scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MADAMINBEK-TURKISTON OZODLIGI UCHUN KURASHGAN SARKARDA

Toshpo'latova Shaxnoza Shuhratovna; Tursunova Shahzoda Mexriddinovna

Abstract

Ushbu maqolada Turkuston ozodligi uchun kurashgan qahramon Madaminbek va “Bosmachilik” nomi bilan qoralangan “Milliy ozodlik kurashi” haqida fikr yuritiladi.

Full text

162 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) MADAMINBEK-TURKISTON OZODLIGI UCHUN KURASHGAN SARKARDA Toshpo’latova Shaxnoza Shuhratovna Osiyo xalqaro universiteti, “Ijtimoiy fanlar va texnika” fakulteti “Xorijiy til va ijtimoy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi. Tursunova Shahzoda Mexriddinovna Tarix ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17715696 Annotatsiya. Ushbu maqolada Turkuston ozodligi uchun kurashgan qahramon Madaminbek va “Bosmachilik” nomi bilan qoralangan “Milliy ozodlik kurashi” haqida fikr yuritiladi. Kalit so’zlar: Turkuston, Rossiya imperiyasi, bosmachilik, Madaminbek, Farg’ona, Xolxo’ja Eshon, Shermuhammadxon. Qirg’iziston, Skobelov, M.Polikov, Dadaxon Hasanov. Rossiya imperiyasi tomonidan Turkistonning bosib olinishi xalqimiz uchun og‘ir zulm, kamsitish va istibdod davrining boshlanishi bo‘ldi. Yillar davomida mahalliy aholi siyosiy va ijtimoiy huquqlardan mahrum qilinib, mustamlaka tuzumining bosimi ostida yashashga majbur edi. Ammo bu zulm xalq qalbida erkinlik va adolat tuyg‘ularini butunlay so‘ndira olmadi. “Bosmachilik” uchun emas, milliy istiqloluchun kurash maydoniga chiqqanlarning asosini dehqonlar tashkil qilganini deyarli hamma tadqiqotchilar tan oladilar. Bu fidoiy insonlar bolsheviklar tomonidan qonga botirilgan vodiyni himoya qilib chiqish bilan qarib 16 yildan ortiq vaqt davom etgan milliy-ozodlik harakatini boshlab berdilar. Bu kurash yo’li – kuchli qurollangan, asosini ashadiy jinoyatchilar tashkil etgan qizil qo’shinga qarshi chiqish og’ir bo’ldi Necha ming vatandoshlarimiz bu kurashda nobud bo’ldi. Mana shunday shaxid ketgan, qo’liga qurol ushlab ona yurtini kelgindi bosqinchilardan himoya qilgan qo’rqmas insonlardan biri Muhammad Amin Ahmadbek o’g’li-Madaminbek edi. MadaminbekTurkiston milliy-ozodlik harakatida o’ziga xos o’rin tutgan. Bu jasur va oqil inson qismati to’g’risidagi haqiqat uzoq yillar temir parda ortida tutib kelindi. Unga doir arxiv materiallarining aksariyati maxsus fondlarda saqlanar, bu fondlarga esa har kim ham qo’yilavermasdi. Turkistonda fuqorolar urushi tarixini o’rgangan odamlar esa Madaminbek shaxsi xususida asosan bir yo’qlama, qandaydir oldindan qatiy belgilab qo’yilagan hudud doirasidagina fikr yuritardilar. Yani chor hukumati davrida qaroqchiligi natijasida Sibirga surgun qilingan. Keyinchalik Marg’ilon militsiyasining boshlig’i bo’ldi. Bosmachilik harakatlarining boshlanishi haqida quyidagicha qarashlar mavjud: “Turkistondagi bosmachilik harakatining ijtimoiy asosi” maqolasining muallifi Skalov quyidagilarni yozgan: “Qo’qon muxtoriyating qulashi, sovet qo’shinlaring va armani dashtnoqlaring tinch aholiga o’tkazgan jabr-zulmi, shaharlar, temir yo’llar, korxonalar, dehqonchilik qilinadigan yerlarning vayron va talan-taroj qilingani dehqonlarning qo’liga qurol olishiga sabab bo’ldi”. Yoki “kollonial inqilob (Turkiston tajribasi)” kitobing muallifi Grigory Safarovning fikricha, “Bosmachilik harakati, bir tarafdan Qo’qon muxtoriyatining qulagani, o’lkada o’rnatilgan proletar diktaturasi boshidanoq kollonial harakterga ega bo’lgani, ikkinchi tarafdan, bu kollonial siyosat tufayli mahalliy aholining turmushi izidan chiqarilgani, dehqonalarning o’zini himoya qilishdan boshqa yo’l topa olamagani sababidan paydo bo’lgan edi”. 163 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) 1918 yil 19 fevral kuni Turkiston Muxtoriyati tugatilib, Qo‘qon qonga botirilgach, Madaminbek qo‘l ostidagi uch yuz yigit bilan “qizil”larga qarshi kurash boshlaydi. U G‘orbuva qishlog‘ini o‘ziga qarorgoh qilib, Bolsheviklarga qarshi dastlabki janglarini boshlab yubordi. Keyinchalik, Madaminbek G‘orbuvani Shermuhammadbek ixtiyorida qoldirib, o‘zi Baliqchi (Baliqchi vodiyning qoq markazi bo‘lib, ikki ulug‘ daryo Qoradaryo va Norin qo‘shilib, Sirdaryoni hosil qiladigan joy)ga ko‘chadi. Shiddatli janglar asosan 1919 yilda bo‘lib o‘tdi. Madaminbek 1919 yilning boshida eng katta kuch Safonev boshchiligidagi 20 ming askari bo‘lgan Skobelev (hozirgi Farg‘ona) shahriga hujum qildi. Bolsheviklar garnizon qal’asiga berkinib oldi. Jang vaqtida Farg‘ona qo‘shinlar qo‘mondoni Safonev asir olindi. Skobelev jangi sovet qo‘shini, uning boshliqlari uchun katta saboq bo‘ldi. Ular, o‘z qarshilarida betartib, tarqoq to‘dani emas, balki yaxshi uyushgan, salohiyatli armiya turganligini his etdilar. 1919-yilda Farg‘ona vodiysida 150 taga yaqin musulmon jangovar qismlari faoliyat yuritgan bo‘lib, ularni 4 nafar yirik lashkarboshi: Madaminbek, Katta Ergash, Shermuhammadbek va Xolxo‘ja eshon boshqargan. Xususan, Madaminbekning qo‘l ostida 30 mingga yaqin, Shermuhammadbekda 20 ming, Katta Ergash qo‘rboshida esa 8 ming jangchi bo‘lgani ma’lum. To‘rt qo‘rboshi oktyabr oyi oxirida Andijonga yaqin Oyimqishloqda qurultoyga to‘planib, o‘z qo‘mondonliklarini birlashtirishga qaror qilishadi. Qurultoyda islom qo‘shinlarining bosh qo‘mondoni – Amir al-muslimin etib Madaminbek saylandi. 1919-yil noyabr-dekabr oylarida mahalliy aholi orasida tashviqot ishlari olibborish uchun yolg’iz Farg’ona viloyat partiya tashkiloti hisobiga 15 mln so’m pul o’tkazilgan. Odamlar ko’cahalarda ochlikdan o’layotgan, iqtisodiyot daxshatli tarzda izdan chiqqan bir paytda tashviqot-targ’botga shunchalik katta ahamiyat berilishning mohiyati xusisida o’ylab ko’rilsa arziydi. Yana o’sha eski “qamchi va xolva” usuli ishga solindi. 1916-yilgi qo’zg’olon paytida chor hukumati musodora qilgan yerlarni mahalliy dehqonlarga qaytarish haqida dekret tayorlana boshladi. Qizil armiyaga ko’plab mahalliy yoshlar partiyasi nomidan dehqonlarga pul, bepul oziq-ovqat, kiyim-kechak tarqatish boshlandi. Mana shu tadbirlar natijasida och-yalang’och aholining yarmi yarim tabaqalari o’rtasida qizillarga nisbatan qaxr-g’azab hisi birmuncha bo’shashdi. O’z armiyasini arang boqayotgan Madaminbekda bunday imkoniyatlar yo’q edi. Madaminbekni xalq orasida yomon otliq qilish maqsadida Qizil armiya maxfiy xizmati agentlari xalq orasida turli ig’vo, mish-mish va bo’xtonlar tarqatishardi. M.Polikovskiyning “Madaminbekning tugatilishi” nomli kitobida xarakterli bir voqea keltiriladi. Polikovskiy o’z kitobida Madaminbekni qanchalik qoralamasin, bilib-bilmay uning adolatli ishlarini ham ko’rsatib bergan. “Zanjirlar sharaqladi. Turma qoravullari maxbuslarni Madaminning mehmonxonasiga olib kirishdi. Ular qora bo’z choponlarda, etiklari yirtilgan, yuzlariga ajin tushgan o’rta yosh dehqonlar edi. Dehqonlar qo’llarini ko’ksilarga qo’yib. xo’jayniga tazim qilishdi va uning imosi bilan devor tagiga bismillo deb o’tirishdi va uzoq muddatli suhbatdan keyin Madaminbek ularni ozod qildi”. Madaminbek Sovetlar bilan sulh tuzishga majbur bo’ldi. Madaminbek yurt, ona Turkuston taqdirini o’ylab tuzgan uzoq muddatli rejasini hech kim tushunmadi, albatta. Ayniqsa, uning safdoshlari bo’lmish qo’rboshilarning aksariyati bu bitmni qabul qilmadi. Shermuhammadbek, Xolxo’ja va boshqa bir qator qo’rboshilar Madaminbekni sotqinlikda ayblashda. “Ruslarga qo’shilgan kofir” bilan ayovsiz jang qilishga chaqirishdi. Shermuhammadbek Madaminbek o’rniga islom lashkarlari qo’mondoni etib tayinlandi. Kurash davom etdi. 164 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) Madaminbekning sirli o’limi haqida to’xtalib o’tadigan bo’lsak bu o’lim ko’pchilk tomondan otib o’ldirildi deb aytib o’tiladi lekin Alisher Ibodinovning “Qo’rboshi Madaminbek” asarida quyidagicha tariflanadi: Madaminbekni Farg’ona shahri atroflarida qo’lga tushurib hozirgi Qirg’izistonning O’sh viloyatidagi Novqat qishlog’i tomonga olib ketganlar. Bek u yerda 2 kun hibsda yotadi. Qizig’i shundaki, shu 2 kun orasida Qizil armiya qo’mondonligi uni qutqarish uchun qo’lini sovuq suvga ham urmaydi. Xuddi shu kuni Marg’ilondagi Madaminbekning uyiga 1 gruh nomalum otliqlar bostirib kirib, uyiga o’t qo’yadi. Shaharda ommaviy tartibsizliklar boshlanadi. Ko’rShermat va Xolxo’ja boshchiligidagi qo’shinlar Skobelovga hujum boshlaydilar. Qisqa muddat ichida Farg’onada yana urush olovlari gurullay boshlaydi. Hozirgacha rasman amalda bo’lgan tarixga ko’ra 1920-yil 14-may kuni Uchqo’rg’on shahri yonidagi Qorovul qishlog’ida Xolxo’ja Madaminbekning boshini tanasidan judo qiladi. Farg’onada qisqa muddat hukm surgan tinchlik barham topadi. Madaminbekning sovet davrida uzoq vaqt qarovsiz qolgan qabrini 1994-1996yillarda hofiz Dadaxon Hasanov boshchiligidagi bir guruh farg‘onaliklar ziyorat qilib, atrofiga panjara va qabrtosh o‘rnatishgan. Qabrtoshga quyidagi so‘zlar yozilgan: Turing begim, gunohlarni yuvaylik, Bosqinchini Ona yurtdan quvaylik! Xulosa: Holbuki, 1919-yil kuzida vodiyning o’zida yaxshi qurollangan 20 ming kishilik musulmon armiyasi jang qilardi. Ming afsuski, tushunmovchilik, turli fitna, nayrang, qizil armiya agentlarining makkarona siyosati natijasida ular nafaqat yogona dushmanga qarshi, balki bir-birlariga qarshi ham jang qilar edilar. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Alisher Ibodinov. “Qo’rboshi Madaminbek”. Toshkent. “Yozuvchi’ nashiryot.1993-yil. 2. Q.Rajabov, O’zbekiston adabiyoti va sanati gazetasi, 2002, 21-son. 3. Q.Rajabov, Ko’rsatilgan manbaa, 2002, 21-son. 4. www.ziyo.com