scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QISHLOQ HUDUDLARIDA SUV TANQISLIGINI OLDINI OLISH YO'LLARI

Turg'unova Maftuna Zokirovna; Abdurahmonov Samandar O'ktam o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada qishloq hududlarida kuzatilayotgan suv tanqisligi muammosi, uning asosiy sabablari hamda muammoni bartaraf etishning ilmiy va amaliy yo‘llari tahlil qilingan. Maqolada suv resurslaridan oqilona foydalanish, innovatsion sug‘orish tizimlarini joriy etish va aholining ekologik madaniyatini oshirishning ahamiyati yoritilgan.

Full text

148 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) QISHLOQ HUDUDLARIDA SUV TANQISLIGINI OLDINI OLISH YO‘LLARI Turg‘unova Maftuna Zokirovna “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti o‘qituvchisi, O‘zbekiston, Toshkent. Abdurahmonov Samandar O‘ktam o‘g‘li “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17715271 Annotatsiya. Ushbu maqolada qishloq hududlarida kuzatilayotgan suv tanqisligi muammosi, uning asosiy sabablari hamda muammoni bartaraf etishning ilmiy va amaliy yo‘llari tahlil qilingan. Maqolada suv resurslaridan oqilona foydalanish, innovatsion sug‘orish tizimlarini joriy etish va aholining ekologik madaniyatini oshirishning ahamiyati yoritilgan. Kalit so‘zlari: Yer, suv resurslari, aholi, qishloq xo‘jaligi yerlari, bog‘cha, maktab, karxona tashkilotlari va iqlim o‘zgarishi. Suv inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Aholining o‘sishi, iqlim o‘zgarishi va tabiiy resurslardan noto‘g‘ri foydalanish natijasida O‘zbekistonning ayrim qishloq hududlarida suv tanqisligi tobora kuchayib bormoqda. Ayniqsa, sug‘oriladigan yerlar keng maydonni egallagan joylarda suv ta’minoti qishloq xo‘jaligi uchun asosiy muammoga aylangan. Shu sababli, suvni tejash va uni samarali boshqarish masalalari bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 10.07.2020 yildagi PF-6024-son Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi farmonida, soʻnggi yillarda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish boʻyicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, global iqlim oʻzgarishi, aholi sonining va iqtisodiyot tarmoqlarining oʻsishi, ularning suvga boʻlgan talabi yil sayin oshib borishi tufayli suv resurslarining taqchilligi yildan-yilga kuchayib bormoqda. Suv tanqisligining asosiy sabablari Qishloq joylarda suv yetishmovchiligining bir necha asosiy sabablari mavjud: Iqlim o‘zgarishi natijasida yomg‘ir miqdorining kamayishi va qurg‘oqchilikning kuchayishi; Eskirgan sug‘orish tizimlari ochiq ariqlarda suvning bug‘lanib yo‘qolishi; Suvdan samarasiz foydalanish me’yordan ortiqcha sug‘orish, suv isrofi; O‘rmonlarning kamayishi va tuproq eroziyasi tufayli yer namligini saqlash qiyinlashishi; Aholi sonining ortishi natijasida ichimlik suviga bo‘lgan talabning ko‘payishi. Suv tanqisligini kamaytirish yo‘llari suv resurslarini tejash va ularni barqaror boshqarish uchun quyidagi choralarni ko‘rish maqsadga muvofiq: Tomchilatib va purkagichli sug‘orish tizimlarini joriy etish. Bunday tizimlar suv sarfini 30–50 foizgacha kamaytiradi. Yomg‘ir suvini yig‘ish va qayta ishlatish tizimlarini yaratish. Tom usti yoki maxsus havzalarda yig‘ilgan yomg‘ir suvi qishloq xo‘jaligida foydalanilishi mumkin. Suvni qayta ishlash texnologiyalarini rivojlantirish. Maishiy suvlarni tozalab, texnik maqsadlarda ishlatish ekologik foydali yechimdir. 149 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) Aholi o‘rtasida suvni tejash madaniyatini shakllantirish. Suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borish muhimdir. Davlat dasturlari va investitsiyalarni jalb etish. Suv infratuzilmasini modernizatsiya qilish, nasos stansiyalarini yangilash hamda yangi texnologiyalarni qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Mahalliy tashabbuslar va jamoaviy rol suv tanqisligini bartaraf etishda faqat hukumat emas, balki mahalliy aholi, fermerlar va yoshlarning faolligi ham muhim. Mahalliy darajada tashkil etilgan suv jamg‘armalari, ekologik loyihalar va volontyorlik dasturlari suvni tejash madaniyatini kengaytiradi. Maktab va kollej o‘quvchilariga ekologik ta’lim berish ham kelajakda suv resurslariga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantiradi. Xulosa qilib aytganda qishloq hududlarida suv tanqisligini oldini olish ko‘p yo‘nalishli, kompleks yondashuvni talab qiladigan jarayondir. Suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, ekologik ongni oshirish va davlat hamda jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish orqali bu muammoni samarali hal etish mumkin. Har bir fuqaro suvning hayot manbai ekanligini anglab, uni asrashga o‘z hissasini qo‘shmog‘i zarur. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 10.07.2020 yildagi PF-6024-son Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hisobotlari, 2024 yil. 3. “Suv resurslarini boshqarish va tejash texnologiyalari”, Toshkent, 2023. 4. FAO (Food and Agriculture Organization) ma’lumotlari, 2024. 5. Ismoilov Sh. “Qishloq xo‘jaligida suvni tejash usullari”, TDIU nashriyoti, 2022. 6. Suv xo‘jaligi vazarligi 2024 yil xisobotidan. 7. Internet ma’lumotlari.