scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TURISTIK HUDUDLARDA BIOARXITEKTURANING O'RNI

Hamidov Oybek, Umarjon o'g'li; Rahimberganova Zulayho, Quvondiq qizi

Abstract

Maqolada turistik hududlarda bioarxitektura tamoyillarining qo‘llanilishi, ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy landshaftni asrab-avaylash va turistlar uchun yuqori darajadagi komfortli muhit yaratishdagi ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, bioarxitekturaning prinsip va yondashuvlari misolida turizmning jozibadorligini oshirish va hududlarning uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlash omillari ochib berilgan. Abstract: The article analyzes the application of bioarchitecture principles in tourist areas, their importance in ensuring ecological sustainability, preserving the natural landscape, and creating a high level of comfort for tourists. Also, the principles and approaches of bioarchitecture are used as an example to reveal factors that increase the attractiveness of tourism and ensure the long-term development of regions. Аннотация: В статье анализируется применение принципов биоархитектуры на туристических территориях, их значение в обеспечении экологической устойчивости, сохранении природного ландшафта и создании высокого уровня комфорта для туристов. Также на примере принципов и подходов биоархитектуры раскрываются факторы, повышающие привлекательность туризма и обеспечивающие долгосрочное развитие регионов.

Full text

PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 26 TURISTIK HUDUDLARDA BIOARXITEKTURANING O’RNI Hamidov Oybek Umarjon o’g’li 1a Rahimberganova Zulayho Quvondiq qizi 1b 1Namangan Davlat texnika Universiteti Annotatsiya: Maqolada turistik hududlarda bioarxitektura tamoyillarining qo‗llanilishi, ekologik barqarorlikni ta‘minlash, tabiiy landshaftni asrab-avaylash va turistlar uchun yuqori darajadagi komfortli muhit yaratishdagi ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, bioarxitekturaning prinsip va yondashuvlari misolida turizmning jozibadorligini oshirish va hududlarning uzoq muddatli rivojlanishini ta‘minlash omillari ochib berilgan. Abstract: The article analyzes the application of bioarchitecture principles in tourist areas, their importance in ensuring ecological sustainability, preserving the natural landscape, and creating a high level of comfort for tourists. Also, the principles and approaches of bioarchitecture are used as an example to reveal factors that increase the attractiveness of tourism and ensure the long-term development of regions. Аннотация: В статье анализируется применение принципов биоархитектуры на туристических территориях, их значение в обеспечении экологической устойчивости, сохранении природного ландшафта и создании высокого уровня комфорта для туристов. Также на примере принципов и подходов биоархитектуры раскрываются факторы, повышающие привлекательность туризма и обеспечивающие долгосрочное развитие регионов. Kalit so‘zlar: bioarxitektura, ekologik barqarorlik, turistik hudud, landshaft arxitekturasi, biomimetika, ekologik dizayn. Keywords: bioarchitecture, ecological sustainability, tourist area, landscape architecture, biomimetics, ecological design. Ключевые слова: биоархитектура, экологическая устойчивость, туристическая зона, ландшафтная архитектура, биомиметика, экологическое проектирование. Kirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 13-avgustdagi ―O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi PF-5781-sonli Farmoniga muvofiq joylarda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, ―turistik mahalla‖, ―turistik qishloq‖ yoki ―turistik ovul‖ tashkil etish ko‘zda tutilgan Turizm sohasining tez sur‘atlar bilan rivojlanishi natijasida turistik hududlarni ekologik va estetik jihatdan barqaror rivojlantirish dolzarb muammo sifatida yuzaga kelmoqda. Turizm resurslaridan oqilona foydalanish, tabiiy landshaftni saqlash va hudud infratuzilmasini rivojlantirishda bioarxitektura yondashuvlari muhim rol o‗ynaydi. PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 27 Bioarxitektura – inson va tabiat o‗rtasida muvozanatni yaratishga qaratilgan arxitektura yondashuvi bo‗lib, u turistik hududlarda sog‗lom va jozibador muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bois, ekologik turizmni rivojlantirish va hududlarning uzoq muddatli barqarorligini ta‘minlashda bioarxitektura tamoyillari asosiy vosita hisoblanadi[1]. Asosiy qisim Bioarxitekturaning nazariy asoslari: Bioarxitektura tabiatdan ilhomlangan, ekologik barqaror, energiya tejamkor va tabiiy materiallardan foydalanishga asoslangan arxitektura tizimidir. Uning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: Ekologik barqarorlik: Ekologik barqarorlik bioarxitekturaning eng muhim tamoyili bo‗lib, energiya tejamkor texnologiyalarni qo‗llash, chiqindilarni kamaytirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni nazarda tutadi. Biomimetika: Biomimetika – tabiatdagi shakl, tizim va jarayonlardan ilhomlanib arxitekturaviy yechimlar yaratishdir. Masalan, barg shaklidagi tom konstruktsiyalari, termit inlaridan olingan tabiiy ventilyasiya tizimlari va qobiq-strukturali fasadlar. Tabiiy landshaft bilan integratsiya: Inshootlar tabiiy landshaft bilan uyg‗unlashishi, o‗simliklar bilan qoplangan fasadlar va yashil tomlar bioarxitekturaning ajralmas qismi sanaladi. Tabiiy materiallardan foydalanish: Yog‗och, bambuk, gil, shag‗al, tabiiy tosh va qayta ishlangan materiallar bioarxitektura loyihalarida keng qo‗llaniladi. Turistik hududlarda bioarxitekturaning ahamiyati: Turistik hududlar antropogen yuklama yuqori bo‗lgan va tabiiy muhitga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadigan makonlardir. Bioarxitektura quyidagi afzalliklarni ta‘minlaydi[2-3].: 1. Sog‗lom ekologik muhit yaratish: Tabiiy ventilyasiya, o‗simliklar, tabiiy materiallar turistlar uchun qulay sharoit yaratadi. 2. Tabiiy landshaftni saqlash: Inshootlar relyefga mos joylashtiriladi, daraxtlar kesilmaydi va ekotizimga zarar yetkazilmaydi. 3. Turizm jozibadorligini oshirish: Ekoturizm va eko-marshrutlar turistlar uchun alohida qiziqish uyg‗otadi. 4. Ekspluatatsion xarajatlarni kamaytirish: Quyosh batareyalari, tabiiy yoritish, issiqlik izolyatsiyasi orqali uzoq muddat xarajatlar kamayadi. 5. Iqlim o‗zgarishiga moslashuvchanlik: Tabiiy iqlimga mos loyihalangan inshootlar ekstremal haroratlar va shamol yo‗nalishlarini hisobga oladi[4-5]. Bioarxitektura asosidagi turizm infratuzilmasi: Turistik hududlarda bioarxitektura tamoyillari quyidagi inshootlarda qo‗llanadi:  Bio-mehmonxonalar: Yog‗och, bambuk va tabiiy toshdan qurilgan, yashil tomlar bilan jihozlangan.  Bio-pavilonlar va axborot markazlari: Tabiiy shamollatish va biomimetik fasadlar bilan jihozlangan.  Sayyohlik yo‗laklari va rekreatsion zonalar: Landshaft bilan uyg‗un yog‗och yo‗laklar va tabiiy materiallardan o‗rindiqlar. PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 28  Agro-turizm infratuzilmasi: Fermer uylari, issiqxonalar va bog‗lar biometrik konstruksiyalar asosida.  Suv resurslaridan foydalanish: Yomg‗ir suvidan foydalanish, tabiiy filtratsiya tizimlari va ekologik tozalash tizimlari. Mahalliy va jahon tajribasi: O‗zbekiston sharoitida bioarxitektura: O‗zbekistonning tog‗li hududlari (Chimgan, Nanay, Chorvoq, Zomin) bioarxitektura loyihalari uchun qulay hududlardir. Mahalliy materiallar, relyefga mos inshootlar va quyosh energiyasidan foydalanish samarali natija beradi[6-7]. Jahon tajribasi:  Singapur: Vertikal o‗rmonlar bilan mashhur.  Kosta-Rika: Ekoturizm rivoji yuqori.  Shveytsariya: Tog‗li hududlarda biomehmonxonalar.  Yaponiya: Biomimetik arxitektura va tabiiy shakllardan ilhomlangan dizaynlar. Bu tajribalar turistik hududlarni ekologik boshqarish va rivojlantirishning eng muvaffaqiyatli modellaridir. Tavsiyalar: 1. Hududlarni mahalliy tabiiy sharoitga moslashtirish. 2. Energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish. 3. Mahalliy va tabiiy materiallardan keng foydalanish. 4. Landshaft bilan integratsiyani kuchaytirish. 5. Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish. 6. Bioarxitektura bo‗yicha mutaxassislar tayyorlash. 7. Ekoturizm konsepsiyasini hududiy master-rejalarga kiritish[8]. Xulosa Turistik hududlarda bioarxitektura ekologik barqarorlik, turistlar uchun jozibador va sog‗lom muhit yaratish, shuningdek, hududning uzoq muddatli rivojlanishini ta‘minlashning muhim yo‗nalishidir. O‗zbekistonning tabiiy sharoitlari va jahon tajribasi bioarxitekturani tatbiq etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmni rivojlantirishga oid qarorlari (2017–2024). 2. Hamidov Oybek Umarjon o‘g‘li Avtomobil yo‘llarining landshaft dizaynini takomillashtirish (Namangan viloyati misolida). – Samarqand, 2025. Maxsus son. 3. Hamidov Oybek Umarjon o‘g‘li Turistik mahalla, turistik qishloq, turistik yo‘llarni rivojlantirish tamoyillari. – Samarqand, 2024. Maxsus son. 4. Kotler, Bowen & Makens (2006), Marketing for Hospitality and Tourism Pearson Education, 2006. 5. Хасанов А.О. Ўзбек миллий автомагистрали бекатларида микроиқлимли муҳит яратишнинг баъзи масалалари //Меъморчилик ва қурилиш муаммолари. - Самарқанд, 2013. - №1 6. Manba: https://uzbektourism.uz sayti. 7. Lynch K. The Image of the City. MIT Press, 1960. 8. Glazychev V. Urbanistika asoslari. Moskva: Logos, 2012. 9. Weaver D. Sustainable Tourism. Taylor & Francis, 2006.