scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA ISH O'RINLARI YETISHMASLIGI MUAMMOSI VA UNI HAL ETISH YO'LLARI

Xowimova Jasmin

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida ish o‘rinlari yetishmasligi muammosi hamda uning asosiy sabablari tahlil qilinadi. Aholining demografik o‘sishi, qishloq xo‘jaligi va sanoat tarmoqlaridagi ishsizlik darajasining yuqoriligi, kichik va o‘rta biznesning yetarli rivojlanmagani, shuningdek, ta’lim tizimi bilan mehnat bozori o‘rtasidagi nomutanosiblik muammoni yanada chuqurlashtirayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda mamlakatdagi ishsizlik darajasi 8,7 foizni tashkil etgan, mehnatga layoqatli aholining esa yillik o‘sish sur’ati 2 foizdan oshgan. Maqolada ushbu holatlarni yumshatish maqsadida iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim tizimini mehnat bozoriga moslashtirish zarurligi asoslab berilgan.

Full text

58 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA ISH O‘RINLARI YETISHMASLIGI MUAMMOSI VA UNI HAL ETISH YO‘LLARI Xowimova Jasmin Qarshi tumani, Iqtisod yo‘nalishi talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17708244 Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida ish o‘rinlari yetishmasligi muammosi hamda uning asosiy sabablari tahlil qilinadi. Aholining demografik o‘sishi, qishloq xo‘jaligi va sanoat tarmoqlaridagi ishsizlik darajasining yuqoriligi, kichik va o‘rta biznesning yetarli rivojlanmagani, shuningdek, ta’lim tizimi bilan mehnat bozori o‘rtasidagi nomutanosiblik muammoni yanada chuqurlashtirayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda mamlakatdagi ishsizlik darajasi 8,7 foizni tashkil etgan, mehnatga layoqatli aholining esa yillik o‘sish sur’ati 2 foizdan oshgan. Maqolada ushbu holatlarni yumshatish maqsadida iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim tizimini mehnat bozoriga moslashtirish zarurligi asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: ishsizlik, demografik o‘sish, mehnat bozori, iqtisodiy siyosat, tadbirkorlik, bandlik. Annotation. This article analyzes the problem of job shortages in the economy of Uzbekistan and examines its main causes. It highlights that the rapid population growth, high unemployment rates in agriculture and industry, insufficient development of small and mediumsized enterprises, as well as the mismatch between the education system and the labor market, are deepening this issue. According to statistical data, in 2024 the unemployment rate in the country amounted to 8.7 percent, while the annual growth rate of the working-age population exceeded 2 percent. The article substantiates the need to diversify the economy, expand the service sector, support entrepreneurship, and adapt the education system to the needs of the labor market in order to mitigate the current situation. Keywords: unemployment, demographic growth, labor market, economic policy, entrepreneurship, employment. Аннотация. В данной статье анализируется проблема нехватки рабочих мест в экономике Узбекистана и рассматриваются её основные причины. Отмечается, что рост численности населения, высокий уровень безработицы в сельском хозяйстве и промышленности, недостаточное развитие малого и среднего бизнеса, а также несоответствие между системой образования и потребностями рынка труда способствуют углублению данной проблемы. Согласно статистическим данным, в 2024 году уровень безработицы в стране составил 8,7 процента, тогда как годовые темпы роста трудоспособного населения превысили 2 процента. В статье обоснована необходимость диверсификации экономики, расширения сферы услуг, поддержки предпринимательства и адаптации системы образования к требованиям рынка труда с целью смягчения текущей ситуации. Ключевые слова: безработица, демографический рост, рынок труда, экономическая политика, предпринимательство, занятость. KIRISH O‘zbekiston iqtisodiyotida ish o‘rinlari yaratish va aholining bandligini ta’minlash — barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy omillaridandir. So‘nggi yillarda mehnat bozoridagi 59 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) o‘zgarishlarni, texnologik rivojlanishlar va aholining tez o’sishi natijasida ish o‘rinlari yetishmasligi dolzarb muammoga aylanganib kelmoqda. 2025-yil boshida O‘zbekiston aholisi soni 37 milliondan oshdi. Har yili mehnat bozoriga o‘rtacha 750 mingdan ortiq yangi ishchilar kuchi kirib kelmoqda, biroq yangi yaratilayotgan ish joylari soni bu ehtiyojni to‘liq qoplamaydi. Natijada ishsizlik darajasi 8,6 foiz, yoshlar orasida esa 14 foizni tashkil etmoqda (Manba: Davlat statistika qo‘mitasi, 2025). Shu sababli, ish o‘rinlari yetishmasligi iqtisodiyot uchun muhim strategik masala hisoblanadi. Bu muammoni hal etish orqali nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki ijtimoiy barqarorlik ham ta’minlanadi ADABIYOTLAR TAHLILI So‘nggi yillarda O‘zbekiston hukumati tomonidan bandlik siyosatini takomillashtirish maqsadida bir qator davlat dasturlari ishlab chiqilgan. Jumladan, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Har bir oila — tadbirkor”, “Ishga marhamat” markazlari kabi tashabbuslar orqali aholining mehnat bozoriga kirish imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) hisobotilarida ta’kidlanishicha, O‘zbekiston mehnatga layoqatli aholining 52 foizi mehnat shartnomasi bolmagan joyda ishlaydi. Bu esa ishchi kuchining to‘liq ro‘yxatga olinmasligiga, soliqlar bazasining torayishiga va ijtimoiy himoyaning pastligiga ham olib kelmoqda. Jahon banki (2024) ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda yangi ish o‘rinlarining 70 foizi xizmat ko‘rsatish sohalarida, 20 foizi sanoatlarda, 10 foizi esa qishloq xo‘jaligida yaratilib kelgan. Lekin ishlab chiqarishdagi ish joylari ulushi kamayib borayotgani iqtisodiy osishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. TADQIQOT METODOLOGIYASI Tadqiqotda O‘zbekiston iqtisodiyotida ish o‘rinlari yetishmasligi muammosi statistik tahlil, taqqoslash va sabab-oqibat yondashuvi asosida o‘rganildi. Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Jahon banki va XMT manbalaridan olindi. Hududlar kesimida bandlik darajasi, yoshlar ishsizligi va norasmiy sektor ulushi tahlil qilindi. MUAMMOLAR 1. Ishlab chiqarish sohalarida ish o‘rinlari kam. Rivojlangan sanoat korxonalari yetarli kop emas, natijada yoshlar asosan xizmat ko‘rsatish yoki ruyxatdan otmagan sohalarda ishlashga majbur bo‘lmoqda. 2. Ta’lim tizimi va mehnat bozori o‘rtasidagi nomuvofiqlik. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mutaxassisligi real iqtisodiyot talablariga har doim mos emas. Unversetitlarda kop nazariya oqitiladi, amaliyot esa kam-natijada bitiruvchilar ishga tayyor emas. Mehnat bozorida texnik mutaxassislarga talab katta, lekin kopchilik iqtisod yoki huquq yonalishlarida oqiydi. 3. Norasmiy bandlik yuqoriligi. 2024-yil holatiga ko‘ra, ishchi kuchining yarmidan ko‘pi mehnat shartnomasi yuq ishlarda band bo‘lib, bu ijtimoiy kafolatlar yo‘qligiga olib kelmoqda. 60 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) 4. Hududiy tafovutlar. Ish o‘rinlarining 45 foizi poytaxt va yirik shaharlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Qashqadaryo, Jizzax, Surxondaryo kabi viloyatlarda ishsizlik 10–12 foiz atrofida. 5. Texnologik rivojlanishning sustligi. Innovatsion ishlab chiqarish korxonalari kamligi sababli zamonaviy, yuqori maoshli ish joylari yetarli emas. TAHLIL VA NATIJALAR O‘zbekiston mehnat bozorida asosiy muammo — talab va taklif o‘rtasidagi tug’ri kelmaslik. Aholi sonining o‘sishi yangi ish joylari yaratish tezroq kechmoqda. Shu bilan birga, iqtisodiyotda yuqori malakali ishchi kuchiga talab oshib bormoqda, lekin ko‘pchilik yoshlar yetarli kasbiy tayyorgarlikka ega emas. Ishsizlikning eng yuqori darajasi 18–30 yosh oralig‘idagi aholida kuzatiladi. 2024-yilda yoshlar ishsizligi 14,3 foizni tashkil etgan. Bu esa “miya oqimi” — ya’ni, malakali yoshlarning xorijga chiqib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Qishloq hududlarida ishsizlikning asosiy sababi — infratuzilma va investitsiya yetishmasligi. Qashqadaryo va Surxondaryoda ishchi kuchining 60 foizi qishloq xo‘jaligida band, lekin u yerda mehnat samaradorligi past. YECHIMLAR 1. Hududiy industrial zonalarni kengaytirish. Har bir viloyatda kichik sanoat klasterlari va qayta ishlash korxonalarini ko‘paytirish orqali yangi ish joylari yaratiladi. 2. Kasb-hunar ta’limini modernizatsiya qilish. Mehnat bozori talabiga mos yangi kasblar (IT, logistika, dizayn, muhandislik) bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil etish. 3. Kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash. “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ayollar va yoshlar uchun imtiyozli kreditlar miqdorini oshirish. 4. Raqamli iqtisodiyot va masofaviy bandlikni rivojlantirish. Internet infratuzilmasini yaxshilab, uyda ishlash (freelance, onlayn xizmatlar) imkoniyatlarini kengaytirish. 5. Norasmiy bandlikni qisqartirish. Ishchilarni rasmiylashtirish uchun soliq imtiyozlari berish va soddalashtirilgan ro‘yxatdan o‘tish tizimini joriy etish. 6. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. Yangi texnologiyalar va korxonalarni jalb qilish orqali yuqori malakali ish joylarini yaratish. XULOSA O‘zbekiston iqtisodiyotida ish o‘rinlari yetishmasligi muammosi ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, uni hal etish uchun bir necha tamonlama yondashuv zarur. Yangi ishlab chiqarish korxonalari yaratish, ta’lim tizimini mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish, hududlarda investitsiyalarni kengaytirish va raqamli ish o‘rinlarini yaratish orqali ishsizlik darajasini kamaytirish mumkin. Ushbu chora-tadbirlar amalga oshirilsa, mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sish, kambag‘allikning kamayishi va yoshlarning o‘z yurtida munosib ish topish imkoniyati kengayadi.