BO'LAJAK INGLIZ TILI O'QITUVCHILARNING O'QUV-METODIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
Abstract
BO'LAJAK INGLIZ TILI O'QITUVCHILARNING O'QUV-METODIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
Full text
451 BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARNING O‘QUV-METODIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH Ibragimov N.T. o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Annototsiya. Mazkur maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarning o‘quvmetodik kompetensiyalarini rivojlantirishi yoritilgan. Shuningdek, o‘quv-metodik kompetensiyaning tarkibiy qismlari, o‘quv-metodik kompetensiyani rivojlantirishdagi faoliyat shakllari, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisining o‘quv-metodik kompetensiyasini rivojlantirish mezonlari bayon qilingan. Kalit soz va tushunchalar: til o‘qitish nazariyasi, metodika, didaktika, psixologiya fanlarini chuqur o‘zlashtirish, seminar, amaliy darslar, pedagogik amaliyot, mikro o‘qitish, CLIL, Task-based Learning, Blended Learning, Flipped Classroom. Globalizatsiya, axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi va xalqaro integratsiya sharoitida xorijiy tillarni, ayniqsa ingliz tilini o‘qitish tizimi oldiga yangi talablar qo‘yilmoqda. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari nafaqat til bilimiga ega bo‘lishlari, balki metodik, pedagogik va kommunikativ kompetensiyalarga ega bo‘lishlari zarur. Shu bois ularning o‘quv-metodik kompetensiyalarini rivojlantirish bugungi kunda pedagogik ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘quv-metodik kompetensiya – bu bo`lajak o‘qituvchining o‘quv jarayonini samarali rejalashtirish, tashkil etish, tahlil qilish, baholash hamda zamonaviy metodik yondashuvlardan foydalangan holda o‘qitish mahoratini ifodalovchi integral sifatidir. Bu kompetensiya quyidagi tarkibiy qismlardan iborat (1-jadvalga qarang): 1-jadval. O‘quv-metodik kompetensiyaning tarkibiy qismlari № Tarkibiy qismlari Tarkibiy qismlarining mazmuni 1. Nazariy-metodik bilimlar til o‘qitish nazariyasi, metodika, psixolingvistika, didaktika asoslarini bilish 2. Amaliy ko‘nikmalar dars rejalashtirish, o‘quv materialini tanlash, topshiriqlarni yaratish, o‘qitish usullarini moslashtirish 3. Tahliliy va refleksiv ko‘nikmalar o‘z faoliyatini baholash, natijalarni tahlil qilish, yangiliklarni joriy etish 4. Raqamli va innovatsion savodxonlik onlayn resurslar, platformalar, ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
452 Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisining o`quv-metodik tayyorgarligiga bir qator omillar ta’sirida shakllanadi. Til o‘qitish nazariyasi, metodika, didaktika, psixologiya fanlarini chuqur o‘zlashtirish, seminar, amaliy darslar, pedagogik amaliyot, mikro o‘qitish, CLIL, Task-based Learning, Blended Learning, Flipped Classroom kabi zamonaviy metodlardan foydalanish, dars tahlili, o‘z faoliyatini baholash, kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish, Quizlet, Kahoot, Google Classroom, Padlet, Duolingo kabi vositalardan foydalanish kabi omillar. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisi uchun til kompetensiyasi, metodik kompetensiya, axborot-kommunikatsion kompetensiya, kommunikativ kompetensiya, refleksiv kompetensiya zarurligi bilan birga o‘quv-metodik kompetensiyani rivojlantirish talab etiladi. O‘quv-metodik kompetensiyani rivojlantirishda quyidagi faoliyat shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi (2-jadvalga qarang): 2-jadval. O‘quv-metodik kompetensiyani rivojlantirishdagi faoliyat shakllari Faoliyat shakli Mazmuni Amalga oshirish yo‘li Teskari sinf (Flipped Classroom) Talabalar nazariy materialni oldindan o‘rganadi, darsda amaliyot o‘tkaziladi Videodarslar, onlayn testlar, guruhli muhokamalar Mikroo‘qitish (Microteaching) Talabalar qisqa dars bo‘lagini o‘tishadi va tahlil qilishadi Dars videosini yozib tahlil qilish Keys-stadi (Case Study) Real vaziyat asosida metodik qaror qabul qilish Darsdagi muammoli holatni tahlil qilish Portfolioga asoslangan ta’lim O‘quvchi yoki talaba o‘z yutuqlarini to‘playdi Portfolio, blog, e-portfolio Pedagogik amaliyot bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari uchun o‘quv-metodik kompetensiyani shakllantirishda markaziy o‘rin tutadi. Amaliyot davomida dars ishlanmasini tayyorlash, o‘qitish materiallarini tanlash, til o‘qitish metodlarini sinovdan o‘tkazish, o‘quvchilarning til kompetensiyasini baholash, darsdan so‘ng refleksiya yozish va o‘z faoliyatini tahlil qilish amalga oshiriladi. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisining o‘quv-metodik kompetensiyasi quyidagi mezonlar orqali rivojlantiriladi (3-jadvalga qarang):
453 3-jadval. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisining o‘quv-metodik kompetensiyasini rivojlantirish mezonlari Mezoni Ko‘rsatkichlari Bilim darajasini aniqlash Til o‘qitish nazariyasi, metodika asoslarini bilish Ko‘nikma va malakalarni egallash Dars loyihasi tuzish, interfaol metodlardan foydalanish Ijodkorlik O‘quv topshiriqlarini yaratish, innovatsion yondashuvlarni qo‘llash Refleksiya Dars tahlili, mustaqil xulosalar chiqarish, takomillashtirish Xulosa qilib aytganda, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisining o‘quv-metodik kompetensiyalarini rivojlantirish – bu faqat metodik bilimlarni berish emas, balki ularni ijodiy fikrlash, refleksiya, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan mutaxassis sifatida shakllantirish demakdir. Bu jarayonda o‘qituvchi tayyorlov dasturlarida innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish, amaliy mashg‘ulotlarni interfaol metodlar asosida tashkil etish, shuningdek, raqamli pedagogika elementlarini keng qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Исакулова, Н. (2024). Историческое происхождение педагогических концепций. in Library, 1(1), 100–105. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/34867 2. N.J. Isakulova DARSLAR TIPOLOGIYASI VA O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI // Inter education & global study. 2024. №4 (1). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/darslar-tipologiyasi-va-o-ziga-xosxususiyatlari (дата обращения: 30.10.2025). 3. JANIKULOVNA I. N. Methodology of teaching customs terms in english using study projects. – 2024. 4. Subermaniam L. et al. A Systematic Review of Sustainability Management in Small and Medium Enterprises to Improve Sustainable Development Goals //Acta Innovations. – 2025. – С. 38-48. 5. Исакулова Н. Божхона соҳасига оид терминларни ўқитишда тадқиқот лойиҳалардан фойдаланиш //in Library. – 2024. – Т. 2. – №. 2. – С. 11-19.