishlarda, xususan bolalar adabiyotida ham yangilanish bosqichiga qadam qo‘ydi. Endi asarlarda faqat tarbiyaviy maqsad emas, balki bolalar dunyoqarashini kengaytirish, ularning tafakkurini rivojlantirish va zamonaviy hayotga tayyorlash masalalari ilgari surila boshlandi. Bolalar adabiyotida ilgari ustun bo‘lgan soddalikka, didaktizmga yangicha badiiy yondashuvlar, zamonaviy mavzular va obrazlar kirib keldi. Maqolaning maqsadi — o‘zbek bolalar adabiyotida kechayotgan yangilanish jarayonlarini ochib berish, yangi yo‘nalish va ijodkorlarni tahlil qilishdan iborat. O‘zbek bolalar adabiyotining ildizlari xalq og‘zaki ijodidan boshlanib, sovet davrigacha tarbiyaviy yo‘nalishda shakllangan. Mustaqillik davriga kelib esa bu sohada milliy qadriyatlar, ona yurt, ona tiliga sadoqat, tinchlik kabi mavzular keng yoritila boshlandi.Bolalar adabiyotida asosan uchta yangilanish ko‘zga tashlanadi.Uchta asosiy yangilanish bular: mavzular yangilanishi-ilgari sotsialistik mavzular ustun bo‘lgan bo‘lsa,endi tabiatni asrash,texnologiya,ilm-fan,Vatanga muhabbat kabi zamonaviy g‘oyalar ilgari surilmoqda. Obraz va qahramonlar: zamonaviy bola — faol, izlanuvchan, internet va axborot dunyosi bilan tanish obraz sifatida gavdalanadi. Badiiy shakl va tilda yangiliklar: hikoyalar soddalashgan, so‘z boyligi kengaygan, til bolalar tafakkuriga yaqinlashgan. Bolalar adabiyotining o‘ziga xosliklari uning qahramoni tasvirida yanada yorqinroq namoyon bo’ladi.Shuningdek,20-asr boshlari Bolalar adabiyoti ijodkorning faolligi,qahramon tasviri emas,ruhiy ustuvorligi bilan ajrlaib tursa,30-yillarda ko‘proq xalq og‘zaki ijodiga murojat qilingan va bu davrlarda yaratilgan asarlarda ham faol qahramon obrazi yo‘q edi.Shu bilan birga 50-60-yillar namunalari bevosita yosh qahramonlarning asarlar voqealarida hal qiluvchi o‘rin tutish bilan chinakam bolalar adabiyotiga aylandi.70-80-yillar bolalar adabiyoti esa tobora hayotga o‘z nuqtai nazari bilan qaraydigan,balandparvoz,ritorik ta’riflardan ko‘ra tanqidiy fikrlashi keng bo‘lgan qahramon qiyofasi gavdalana boshladi.Yildan-yilga bolalar adabiyoti rivojlanib ijodkorlarda yangidan yangi fikrlar uyg‘onib borar edi.Shuingdek 90-yillar adabiyotida esa yangicha qadam tashlanib o‘zbek bolasi o‘zbekning bolasi ekanligidan faxrlanish,ulug‘ ajdodlarga munosib bo‘lish kabi g‘oyadagi asarlar yaratildi Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 211 Bugungi kunda o‘zbek bolalar adabiyotiga ko‘plab yozuvchilar o‘z hisassini qo‘shgan. Dilorom Mirzayeva, Zulfiya Qurolboy qizi, Murodjon Abduhalil, Bahrom Ro‘zimuhammad kabi yozuvchilar bolalar uchun yangi ruhdagi asarlar yaratmoqdalar. Ularning ijodida milliylik bilan bir qatorda global dunyoqarash uyg‘unlashadi. Bolalar adabiyotining yangilanish jarayonida badiiy va ma’naviy ahamiyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, yangilanish jarayoni bolalar ongida Vatanga sadoqat, tinchlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat kabi qadriyatlarni shakllantirishda katta rol o‘ynamoqda. Shu bilan birga, adabiyot orqali bolalarning tafakkurini mustaqil fikrlashga, o‘zini ifoda etishga o‘rgatishni maqsad qilgan. O‘zbek bolalar adabiyotida yangilanish jarayoni – bu nafaqat yangi mavzularning kirib kelishi, balki butun adabiy tafakkurning o‘zgarishidir. Yozuvchilar bolalarning ruhiy olamini chuqurroq anglay boshladilar, zamonaviy muhitga mos obrazlar yaratdilar. Shu bois bugungi bolalar adabiyoti milliy va zamonaviylik uyg‘unligida rivojlanmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA HAVOLALAR: 1.Jamilova B. O‘zbek bolalar adabiyoti. – Namangan: NamDU nashriyoti, 2019. 2.Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti va folklor. – Toshkent: ZiyoNET, 2017 3.Rasulov N. “Mustaqillik yillarida o‘zbek bolalar adabiyoti.” O‘zMU ilmiy axborotlari, 2020. 4.Bolalar adabiyoti va zamonaviylik,T.,1981 5.Suyumov A.,Kichkintoylar adabiyoti,T.,1962