О'ZBEKISTON HUDUDIDA TARQALGAN TOKSIK XUSUSIYATGA EGA О'SIMLIKLAR
Abstract
Ushbu maqolada О‘zbekiston hududida tarqalgan zaharli о‘simliklarning ayrim turlari, ularning tarqalish joylari va inson salomatligiga ta’siri о‘rganilgan. Tadqiqot davomida ekologik va tibbiy manbalar tahlil qilinib, eng kо‘p uchraydigan zaharli о‘simliklar haqida umumiy ma’lumot berilgan. Olingan natijalar toksik о‘simliklarni aniqlash va ularning xavfini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi
Full text
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 10 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 20 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17718495 О‘ZBEKISTON HUDUDIDA TARQALGAN TOKSIK XUSUSIYATGA EGA О‘SIMLIKLAR Matsolayeva Madina Quronbayevna Urganch Davlat Pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlarni о‘qitish metodikasi(geografiya)1-kurs mag istranti [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada О‘zbekiston hududida tarqalgan zaharli о‘simliklarning ayrim turlari, ularning tarqalish joylari va inson salomatligiga ta’siri о‘rganilgan. Tadqiqot davomida ekologik va tibbiy manbalar tahlil qilinib, eng kо‘p uchraydigan zaharli о‘simliklar haqida umumiy ma’lumot berilgan. Olingan natijalar toksik о‘simliklarni aniqlash va ularning xavfini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi Kalit sо‘zlar: Zaharli о‘simliklar, toksin, ekologiya, о‘simlik geografiyasi, himoya, biologik xavf. АННОТАЦИЯ В данной статье рассматриваются основные виды ядовитых растений, распространённых на территории Узбекистана, их места произрастания и влияние на здоровье человека. В ходе исследования были проанализированы экологические и медицинские источники, приведена общая информация о наиболее часто встречающихся ядовитых растениях. Полученные результаты имеют важное значение для определения и снижения опасности ядовитых растений. Ключевый слова: Ядовитые растения, токсин, экология, география растений, защита, биологическая опасность. ABSTRACT This article explores the main types of poisonous plants found in Uzbekistan, their habitats, and their effects on human health. During the study, ecological and medical sources were analyzed, and general information about the most common poisonous plants was provided. The obtained results are important for identifying and reducing the risks associated with poisonous plants. Keywords: Poisonous plants, toxin, ecology, plant geography, protection, biological. hazard
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 10 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 21 О‘zbekiston florasi juda boy va xilma-xildir. Mamlakat hududida 4500 dan ortiq yovvoyi о‘simlik turlari mavjud bо‘lib, ularning ayrimlari inson va hayvonlar uchun xavfli hisoblanadi. Zaharli о‘simliklar tabiiy muvozanatning bir qismi bо‘lsa-da, ularning notо‘g‘ri ishlatilishi yoki e’tiborsizlik oqibatida sog‘liq uchun jiddiy zararlar yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli zaharli о‘simliklarni aniqlash, ularni ilmiy jihatdan о‘rganish va aholiga tо‘g‘ri ma’lumot yetkazish ekologik xavfsizlik nuqtayi nazaridan muhimdir. Bundan tashqari bu о‘simliklardan dorivor moddalar uchun ham foydalanish mumkin. Sо‘nggi yillarda О‘zbekistonda iqlim о‘zgarishlari natijasida atmosfera qurg‘oqchiligi, haroratning ortishi va yog‘in miqdorining kamayishi kabi jarayonlar kuzatilmoqda. E.Komiljanova va boshqalar (2025) tomonidan о‘tkazilgan tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, Tomdi va Qarshi hududlarida qurg‘oqchilikning shakllanishi havo namligi va harorat muvozanatining buzilishi bilan bevosita bog‘liq. Bu holat tabiiy landshaft va о‘simliklar tarkibiga sezilarli ta’sir kо‘rsatmoqda. Shunday sharoitda zaharli о‘simliklarning geografik tarqalishini о‘rganish, ularning ekologik moslashuv xususiyatlarini aniqlash hamda xavf darajasini baholash dolzarb ilmiy vazifalardan biridir. Shu boisdan ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi — О‘zbekiston hududida zaharli о‘simliklarning ayrim turlari, tarqalish areallari va ekologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Zaharli о‘simliklar haqida ilmiy tadqiqotlar asosan ularning tarkibidagi toksik moddalarning biologik ta’siri, geografik tarqalishi hamda ekologik moslashuv mexanizmlarini aniqlashga qaratilgan. О‘zbekiston florasida bu yо‘nalishda olib borilgan ishlar orasida S.N. Karimov (2019), M. Toshpulatova (2021) va Sh. Qodirov (2023)larning tadqiqotlari e’tiborga loyiq bо‘lib, ular ayrim zaharli о‘simlik turlarining toksikologik xususiyatlari va ularning tabiiy muhitdagi ahamiyatini о‘rganganlar. Xususan, ushbu mualliflar tomonidan qayd etilishicha, О‘zbekistonning chо‘l, tog‘ va dasht zonalarida zaharli о‘simliklar keng tarqalgan bо‘lib, ular orasida Aconitum soongaricum (Sо‘ngori akonit), Conium maculatum (dog‘li zira yoki dog‘li shitir), Euphorbia spp (Sutli о‘tlar, Eforbiya ), Datura stramonium(Telba о‘t yoki shayton о‘ti) kabi turlar kо‘p uchraydi. Ularning biologik faol moddalarini aniqlash va ularning hayvonot dunyosiga ta’sirini baholash masalalari ekologiya va toksikologiya fanlari kesishgan nuqtada muhim ilmiy yо‘nalish hisoblanadi. Tahlil qilingan adabiyotlar shuni kо‘rsatadiki, iqlim о‘zgarishlari, tuproq sharoitining degradatsiyasi va antropogen omillar natijasida ayrim zaharli о‘simliklarning tarqalish chegarasi о‘zgarib bormoqda (E.Komiljanova va boshqalar, 2025). Bu holat О‘zbekistonning ayrim hududlarida biologik xavfsizlik va ekotizim barqarorligiga bevosita ta’sir kо‘rsatmoqda. Ushbu tadqiqotda zaharli о‘simliklarning geografik tarqalishini
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 10 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 22 aniqlashda dala kuzatuvlari, GIS (geoinformatsion tizimlar) tahlili hamda statistik usullar qо‘llanildi. О‘simliklarning aniqlanishi floristik kalitlar asosida amalga oshirilib, ularning toksik xususiyatlari mavjud ilmiy manbalar bilan solishtirildi. Metodik yondashuv sifatida esa ekologik monitoring va tahliliy statistik usullar uyg‘un qо‘llanildi. NATIJALAR VA MUHOKAMA jarayonida О‘zbekistonning turli tabiiy-geografik zonalarida — chо‘l, dasht, tog‘oldi va tog‘ mintaqalarida о‘simliklar florasi о‘rganildi. Natijalar shuni kо‘rsatdiki, zaharli о‘simliklar mamlakat bо‘ylab notekis tarqalgan bо‘lib, ularning xilma-xilligi asosan chо‘l va tog‘oldi hududlarida yuqori. Ayniqsa, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida ayrim zaharli turlar ekologik sharoitlarga yuqori darajada moslashgan. Tahlillarga kо‘ra, aniqlangan о‘simlik turlari orasida Aconitum soongaricum (Sо‘ngori akonit), Euphorbia fischeri(Sutli о‘tlar, Eforbiya ), Datura stramonium(Telba о‘t yoki shayton о‘ti) , Conium maculatum (dog‘li zira yoki dog‘li shitir)kabi turlar keng uchraydi. Ushbu о‘simliklarning kо‘pchiligi tarkibida alkaloidlar, glikozidlar va saponinlar mavjud bо‘lib, ular hayvon va inson organizmiga toksik ta’sir kо‘rsatadi. Ayniqsa, Conium maculatum о‘simligining barcha qismlari zaharli hisoblanadi, u bilan bevosita aloqa yoki notо‘g‘ri iste’mol og‘ir zaharlanish holatlariga olib kelishi mumkin.Geoinformatsion tahlil asosida zaharli о‘simliklarning tarqalish xaritasi tuzildi. Kuzatuv natijalariga kо‘ra, chо‘l zonalarida iqlimning issiqlashuvi, tuproqning shо‘rlanishi va о‘tloq maydonlarning qisqarishi bilan bir qatorda ayrim toksik о‘simlik turlarining areallari kengaymoqda. Bu esa ekologik tizimlarda biologik xavfsizlikka tahdid tug‘diradi. Shuningdek, antropogen omillar — ya’ni yaylovlardan ortiqcha foydalanish, yoqilg‘i qazib olish ishlari va tabiiy yerlarning degradatsiyasi — ayrim turlar uchun qulay muhit yaratgan. Bu holat zaharli о‘simliklarning sonini oshirib, ularni tabiiy muvozanatdagi roli va salbiy oqibatlarini yanada dolzarb masalaga aylantirmoqda. Olingan natijalar zaharli о‘simliklarning ekologik, toksikologik va geografik xususiyatlarini chuqur о‘rganish zarurligini kо‘rsatadi. Kelgusida bu ma’lumotlardan ekologik monitoring, biologik xavfsizlik va tibbiyot sohasida profilaktik choralar ishlab chiqishda foydalanish mumkin. XULOSA О‘zbekiston hududida zaharli о‘simliklarning tarqalishi, xilma-xilligi va ekologik xususiyatlarini о‘rganish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: Respublikamiz florasi tarkibida 4500 dan ortiq yovvoyi о‘simlik turlari mavjud bо‘lib, ularning muayyan qismi zaharli moddalarga ega. Ushbu о‘simliklar tabiiy ekotizimlarda muvozanatni saqlashda muhim rol о‘ynaydi, biroq inson va hayvonlar salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 10 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 23 1. Tadqiqot davomida О‘zbekistonning chо‘l, dasht va tog‘oldi hududlarida Aconitum soongaricum, Conium maculatum, Euphorbia fischeri, Datura stramonium kabi toksik turlar keng tarqalganligi aniqlandi. Ularning geografik areallari iqlim о‘zgarishlari va antropogen omillar ta’sirida kengayib bormoqda. 2. Zaharli о‘simliklarning kо‘payishi biologik xavfsizlikka tahdid soladi, ayniqsa chorvachilik va qishloq xо‘jaligi uchun muhim bо‘lgan tabiiy yaylovlarda ularning tarqalishi iqtisodiy yо‘qotishlarga sabab bо‘lishi mumkin. 3. Tahlillar shuni kо‘rsatadiki, О‘zbekiston sharoitida zaharli о‘simliklarni aniqlash, ularning tarqalish dinamikasini xaritalash va ekologik nazorat qilish tizimini kuchaytirish zarur. Shu bilan birga, aholining ekologik savodxonligini oshirish, zaharli о‘simliklardan tо‘g‘ri foydalanish va ularning xavfsizligini ta’minlash bо‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilishi lozim. 4. Olingan natijalar kelgusida ekologik monitoring, toksikologik tadqiqotlar va о‘simlik geografiyasi yо‘nalishlarida ilmiy asos sifatida xizmat qilishi mumkin. Umuman olganda, zaharli о‘simliklarning О‘zbekiston tabiiy muhitidagi о‘rni, ularning biologik va ekologik xususiyatlarini chuqur о‘rganish mamlakatda biologik xavfsizlikni ta’minlash hamda inson salomatligini muhofaza qilish nuqtayi nazaridan muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. ADABIYOTLAR RО‘YXATI 1. Комилжонов Б., Мамаджонов И., Севгатов С. Томди ва Қаршида атмосфера қурғоқчилигининг шаклланиш шароитлари. — Тошкент: Ўзгидромет, 2025. DOI: 10.5281/zenodo.15455752 2. Хакимова Д.М. Ўзбекистон флорасидаги заҳарли ўсимликлар ва уларнинг биологик хусусиятлари. — Тошкент: Фан, 2021. — 145 б. 3. Tojiboyeva, N., & Rasulova, G. Toxic plants of Uzbekistan and their ecological importance. // Uzbek Journal of Botany, 2023, 5(2), 45–53. 4. Karimov, A., & Kadirova, S. Ecological assessment of poisonous plants in arid regions of Central Asia. // Journal of Environmental Biology, 2022, 43(4), 213–220. 5. Рахимов, И. Ўсимлик географияси ва флоранинг ҳудудий хусусиятлари. — Тошкент: ТДПУ нашриёти, 2020. — 230 б. 6. FAO (Food and Agriculture Organization). Toxic plants and livestock poisoning: regional review for Central Asia. — Rome: FAO Publication, 2022. — 56 p. Хусанов Б.Б. Экологик хавфсизлик ва заҳарли моддалар мониторинги. — Тошкент: Университет нашриёти, 2024. — 168 б