scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FIBONACHI SONLARI

Abduvaliyeva Ismigul Yodgor qizi

Abstract

Maqolada Fibonachi sonlari to’g’risida ma’lumot berilgan bo’lib, Uning tarixi va hayotimizdagi tutgan o’rni haqida aytib o’tilgan. Fibonachi sonlari haqida qiziqarli ma’lumotlar jamlangan. Xususan tabiat, arxitektura, dizayn sohalarida tutgan o’rni va ahamiyati tahlil qilinadi.

Full text

150 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) FIBONACHI SONLARI Abduvaliyeva Ismigul Yodgor qizi https://doi.org/10.5281/zenodo.17715323 Annotatsiya. Maqolada Fibonachi sonlari to’g’risida ma’lumot berilgan bo’lib, Uning tarixi va hayotimizdagi tutgan o’rni haqida aytib o’tilgan. Fibonachi sonlari haqida qiziqarli ma’lumotlar jamlangan. Xususan tabiat, arxitektura, dizayn sohalarida tutgan o’rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: Fibonachi sonlari, Fibonachi qatori, raqamlar, spiral, isbot, tabiat. Matematika fani aql charxi bo’lib, xotirani mustahkamlaydi, dunyo qarashni kengaytiradi. Matematika bu oddiy fan emas balki tabiatimizda bo’ladigan qonun qoidalar asosidir. Fibonachi sonlari bunga isbot bo’ladi. Fibonachi sonlarini Italiyalik matematik Fibonachi taxallusi bilan mashxur Leanardo isbotlagan. Leanardo Piza shahrida badavlat savdogarlar oilasida dunyoga kelgan. U yoshligidan otasini yonida ko’p sayohatlar qilgan. Vaqt o’tgach tasviriy san’at, dizayn kabi sohalarni go’zallashtirgan bu mo’jizaviy sonlarni isbotladi. Fibonachi sonlarini tabiatimizda juda ko’p uchratishimiz mumkin. Olamdagi, borlig’imizdagi barcha narsalar, mavjudod, jismlarning shakllanishi bir qonun ostida yaralgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu qonunni birinchi bo’lib Fibonachi nomi bilan mashhur Italiyan matematik Leanardo isbotlagan. Keyin bu qonunni o’zining taxallusi, ya’ni Fibonachi bilan nomlagan. Bu qonun borliqdagi jamiki narsalarning shakllanishi bir qonun ostida bo’lganini bildirib, hayotimizga tubdan o’zgarish kiritadi. Bu natija esa matematika fani hayotimizda qanchalik chuqur o’ringa ega ekanligini anglatib keladi. Tabiatimiz naqadar go’zal yaralganki, qaraganimizda ko’zimiz chaqnaydigan barcha narsalarning yaralishi bir qonun ostida bo’ladi.  Fibonachi sonlari dastlab 0 va 1 dan iborat bo’lib keyingi 3-sondan boshlab har bir son o’zidan avvalgi ikkita sonning yig’indisiga teng bo’lib davom etaveradi. 0,1,1,2,3,5,8,13,21,34,55… Bu qonunni yanayam chuqurroq o’rganish uchun kvadratlardan foydalanamiz. Aytaylik, birinchi kvadratning tomoni 1 sm, ikkinchi kvadratning tomoni ham 1 sm, uchinchi kvadratning tomoni esa 2 sm, to’rtinchi kvadratning tomoni esa 3 sm bo’lsin. Avval 0 va 1 sonini olamiz har bitta kvadratimizning tomonlarini Fibonachi sonlaridek uzunligida bo’ladi. Endi hosil bo’lgan kvadratlarni ketma-ketlik quyidagicha joylashtirib chiqamiz. 151 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) Ko’rib turganingizdek sonlarni ketma-ketlik bilan joylashtirib chiqdik va spiral hosil bo’ladi. Manashu spiral shaklida tabiatimizdagi jonzodlarning yaralishidagi shakli kelib chiqadi. Misol uchun shilliqqurtlar. Ularning tanasidagi aylanasimon shakl manashu qoidaga tushadi. 1 1 2 3 5 8 13 152 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) Fibonachi sonlarini gullarda, kungaboqar o’simligida, barglar ko’rishimiz mumkin. Ular spiral shaklda o’sadi. Spiral sonlari Fibonachi ketma-ketligi tarzda bo’ladi. Yana misol uchun kungaboqar o’simligidagi qatorlarning tartibi ham shu qoida asosida bo’ladi. Gallaktikamiz ham shu qoida asosida tuzilgan. Ko’rib turganingizdek, koinotdagi sayyoralar joylashuvi ham spiral shaklda. Tabiatda uyg’unlik bormi? Shubhasiz bor. Fibonachi sonlari bunga dalil bo’la oladi ammo biz o’rganishimiz kerak bo’lganlari judayam ko’p. References 1. https://janobmusayev.medium.com/fibonachchi-sonlari-va-u-haqida-qiziqarli-faktlar47000a80264d 2. https://uzenc.miraheze.org/wiki/Fibonachchi_sonlari