NEMIS TILIDAGI "ES" OLMOSHI: VAZIFALARI VA O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISH IMKONIYATLARI
Full text
82 NEMIS TILIDAGI „ES“ OLMOSHI: VAZIFALARI VA O‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILISH IMKONIYATLARI Sabirova Sh. S., Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17712371 Аnnotаtsiyа. Ushbu tezisda nemis tilidagi es shaxssiz olmoshining grammatik va funksional xususiyatlari o‘rganiladi. Mazkur olmoshning turli sintaktik holatlarda qo‘llanishi, u qanday grammatik rollarni bajarishi va uning kommunikativ ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada shuningdek, es olmoshining boshqa tillarga, xususan, o‘zbek tiliga tarjima qilishda yuzaga keladigan muammolar ham qisqacha yoritiladi. Kаlit sozlаr: olmosh, sintaktik vazifa, shаxssiz olmosh, grаmmаtik kаtegoriyа, shаxssiz konstruktsiyа, korrelаt. Аннотация. В данной статье рассматриваются грамматические и функциональные особенности безличного местоимения es в немецком языке. Анализируется его употребление в различных синтаксических позициях, грамматические роли, которые оно выполняет, и его коммуникативное значение. В статье также кратко освещаются проблемы, возникающие при переводе местоимения es на другие языки, в частности на узбекский. Ключевые слова: местоимение, синтаксические функции, безличное местоимение, грамматическая категория, безличная конструкция, коррелят. Annotation. This article examines the grammatical and functional features of the impersonal pronoun es in the German language. It analyzes its usage in various syntactic positions, the grammatical roles it fulfills, and its communicative significance. The article also briefly highlights the challenges that arise when translating the pronoun es into other languages, particularly Uzbek. Key words: pronoun, syntactic function, impersonal pronoun, grammatical category, impersonal construction, correlate. Nemis tilidagi es olmoshi ko‘plab grammatik va funksional vazifalarni bajaradi. Uning shakli oddiy bo‘lishiga qaramay, es semantik va sintaktik jihatdan murakkab bo‘lib, ayniqsa nemis tilini chet til sifatida o‘rganuvchilar, xususan, o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar uchun muhim muammo hisoblanadi. "Es" shaxssiz olmoshli gaplar gaplar grammatik va uslubiy jihatdan ko‘plab tillarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri mos keladigan shaklga ega emasligi tufayli bunday gaplarni boshshqa tillarga, xususan, o’zbek tiliga atrjima qilish ham muayyan qiyinchiliklar tug’diradi. Nemis tilidаgi “es” shаxssiz olmoshini o‘zbek tilidаgi mа’noviy hаmdа funksionаl-semаntik jihаtdаn tаdqiq qilish zаruriyаti bu yo’nalishda bir qаnchа tаdqiqotlаrning yuzаgа kelishigа sаbаb bo’ldi [1: 94]. Аn’аnаgа ko‘rа, “es” olmoshi uchun uchtа grаmmаtik toifаni аjrаtish odаtiy holdir, uning nemis tilidа mаvjudligini quyidа sаnаb o‘tish mumkin: 1) kishilik (shаxs) olmoshlаri (dаs Personаlpronomen): Der Аrzt hielt die Hände unter dаs Wаsser, dаss es
83 spritzte. 2) ko‘rsаtish olmoshlаri (dаs Demonstrаtivpronomen): Wir аlle, die ihn gekаnnt hаben, wussten es besser. 3) shаxssiz olmoshlаr (dаs unpersönliche Pronomen): Von diesem Siege zu erzählen trieb es ihn, trotzdem er wusste, wie Jenny zu diesen Dingen stаnd. Abdullaeva [2: 166-167] es olmoshining quyidagi uch funksiyasini atab o’tadi: 1. Ma’no jihatdan eganing borligi haqida fikr yuritilmaydigan tabiat hodisalarida. Masalan, es regnet – yomg’ir yog’yapti. 2. Shaxssiz gaplarda: Es ist spät. – Kech. Es ist sechs Uhr – soat olti. 3. Turg’un birikmalarda: es gibt – bor. Wie geht es dir? – Ahvoling qalay? Biroq, lingvistik reаllikdа, lingvistik vаziyаtlаr bаtаfsil ko‘rib chiqilsа, es olmoshi u yoki bu, mаjburiy yoki ixtiyoriy funksiyаni bаjаrib, o‘z ichigа olgаn subyekt yoki obyekt olmoshi sifаtidа judа keng doirаdаgi strukturаviy-semаntik gаplаrning xususiyаtlаrini oshkor qilаdi. Es olmoshi gapda ko’plab grammatik va funktsional vazifalarni bajaradi, jumladan: a) Subyekt sifatidagi es (soxta yoki to‘ldiruvchi subyekt). Ko‘plab nemis gaplarida es formal subyekt sifatida ishlatiladi. Bu kabi hollarda es grammatik jihatdan subyekt o‘rnini to‘ldiradi [3: 282]. Bunda ushbu olmosh real bir narsani anglatmaydi, faqat gap tuzilmasini to’liq qilish uchun shunchaki grammatik talabga ko‘ra ishlatiladi va soxta ega vazifasida keladi. Boshqa tillarda, xususan o‘zbek tilida, bunday formal subyekt talab qilinmaydi, shuning uchun uni tarjima qilganda tushirib yuboriladi: Es regnet. → Yomg‘ir yog’moqda. Es ist wichtig, Deutsch zu lernen. → Nemis tilini o‘rganish muhim. b) Gap boshidagi es (so‘z tartibini belgilovchi). Ba’zan es gap boshida ishlatiladi va bu gapning tuzilishini belgilaydi. O‘zbek tilida bunday hollarda gapni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mazmun bilan boshlash afzal: Es hat mich gefreut, dich zu sehen. → Seni ko‘rganimdan xursand bo‘ldim. c) Korrelat sifatidagi es. Ko‘pincha es yordamida ergash gaplar yoki infinitiv shakllar kirishib keladi. O‘zbek tilida bu es olmoshi bevosita tarjima qilinmaydi, balki gapning tuzilishi o‘zgartiriladi: Es ist schön, dass du gekommen bist. → Kelganingdan xursandman. Es gefällt mir, Musik zu hören. → Menga musiqa tinglash yoqadi. Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tilida formal subyekt ("es") ishlatilmaydi, bu esa tarjima vaqtida strukturaviy moslik muammosini keltirib chiqaradi. d) Anaphora (orqaga ishora qiluvchi) es. Nemis tilidagi gaplarda ba’zan es avvalgi fikr yoki predmetga ishora qiladi. Bu holat o‘zbek tilida aniq olmoshlar bilan tarjima qilinadi: u, bu va h.k.:
84 Ich habe ein neues Buch gelesen. Es war sehr interessant. → Men yangi kitob o‘qidim. U juda qiziq edi. Es olmoshining sintaktik rolini to‘g‘ri tushunish nemischa gap tuzishda juda muhimdir [4: 112]. Nemis tili erkin so‘z tartibiga ega bo‘lganligi sababli, es turli sintaktik vazifalarni bajara oladi. O‘zbek tilida esa bu kabi erkinlik yo‘q. Ayniqsa, es ba’zan hech qanday semantik mazmunga ega bo‘lmasa-da, ishlatilishi shart bo‘ladi. Bu holat ko‘plab o‘zbek tilida so‘zlashuvchi o‘rganuvchilarni chalkashtiradi: Ist wichtig lernen Deutsch. (To‘g‘risi: Es ist wichtig, Deutsch zu lernen.) Nemis tilidagi es olmoshi ko‘p hollarda shaxssiz olmosh sifatida ishlatiladi. Uning asosiy vazifasi subyekt rolini bajarish, gap tuzilmasini to‘ldirish yoki sintaktik muvozanatni saqlashdan iboratdir. O‘zbek tilida esa bunday shaxssiz olmosh mavjud emas, bu esa tarjima jarayonida muayyan murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Yuqoridagi fikr va misollarga tayanib, es olmoshi qatnashgan nemis tilidagi gaplarni o’zbek tiliga tarjima qilishda qo’llaniladigan quyidagi strategiyalarni ko‘rsatish mumkin: Nemischa struktura O‘zbekchadagi strategiya Es + fe’l (regnet, ist) Es ist kalt. Shunchaki fe’l orqali ifodalash Havo sovuq. Es scheint / ist klar Es scheint, dass er müde ist. Kontekst asosida fikr bildiruvchi gap U charchaganga o’xshaydi. Es wird + Partizip II Es wird getanzt. Passiv shakl bilan (masalan, "-ilmoqda") Raqsga tushilmoqda. Es gibt Es gibt einige Probleme. Es gibt keinen Zweifel. "Bor/yo‘q" bilan ifodalash Ba’zi muammolar bor. Shubha yoq. Es ist + sifat + zu + fe’l Es ist schwer, ihn zu verstehen. Infinitivli gaplarda bevosita fe’l ishlatish Uni tushunish qiyin. O’rganib chiqqanimizdek, nemis tilidagi es olmoshi grammatik tizimning muhim elementi hisoblanadi va turli sintaktik va pragmatik vazifalarni bajaradi. Uning asosiy vazifasi gapning strukturaviy yaxlitligini ta’minlashdir. O‘zbek tilida bunday konstruktsiyalar sintaktik va semantik jihatdan boshqa yo‘llar bilan ifodalanadi. Bu esa tarjima jarayonida moslashtirish va qayta tuzish kabi strategiyalarni talab qiladi. O‘zbek tilida so‘zlashuvchi nemis tili o‘rganuvchilari uchun es olmoshining grammatik rolini to‘g‘ri tushunish va tarjima strategiyalarini puxta o‘zlashtirish juda muhim. Adabiyotlar: 1. Abdullayeva, G. (2024): Nemis tilidagi es olmoshi va uning ishlatilishidagi ba’zi xususiyatlari. Tamaddin Nuri/ The Light of Civilization, 11/62, 2024, 294-297-bb. 2. Abdullayeva, A. B. (2009): Nemis tili. Deutsch. Aloqachi, Toshkent, 166-167-bb. 3. Helbig, Gerhard / Buscha, Joachim (2001): Lehrbuch der deutschen Grammatik. Regeln – Formen – Übungen. Langenscheidt. 4. Hentschel, Elke / Weydt, Harald (2003): Deutsche Grammatik. Ein Handbuch für den Ausländerunterricht. de Gruyter.