scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ИСТОРИЧЕСКАЯ ГЕОГРАФИЯ ХОРЕЗМСКОЙ ДОЛИНЫ И РУСЛА АМУДАРЬИ: АНАЛИЗ НАУЧНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ В КОНТЕКСТЕ ИРРИГАЦИОННЫХ СИСТЕМ И КЛИМАТИЧЕСКИХ ИЗМЕНЕНИЙ

Matyakhubova, Nozima

Abstract

This article analyzes scientific research conducted on the historical geography of the Khorezm oasis in the context of the Amu Darya’s riverbeds, ancient irrigation systems, and climate change. Based on scholarly sources, it explores the flow of the Amu Darya into the Caspian Sea via the Uzboy channel, and the paleogeographic features of the Sarykamysh basin and the Aral Sea region. Drawing on the works of scholars such as Ya.G. Ghulamov, B.V. Andrianov, and V.I. Vainberg, the article examines irrigation systems, climate changes, and the impact of human activity on the natural environment.

Full text

VOLUME-3, ISSUE-10 188 XORAZM VOHASINING TARIXIY GEOGRAFIYASI VA AMUDARYONING O‘ZANLARI SUG‘ORISH TIZIMLARI VA IQLIM O‘ZGARISHLARI KONTEKSTIDA ILMIY TADQIQOTLAR TAHLILI F.I.SH_Matyaqubova Nozima Maksatbayevna Urganch davlat universiteti, Tarix kafedrasi, o’qituvchisi E-mail: matyaqubovtohirjon4717 Tel: 97 091 78 48 Annotatsiya. Ushbu maqolada Xorazm vohasining tarixiy geografiyasi, Amudaryoning o‘zanlari, qadimgi sug‘orish tizimlari va iqlim o‘zgarishlari kontekstida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar tahlil qilingan. Amudaryoning Uzbo‘y o‘zani orqali Kaspiy dengiziga quyilishi, Sariqamish havzasi va Orolbo‘yi hududlarining paleogeografik xususiyatlari ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Ya.G‘.G‘ulomov, B.V. Andrianov, V.I. Vayinberg kabi olimlarning ishlari asosida sug‘orish tizimlari, iqlim o‘zgarishlari va inson faoliyatining tabiiy muhitga ta’siri tahlil qilingan. Kalit so‘zlar. Xorazm vohasi, Amudaryo o‘zanlari, Uzbo‘y, Sariqamish, sug‘orish tizimi, iqlim o‘zgarishlari, paleogeografiya, arxeologiya, geomorfologiya, migratsiya, Markaziy Osiyo. ИСТОРИЧЕСКАЯ ГЕОГРАФИЯ ХОРЕЗМСКОЙ ДОЛИНЫ И РУСЛА АМУДАРЬИ: АНАЛИЗ НАУЧНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ В КОНТЕКСТЕ ИРРИГАЦИОННЫХ СИСТЕМ И КЛИМАТИЧЕСКИХ ИЗМЕНЕНИЙ Ф.И.О Матяқубова Нозима Максатбаевна Ургенчский государственный университет, преподаватель кафедры истории, E-mail: _ matyaqubovtohirjon4717 Tel: 97 091 78 48 Аннотация. В данной статье представлен анализ научных исследований по исторической географии Хорезмской долины, руслам Амударьи, древним ирригационным системам и климатическим изменениям. Рассмотрены вопросы стока Амударьи через русло Узбоя в Каспийское море, палеогеографические особенности Сарыкамышского бассейна и Приаралья на основе научных трудов. На основе работ Я.Г. Гулямова, Б.В. Андрианова, В.И. Вайнберга проанализированы ирригационные системы, климатические изменения и влияние человеческой деятельности на природную среду. Ключевые слова. Хорезмская долина, русла Амударьи, Узбой, Сарыкамыш, ирригационная система, климатические изменения, палеогеография, археология, геоморфология, миграция, Средняя Азия. F.M.L Matyakhubova Nozima Makhsatbayevna Urgench states university teacher faculty of history E-mail: _ matyaqubovtohirjon4717 Tel: 97 091 78 48 Annotation. This article analyzes scientific research conducted on the historical geography of the Khorezm oasis in the context of the Amu Darya’s riverbeds, ancient irrigation systems, and climate change. Based on scholarly sources, it explores the flow of the Amu Darya into the Caspian Sea via the Uzboy channel, and the paleogeographic features of the Sarykamysh basin VOLUME-3, ISSUE-10 189 and the Aral Sea region. Drawing on the works of scholars such as Ya.G. Ghulamov, B.V. Andrianov, and V.I. Vainberg, the article examines irrigation systems, climate changes, and the impact of human activity on the natural environment. Key words: Khorezm oasis, Amu Darya riverbeds, Uzboy, Sarykamysh, irrigation system, climate change, paleogeography, archaeology, geomorphology, migration, Central Asia. Kirish. Markaziy Osiyoning eng qadimiy va boy tarixiy-madaniy hududlaridan biri bo‘lgan Xorazm vohasi o‘zining tabiiy-geografik xususiyatlari, Amudaryo daryosining o‘zani va sug‘orish tizimlari bilan insoniyat sivilizatsiyasining shakllanishida muhim rol o‘ynagan. Vohaning geografik joylashuvi, iqlimi va suv resurslari qadimdan dehqonchilik madaniyati va shaharsozlik jarayonlarining asosini tashkil qilgan. Ayniqsa, Amudaryoning o‘zani, uning tarixiy o‘zgarishlari va sug‘orish tizimlari mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan. Mazkur tadqiqotda Xorazm vohasining tarixiy geografiyasi, Amudaryoning o‘zani, sug‘orish tizimlari va iqlim o‘zgarishlari kontekstida olib borilgan ilmiy izlanishlar tahlil qilinadi. Ushbu mavzu hududning ekologik, iqtisodiy va demografik rivojlanishini tushunishda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Adabiyotlar tahlili. Xorazm vohasi va Amudaryo o‘zanlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar uzoq tarixga ega bo‘lib, bu boradagi dastlabki ma’lumotlar Abu Rayhon Beruniy asarlarida uchraydi. Beruniy Amudaryoning Kaspiy dengiziga quyilishi haqidagi fikrni ilgari surgan bo‘lsa-da, bu g‘oya faqat XX asrning 50-yillarida Uzbo‘y va Sariqamish havzalarida olib borilgan tadqiqotlar natijasida ilmiy asosga ega bo‘ldi. Ya.G‘. G‘ulomov va B.V. Andrianovlarning tadqiqotlari Xorazmning sug‘orish tizimlari va geografik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, ular Amudaryoning quyi oqimidagi dehqonchilik madaniyati va sun’iy sug‘orish tizimlarining shakllanish jarayonlarini tahlil qilganlar. V.I. Vayinberg esa vohaning ekologik va paleogeografik tarixini, iqlim o‘zgarishlari va migratsiya jarayonlarini chuqur o‘rgangan. Uning ishlari Amudaryo va Sirdaryoning qadimgi o‘zanlari, Orol-Kaspiy hududlarining iqlim rekonstruksiyasi va etnogeografik masalalarni o‘z ichiga oladi. Metodologik asoslar. Tadqiqot tarixiy-geografik, arxeologik, paleogeografik va ekologik yondashuvlar asosida kompleks uslubda olib borildi. Asosiy e’tibor yozma manbalar, arxeologik topilmalar, geomorfologik va kartografik materiallar tahliliga qaratildi. Iqlim o‘zgarishlari, sug‘orish tizimlari va migratsiya jarayonlari o‘zaro bog‘liq holda qiyosiy tahlil qilindi. Ushbu integrallashgan yondashuv Xorazm vohasi tarixining murakkab geografik va ekologik jarayonlarini har tomonlama yoritish imkonini berdi. Tahlil. Xorazm vohasini geografik jihatdan o‘rganishda olimlar o‘rtasidagi eng munozarali masala Amudaryoning Kaspiy dengiziga quyilishi, ya’ni Uzbo‘y o‘zani masalasi bo‘lgan. Amudaryoning Kaspiy dengiziga quyishi dastlab Abu Rayxon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida berilgan. Bu g‘oya uzoq vaqtlar davomida noto‘g‘ri ma’lumot deb hisoblangan. XX asrning 50yillarida Uzbo‘y va Sariqamish havzalarida olib borilgan tadqiqotlar Abu Rayxon Beruniy tomonidan yozib ketilgan bu fikrning to‘g‘riligini ilmiy jihatdan asosladi va Uzbo‘yning suv bilan ta’minlangan davrlarini ham yoritib berdi. Mil.avv. IV – III ming yilliklarda Amudaryo Uzbo‘y o‘zani orqali Kaspiy dengizi bilan bog‘langan. Mil.avv. II ming yillik boshlaridan kelib, u yerda suv oqimi bo‘lmagan[5,B.21,280-281.]. Mil. avv. I ming yillik boshlarida Sariqamish deltasi suv bilan qayta ta’minlana boshlagan. Mil. avv. VII asr VOLUME-3, ISSUE-10 190 boshlaridan Sariqamish deltasida suv ko‘p bo‘lgan. Bu holat milodiy IV–V asrlargacha davom etgan[2]. Yozma manbalarda qayd qilinishicha, shu davrlarda Uzbo‘ydan Kaspiy dengiziga kemalar qatnagan[8]. Uzbo‘yga suvning doimiy quyishi mil.avv. I ming yillikning boshlaridan to‘xtagan. Amudaryoning suvlari shimol tomonga yo‘nalib, Orol o‘zaniga quyila boshlagan. Qadimgi Xorazm vohasining sug‘orilish tarixi Ya.G‘.G‘ulomov va B.V.Andrianovlar tomonidan maxsus tadqiqot doirasiga tortilgan. Bu tadqiqotlarda sug‘orish tizimlarining yo‘nalishlari yoritish jarayonida hududning geografik tasnifi bayon qilingan. Shu jihatdan olib karalganda hududning geografik joylarini yoritishda bu ilmiy asarlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ya.G‘.G‘ulomovning tadqiqot ishida eng qadimgi davrlardan XX asrning 50 -yillarigacha bo‘lgan davrdagi sun’iy sug‘orish tizimi bilan bog‘liq masalalar tadqiq qilingan. Olim Amudaryo va uning o‘zanlarini geografik jihatdan tahlil qilganda, o‘rta asr mualliflari asarlaridagi ma’lumotlar bilan taqqoslab, o‘z xulosasani bergan. Abu Rayxon Beruniyda berilgan geografik ma’lumotlarni lokalizatsiya qilgan. Amudaryoning toshqinlari, ularning xafi va aholi shu toshqinlardan qanday himoyalanib, qay tarzda dehqonchilikda samarali foydalanganliklari keltirilgan. B.V. Andrianovning “Orolbo‘yining qadimgi sug‘orish inshootlari tizimi” asarida Amudaryoning quyi oqimlari va o‘zanlari bo‘yidagi tabiiy sharoitga alohida to‘htalib o‘tgan. Bu har bir xududning o‘ziga xos tabiiy sharoitga egaligini va shu asosda dehqonchilik madaniyati shakllanganligi ko‘rsatgan. Quyi Amudaryo bo‘ylari sahro bilan o‘ralgan bo‘lib, keskin kontinental bo‘lib, xavoning o‘ta darajada quruqligi, kuchli shamollarning borligi va suvning bug‘lanish darajasi ham kuchli ekanligini ko‘rsatilib, bunday tabiiy sharoitda faqat sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikni shakllantirish mumkin ekanligi qayd etilgan[1,С. 96.]. Orolbo‘yidagi quruq iqlim uchlamchi davrning oxirida shakllangan deb ko‘rsatgan. Natijalar. V.I.Vayinberg Xorazm vohasining mil.avv. VII asrdan milodiy VIII asrgacha bo‘lgan davrini ekologik va paleogeografik jihatdan chuqur tahlil qilgan va har bir masala tarixshunosligini ham yoritgan. Uning tadqiqot ishida ham Amudaryoning o‘zanlari, Uzbo‘y, sharqiy Kaspiy dengizi qirg‘oqlari hududlari, Sirdaryoning qadimgi o‘zanlari masalalari XX asrning ikkinchi yarmida olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlarini jamlagan holda yoritib o‘tilgan. Orol bo‘yi hududlari iqlimining o‘zgarishlari masalalariga alohida to‘htalgan. Xorazm vohasida yashagan turli qabilalarning joylashgan yerlari, ko‘chib yurish jarayonlari ham bayon qilingan. Geografik ma’lumotlar yozma manbalardagi ma’lumotlar asosida ham tahlil qilinib, etnogeografiya masalalariga katta e’tibor qaratilgan. Amudaryo o‘zanlari xaritasi, qadimgi qabilalarning geografik joylashgan hududlari xaritasi ishlanib, asarga ilova qilingan. V.I.Vaynberg Amudaryo quyi qismini hududlarini geografik jihatdan Turon pasttekisligi deb atalishini inobatga olib, shu hududlarni Turon deb beradi. Geografik jihatdan unga g‘arbda Kaspiy dengizigacha, sharqda Markaziy Qozoqistongacha, shimolda Qozoqiston cho‘ligacha, janubda Qizilqum va Qoraqumning chekkasigacha bo‘lgan hududlar qirgan[3]. O‘rta Osiyo va Markaziy Osiyo tushunchalariga ta’rif berib, ularning geografik hududlariga tushuncha berib, O‘rta Osiyoning geografik koordinatalari, iqlimi, o‘simlik dunyosi, qishloq ho‘jaligining asosi, hayvonat olami, oqib o‘tgan daryolari, yer relefining o‘ziga xosligi, tuprog‘i kabi masalalar tahlil qilingan. Shu asosda O‘rta Osiyoda tarixiy-madaniy viloyatlar shakllanganligini ko‘rsatgan. Amudaryo o‘zanlari Orolbo‘yi, Uzbo‘y, Sariqamish hududlarining paleogeografiyasini chuqur tahlil qilgan. Ularga suv kelish vaqtlari va insonlar tomonidan o‘zlashtirilishi masalalari tahlil qilingan. OrolKaspiy hududlarining mil.avv. 900 -300 iqlimini rekonstruksiya qilgan[4,B.59.]. Bu hududga shu davrlarda ko‘chmanchi qabilalarning kirib kelish jarayoni iqlimda bo‘lgan VOLUME-3, ISSUE-10 191 o‘zgarishlar ekanligi asoslab berilgan. Ilk temir davrida O‘rtaer dengizi bo‘ylaridagi iqlim quruqlashib, shimoliy Yevroosiyo hududlarida namgarchilik yuqori bo‘lganligi sababli, qadimgi eroniy qabilalar O‘rta Osiyo hududiga kirib kelganlar. Shu davrda Xorazm vohasida Sariqamish hududlarida suv ko‘payib, Uzbo‘y oqimida ham suv bo‘lgan. Bu hududga atrofdagi ko‘chmanchi qabilalar kelib joylashgan, Ustyurtda ham qo‘chmanchi qabilalar paydo bo‘lgan. Quyi Sirdaryo bo‘yidagi Inkardaryo qurib, uning o‘rnida Quvondaryo shakllangan. Mil.avv. IV-III asrlarda issiq va quruq iqlim hukmron bo‘lganligi sababli Amudaryoning shimoliy Dovdon irmog‘i va Qanxadaryo qurigan. Shu davrda Xorazm vohasiga Qozoqiston hududidagi ko‘chmanchi qabilalarning dastlabki yurishi kuzatiladi. Ko‘chmanchilarning ikkinchi yirik oqimi mil.avv. II asrda boshlangan. Sirdaryoning quyi oqimi quriganligi sababli dax qabilalari boshqa hududlarga ko‘chib ketishgan. Siyosiy vaziyat natijasida O‘rta Osiyoga kirib kelgan yuedji qabilalari shimol tomonga emas, balki janub tomonga yurish qilib, Baqtriya hududlarini egallaganlar[6,С.61.]. B.I.Vayinberg shimoliy Orolbo‘yi hududlarining lanshafti va faunasi iqlim sharoiti bilan bog‘liq ekanligini asoslagan. Iqlim quruq issiq bo‘lsa, hududda qurg‘oqchilik boshlangan, o‘simlik va hayvonot dunyosi ham kamayib ketgan. Sahro o‘simliklari tarqalgan. Aksincha, namgarchilik yuqori bo‘lib, yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan davrlarda bu hududning lanshaftida tub o‘zgarishlar bo‘lgan. O‘simlik va hayvonot dunyosi boyigan. Sahro chegarasi ham o‘zgargan. Milodiy IV asrdan iqlim yana soviy boshlaydi, bu sahroda yashovchi qabilalarga yanada murakkablik tug‘dirgan. Sariqamish va Uzbo‘y o‘zanlari qurib qoladi. Markaziy Osiyodagi Tarim daryosi suvning sathi tushib ketgan, Lobnor ko‘li qurigan. Bu jarayon xunlarning g‘arbga ko‘chib ketishiga sabab bo‘lgan deb ko‘rsatadi olima. Tadqiqot ishida qadimgi va o‘rta asrlardagi iqlim o‘zgarishlari tahlil qilingan va iqlim bugungi kundagidan butunlay boshqacha bo‘lgan deb xulosa bergan. Xulosa. 2020 yilda A.S.Sagdullaev muharrirligi ostida Markaziy Osiyodagi tarixiy – madaniy viloyatlarning shakllanishi va etnik geografiyasi muammolariga bag‘ishlangan jamoaviy monografiya chop etildi[7,Б.236.]. Unda tosh, bronza va ilk temir davri yodgorliklarining geografiyasi, kartografiyasi, turli tabiiy geografik sharoitda madaniyatning rivojlanishi, migratsiyalar va tarixiy geografiya masalalari yoritilgan. Asarda Xorazm vohasining o‘zlashtirilishi, Amudaryo o‘zanlarining faoliyati va yozma manbalardagi ma’lumotlar yoritilgan. XX asrning ikkinchi yarmida ulkan cho‘l mintaqasida og‘ir sharoitda olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlarining muhim natijalari bugungi kunda ham tadqiqot doiraga tortilib, yangi fikrlar ilgari surilmoqda, Xorazm vohasi tarixining muammoli masalalari o‘z yechimini topmoqda. Shu masalalardan eng muhimi hududning geografik jihatdan o‘rganilishi bo‘lib, bunda Amudaryo va uning o‘zanlarining shakllanishi, suv bilan ta’minlanish jarayonlari va cho‘llashish oqibatlari keng tahlil qilingan. Adabiyotlar 1. Андрианов Б.В. Древние оростельные системы Приаралья. – С. 96. 2. Вайнберг Б.И. Этнография Турана в древности. – С. 37; Пьянков И.В. Средняя Азия и Евразийская степь в древности. – С. 98. 3. Вайнберг Б.И. Этнография Турана. – С.3. 4. Вайнберг Б.И. Этнография Турана. - C. 59. 5. Вайнберг Б.И. Этнография Турана. - C.21, 280-281. 6. Вайнберг Б.И. Этнография Турана. – С. 61. 7. Марказий Осиёда тарихий-маданий вилоятларнинг шаклланиши ва этник географияси муаммолари. Монография. -Т.: “Университет”, 2020. –Б. 236. 8. Страбон. XI, VII. 3