ZAMONAVIY O'ZBEK DRAMALARIDA KOMPOZITSION YANGILIKLAR
Abstract
Mazkur maqolada asar syujetidagi voqealar munosibligi, muvofiqligi, uyg‘unlashuv qonuniyati bo‘lgan kompozitsiya talqin qilinadi. Bugungi kun dramalariga xos pafos muallif tasvirlashni maqsad qilgan voqea va hodisaning xarakterini, mavzusi, qahramonlarning ichki olami, badiiy niyati bilan bog‘liq bo‘lgan, badiiy unsurlar sintez qilinadi. Nafas Shodmonovning “O‘lan” (muallif marsiya deb nomlagan) dramatik asari sinkretik xususiyatlari chuqur tahlilga tortilgan.
Full text
61 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) ZAMONAVIY O‘ZBEK DRAMALARIDA KOMPOZITSION YANGILIKLAR Lolaxon Qo‘ziboyeva Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). https://doi.org/10.5281/zenodo.17708312 Annotatsiya. Mazkur maqolada asar syujetidagi voqealar munosibligi, muvofiqligi, uyg‘unlashuv qonuniyati bo‘lgan kompozitsiya talqin qilinadi. Bugungi kun dramalariga xos pafos muallif tasvirlashni maqsad qilgan voqea va hodisaning xarakterini, mavzusi, qahramonlarning ichki olami, badiiy niyati bilan bog‘liq bo‘lgan, badiiy unsurlar sintez qilinadi. Nafas Shodmonovning “O‘lan” (muallif marsiya deb nomlagan) dramatik asari sinkretik xususiyatlari chuqur tahlilga tortilgan. Kalit so‘zlar: muallif, syujet, dramatik talqin, sintez, tezis, antitezis, badiiy niyat, drama. Аннотация. В данной статъе дается толкование компазиции, в которой события сюжета произведения являются законами уместности, согласованности, гармонизации. Пафос, свойственный драмам сегодняшнего дня, синтезирует художественные элементы, связанные с характером события и явления, предметом, внутренним миром героев, художественным замыслом, который автор намеревается изобразитъ. Синкретические собенности драматического произведения «Ўлан» Нафаса Шодмонова подвергнутқ глубокому анализу. Ключевые слова: автор, сюжет, драматическая интерпретация, синтез, тезис, антитезис, художественное намерение, драма. Abstract. In this article, the composition with the law of merit, compatibility, harmonization of events in the plot of the work is interpreted. Typical of today’s dramas, Paphos synthesize artistic elements, related to the character, theme, inner world of heroes, artistic intention of the event and phenomenon that the author aims to portray. The dramatic work of Nafas Shodmonov is subjected to a deep analysis of its syncretic features. Keywords: author, plot, dramatic interpretation, synthesis, thesis, antithesis, synthesis, artistic intention, drama. Mustaqillik davri o‘zbek dramalarini tashkil etuvchi asos ularni kompozitsion bog‘lab turuvchi harakatdagi tizim tezis-antitezis-sintez funksiyasidir. Ya’ni, ularda dastlab muayyan dramatik muammo o‘rtaga tashlanib, so‘ng inkor etuvchi fikr tashlanadi, har ikkisining umumlashmasidan esa sintez-xulosa chiqariladi. Ayni shu holat bugungi kun dramasiga ham xos. Bugungi kun dramalariga xos pafos muallif tasvirlashni maqsad qilgan voqea va hodisaning xarakterini, mavzusi, qahramonlar ichki olami, badiiy niyati bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan yuqoridagi keltirilgan adabiy-tarixiy omillar bilan ham aloqador hisoblanadi. Shunday ekan, asar syujetidagi voqealar munosibligi, muvofiqligi, uyg‘unlashuv qonuniyati kompozitsiyaning mohiyatini belgilaydi. Kompozitsiya – badiiy asarni tashkil etuvchi qism va unsurlarni muayyan g‘oyani ifodalashga xizmat qiladigan tartibda birlashtirish orqali yaxlit, tugal shaklga keltirishdan iborat. Demak, kompozitsiya asarning ichki mohiyatini, uning tashqi muhit bilan munosabatini belgilovchi hodisadir. Mohiyat e’tiborga ko‘ra, ayni shunday ta’rifni Abdurauf Fitrat o‘zining “Adabiyot qoidalari” nomli kitobida masalaning mohiyatiga juda ham to‘g‘ri tushungan holda, “kompozitsiya” termini o‘rnida “tartib” so‘zini ishlatadi 1 va uningcha, asar mundarijasi muayyan tartibda tasvirlangandagina ijodkor o‘zi ko‘zlagan maqsadga erishadi. 1 Фитрат А. Адабиёт қоидалари. – Тошкент: Ўқитувчи,1995. – Б. 25-26.
62 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) Gegel dunyoning asosi “mutlaq g‘oyalardan” iborat degan xulosaga keladi. U uchlik prinsipi asosida rivojlanadi – tezis-antitezis-sintez. Har bir matn yoki bo‘lim, o‘z navbatida, uchlik prinsipiga ko‘ra bo‘linadi. Obyektivlikni tashkil qiluvchi dastlabki qism, ikki qism esa obyektivlik munosabatlarini o‘z ichiga oladi, uchinchi qism esa – bu mavzu mantig‘idir. Borliq (tezis), hech narsa (antitezis), unda shakllanish esa (sintezdir) 2 . Adbiyotshunos olim Suvon Meliyev o‘zining “Mushtarak uchlik” maqolasida Trinar (uchlik) tipologiyada, binar tipologiyada ko‘ringan jihatlar, mushtarakliklar ochilishi, hatto paydo bo‘lishi mumkin” 3 , – degan qat’iy xulosalarni aytib o‘tadi. Olim bu uchlik tizimda asar ma’nosi to‘lig‘icha ochilishiga, hatto yangi so‘z ayta olishiga guvohlik bermoqda. Adabiyotshunos olim Uzoq Jo‘raqulovning quyidagi fikrlari masala mohiyatini yanada oydinlashtiradi: “Xamsa dostonlari ham xuddi Qur’oni Karim qissalari singari yagona jumlakonsepsiyaga quriladi. Agar Qur’oni Karimdagi Yusuf (a.s.) qissasi asosida bashorat-tush (qissa qahramonining kelajagi haqida) tezis bo‘lsa, toki shu tush ro‘yobga chiqib, qahramon g‘alabaga erishgungacha bo‘lgan barcha voqea-hodisalar antitezis, qahramonga o‘n bir yulduz, oy va quyoshning salomga kelishi sintez hisoblanadi. Qahramonni bunday saodatga erishtirgan omil esa “chiroyli sabr”dir. “Xamsa” dostonlaridagi barcha qahramonlarning ishq uchun yaratilgani tezis, ishq yo‘lidagi iztirob va mashaqqatlari antitezis, ularning Haq vasliga yetishuvlari esa sintezdir” 4 . Olimning ushbu qimmatli fikrlari asar mohiyati asl o‘zak sari yo‘nalganligini to‘g‘ri ko‘rsatadi. Kompozitsiyaning ma’lum bir mohiyat tomon izchil yo‘nalgan bo‘lishi, barcha janrdagi badiiy asar kompozitsiyasi uchun xos xususiyatdir. Rahmatilla Nosirovning “Xalq qo‘shiqlari kompozitsiyasi” nomli monografik ishida xalq qo‘shiqlarini to‘rt kompozitsion tipga ajratadi 5 . Birinchi tipi: Tezis-sintez. Ikkinchi tip: tezis-tezis-antitezis-sintez. Uchinchi kompozitsion tip: tezis-sintez-tezis-sintez. To‘rtinchi kompozitsion tip: Tezis-tezis-tezis-sintez. Bunday tiplarga ajratilishi, albatta, janr xususiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan va tadqiq qilingan. Xalq qo‘shiqlarining barcha turlarini mana shu to‘rt kompozitsion tip bo‘yicha tahlilga tortgan. Albatta, olimning xalq qo‘shiqlari kompozitsiyasini o‘rganishda bu fikrlari dasturamal vazifasini o‘taydi. Biroq u ko‘rsatgan kompozitsion tiplari haqidagi qarashlar, olimning o‘zi ta’kidlab o‘tganlaridek, aniq xalq qo‘shiqlariga (mehnat qo‘shiqlari, chorvachilik bilan bog‘liq, dehqonchilik bilan bog‘liq, hunarmandchilik, o‘zbek marosim qo‘shiqlari va lirik qo‘shiqlar kompozitsiyasiga) tegishli. Biz ham mazkur faslda berilgan dramatik asarlarni ana shu oqilona berilgan kompozitsiya tiplariga asosan tahlil qilamiz. Ko‘plab tadqiqotchilarning qayd etishlaricha, ijodkorning poetik maqsadi – tezis, unga qarshi ichki va tashqi omillarning ta’siri antitezis, xulosa qilinuvchi fikrlar sintez hisoblanadi. Har qanday mavzu borliqdagi hodisalar bilan chambarchas bog‘liqdir. Badiiy asarda esa inson hayoti, uning turli vaziyatlarga tushib qolishi, kayfiyati, kechinmalari, maqsad intilishlari, borliqqa nigohi, odamlar bilan muloqotiga qaratiladi. Shu sababli insonlar bir-biri bilan ko‘rinmas rishtalar bilan bog‘langan va bu insonning borliq kengliklaridan chiqib, olis abadiyatga borib ulanadi. 2 М.Ф. Овсянников. Гегелъ. Издателъство Мысль, Москва. 1971. – Б. 74-76. 3 Мели С. Муштарак учликлар мақоласи. // Ўзбекистон адабиёти ва санъати. – Тошкент, 2014. №16. – Б. 4. 4 Жўрақулов У. Алишер Навоий “Хамса”сида хронотоп поэтикаси. Монография. – Тошкент: Турон-Иқбол нашриёти, 2017. – Б. 33. 5 Носиров Р. Халқ қўшиқлари композицияси. Монография. – Тошкент: Фан, 2006. – Б. 41.
63 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) Ana shu ko‘rinmas tuyg‘uni his qilgan dramaturglarimiz abadiyat ipini bog‘lamoqda. “Hozirgi dramaturgiyada epos va lirika elementlaridan foydalanishni novatorlikning namunasi deb qaralsa to‘g‘ri bo‘lardi. Hozirgi zamon dramaturgiyasining bu masaladagi afzalliklari, olib kirgan yangiliklari alohida e’tiborga loyiq” 6 . Badiiy ijodning barcha turlari uchun ikkita asosiy omil mavjud. U ham bo‘lsa, hayotni haqqoniy aks ettirish va badiiy barkamollik. Hozirgi zamonda adabiyotning barcha turlarida insonlarning shaxsiy dardi xalqning dardi sifatida qabul qilinishini, xususiy manfaatlar umumxalq istaklari bilan hamohang bo‘lib ketishini tasvirlash san’atni rivojlantirish omillaridan biri, asosiysidir. Nafas Shodmonovning “O‘lan” (muallif marsiya deb nomlagan) dramatik asari ana shunday sinkretik xususiyat kasb etadi. Asarda qahramonlar Ota, Ona, Qiz (Hurijon). Birinchi ko‘rinish onaning o‘lan aytishi bilan boshlanadi. “Hay-hay o‘lan, jon o‘lan-o, O‘lan derdim, Yor-yor-a, o‘lan derdim. O‘lan kutgan hur qizimni Kimga berdim? Yor-yor-a, yerga berdim...” Onaning iztirobi, mahzun unlari ana shu parchada jam bo‘lgan. Yosh qiziga aza tutgan onaning qalb iztiroblari. Asarda ichki, tashqi monologlar inson qalb prizmasi orqali ifoda etiladi. Dramaga qo‘yilgan muammo (tezis) boshlanadi. O‘sha muammo atrofida qahramonlar ruhiy kechinmalari yechim izlaydi. Ota-ona yetisholmagan orzulari uchun ko‘p bora afsus chekadi. Ikkalasi ham yolg‘iz Hurijon (muallif qahramonni nomlashda ham alohida e’tibor qaratgan)ni unutolmasdan qalblari, ruhlari qiynalishadi. Bu qalb iztiroblarini tomoshabinga yetkazishda yor-yor folklor marosim qo‘shiqlaridan foydalangan. Ijodkor folklorga xos an’anaviy syujetni qayta ishlash asosida yangi asar, yangicha syujet yaratgan. Yor-yor qo‘shiqlari – kelin bo‘lib uzatilayotgan qizning orzu-armonlarini, qalb tug‘yonlarini, hadiklarini, yangi hayoti haqidagi o‘y-fikrlarini ifodalaydi. Lekin muallif ham yor-yor, ham motam yig‘i qo‘shiqlaridan kompozitsiya tuzgan. Yuqoridagi ikki bandda Ona obrazi tomonidan asar syujetida tezis sifatida kelgan. Keyingi bandda esa unga qarshi turgan armoni, O‘lan kutgan hur qizimni. Kimga berdim? Ya’ni qizini o‘lan bilan o‘z ota uyidan chiqib ketishini bor vujudi bilan xohlagan ona ikkinchi misrada o‘zining fikriga antitezis fikrni bildirmoqda. Yor-yor-a, yerga berdim....ona o‘z maqsadlarini, orzu-umidlarining yo‘qqa chiqqanligini o‘z nolalari bilan ifodalab sintez xulosani bermoqda. Bu monologda tezis-antitezis-sintez kompozitsiya tipi tashkil etadi. Muallif o‘lan bilan boshlashining asosiy badiiy maqsadi o‘lim motivini (Huriniso) asar tezisi sifatida bergan. Xalq qo‘shiqlarida ham bu motiv yetakchilik qiladi (ishning hajmidan kelib chiqib to‘rtlik keltiramiz): “Qator-qator uylar solgan, voy bolam, Devoriga gul solgan voy bolam. Solgan guli bitmasdan, voy bolam, Go‘ristonga yo‘l olgan, voy bolam.” (Gulyor,223) Bu misralardan anglashiladiki, muallif bu motivni kiritishda xalq og‘zaki ijodiga murojaati to‘g‘ri tanlov ekanligiga amin bo‘lamiz. 6 Абдусаматов Ҳ. Драма назарияси. – Тошкент: Ғафур Ғулом, 2000. – Б. 23.
64 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) Agar diqqat qilinsa, bu ikki xil janr bir-biri bilan qorishib ketgan. Farzandining orzuumidlarining ko‘pi armon bo‘lib qolganidan nola chekayotgan ota-ona armoni kuylanmoqda. “Zargar egam zanjiri-yo Uzilmaydi, Yor-yor-a, uzilmaydi. Qora ko‘zning ko‘zlari-yo Suzilmaydi. Yor-yor-a, suzilmaydi. Sitilgan bu mening tergan Ko‘zmunchog‘im...” Dastlabki misralar qizning qaro ko‘zli ekanligi, chiroyli, bo‘yi yetgan qahramonning ko‘zmunchoqqa o‘xshatilishi farzand ta’rifiga tezis bo‘lib xizmat qilmoqda. Erta uzilgan yaproqdek hali umri poyoniga yetmasdan xazon bo‘lgan ma’nosini anglatuvchi monolog antitezis sifatidagi kompozitsiya kasb etmoqda. Oxirgi misralardagi; Huri: Shahzoda nur paykonin Yuraklarga otdimi? Yulduz qizin Oymomo Qaro tunda sotdimi? Mazkur monologda qizning orzu-umidlari yulduzdek porloq bo‘lganini, orzulari armonga aylanib qolganini qaro tun kabi sifatlash orqali muallif sintez xulosani bermoqda. Qahramon nutqidagi mazkur tezis jumla beixtiyor o‘quvchiga savol tug‘dirib, antitezis qismga olib o‘tadi. Qiz yosh bo‘lsa-yu, qanday vafot etdi? Kasallikdan bo‘ldimi, avtohalokatga uchradimi, yoki o‘zini-o‘zi o‘ldirdimi, bu dramaning oltinchi sahnasigacha aniq aytilmaydi. Antitezisda esa syujet voqeasi bayon qilinadi va tezis fikrlar o‘z tasdig‘ini topadi. Asarning tezis, antitezis, sintez qismida zamon va makon chegarasi ham farqlanadi. Antitezis xronotopida syujet voqealari bayon qilinadi. Bular bir-biri bilan kirishib, yaxlitlanib ketsa-da, tezis va sintez vaqti bir chiziqda antitezis vaqti ikkinchi bir chiziqda joylashgan bo‘ladi. Dramaning g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishida, qahramonlar psixologiyasini nurlantirishda bu xil detallashtirib tasvirlash o‘zini to‘liq oqlaydi. Detallashtirish lavhalardagi qahramonlar psixologiyasidagi tasvir teranligini ta’minlash bilan birga bir butun (kompozitsion) yaxlitlikka erishish borasidagi uzviy halqachalar vazifasini ham o‘taydi. Drama syujeti bo‘yicha ota-ona orzusi bir liniyada tasvirlansa, o‘lim motivi ikkinchi liniyada tasvirlanadi. Asarning badiiy konsepsiyasi hayotda inson qanchalik aziz va qadrli ekanligini anglatish demakdir. Birinchidan, harakatning bu taxlit mayda holatlarga bo‘linishi, ya’ni asardagi har bir tasvir inson ruhiyatini ochib berishda, psixologik tasvir teranligiga xizmat qiladi. Ikkinchidan, voqea-hodisalarning zamon va makon nuqtayi nazaridan aks ettirilishiga ko‘ra epik mazmundorlik kasb etadi. Ya’ni, dramatik asar voqea-hodisalarini hikoya qilib beruvchi obraz (Ota va Ona) shu talotum zamondagi voqelikni ko‘rib, unda ro‘y berayotgan jarayon ishtirokchisiga aylanadi. Va yana ham muhimi, ana shu voqea-hodisalar ta’sirida qahramonlar ongi-shuuridagi o‘y-fikrlarni, ko‘nglida tug‘ilgan kechinmalar mohiyatini hissiy idrok bilan baholab beruvchi shaxs timsolida gavdalanadi. Ayni shu badiiy tamoyil dramaning kompozitsion bichimining o‘ziga xosligini ham, yaxlitligini ham ta’minlagan. Uchinchidan, muallif insonlarga har bir insonni borligida qadriga yetish, uni asrab avaylashi, inson tirikligida unga mehr ko‘rsatilishi lozimligi asardagi qahramonlar tilidan ifodalanib, “Hayot mehrdan uzayadi”, – deya uqtiradi.
65 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati 1. Фитрат А. Адабиёт қоидалари. – Тошкент: Ўқитувчи,1995. 2. М.Ф. Овсянников. Гегелъ. Издателъство Мысль, Москва. 1971. 3. Мели С. Муштарак учликлар мақоласи. // Ўзбекистон адабиёти ва санъати. – Тошкент, 2014. №16. 4. Жўрақулов У. Алишер Навоий “Хамса”сида хронотоп поэтикаси. Монография. – Тошкент: Турон-Иқбол нашриёти, 2017. 5. Носиров Р. Халқ қўшиқлари композицияси. Монография. – Тошкент: Фан, 2006. 6. Абдусаматов Ҳ. Драма назарияси. – Тошкент: Ғафур Ғулом, 2000.