AMIR SAID OLIMXON ISLOHOTLARI VA ULARNING OQIBATLARI
Abstract
Ushbu maqola Buxoroning so’nggi amiri Said Olimxon tomonidan XX asr boshlarida amalga oshirilgan siyosiy, ma’muriy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda davlat boshqaruvuni mustahkamlash, ilm-fanni rivojlantirishda olib borgan siyosati va uning oqibatlari yoritishga qaratilgan.
Full text
157 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) AMIR SAID OLIMXON ISLOHOTLARI VA ULARNING OQIBATLARI Toshpo’latova Shaxnoza Shuhratovna Osiyo xalqaro universiteti, “Ijtimoiy fanlar va texnika” fakulteti Xorijiy til va ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi. Salimova Parvinabonu Ravshan qizi Tarix ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17715541 Annotatsiya. Ushbu maqola Buxoroning so’nggi amiri Said Olimxon tomonidan XX asr boshlarida amalga oshirilgan siyosiy, ma’muriy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda davlat boshqaruvuni mustahkamlash, ilm-fanni rivojlantirishda olib borgan siyosati va uning oqibatlari yoritishga qaratilgan. Kalit so’zlar: Amir Abdulahad, Said Olimxon, Sayid Mansur Olimiy, yosh buxoroliklar, manifest, Peterburg, pajlar, leyb-gvardiya, general-adyutant. Said Olim Toʻra 1881-yil 3-yanvarda Buxoro amirligining Karmana bekligidagi Olchin saroyida dunyoga kelgan. Olimxonning toʻliq ismi Said Mir Muhammad Olimdir. Olimxonni yoshligidan “Toʻrajon” deb chaqirishgan. Onasining ismi Davlat Baxt oyim boʻlgan. Amir Said Olimxon oilada ikkinchi farzand edi. Otasi Amir Abdulahadxon tomonidan Olimxonning akasi Said Mir Abdulloh taxt vorisi etib tayinlangani sababli hech kim Olim Toʻraning taxtga oʻtirishini kutmagandi. Ammo 1888-yilda Said Mir Abdullohning kutilmaganda bezgak bilan kasallanib, vafot etishi Said Olimxonga taxt uchun yoʻl ochadi. Amir Abdulahadxon oʻgʻlini 1893-yilda Peterburgga tashkil etilgan ilk safarida Aleksandr III Olimxonni Buxoro taxti vorisi sifatida eʼtirof etishiga erishadi. Olimxon 13 yoshida otasi amir Abdulahadxon buyrugʻi bilan harbiy taʼlim olish uchun Peterburgga joʻnaydi. Uch yil davomida harbiy muhandislik boʻyicha bilim oladi. Aslida oʻqish davri yetti yil boʻlsa-da, otasining xastaligi sabab bu muddat qisqartirildi. Olimxonning taʼlim olish uchun Peterburgga yuborilishi uning merosxoʻr etib tanlanishining natijasi edi. Chunki Rossiya imperiyasiga qaram Buxoro amirligi uchun rus podshohi tomonidan valiahdning tasdiqlanishi oʻsha davr taqozosiga koʻra majburiy edi. Olimxon Nikolayev kadet korpusida imperatorning faxriy qorovullari – “pajlar” boʻlimida oʻqishni boshlaydi. Olimxon rus zodagonlari taʼlim oladigan maktabga oʻqishga qabul qilinadi va bir muddat oʻtgach, harbiy qismga olib ketiladi. Bu qismda harbiy tayyorgarlikdan tashqari saroy qorovuli vazifasini ham bajaradi. Harbiy xizmatni muvaffaqiyatli tamomlab, kazaklardan tashkil topgan leyb-gvardiya polkiga komandir etib saylandi. Buxoro taxtiga oʻtirgach, Olimxonning xuddi Peterburgdagi kabi qoʻriqchilar polkini tuzgan. Bu qoʻriqchilar polki amirning xizmatidagi qullardan iborat edi. Rossiyada uch yil oʻqigach, 1896-yil 7-mayda diplom olib otasi yoniga qaytadi. Said Olimxon otasidan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy masalalarini oʻrganadi. 1898-yil Buxoro amirligining Qarshi bekligiga hokim qilib tayinlanadi. Olimxon otasining sogʻligi yomonlashishi munosabati bilan, Karmanaga hokim etib tayinlanadi. Oradan ikki yil oʻtgach, Abdulahadxon vafoti etadi va Olimxon Buxoro amirligining yangi rahbariga aylanadi. Bu haqida oʻsha davrdagi Niva gazetasining 1911-yil 3 sonida ham eʼlon qilingan. Shu tariqa Amir Said Olimxon Buxoro amirligini boshqarishga kirishadi. Olimxon Sankt-Peterburgda rus va Yevropa madaniyatlari bilan maʼlum darajada tanishish imkoniga ega boʻlgani uchun jamoatchilik va ziyolilar u mamlakatda islohotlar oʻtkazishidan umidvor edi.
158 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) U dastlab Buxoroning maʼmuriy, iqtisodiy va harbiy sohalarida islohotlar oʻtkazishga harakat qildi. 1910 yil 30 dekabrda u maxsus farmon chiqarib, islohotlar dasturini e’lon qildi. Farmonga ko‘ra, xalqdan olinadigan turli soliqlar kamaytirilib, soliqlar tartibga solindi. Mansabdor shaxslarga pora olish taqiqlanadi, ularning maoshi xazina hisobidan belgilanadi. Harbiy ishlarni qayta qurish boshlanadi. Ishchilar va askarlarning maoshlari ikkiuch barobar oshiriladi. Mamlakatda maorifni qo‘llab-quvvatlash, to‘y-hashamlardagi ortiqcha dabdababozliklarga, poraxoʻrlikka chek qoʻyish, aholining ariza va shikoyatlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish yoʻlidan boradi. Amir Olimxon oʻzining madrasasini qurdiradi, “Sitorai Mohi Xosa” yozgi saroyini yakunlab, unda ulkan hovuz, Gʻozgʻon marmaridan fontanlar, xilma-xil hayvonlar haykallarini yasattirdi. Mohi xossa bogʻini dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan anvoyi daraxtlar, gullar bilan bezatdi. Buxoro amirligida to‘ylar g‘oyatda hashamdor bo‘lib, odatda 7-8 kun davom etgan, har kuni 6-7 xil ovqat pishirilib, taklif qilingan mehmonlarga ketish chog‘ida 800 grammdan 16 kilogrammgacha qand berish va chopon kiydirish odat tusiga kirgan. Bundan tashqari, nikoh va sunnat to‘ylarida ko‘pkarilar tashkil qilingan. Said Olimxon hukmronligining dastlabki yilidayoq to‘y-ma’rakalardagi isrofgarchiliklar va dabdababozliklarni tugatishga alohida e’tibor qaratib, birinchi navbatda viloyat beklari, qozilar, amlokdorlar va boshqa mansabdor shaxslarning oddiy oilalar ma’rakalarida ishtirok etishini taqiqlab qo‘ydi. Ularga faqat birbirlarinikida bo‘ladigan marosimlarga borishga ruxsat berib, o‘shanda ham sho‘rvadan boshqa ovqat tanovul qilishlarini man etdi. Amir 1911-yil mart oyida “Juda isrofli to‘ylarni tugatish to‘g‘risida” farmon chiqardi. Unga ko‘ra, to‘ylarda 6-7 xil ovqat qilish taqiqlanib, palovdan boshqa ovqat berganlarga 75 darra urish jazosi tayinlandi, sunnat va nikoh to‘ylarida tashkil qilinadigan uloq chopish va poyga tadbirlari bekor qilindi. Ushbu tadbirni tashkil etgan shaxs o‘lim jazosiga mahkum etilishi belgilab qo‘yildi. To‘yga kelgan mehmonlarning har biriga chopon berish rasmi man qilindi. 1916-yil 5-iyunda esa Amir Olimxon to‘yga kelganlarga qand berish odatini taqiqlovchi yana bir farmonni imzolaydi. Bundan tashqari, Xalqaro qorakoʻl savdosini yanada rivojlantirish maqsadida 1914-yilda oʻz vakillaridan Toʻraqulboy dallol, Qori Muzrob, Qori Muhammadlar orqali oʻn uch ming besh yuz dona qorakoʻl terini Britaniya Hindistoniga yuboradi. Sayid Mansur Olimiyning “Buxoro Turkistonining beshigi” asarida amir Sayyid Olimxonning Buxoro davlatini boshqarishda amalga oshirgan ishlarini yoritilgan. Amir Olimxon 1911yil mart oyida “ Ta’lim toʻgʻrisida” farmon chiqaradi. Unga koʻra, madrasa talabalariga turli hoshiyalar oʻqitilmasligi; tafsir va hadis rasmiy dars sifatida oʻqitlishi; davlat xazinasidan olingan vaqflardan yigʻilgan pullarga shaharning turli yerlarida maktablar qurish hamda ularga muallimlar tayinlash; muallim olim, xushxat va xushqiroat boʻlishi; ularga maktablarning vaqflaridan tashqari davlat xazinasidan yillik 120 soʻm maosh tayinlash; tahsil uchun bolalardan pul olmaslik; maktablarga bir nozir tayinlash va u har oy maktabni taftish qilib amirga hisobot berishi belgilab qoʻyiladi. 1913yil sentyabr oyining boshida Buxoro shahrida yangi tipdagi 3 boʻlimli: yozish va hisob xonasi, qiroatxonadan iborat maktab binosining quriladi. Buxoro amirligi Rossiya Imperiyasiga qaram hisoblansada, Said Olimxon oʻz davlatida Amir maqomiga ega edi. Said Olimxonning pullariga Sankt-Peterburgda Masjid va Buxoro Amiri Uyi qurildi. Birinchi Jahon urushi boshlanishi bilan Rossiya imperiyasi davlatning yagona suv manbai boʻlgan Zarafshon daryosini toʻsish hamda “Yosh buxoroliklar”ning norozi qatlamidan foydalanib amirlikka bosimni orttira boradi.
159 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) Natijada amir Rus imperatoriga katta miqdorda pul yuborishga majbur boʻladi. 1915yilning 30-dekabr kuni general-leytenant maqomiga ega boʻldi va Ter Kazaklari qoʻshinida general-adyutant maqomigacha koʻtarildi. Fevral burjua inqilobi ortidan Romanovlar sulolasi hokimiyatdan agʻdarildi. Hokimiyatga kelgan bolsheviklar Buxoro amirligiga ham oʻzining mulki sifatida qaray boshlaydi. 1917-yil 7aprel kuni amir “Yosh buxoroliklar” talabi bilan Manifest qabul qildi. Bu hujjat saroyda 200 ga yaqin amaldor va diniy ulamolarga oʻqib eshittiriladi. Bu din peshvolari tomonidan shariat qonunlarining buzilishi sifatida talqin qilinishiga qaramasdan farmon qabul qilinadi. Farmondan amirlikda soliq ishini tartibga solish, sanoat va savdoni rivojlantirish, amaldorlarni nazorat ostiga olish va ularga aniq miqdorda maosh tayinlash, nochor odamlarga gʻamxoʻrlik qilish uchun maxsus komissiya tuzish, bosma matbuotga erk berish, zindondagi erkin fikrli insonlarning barchasini ozod qilish, maorif va fan-texnikani rivojlantirish, dunyoviy fanlarni oʻqitish bilan bogʻliq bandlar oʻrin egallagan. Lekin bu bir haftadan keyin, ya’ni 14-aprelda amirning oʻzi tomonidan bekor qilinadi. Amir Olimxon davrida 1, 2, 3, 4, 5, 10, 20 tanga qiymatdagi mis pullar zarb etiladi. Bu pullar xalq orasida «qora tanga» deb atalgan. 1/2, 1, 2, 3, 5 tangalar qizil misdan ishlangan va old tomoniga «fulus» deb yozilgan. Tangalarning orqa tomonida odatdagidek zarb qilingan joy va sana ko‘rsatilgan. Buning o‘rniga unga olti qirrali yulduz va yarim oy tasviri tushirilgan. 1920 yildan Buxoroda tanga zarb qilish butkul to‘xtaydi. Oxirgi Buxoro amiri Said Olimxon hamda oʻsha paytda faoliyat olib borgan islohotchi bobolarimiz haqida soʻz ketganda, amirni qora boʻyoqlarda, islohchilarni esa oppoq ranglarda tasvirlashga odatlanib qolganmiz. Ammo donishmand tarix bunday qarashni, bunday yondashuvni rad etadi. Maʼlumotlar tahlil qilinsa, Amir Olimxon sovet davrida talqin qilinganidek maishatparast, qoʻrqoq, xudbin emas, balki qaysidir maʼnoda xalq holiga befarq boʻlmagan hukmdor sifatida gavdalanadi. Albatta, bu oʻrinda amirni kamchilikdan holi shaxs sifatida tasvirlashdan yiroqmiz. Amir Olimxon qahramon emas edi, ammo bu shaxsni xoin deb ham boʻlmaydi. Xulosa: Tarix hech nimani yashirmas, borini boricha soʻzlaydi. Amir Said Olimxon tomonidan amalga oshirilgan islohotlar Buxoro amirligida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzumni yagilashga qaratilgan bo‘lsada, uning asosiy maqsadi harbiy qudratni mustahkamlash va zamonaviy ta’limni yo‘lga qo‘yshdan iborat edi. Bu islohotlar muvaffaqiyatsiz tugashining asosiy sabablaridan biri o‘sha davrdagi eskirgan feodal tuzum hamda diniy boshqaruv tizim islohotlarga qarshilik ko‘rsatadi. Buning natijasida, Buxoro amirligi tugatilishiga sabab bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdurauf Fitrat. Amir Olimxonning hukumronlik davri. T: Minhoj, 1992. 2. Amir Sayyid Olimxon. Buxoro xalqining hasrati tarixiT: Fan, 1991. 3. Isomiddin Ismoilovich Jo’rayev/ Bukhara-Russian Relations during the Period of Amir Abdulahad and Amir Olimkhan/ AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies. 4. www xalq so’zi. Uz 5. www oyina.uz 6. Toshpo’latova Sh & Salimova P (2025) Buxoro amirligining hayot tarzi Modern Science and Research