scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

UCHINCHI RENESSANSNI BARPO ETISHDA YOSHLARNING JAMIYAT HAYOTIDAGI O'RNI

Nu'monjonova Malika Nasimjon qizi

Abstract

Barcha zamonlarda mamlakat kelajagi yoshlar uchun bo‘lib kelgan. Taraqqiyot va rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari – bu doimo yoshlardir. Davlat ularga har qanday sharoitda har qanday sinovlar davrida tayanib kelgan. Sababi, bu yosh, jismonan va ma’nan sog'lom insonlar yangi , zamonaviy va mustahkam binolar qurdilar, hozirgi globallashuv zamon darajasidagi ixtiro, kashfiyotlar yaratishdi va ularni hayotga tadbiq etishdi. Bu jarayonda yoshi katta avlodning vazifasi yoshlarga ushbu shiddatli va murakkab dunyoda o'zlarining munosib o'rnini topishga yordam berish, o'zlarini imkon qadar anglab olishga ko'maklashishdir. Ushbu maqolada yoshlarning salohiyati, keng imkoniyatlari, kelajakda qilinadigan ishlar va vazifalarning samarasi haqida kichik izlanishlar olib borilgan.

Full text

219 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) UCHINCHI RENESSANSNI BARPO ETISHDA YOSHLARNING JAMIYAT HAYOTIDAGI O‘RNI Nu’monjonova Malika Nasimjon qizi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti Filologiya (Ingliz tili) fakulteti talabasi. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17721576 Annotatsiya. Barcha zamonlarda mamlakat kelajagi yoshlar uchun bo‘lib kelgan. Taraqqiyot va rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari – bu doimo yoshlardir. Davlat ularga har qanday sharoitda har qanday sinovlar davrida tayanib kelgan. Sababi, bu yosh, jismonan va ma’nan sog'lom insonlar yangi , zamonaviy va mustahkam binolar qurdilar, hozirgi globallashuv zamon darajasidagi ixtiro, kashfiyotlar yaratishdi va ularni hayotga tadbiq etishdi. Bu jarayonda yoshi katta avlodning vazifasi yoshlarga ushbu shiddatli va murakkab dunyoda o'zlarining munosib o'rnini topishga yordam berish, o'zlarini imkon qadar anglab olishga ko'maklashishdir. Ushbu maqolada yoshlarning salohiyati, keng imkoniyatlari, kelajakda qilinadigan ishlar va vazifalarning samarasi haqida kichik izlanishlar olib borilgan. Kalit so‘zlar: yoshlar, siyosat, masuliyat, taraqqiyot, oila, jamiyat, islohotlar, ijtimoiy faollik. Аннотация. Будущее страны всегда за молодежью пришел. Движущими силами прогресса и развития являются всегда молоды. Государство полагалось на них при любых обстоятельствах и во все трудные времена. Причина в том, что эти молодые, физически и психически здоровые люди строили новые, современные и прочные здания, создавали изобретения и открытия на уровне нынешней эпохи глобализации и применяли их на практике. В этом процессе задача старшего поколения – помочь молодым людям найти свое достойное место в этом напряженном и сложном мире, помочь им максимально реализовать себя. В этой статье было проведено небольшое исследование о сильной разнице между первой и третьей молодежью Возрождения, а также о потенциале, широких возможностях и эффекте будущей работы молодежи третьего Возрождения. Ключевые слова: Молодежь, политика, ответственность, развитие, семья, общество, реформы, социальная активность. Abstract. At all times, the future of the country has been for the youth. The driving forces of progress and development have always been the youth. The state has relied on them in any circumstances and in any times of trials. The reason is that these young, physically and spiritually healthy people built new, modern and durable buildings, created inventions and discoveries that are at the level of the current globalization era and implemented them in life. In this process, the task of the older generation is to help young people find their rightful place in this turbulent and complex world, to help them realize themselves as much as possible. This article conducts a small study on the potential of young people, their broad opportunities, the effectiveness of future work and tasks. Keywords: youth, politics, responsibility, development, family, society, reforms, social activism. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk avlodni ulg‘aytirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 220 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) Biroq, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan islohotlar tahlili yoshlarning keng qatlamlariga daxldor bo‘lgan dolzarb masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishlari uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmaganligini davrning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Shu sababli, mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish va ularni amalda tatbiq etish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”[1]gi farmonida har jabhada yoshlar faolligini oshirishva ularni munosib rag‘batlantirish vazifalari belgilandi. Unda yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi, ularning bandligini ta’minlash, ilmiy va badiiy kitoblarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, axborot texnologiyalaridan foydalanish, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish, yoshlarni ijodiy to‘garaklar va turli, jumladan, xorijiy tillarni o‘rgatish o‘quv kurslariga jalb etish, xalq mafaatlari yo‘lida sadoqat bilan xizmat qiladigan bilimli va fidoyi yosh tashabbuskor rahbar kadrlarni tarbiyalash kabi masalalar keng yoritilgan. Buyuk yunon tarixchisi Gerodot o‘zining Sharq bo‘ylab safari davomida Misr ehromlaridagi bir bitik uni hayron qoldirgan: “Yoshlarning tarbiyasi buzilib ketyapti. Nima qilmoq kerak?!” Tarixchi ushbu yozuvni o‘qiganiga ham ikki ming yildan ko‘proq vaqt bo‘ldi. Yozuvning bitilgani sanasi to‘g‘risida aniq ma’lumot keltirilmagan. Bundan shuni ko‘rishimiz mumkinki, yoshlar masalasi hamisha o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan, bu masalaga turli zamonlarda har xil fikrlar bildirib kelingan.[4] Ulug‘ marifatparvar alloma Mahmudxo‘ja Behbudiy ham yoshlarga murojaatnomasida, shunday yozadi:[5] “....Ushbu taraqqiy etgan zamonda ilmsiz, marifatsiz, quruq tasavvur bilan yashab bo‘lmaydi. Hozirgi zamonaviy taraqqiyot va rivojlanish shunday kuchli bo‘lmoqdaki, ozgina fursat o‘tar-o‘tmas quruq va chirigan taassublarimizni ildizi bilan qo‘porib tashlaydi. Shuning uchun barcha yoshlarimiz bu borada bir narsaga tayanishlari mumkin. Bu narsa ilm-u marifatdir”. degan ajoyib ibratli so‘zni aytib o‘tganlar. Yoshlar ongini chalg‘itish ularni fikrlarini yot tarafga o‘zgartirish uchun katta kurashlar kechayotgan globallashuv davrda yuksak manaviyat, odob-axloq masalasiga e’tiborni ko‘proq qaratish bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir. Ushbu jarayonda, ayniqsa, yoshlarni, etibordan chetda qoldirmaslik juda ham zarur. Vaqt, imkoniyat boy berilsa, keyin kech bo‘lishi turgan gap. Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdurauf Fitrat aytganlar: “Vatan bizning valine’matimiz va murabbiyimizdir, xar bir valine’mat va murabbiyga xizmat qilish lozim, bas, Vatanga xizmat burchdir”[7] deganlar. Yoshlarda internetda olayotgan axborotlariga tanqidiy yondashishi va ularning ishonchli manbalar asosida o‘z dunyoqarashlarini kengaytirishlari, ularning zararli ma’lumotlarni inkor eta bilish idrokini hosil qilish g‘oyat muhim hisoblanadi. Har bir yosh ma’lum bir ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘lishi, shiddatli zamonda kechayotgan siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga befarq bo‘lmasligi zarur. Bu ishni birinchidan, o‘zining taqdiri, kelajagi oldidagi ma’suliyati deb bilsa, ikkinchidan, Vatani va xalqi oldidagi burchi sifatida tushunmog‘i kerak. Shuning uchun ham yoshlar bugungi kunda yurtimizda hukm surib turgan tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetib, bu ne’matni o‘z ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylash yo‘lida tinmay o‘qish va izlanishda bo‘lishlari lozim. 221 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) Yoshlardan doim ogohlik va hushyorlik qolaversa, ziyrak bo‘lish ham talab etiladi. Buyuk marifatparvar bobomiz Yusuf Xos Hojib shunday deganlar: “Yoshlikni qadriga yeting, u bir kuni shaksiz sizdan ketadi, uni qanchalik qattiq tutmang, bir kuni sizdan qochadi.”[6] Odam bolasi dunyoga shunchaki emas, balki hazrat Alisher Navoiy aytganlaridek, “komillikka, ezgu niyat va maqsadlarga erishish, atrofidagi odamlar, yaqinlari, do‘stlari ta’sirida kamolot cho‘qqilarini birma-bir zabt etish uchun keladi. Ma’nan boy, jismonan sog‘lom va axloqan pok bo‘lib borgani sari uning oilasi, manzil – makoni ham go‘zallashib, hayoti fayzliva ma’no-mazmunga boy kechadi”[3]. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda eng muhim va dolzarb vazifalardan biri shuki, o‘sib kelayotgan yosh avlodni rostgo‘ylik, hayo, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehnatsevarlik kabi diniy-milliy qadriyatlar uyg‘unligi asosida tarbyalash, ular qalbida o‘z xalqi, millati va Vataniga mehr-sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularni turli-tuman yot g‘oyak va qarashlardan, buzg‘unchi kuchlarning axborot xurujlaridan ogoh etish, munosib himoya qilish kabilardan iborat. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llabquvvatlash to‘g‘risida”gi 5106-son farmon. 2. A.Miravaz o‘g‘li “Tarbiyaning oltin kaliti yoxud yuldagi belgilar” kitobi. 3. “Oyna” jurnali, 1914-yil 41-son. 4. Yahyo Muhammad Amin, “Internetdagi tahdidlardan himoya asari” Toshkent Movarounnahr, 2016. 5. Is’hoqjon Muhammadjon O‘g‘li, “Talim va Tarbiya asari” Toshkent: Hilol Nashr 2018. 6. Kel Nyuport, “Diqqat asari” Ingiliz tilidan Sojida Samandarova tarjimasi, Toshkent: “Ofset-print” MChJ, “Nihol nashiryoti, 2020. 7. Akmal Miravaz o‘g‘li, Tarbiyaning oltin kaliti yohud yo‘ldagi belgilar” Toshkent: Movarounnahr, 2020.