YOSHLARNI MILLIY QADRIYATLAR VOSITASIDA TARBIYALASH
Abstract
Mazkur maqolada yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol va vatanparvar etib tarbiyalashda asrlar osha yashab kelayotgan xalqimizning ma’naviy boyligi - milliy qadriyatlardan samarali foydalanish masalalari xususida sо‘z yuritiladi.
Full text
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 8 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 152 https://doi.org/10.5281/10.5281/zenodo.17715553 YOSHLARNI MILLIY QADRIYATLAR VOSITASIDA TARBIYALASH Amanyо‘lov Sindor Faxriddin о‘g‘li Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi katta о‘qituvchisi amanyolo[email protected] ANNOTATSIYA Mazkur maqolada yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol va vatanparvar etib tarbiyalashda asrlar osha yashab kelayotgan xalqimizning ma’naviy boyligi - milliy qadriyatlardan samarali foydalanish masalalari xususida sо‘z yuritiladi. Kalit sо‘zlar: Qadriyat, milliy-qadriyat, ahloqiy-qadriyat, ma’naviy-qadriyat, yoshlar tarbiyasi, oila, madaniyat, ma’naviyat. Kirish Yosh avlodni komillikka yetaklovchi eng katta kuch–bu kitob va hayotiy saboqlardir. Yoshlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash kelajakni, millatni va milliyligimizni boqiy ozod holda kо‘rishimiz mumkin. Vatanga sadoqat, dо‘stlikka ishonch, oilaga mehr–muhabbat, kattalarga hurmatda kichiklarga izzatda bо‘lish tuyg‘usini shakllantirsh milliy qadryatlarimizni asl kо‘rinishidir. Insonga faqat dunyoda yuz berayotgan voqelik haqida, odob - axloq qoidalari, mehr va sadoqat tushunchalari haqida bilim berishning о‘zi uning ma’naviyaxloqiy tarbiyasi uchun yetarli bо‘lib qolmaydi. Balki, unda iroda qudrati, mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirish, kо‘nglida atrof muhitga, mehnatga, kasbga, ilmga, qalban va ruhan о‘zga insonlarga mehrli va oqibatli bо‘lish tuyg‘usini uyg‘otishga,dilida ulug‘ maqsadlar tug‘ilishiga va atrofida yuz berayotgan hodisalarga о‘z munosabatini bildira olishiga erishishimiz lozim. Yosh avlodni shu xislatlar bilan voyaga yetishlari uchun esa turli yо‘llar: kattalarni о‘git va nasihatlarini tinglash, undan tо‘g‘ri xulosa chiqara olish qobilyatlarini rivojlantirish orqali; turli vositalar bilan va eng asosiysi yosh avlod tarbiyasiga samimiy (chin kо‘ngildan)yondashish va tinimsiz izlanishlar natijasida erishish mumkin. Mamlakatimiz о‘z mustaqilligini qо‘lga kiritgandan sо‘ng erkin fikrlaydigan, о‘zо‘zini anglaydigan, jamiyat manfaatlarini tushunib yetadigan, har tomonlama yetuk komil insonni tarbiyalash vazifasi davlat siyosatining ustuvor yо‘nalishi qilib
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 8 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 153 belgilandi. Uni amalga oshirish esa avvalo tarbiyalanuvchilarning ichki ruhiy ma’naviyatini boyitish va mustaqil dunyoqarashini shakllantirishni taqozo etadi. “Har qaysi davlat, har qaysi xalq intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir” Sh.M.Mirziyoyev. Dunyoda har bir xalqning asrlar, zamonlar osha yashab kelayotgan milliy qadriyatlari bor. Yosh avlodni ma’nan barkamol etib tarbiyalashda ham shubhasiz, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanamiz. О‘zbekiston Respublikasida Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risidagi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.11.2018 yildagi PQ-4038-sonli qarori ham milliy qadriyatlarni yoshlari ongi va qalbiga singdirish usullari tо‘g‘risida fikr bildirganda shuni alohida qayd qilmoq kerakki, avvalo ma’muriy yо‘l va zо‘rlik usuliga ehtiyotkor bо‘lish talab qilindi. Chunki imkoni boricha zо‘rlik qilish, majbur qilish usulidan foydalanmaslik maqsadga muvofiqdir. Tarixga nazar tashlaydigan bо‘lsak, zardо‘shtiylarning muqaddas kitobi – “Avesto”da hamda buyuk ajdodlarimiz – Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy asarlarida insonda yuksak axloqiy fazilatlarni kamol toptirishda oila va milliy qadriyatlar masalasi asosiy о‘rinni egallagan. Ma’lumki, о‘zbek oilasi о‘zida millatimizga xos kо‘p asrlik ma’naviy qadriyat va an’analarimizni, udum va rasm-rusumlarimizni, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy merosimizni saqlab keladi. Oilada shakllangan о‘zbek millatiga xos bо‘lgan muomala madaniyati, mehroqibat, muruvvat, andisha va or-nomus kabi odob-axloqqa oid his-tuyg‘ular nafaqat tarbiya vazifasini о‘taydi, balki insoniy qadriyatlar va fazilatlarning namoyon bо‘lishida, komil insonni shakllantirishda muhim rol о‘ynaydi. Oilada ota-onaning tinch-totuvligi va о‘zaro mehr-muhabbati, dunyoqarashi, ma’naviy saviyasi, qiziqishi, e’tiqodi, jamiyatdagi mavqei, husn-latofati farzand tarbiyasiga ma’lum ma’noda ta’sir о‘tkazadi. Bunday oilada tarbiyalangan farzandlar gо‘zallikka ishtiyoqmand, ruhiy tetik, bag‘ri butun, hayotga qiziquvchan, xotirjam, tinch-totuv oilaviy hayot kechirishga tayyor bо‘lib о‘sadilar. Sharqda milliy qadriyatlarni farzandlar ongi va qalbiga singdirish oiladan boshlanadi. Jumladan, yoshlar kattalardan: suvga tupurma, non ustiga narsa qо‘yma, nonning uvog‘i ham non, yoshi ulug‘larning yо‘lini kesib о‘tma, ota-onangning gapini ikkita qilma, ustozingni hurmat qil, atrofingga befarq bо‘lma kabi nasihatlarni eshitib, turli rivoyat, maqol, hikmatlarni tinglab, xotiralarida saqlab voyaga yetadilar. Yoshlar bizning kelajagimiz, ular ota-ona va ajdodlarimiz ishining davomchilari hisoblanadi. Bizning asosiy maqsadimiz – milliy va ma’naviy qadriyatlar asosida komil insonni tarbiyalashdir. Komil inson deganda, eng avvalo, dunyoqarashi keng, vatanparvar, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan о‘zgalarga ibrat bо‘ladigan, mas’uliyatli va sog‘lom kishilarni tushunamiz. Inson faqat
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 8 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 154 tarbiya orqaligina komillikka erishadi. Uning ma’naviy darajasi atrofida yuz berayotgan voqea-hodisalarni qanday qabul qilishi va mustaqil baholay olishiga ham bog‘liq. Shunday ekan, ta’lim tizimi va mahallada yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini mustahkamlashda milliy qadriyatlarga oid boy ma’naviy merosimizdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, “Avesto”dagi “Ezgu fikr – ezgu sо‘z – ezgu amal” g‘oyasi bо‘yicha fikr yuritish; Qur’oni karim, hadisi sharif kabi muqaddas manbalarda keltirilgan ma’naviy-ma’rifiy о‘gitlar orqali yoshlar ongida ruhiy poklik, e’tiqod tushunchalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mamlakatimizda bugungi globallashuv jarayonida yoshlarni milliy qadriyatlar asosida intellekti yuqori va vatanparvar qilib tarbiyalashga katta ahamiyat qaratilmoqda. Abdurauf Fitrat о‘zining “Oila” nomli asarida bolalarni “diqqatlari va zehnlari chuqur va jiddiy bо‘lishiga о‘rgating.... Kо‘rganlari ustidan tez xulosa chiqarmasinlar”, – deya ta’kidlab, farzand tarbiyasiga e’tibor berish lozimligini uqtiradi. О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatimizning qomusiy hujjati bо‘lib, bu hujjat tahlil qilinganida unda yoshlar tarbiyasi, axloq-odobi, ijtimoiy himoyalangani, konstitutsiyaviy haq-huquqlariga oid yetmishga yaqin atama va sо‘z birlikmalari mavjud ekani ma’lum bо‘ldi. Jumladan, bunyodkorlik g‘oyalariga sodiqlik, yuksak mas’uliyat, ijtimoiy adolatparvarlik, insonparvarlik, demokratikhuquqiy davlat, fuqarolarning tinchligi, milliy totuvlik, xalqimizning urf-odatlari va an’analari, qadriyatlari, ijtimoiy hayotda mafkuralar xil-ma-xilligi va erkinligi, inson va jamiyat munosabatlaridagi ijtimoiy adolat, dunyo hamjamiyatida xalqlar va millatlarning suveren tengligi, fuqarolarning e’tiqodi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun oldidagi tengligi, sha’ni va obrо‘sining daxlsizligi, fuqarolarning vijdon erkinligi, adolatli mehnat, ijod erkinligi va har bir shaxsning madaniy yutuqlardan foydalanish erkinligi, yosh avlodni tarbiyalash va bepul ta’lim olishi kabi fikrlar keltirilgan bо‘lib, ular Bosh Qomusimizda huquqiy jihatdan kafolatlangan. Odob-axloq milliy qadriyatlarimizning tarkibiy qismidir. “Davlat о‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini kо‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi”. Darhaqiqat, yosh avlodni qonuniylik prinsiplari asosida о‘z xalqiga, uning qadriyatlariga, an’analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalash orqali о‘z xalqini millatlarning butun jahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni, о‘z Vatanining jonkuyarini tarbiyalash dolzarbdir. Bilamizki, yoshlar ijtimoiy guruh sifatida, о‘zi kо‘zlagan maqsadi yо‘lida mamlakatdagi ijtimoiy tizim rivojiga bevosita faol ta’sir kо‘rsatadi. Yoshlarning ijtimoiy rivojlanishini ularning ma’naviy saviyasi darajasi orqali aniqlasa bо‘ladi.
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 8 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 155 Yoshlarning ma’naviy qarashlari milliy, diniy, о‘z-о‘zini anglash holatlari, talablari, hayotdagi faoliyati orqali о‘z aksini ifoda etadi. Albatta, sо‘nggi yillarda respublikamizda fan, madaniyat, ishlab chiqarish, ta’lim sohasida jadal rivojlanishlar sur’ati yaqqol kо‘zga tashlanmoqda. Xususan, ta’lim tizimida amalga oshirilgan tub islohotlar tizimga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarning ki rib kelishiga asos bо‘ldi. Inson ma’naviy olami bо‘yicha о‘nga yaqin maqolalar muallifi Abduxalil Mavrulov о‘zining “Vatanni sevish mas’uliyati” kitobida yoshlar haqida shunday fikrlarni ilgari surgan: “Yoshlarimizning aksariyati davrning ruhini tо‘g‘ri his etmoqda. ... Ayni paytda yoshlarda aql va farosatning mutanosibligini ta’minlashga bо‘lgan intilish jamiyat barqarorligini mustahkamlovchi omil sifatida baholanishi mumkin. ...Erishilgan yutuqlar qatori yoshlarimizning ayrim qismida mavjud bо‘lgan, ba’zan yangidan paydo bо‘layotgan salbiy holatlar, ushbu vaziyatga ayrim kattalarning munosabati-yu о‘sha yoshlarning bunday illatlarga nisbatan yondashuvi xavotirli. Ba’zi yoshi ulug‘larning yoshlarimiz dunyoqarashidagi muayyan salbiy о‘zgarishlarga nisbatan “zamon о‘zgardi, yoshlar ham о‘zgardi-da yoki bunday holni “tabiiy jarayon” sifatida tahlil etishga urinishlar ham mavjudki, bu har qanday ilm ahlini tashvishga solishi tabiiy”. Bugungi globallashuv va tezkor rivojlanish davrida insonlar о‘zgarmoqda, qadriyatlar transformatsiyasi yuz bermoqda. Bular “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zо‘ravonlik, individualizm, egosentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bо‘lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qо‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qо‘ymaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Yoshlar tarbiyasiga yetarli e’tibor qaratilmagani oqibatida о‘tgan yili (2016) 18 dan 30 yoshgacha bо‘lgan fuqarolar tomonidan jami 31 ming 933 ta jinoyat sodir etilgan”, – degan fikrlari barchamizni ogohlikka chorlaydi. Taklif. Shu о‘rinda, yoshlarimizgamizga bо‘layotgan xavf va tahdidlar: – g‘oyaviy bо‘shliq, tarixiy xotiraga tо‘liq ega emaslik, о‘g‘il va qizlar tarbiyasiga mutanosib yondashmaslik, yо‘l qо‘yilgan xato, kamchiliklardan о‘kinmaslik va xulosa chiqarmaslik, g‘iybat qilib huzurlanish, sо‘zlashuv madaniyatiga, ona tilimiz qoidalariga e’tiborsizlik, noshukurlik, ikkiyuzlamachilik, dangasalik, shaxsiyatparastlik, mahalliychilik kabi zararli illatlardan ularni asrab-avaylashimiz darkor. Ushbu maqola “6. “Hududlarni innovatsion rivojlantirishda kadrlar tayyorlash va ilg‘or bilimlarni qо‘llashda ta’lim tizimining yangilanishi va malakali
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 8 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 156 mutaxassislarni jalb qilishning ilmiy va amaliy jihatlari, intellektual, innovatsion texnologiyalar”. shо‘basiga tegishli. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. “Qadryatlar – ma’naviy kamolot asosi” Ilmiy-uslubiy qо‘llanma M.Farmonova “TASVIR NASHRIYOT UYI” Toshkent – 2019. 2. Қадриятлар ва ижтимоий тараққиёт (илмий ишлар тўплами). –Т; “Ўзбекистон”, 1997. Б.198; 3. Тўланов Ж. Қадриятлар фалсафаси. – Т; “Ўзбекистон”, 1998. Б.333. 4. Ғофуров Ғ. Миллий анъаналар//Халқ сўзи, 1993 йил. 11 февраль, Б.2 5. Шавкат Мирзиёев. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. “Ўзбекистон”, 2016.Б.146. 6. Қаюмов Ў. Фуқаролик жамиятининг шаклланиши шароитида Ўзбекистон ёшларининг ижтимоийлашув жараёнлари. Т; “Ижтимоий фикр” ,2011. Б.4445.