scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MADMINIYA SHAHRI

Tolibaev Murat Erjanbaevich

Full text

49 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc MADMINIYA SHAHRI Tolibaev Murat Erjanbaevich QDU Tarix fakulteti «Arxeologiya» kafedrasi assistent-o‘qituvchisi. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17708640 Annotatsiya. Bograxon (Madminiya) yodgorligida tadqiqotlar olib borgan olimlar haqida fikr yuritiladi. Umuman, tarixiy manbalarda Amudaryo deltasining chap qirg‘og‘idagi arxeologik yodgorliklar o‘ziga xos moddiy madaniyat an’analarini saqlab qolganligi, madaniy aloqalar qadimgi moddiy madaniyatga materiallar, qurilish va ishlash usullarining yangi shakllarini olib kirganligi haqida so’z boradi. Аннотация: Обсуждается про ученых, проводившие исследования у памятника Буграхану (Мадминия). В целом исторические источники утверждают, что археологические памятники левого берега дельты Амударьи сохранили свои уникальные традиции материальной культуры и что культурные связи привнесли новые формы материалов, строительства и методов работы в древнюю материальную культуру. Summary: Scientists who conducted research at the monument to Bоgrоkhan are also discussed (Madminya). In general, historical sources state that the archeological monuments of the left bank of the Amudarya Delta have preserved their unique material culture traditions and that cultural ties have brought new forms of materials, construction, and work methods to the ancient material culture. Tayanch so‘zlar: Amudaryo, Sirdaryo, arxeologik yodgorliklar, tadqiqotlar, yozma manbalar, moddiy madaniyat, madaniy meros, geograflar, sayyohlar, arxeologlar, ko‘chmanchilar, madaniy hududlar, Orol dengizi deltasi, o‘tmish tarix, Bograxon, Ustyurt. Ключевые слова: Амударья, Сырдарья, археологические памятники, исследования, письменные источники, материальная культура, культурное наследие, географы, путешественники, археологи, кочевники и переселенцы, культурные территории, дельта Аральского моря, прошлое история, Богрaхан, Устюрт. Keywords: Amudarya, Syrdarya, archeological monuments, research, written sources, material culture, cultural heritage, geographers, travelers, archeologists, nomads and settlers, cultural areas, Aral Sea delta, history, Boghrakhan, Ustyurt. Madminiya shahrining joylashgan o‘zanini biz Ko‘ng‘irot shahridan 10 km shimoli-g‘arbida joylashgan Bug‘roxon shahari xarobasi bilan tenglashtiramiz. Yodgorlik sitadel, shaxriston va mudofaa devoriga ega bo‘lmagan katta rabodtan iborat. Umumiy maydoni 80 ga. Shaxriston 250x200 m kulamga ega bo‘lib, markazda joylashgan va mudofaa devor bilan uralgan. Sitadel shaxristonning shimoliy-g‘arbiy qismida joylashgan [7, 356., 8 62]. Bug‘roxon shahar xarobasi yoki Xovand XIX asr xronikalarida Hakim ota Baqirg‘oniy maqbarasi bilan Qo‘ng‘irot o‘rtasidagi shahar xarobalari sifatida tez-tez qayd qilingan. Munis-Ogahiy fikrlariga qaraganda shahar xarobasining haqiqiy nomi – Xovand deb atalgan, lekin u Bug‘roxon nomi bilan ma’lumdir [5, 14]. Taxminan 250x200 m maydonga ega aholi punkti qo‘rg‘oni shahriston va ulkan raboddan iborat. Qal’a shahristonning shimoliy-sharqiy devorida joylashgan. Ikkinchisi to‘rtburchak shaklga ega, ikkita burchak minorasi - sharqiy va janubiy minoralardan iborat bo‘lib, devorlari 3-4 m balandlikda shishgan devorlar shaklida saqlanib qolgan. Uning darvozalari shimoliy burchakdan janubda, shimoli-g‘arbiy devorda joylashgan. Turar-joyning butun ichki qismida past tekis tepaliklar shaklida saqlanib qolgan doimiy binolarning izlari bor. Shimoli-g‘arbiy devorning o‘rtasida, uning ichki tomonida sopol idishlar izlari saqlanib qolgan. Xuddi shu devor yaqinida, shahristonning shimoliy burchagiga yaqinroq joyda balandligi 5 m bo‘lgan konus shaklida tepalik bor, uning asosi diametri 18-20 gacha bo‘lgan minora qoldiqlari sifatida tadqiqotchilar tomonidan aniqlangan. 50 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Shahristonning shimolida taxminan 25 gektar maydonga ega, balandligi 1 m balandlikda shishgan yassi tepaliklar ko‘rinishidagi rabod joylashgan bo‘lib, ulardan birida rabodning janubiy qismida, shahristonning shimoliy devoridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda teranligi 2,5 m bo‘lgan chuqur topilgan. Shahar katta tekislikda Machon ko‘li nomli ko‘lga yaqin yerga joylashgan, shuning uchun ham shu ko‘l toshqini sodir bo‘lganda tez-tez uni suv bosib turgan. Shahar ark, shahriston va katta rabotdan iboratdir. Shaharning umumiy plani yaxshi saqlanib qolgan. Shahriston ark bilan birlikda 35000 kv m dan ko‘proq joyni egallaydi. Madaniy qatlamning shahriston ichidagi qalinligi 3,5 metrga yetadi. Madaniy qatlam Ko‘hna Urganchdagi kabi IX-XIV asrlarga oid arxeologik materiallarga boy yodgorlik xisoblanadi. Arkdan janubi-sharqda XI—XII asrdagi katta binonning izlari saqlanib qolgan, aftidan bu minorali jome machiti bo‘lsa kerak. Minoraning poydevori ikki metr balandlikda saqlanib qolgan (Minora XIX asrning oxirida yaxshi ko‘rinishda bo‘lgan bo‘lsa kerak, u A.V.Kaulbarsning kartasida ko‘rsatilgan [3, 1881]. Rabot maydoni shahriston maydonidan 4-5 marta kattadir. Suvning bir necha bor bosishi natijasida rabotning katta qismi botqoqqa aylanib, qamishzor bo‘lib ketgan. Shahar xarobasining umumiy ko‘rinishi shaharning o‘tmishda obod, aholisi ko‘p bo‘lganligidan, Amudaryo etaklarida savdo-hunarmandchilik markazi sifatida –katta ahamiyatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Arxeologik rekognossirovka ko‘rsatishiga binoan, Bug‘roxondan quyida (daryo oqimi bo‘ylab) X asr shahar xarobalari bo‘lmagan. Shunday qilib, Bug‘roxon(Xovand)ni X asrdagi Madminiyadir deyishga ko‘proq asos topilmoqda. Shahar xarobalari 992-yilda Movarounnahrni bosib olgan qorahoniylardan chiqqan Bug‘roxon nomiga qo‘yilgan. 1998-2003-yillarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti tadqiqot guruhi tomonidan Bo‘g‘roxon yodgorligi o‘rganilgan. Ular rabod, shahriston va qo‘rg‘ondan iborat joylarida tadqiqot ishlarini olib boradi. Tadqiqot natijalari bo‘yicha 250-200 m o‘lchamdagi Shahriston yodgorlik markazida joylashgan bo‘lib, uning atrofida qal’a devori bilan o‘ralgan. 60x50 m. o‘lchamdagi qal’a shahristonning shimoliy-g‘arbiy qismini egallaydi. Bo‘g‘roxonning umumiy maydoni 60 gektardan ortiq maydonni egallashi aniqlangan. Shahar Shahristoni mudofaa devori bilan o‘ralgan. Uning sharqiy qismida materikka stratigrafik qism olish uchun xandaq qazilgan. Materik sathidan yuqorida VII-VIII asrlarga oid keramika bilan qalinligi 0,4x0,6 m bo‘lgan qatlam bo‘lgan. Yuqorida IX-X asrlarning madaniy qatlami aniqlangan va uning ustiga o‘lchamlari 32 x 32 x 4 sm bo‘lgan xom g‘ishtdan 0,8 m qalinlikdagi devor qurilgan. Saqlanib qolgan devor balandligi 2,3 m, qalinligi 4,1 m, ichki koridorning kengligi 1,6 m tashkil etadi. Shunday qilib, arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Qorako‘l daryosining o‘ng qirg‘og‘ida VII-VIII asrlarda yarim o‘troq qishloq aholi punkti paydo bo‘lgan. Topilmalarga qaraganda, X asrda shahriston mudofaa devori bilan o‘ralgan. XI-XII asrlarda quduq qurilgan. Moddiy materiallariga qaraganda, shahar minorasi shahriston devorlaridan biroz kechroq, X-XI asrlarning oxirlarida qurilgan. Ayni paytda yoki birozdan keyin maqbara qurilgan. Ehtimol, bu vaqtda shaharning rabodi paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. XII asrda maqbara kengaytirilib, unga qishki masjid qo‘shilgan. Shaharning gullab-yashnashi XI-XIII asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Bo‘g‘roxon Qo‘ng‘irotning eski shahri sifatida Qorako‘lning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan ushbu vohaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi [6, 265, 269]. Qo‘ng‘irotdan 12 kilometr janubi-g‘arbda, Ustyurt qiriga ko‘tarila berishda Tuproq-qal’a harobalari bor. Istaxriy Gitdan 5 farsax Kudjag kishlogining joylashganligini ta’kidlaydi [2, 303]. 1905-yilning kartasida u Kuten-Kala deb ko‘rasatilgan, XIX asr xronikalarida esa, ko‘pincha Kuhtan qal’asi deb yuritilgan [5, 166, 202]. 51 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Qal’a uncha katta emas, lekin juda mustahkamlangan. Ichki maydoni 6400 kv.metrdan iborat. Unga janub tomondan kirilgan. Qal’a darvozasi oldida katta maydon bo‘lib, bu qishloq qoldig‘idir. Unda IX-XIII asrning sopol va g‘isht parchalari sochilib yotadi. Bu maydonda kulolchilik va shisha yasaydigan juda ko‘p ustaxonalarning poydevorlari ko‘zga yaxshi tashlanadi. Shahar xarobasining maydoni janubi-sharqdan keluvchi uncha katta bo‘lmagan kanal bilan sug‘orilgan. Kanalning yo‘nalishiga qarab hukm qilinsa, uning saqosi Qo‘ng‘irotdan 25 kilometr janubroqda bo‘lgan. Ko‘htan qal’asi (Tuproq-qal’a) masofasi va sanasi bo‘yicha Istahriyning Kudjog‘iga butunlay to‘g‘ri keladi. Yodgorlik Qo‘ng‘irotdan 13-14 km janubi-g‘arbda joylashgan. 1946-yilda Xorazm arxeologik va etnografik ekspeditsiyasi tomonidan topilgan va arxeologik xaritaga kiritilgan. 1959-yilda o‘sha ekspeditsiya uni suratga oldi, tavsifini belgiladi va materiallarini to‘playdi. 1960-yilda ushbu yodgorlik O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Tarix, til va adabiyot institutining chap sohil arxeologik ekspeditsiya guruhi tomonidan o‘rganilgan. U taxminan 120 x 100m. tekis tepalikning tepasida to‘rtburchaklar shaklida qurilgan. Darvoza janubiy devorda joylashgan deb tahmin qilinadi. Ichkarida, shimoliy devorga yaqin joyda katta binoning qoldiqlari bor [4, 93-94]. Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda, IX-X asrlarda sahro ko‘chmanchilaridan voha chegaralari xavfsizligini ta’minlash uchun barcha choralar ko‘rilgan. Ustyurt kirining hamma balandliklarida qal’alar bo‘lgan. Ularning oldida xabar beruvchi dinglar bo‘lib, ular toshlardan terilgan. Ular shunday qilib qurilganki, xoh kechasi, xoh kunduz bo‘lsin xavf yakinlashayotganda olov yoki tutun bilan xabar berish mumkin bo‘lgan. Signal berilgach bir soat ichida har qanday sharoitda ham chegaradagi hamma garnizonlar qo‘zg‘atilgan. Garnizonlar Orol dengizidan Sariqamishgacha bo‘lgan barcha qal’alarda bo‘lganlar. Shunday qal’alar yonida yashash ancha xavfsiz bo‘lganligi tufayli, ularning yon-atrofida sekin-asta aholi to‘plana borib, ochiq qishloqlar paydo bo‘lardi. Bu aholi punktlariga kanallar o‘tkazilardi va cho‘l-biyobon sekin-asta gullayotgan rustoqqa aylana borardi. Xorazmning barcha shaharlari yaxshi mustahkamlangan bo‘lib, shaharlarning darvozalari temir bilan qoplanardi. Bu darvozalar tepasida havoza ustida tosh otuvchi mashinalar turardi [1, 288-289]. Qal’a atrofi suv to‘ldirilgan xandaq bilan o‘rab olinardi. Qal’a tashqaridagilar bilan kechasi ko‘tarib qo‘yilib, kunduzi yana tushiriladigan osma ko‘prik orqali aloqa qilardi. Qal’alar ular atrofidagi rustoqlar uchun yakka-yu yagona saqlanib qolish joyi bo‘lib hisoblangan. Qal’a devoridan u yoqda keng, aholisi zich bo‘lgan qishloqlar joylashib, ular ham devor bilan o‘rab olinardi. Bunday shaharlarning ichki istehkomlari (ko‘pincha antik davrda) suvni odatda darvozaning tashqari tomoniga yaqin kavlangan quduq yoki sun’iy hovuzlardan olgan; qamal vaqtlarida mudofaachilar va aholi oldindan quduq va hovuzlarga suvni g‘amlab olgan bo‘lar edi. Ba’zan qal’alarda «obdo‘zlar» (suv to‘ldirilgan xandaqqa olib chiqadigan yashirin yo‘l) qazilardi. Tashqari shahar har doim oqar suvga ega bo‘lardi. Bu holni faqat Xorazm shaharlaridagina emas, balki Sharqning barcha mamlakatlarida uchratish mumkin. Xulosa qilib aytganda, u shaharning VII-VIII asrlarda paydo bo‘lganini, IX-X asrda qo‘rg‘on devor bilan o‘ralganini, XI-XII asrlarda shaharni tatar-mo‘g‘ullar bosib olganini va uning inqirozga uchraganligini hamda XIII asrning oxiri - XIV asrning boshlarida shahar qayta tiklanganini yozadi. Adabiyotlar: 1. Ал-Макдиси. Ахсан -ат-Такасим фи-маърифат ал-акалим. МИТТ, Тошкент, I. 2. Ал-Истахри. Китаб месалик ал-мемалик. МИТТ, Тошкент, I 3. Каульбарс А.В. Низовья Аму-дарьи. Спб. 1881. 52 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 4. Материалы к своду памятников истории и культуры Каракалпакской АССР. Вып.1, ответственные редакторы Ягодин В.Н., Малияров С.М. Нукус, 1985. 5. Мунис Огахий, Гулшан ид-Давла қўлёзма ЎзФАнинг Шарқшунослик институти, №68. 6. Туребеков М. Городище Богрохан. «Древности Отрара и Отрарского оазиса, Казахстана и Евразии» материалы международной научно-практической конференции, 18-19 октябрь 2011 г. Алматы, 2012. 7. Туребеков М. Археологическая исследования городище Бограхан. Марказий Осиё халқлари тарихи ва тарихнавислиги масалалари Республика 5-илмий конференция материаллари. Тошкент, 2003. 8. Туребеков М., Сапаров Н. Тальковый осветительный прибор из городища Бограхан. Вестник МИЦАЙ Самарканд, №6, 2007.