Maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiat orqali estetik dunyoqarashni shakllantirish.
Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish orqali ularning estetik dunyoqarashini shakllantirish haqida yoritiladi.Estetik dunyoqarashni shakllantirish haqida tushunchalar va tavsiyalar berib òtiladi.Bolalar tabiat orqali nimalarni his qilishlari,tabiat bilan tanishtirish bizga qanday natija berishi haqida so`z yuritilgan.Maktabgacha yosh davri— bolalarda estetik dunyoqarash,gózallikni his qilish va tabiatga mehr berishni shakllantirishda eng muhim bosqich hisoblanadi.Bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida ularning estetik dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirish bugungi kunda dolzarb va pedagogik vazifadir.
Full text
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 255 Maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiat orqali estetik dunyoqarashni shakllantirish. Формирование эстетического мировоззрения у дошкольников через природу. Formation of aesthetic outlook in preschool children through nature. Buxoro davlat pedagogika instituti professori Sayfullayev G'ulom Maxmudovich Magistratura bo`limi ''Maktabgacha ta'lim'' yo`nalishi 1-bosqich talabasi Olimjonova Sarvinoz Sanjarbekovna Annotatsiya:Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish orqali ularning estetik dunyoqarashini shakllantirish haqida yoritiladi.Estetik dunyoqarashni shakllantirish haqida tushunchalar va tavsiyalar berib òtiladi.Bolalar tabiat orqali nimalarni his qilishlari,tabiat bilan tanishtirish bizga qanday natija berishi haqida so`z yuritilgan.Maktabgacha yosh davri— bolalarda estetik dunyoqarash,gózallikni his qilish va tabiatga mehr berishni shakllantirishda eng muhim bosqich hisoblanadi.Bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida ularning estetik dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirish bugungi kunda dolzarb va pedagogik vazifadir. Kalit sózlar:tabiat,estetik dunyoqarash,estetik did,gózallik,histuyg'u,daraxtlar,qushlar,ovoz,nutq,sayr,ranglar,fasllar,hayvonot olami,o`simliklar dunyosi,bog'.park,estetik zavq. Аннотация: В данной статье рассматривается формирование эстетического мировоззрения детей дошкольного возраста путем приобщения их к природе. Даны понятия и рекомендации по формированию эстетического мировоззрения. Написано о том, что чувствуют дети через природу и какие результаты можно получить от приобщения их к природе. Привлечение к дошкольному возрасту – важнейший этап формирования у детей эстетического мировоззрения, чувства красоты и любви к природе. В процессе приобщения детей к природе формирование и развитие их эстетического мировоззрения сегодня является актуальным и педагогическим. это задача. Ключевые слова: природа, эстетическое мировоззрение, эстетический вкус, красота, чувство, деревья, птицы, голос, речь, прогулка, цвета, времена года, животный мир, растительный мир, сад, парк, эстетическое удовольствие.
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 256 Annotation: This article covers the formation of the aesthetic worldview of preschool children by introducing them to nature. Concepts and recommendations are given on the formation of an aesthetic worldview. It is written about what children feel through nature and what results can be obtained from introducing them to nature. The invitation to preschool age is the most important stage in the formation of an aesthetic worldview, a sense of beauty and love for nature in children. In the process of introducing children to nature, the formation and development of their aesthetic worldview is relevant and pedagogical today. is a task. Key words: nature, aesthetic outlook, aesthetic taste, beauty, feeling, trees, birds, voice, speech, walk, colors, seasons, animal world, plant world, garden, park, aesthetic pleasure. Kirish.Maktabgacha davrdagi bolalar uchun tabiat ----- eng boy,tabiiy estetik manba hisoblanadi.Tabiatdagi rang - baranglik,go`zallik,fasllar almashinuvi,qushlarning ovozi bularning barchasi bolalarda estetik did,idrok,tasavvur va his-tuyg'ularni shakllantirish uchun jonli asos bo'lib xizmat qiladi.Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berish pedagogik jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi.Bu jarayonda tarbiyachi pedagoglardan malaka va yuqori mahorat talab etiladi.Bolaga malumot beradigan ya'ni dunyoni tanitadigan insonlar aynan tarbiyachi pedagoglar hisoblanadi.Bolalarda estetik dunyoqarashni shakllantirish uchun ularni ko`proq sayrga olib chiqish,sayr davomida ular bilan faol suhbat qilish,savol-javoblar o`tkazish talab qilinadi. Asosiy qism.Estetik dunyoqarash tushunchasi.Estetika-bu go`zallik,san'at,hamohanglik va hayotimizdagi estetik hodisalarni o`rganuvchi fan va falsafiy ta'limot hisoblanadi.Qisqa qilib aytganda, estetika go`zallikni o`rganadigan fan.Insonning estetik his-tuyg'ularini tahlil qiladi.Masalan,hayratlanish,quvonch,zavq,nafislikni his qilish,san'atdan rohatlanish kabilar.Bolalarda ham huddi shunday,estetik dunyoqarashini shakllantirsak,ular atrofdagi go`zalliklarni ko`ra oladi,uni his qiladi,go`zallik haqida fikr yurita oladi,go`zal narsalarni yaratishga intiladi.Tabiat,san'at,musiqa bularning barchasi estetik dunyoqarashni shakllantirish vositalaridir.Bolaning go`zallikni tushunish va baholay olish qobiliyati estetik dunyoqarash hisoblanadi.Estetik dunyoqarashning bola rivojidagi hissasi katta.Bu orqali bolalarda did va san'atni tushunish shakllanadi,tafakkur va tasavvur boyiydi,ijodiy fikrlash rivojlanadi.Ijodiy fikrlash hozirgi kunda dolzarb mavzu hisoblanadi.Ijodkorlikning ham turlari juda ko`p.Bolalarning kreativ va ijodkor bo`lishi barcha ishlarga ijodiy yondashishi kelajagi
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 257 uchun juda yaxshi poydevor bo`lib xizmat qiladi.Masalan,ijodkorlik qobiliyati ularni ko`plab go`zalliklar yaratishga undaydi. Estetik dunyoqarashni tabiat orqali shakllantirish ularni tabiatni qadrlashga o`rgatadi.Bu borada tarbiyachilar mahorat bilan kreativ darslar,sayyor darslar tashkil etishlari zarur.Bolalarga daraxtlarni ko`rsatish ularni erkin qo`yish,ushlab ko`rishlariga ruxsat berish lozim.Bola go`zallikni his qilsagina unga zarar bermaydi,asrab avaylaydi.Tabiiyki,barcha pedagoglar ekologiyani zararlamaslik,tabiatni asrash haqida mashg'ulotlar olib borishadi.Ammo,bu mashg'ulotlar oddiy an'anaviy usulda emas,noodatiy kreativ yondashilganda ko`proq samara beradi.Masalan,bolalarni park, istirohat bog'lariga olib chiqish yoki MTT bog'chasiga olib chiqib,ochiq mashg'ulotlar o'tkazish samarali usul hisoblanadi.Ochiq mashg'ulotlarning ham turli usullari mavjud.Bolalar bilan sayr qilish orqali ham tushunchalar berib o`tiladi so`ngra,ochiq osmon ostida bolalarga alohida alohida stol-stullar o`rnatilib,turli metodlardan foydalangan holda mashg'ulot olib boriladi.Bolalar o`zlari daraxt barglari yoki gullardan foydalanib, gerbariylar yasashni o`rgatamiz.Bu usullar bolalar uchun qiziqarli mashg'ulot bo`lib estetik tarbiya berishga katta samara beradi.Har bir MTT hududida bolalar uchun kichik bo`lsada bog' yaratish tarafdoriman.Haftada bir yoki ikki marta tabiat mashg'ulotlari olib borilib,ularni go`zalliklar bilan tanishtirish va uni his qilishni o`rgatish lozim.Tabiat qo`ynida bolalar bilan jamoaviy o`yinlar tashkil etish ham samarali usullardan biri.Bu jarayonda bola ham erkin bo`ladi ,ham jamoaviy ishlashni o`rganadi.Bu holatni kuzatib turish ya'ni kuzatish metodidan foydalanish pedagoglarga ularni har tomonlama tanishga yordam beradi.Bolalar erkin faoliyatlar jarayonida ichki kechinmalarini,ichki yashirin qobiliyatlarini namoyon qilishadi. Estetik dunyoqarashni shakllantirish yo`llari juda ko`p.Yuqorida aytib o`tilgan sayohat,kuzatish,fasl o`zgarishlari samarali usullar hisoblanadi.Yashil burchakda gul parvarishlash usuli bolalar uchun har tomonlama foydali bu usul bilan ular gullarni asrashni o`rganishadi,gullardagi rang-baranglik orqali go`zallikni his qilishadi.Ranglar va shakllarni muhokama qilish sayr davomida amalga oshiriladi.Badiiy ijodiy faoliyat rasm chizish,plastilin bilan ishlash,loydan foydalanish,applikatsiya,rang tanlash o`yinlari ham ochiq mashg'ulotlar davomida olib boriladi.Adabiyot va musiqiy faoliyat ham estetik tarbiyani o`rgatishda foydali usullar.Tabiat va go`zallik haqidagi she'rlar,fasllar haqida musiqa tinglash hozirgi eng yaxshi metodika hisoblanadi.Qo`shiqlarni birgalikda kuylash bolalarda xotira va nutq uchun katta yordam beradi.Bolalarga go`zallikni qadriyat va odob orqali o`rgatish zarur.Estetik o`yinlar va mashg'ulotlar ham kreativ yondashuv hisoblanadi.Masalan,''Qaysi rang chiroyli'',''Raanglar uyg'unligini top'',''Tabiat manzarasini tasvirla'',Eng nafis rasmni
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 258 tanla'' kabi faol o`yinlar. Tabiat bola ruhiyatiga ta'sir o`tkazuvchi kuchki omil hisoblanadi.Bolalar tabiat orqali ranglar uyg'unligini,tovush ritmini,shakl va proporsiyalarni,o`zgaruvchanlikni,go`zallikning tabiiy qonuniyatlarini anglay boshlaydi.Bu jarayonlar bolada tafakkurni va tasavvurni shakllantiradi. Shakllantirish yo`llari va metodlar: . Kuzatish metodi.Ochiq mashg'ulot orqali gullarning ochilishi, yomg'ir yog'ishi,barg to`kilishi kabi tabiat hodisalarini kuzatish.Bola ko`rganini tasvirlab berishi estetik baholashni shakllantiradi. . Tabiat bag'rida tasviriy faoliyat.Tabiatda rasmlar chizish,barglar bilan kompozitsiya tayyorlash.Gullar,mevalar,barglar yordamida kreativ ishlar qilish. . Ekologik o`yinlar.''Gulni top'',''Qaysi qushning ovozi?'',''Faslni ayt'' kabi o`yinlar orqali tabiatni his qilish kuchayadi. . She'r,qo`shiq,hikoyalardan foydalanish.Qushlar,tabiat hodisalari haqidagi she'rlarni yod oldirish yoki qo`shiqlar aytish ritmik hislarni shakllantirish. . Ekskursiya va sayrlar.O`rmon,bog',dala,parklarga sayrlar tashkil etish.Tabiat bilan erkin muloqot qilish bolada estetik idrokni shakllantiradi. . Amaliy faoliyatlar olib borish.Gullar ekish,parvarishlash,o`simliklarni sug'orish,qushlarga don berish kabi faoliyatlar bolalarda tabiatga mehrni shakllantiradi.Ekologik madaniyat va go`zallikga hurmat tuyg'usini tarbiyalaydi. Xulosa.Tabiat orqali tarbiyalangan bolada,go`zallikga sezgirlik,rang va shakllarni yaxshiroq farqlash qobiliyati,tasviriy va badiiy faoliyatga qiziqish,ekologik madaniyat,tafakkur va kuzatuvchanlik,hissiy ruhiy barqarotlik,tabiatga ehtiyotkorlik va mas'uliyatlilik kabi fazilatlar shakllanadi.Bu jarayonda pedagoglarning roli juda muhim sanaladi.Pedagoglarning asosiy vazifalari:tabiat materiallarini to`g'ri tanlash,bolalarga savol-javoblar berish,har bir faslga mos mashg'ulotlar tashkil etish,har bir go`zallikni bolaga anglatish,amaliy faoliyatni nazorat qilisg hisoblanadi.Pedagoglar maqsadi - bolada tabiatni ko`ra olish,tabiatni asrash-avaylash tuyg'usini uyg'otish bo`lishi lozim.Natijada bolalarda nafaqat estetik tasavvurlar,balki tevarak atrofga mehr,mas'uliyat,mulohaza va kuzatuvchanlik kabi muhim fazilatlar shakllanadi. Umuman olganda,estetik dunyoqarashni shakllantirishda tabiat eng muhim omil bo`lib,u bolada go`zallikka oshiftalik tuyg'usini yuzaga keltiradi.Tabiiy muhitdagi go`zallik va rang baranglikni ko`ra olish bolalar qalbida idrok qilish va baholash ko`nikmalarini rivojlantiradi.Tabiat bilan bevosita muloqot bolalarning estetik his tuyg'ularini kuchaytirib,tasavvurini boyitadi,badiiy didni va estetik didni
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 259 shakllantiradi,ekologik madaniyatni yuksaltiradi.Bu muhim vazifada biz pedagoglar chin ko`ngildan yondashishimiz va doimiy izlanishimiz zarur. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 1. Karimova, V. Bola psixologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. 2. Mavlonova, R. va boshq. Pedagogika. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. 3. To‘raeva, M. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. – Toshkent: Turon-Iqbol, 2021. 4. Xudoyberganova, M. Estetik tarbiya asoslari. – Toshkent: Adabiyot jamg‘armasi, 2018. 5. Qayumova, D. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik tarbiya. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2022. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4312-son qarori. Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, 2019. 7. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi. Maktabgacha ta’lim davlat o‘quv dasturi (“Ilk qadam”). – Toshkent, 2023. 8. Zokirova, F. Bolalarda estetik didni rivojlantirish metodikasi. – Buxoro: BuxDU nashriyoti, 2020. 9. Rajabova, N. Maktabgacha ta’limda tabiat bilan tanishtirish. – Buxoro: Ilmiy axborot, 2021. 10. Hasanov, Sh. “Bolalarda ekologik va estetik tarbiya uyg‘unligi.” // Buxoro pedagogika jurnali. – 2022. – №3. – B. 45–50. 11. Alimova, G. “Tabiat orqali estetik dunyoqarashni shakllantirishning samarali usullari.” // Maktabgacha ta’lim va rivojlanish. – Toshkent, 2021. – №6. 12. Dewey, J. Art as Experience. – New York: Penguin Books, 2005. 13. Montessori, M. The Absorbent Mind. – Oxford: Clio Press, 2004. 14. UNESCO. Early Childhood Environmental Education Guidelines. – Paris, 2020. 15. Sayfullayev, G. M. — Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qishda amaliy ishlarni tashkil etish. (Ilmiy maqola) 16. Sayfullayev, G. M. — Boshlang`ich sinflarda tabiiy fanlar darslarini pedagogik texnologiyalar va ko‘rgazmali qurollar asosida tashkil etish metodikasi (monografiya) 17. Sayfullayev, G. M. — Geografiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qoʻllanma) (2022) 18. Sayfullayev, G. M. — Biologiya promyslovykh hishchnykh vidov ryb, Nizov’ya basseyna reki Zarafshon (monografiya)