Full text
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 17 NANAY TURISTIK HUDUDINING ARXITEKTURAVIY MUHITINI TAKOMILLASHTIRISH Hamidov Oybek Umarjon o’g’li 1a) To’rayeva Ra’no Anzor qizi 1b 1Namangan Davlat texnika Universiteti Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan Nanay turistik hududining arxitektura-makon tizimi chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Hududning tabiiy-landshaft imkoniyatlari, turizm infratuzilmasi, joylashtirish strukturalari hamda arxitektura yechimlari o‗rganilib, zamonaviy talablarga javob beradigan takomillashtirish choralari ishlab chiqiladi. Tadqiqot davomida kuzatuv, arxitektura-tipologik tahlil, SWOT tahlil, funksional-rekreatsion zonalash metodlari qo‗llanilgan. Nanay hududining rekreatsion salohiyati, ekologik imkoniyatlari hamda turistik oqimni boshqarish masalalari ilmiy asosda yoritilgan. Abstract: This scientific article provides a deep scientific analysis of the architectural and spatial system of the Nanay tourist area, located in the Chartok district of the Namangan region. The natural and landscape potential of the area, tourism infrastructure, settlement structures and architectural solutions are studied, and improvement measures that meet modern requirements are developed. During the study, observation, architectural and typological analysis, SWOT analysis, functional and recreational zoning methods were used. The recreational potential, ecological capabilities and issues of tourist flow management of the Nanay area are scientifically covered. Аннотация: В данной научной статье представлен глубокий научный анализ архитектурно-пространственной системы Нанайской туристической зоны, расположенной в Чартокском районе Наманганской области. Изучены природно-ландшафтный потенциал зоны, туристическая инфраструктура, структура поселений и архитектурные решения, а также разработаны мероприятия по благоустройству, отвечающие современным требованиям. В ходе исследования использовались методы наблюдения, архитектурнотипологического анализа, SWOT-анализа, функционально-рекреационного зонирования. Научно освещены рекреационный потенциал, экологические возможности и вопросы управления туристическими потоками Нанайской зоны. Kalit so‘zlar: Nanay hududi, turizm, arxitektura muhiti, landshaft arxitekturasi, rekreatsiya, urbanizatsiya, infratuzilma, ekologik turizm. Keywords: Nanay region, tourism, architectural environment, landscape architecture, recreation, urbanization, infrastructure, ecotourism. Ключевые слова: Нанайский регион, туризм, архитектурная среда, ландшафтная архитектура, рекреация, урбанизация, инфраструктура, экотуризм. Kirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 13-avgustdagi ―O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida‖gi PF-5781-sonli Farmoniga muvofiq joylarda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, ―turistik mahalla‖, ―turistik qishloq‖ yoki ―turistik ovul‖ tashkil etish ko‘zda tutilgan. XXI asrda turizm jahon iqtisodiyotining strategik sohalaridan biriga aylandi. Turistik hududlarni shakllantirishda
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 18 arxitektura va shaharsozlik muhitining to‗g‗ri tashkil etilishi katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, tabiiy resurslarga ega bo‗lgan Nanay singari hududlarda arxitekturaviy muhitni takomillashtirish orqali turistik salohiyatni bir necha barobarga oshirish mumkin. Nanay hududi o‗zining boy madaniy merosi, ekologik tozaligi va landshaft xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Shu sababli bu hududni ilmiy asoslangan tarzda takomillashtirish — davlat siyosati va ilmiy-ijodiy doiralarning diqqat markazida turishi kerak [1]. O‗zbekistonning sharqiy hududlari, xususan Namangan viloyati tabiiy landshaftlarning ko‗pligi, tog‗li hududlarning jozibadorligi va rekreatsion imkoniyatlarining kengligi bilan ajralib turadi. Nanay hududi ham ushbu mintaqaning eng ko‗zga ko‗ringan turistik maskanlaridan biri bo‗lib, yil davomida minglab mehmonlarni o‗ziga jalb qiladi. Ushbu hududda so‗nggi yillarda turizm faol rivojlanib bormoqda, ammo arxitekturamakon tizimi, jamoat joylari dizayni, ekologik barqarorlik talablari bo‗yicha bir qancha dolzarb muammolar mavjud. Bugungi kunda turizm sohasida raqobatning ortib borishi, mehmonlarga qulay sharoit yaratish talablari, landshaft va arxitektura uyg‗unligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Nanay hududi tabiiy jihatdan juda jozibali bo‗lsa-da, mavjud muhitni ilmiy asoslangan holda takomillashtirish zarurati mavjud. Shuning uchun mazkur maqolada hududning arxitektura muhitini kompleks tahlil qilish va takomillashtirish bo‗yicha ilmiy takliflar ishlab chiqildi[1]. Asosiy qism Turistik hududlarni rivojlantirish, rekreatsion landshaftlarni tashkil etish va ekologik barqarorlik masalalari bo‗yicha ko‗plab ilmiy ishlar mavjud. Kevin Linchning ―Shahar obrazi‖, Glazychevning urbanizatsiya haqidagi tadqiqotlari, D. Viverning ekoturizmga oid ilmiy ishlari turizm hududlarida makon tashkil etishning nazariy asoslarini beradi. O‗zbekiston olimlaridan Sh. Yusupov, A. To‗xtayev, N. Rasulovlarning sharqiy hududlar rekreatsion salohiyati haqidagi tadqiqotlari Nanay hududi uchun muhim nazariy asos bo‗lib xizmat qiladi. Mazkur adabiyotlar tahlili shuni ko‗rsatadiki, O‗zbekistonning tog‗li hududlari arxitektura-makon tizimini rivojlantirish bo‗yicha yetarli ilmiy tavsiyalar mavjud, ammo aynan Nanay hududiga qaratilgan maxsus tadqiqotlar juda kam[1-2]. Tadqiqot metodlari: Tadqiqot jarayonida quyidagi metodlar qo‗llandi. – maydoniy kuzatuv; – funksional-makon tahlili; – arxitektura-tipologik tahlil; – SWOT tahlil; – landshaft morfologiyasi va zonalash; – turistik oqimni baholash metodi. Natija va tahlillar: Nanay hududining umumiy tavsifi Nanay hududi Yangiqo‘rg‘on tumanining shimoliy qismida joylashgan bo‗lib, tog‗ etaklarida tabiiy landshaft bilan uyg‗unlashgan holda shakllangan. Hududda ko‗plab buloqlar, archazorlar, daryo bo‗ylab sayr yo‗laklari, kichik kafe va dam olish maskanlari mavjud. Ammo ushbu elementlarning joylashuvi tizimli emas[3]. Turistlar soni o‘sish grafigi:
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 19 Arxitekturaviy muhitning hozirgi holati: Hozirgi tahlil quyidagi muammolar mavjudligini ko‗rsatdi. – infratuzilmaning ma‘lum qismi eskirgan; – turistik oqim uchun mo‗ljallangan sharoitlar yetarli emas; – tartibsiz savdo va xizmat nuqtalari vizual ifloslanishga sabab bo‗lmoqda; – arxitektura uslubi bo‗yicha yagona me‘yor mavjud emas; – piyodalar infratuzilmasi yetarli darajada rivojlanmagan[4-5]. Kuchli jihatlar: tabiiy landshaftning boyligi, tog‗ iqlimining sog‗lomlashtiruvchi xususiyatlari, geografik qulaylik. Zaif jihatlar: tartibsiz infratuzilma, vizual uyg‗unsizlik, ekologik talablarning to‗liq bajarilmasligi. Imkoniyatlar: ekoturizmni rivojlantirish, davlat turizm dasturlari, hududiy brend yaratish imkoniyati. Tahdidlar: ekologik muvozanatning buzilishi, ortiqcha yuklama, landshaftning buzilishi xavfi. Hududni rivojlantirish bo‗yicha takliflar: Yagona arxitektura konsepsiyasi ishlab chiqish Nanay hududi bo‗lajak turizm markazi sifatida yagona dizayn kodi, fasad materiallari, ranglar gammasi, ko‗rsatkichlar tizimiga ega bo‗lishi zarur. Bunda milliy uslubning zamonaviy talqinidan foydalanish tavsiya etiladi[6-7]. Turistik infratuzilmani modernizatsiya qilish: – markaziy kirish majmuasi loyihalash; – standartlashtirilgan savdo pavilyonlari; – avtostoyanka va velosiped maydonchalari; – zamonaviy yoritish tizimi. Hududdagi tabiiy suv havzalari va soy bo‗ylaridan turizm maqsadida foydalanish uchun ekologik dizayn asosida ko‗priklar, dam olish maskanlari, tomosha maydonchalari qurilishi mumkin. Bu elementlar landshaftga uyg‗un holda barpo etilishi lozim. Turistik infratuzilma – bu mehmonxonalar, ovqatlanish joylari, axborot markazlari, sanitariya punktlari va transport bog‗lovchilari kabi tizimli obyektlardir. Ular bir-biriga bog‗langan holatda, yagona dizayn konsepsiyasi asosida tashkil etilishi lozim. Arxitektura bu obyektlar orqali turizm sifatini belgilovchi omilga aylanadi. Landshaft arxitekturasini takomillashtirish: Hudud bo‗ylab ekologik yo‗laklar, ko‗priklar, panoramali kuzatuv maydonchalari, yengil konstruktsiyali dam olish maskanlari barpo etish zarur. Ekologik turizmni joriy etish: – ekologik xavfsiz materiallardan foydalanish; – chiqindilarni boshqarish tizimi; – quyosh panellari va boshqa qayta tiklanuvchi energiya manbalari. Mahalliy me‘moriy shakllar va estetika sayyohlar uchun o‗ziga xos tajriba yaratadi. Bunday ekologik muhit milliy ruh an‘analarni his qilish imkonini beradi. Shu jihatdan, Nanaydagi arxitekturaviy muhit zamonaviy turizm talablari bilan bir qatorda, madaniy ongni mustahkamlovchi vosita bo‗lishi kerak. Hududiy brend yaratish: Nanay hududiga xos logotip, vizual identifikatsiya, axborot xaritalari, yo‗nalish ko‗rsatkichlari ishlab chiqilishi kerak[8-9]. Xulosa Nanay turistik hududi Namangan viloyatining eng istiqbolli turistik maskanlaridan biridir. Uning arxitekturamakon muhitini ilmiy asoslangan holda takomillashtirish, ekologik barqaror yondashuvlarni joriy etish va turizm infratuzilmasini rivojlantirish hududning uzoq muddatli taraqqiyotiga xizmat qiladi. Taklif etilgan chora-tadbirlar hududning rekreatsion salohiyatini oshiradi, uni xalqaro
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 20 darajada raqobatbardosh turizm markaziga aylantiradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmni rivojlantirishga oid qarorlari (2017–2024). 2. Hamidov Oybek Umarjon o‘g‘li Avtomobil yo‘llarining landshaft dizaynini takomillashtirish (Namangan viloyati misolida). – Samarqand, 2025. Maxsus son. 3. Hamidov Oybek Umarjon o‘g‘li Turistik mahalla, turistik qishloq, turistik yo‘llarni rivojlantirish tamoyillari. – Samarqand, 2024. Maxsus son. 4. Kotler, Bowen & Makens (2006), Marketing for Hospitality and Tourism Pearson Education, 2006. 5. Хасанов А.О. Ўзбек миллий автомагистрали бекатларида микроиқлимли муҳит яратишнинг баъзи масалалари //Меъморчилик ва қурилиш муаммолари. - Самарқанд, 2013. - №1 6. Manba: https://uzbektourism.uz sayti. 7. Lynch K. The Image of the City. MIT Press, 1960. 8. Glazychev V. Urbanistika asoslari. Moskva: Logos, 2012. 9. Weaver D. Sustainable Tourism. Taylor & Francis, 2006.