scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BO'LAJAK O'QITUVCHI SHAXSINI KASBIY RIVOJLANTIRISH OMILLARI

N.S. Mamadov

Abstract

BO'LAJAK O'QITUVCHI SHAXSINI KASBIY RIVOJLANTIRISH OMILLARI

Full text

454 BO’LAJAK O‘QITUVCHI SHAXSINI KASBIY RIVOJLANTIRISH OMILLARI N.S. Mamadov O‘zDJTU dotsenti Annotatsiya. Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchi shaxsini kasbiy rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlarga e’tibor qaratilgan bo‘lib, o‘qituvchi shaxsining jamiyat tarqqiyotiga bo‘lgan kasbiy, ma’naviy, axloqiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlari ijtimoiy faollik omili sifatida o‘rganilgan. Shuningdek, erkinlik, shaxs intiluvchanligi, qiziqish, bilimdonlik, ehtiyoj, motiv, faollik kabi pedagogik tushunchalar bo‘lajak o‘qituvchi shaxsini ijtimoiy rivojlantirish omili sifatida atroflicha tahlil etilgan. Tayanch tushunchalar: shaxs, yoshlar, pedagog, shaxs erkinligi, qiziqish, mustaqil fmkrlash, ehtiyoj, motiv, zamonaviylik, pedagogik jarayon, bo‘lajak mutaxassis, kasbiy shakllanish, muloqot, ijtimoiy faollik. Taʼlim tizimida islohotlar shiddatli davom etib turgan hozirgi davrda taʼlim va tarbiya jarayonini shaklan va mazmunan takomillashtirish zarurati kun tartibidagi asosiy va bosh masala bo‘lmog‘i hamda o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligi yanada kuchaytirilmog‘i lozimdir. Umuman, taʼlim va tarbiyada inson omili juda muhim komponent bo‘lib, mafkura poligonlarida bo‘shliq bo‘lmasligini taʼminlaydigan qudratli kuch sifatida maydonga chiqishi zarur. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilinib, bu yilgi davlat dasturi tasdiqlandi. Davlat dasturining har bir bandi mamlakatimiz rivoji uchun ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Mazmunan demokratik va insonparvarlik asosiga qurilayotgan jamiyatning har tomonlama taraqqiyoti shaxsning shu taraqqiyot talablariga moslik darajasi, uning aqlidrokiga, jismoniy kuch-quvvatiga, ijtimoiy-siyosiy voqelikni anglashiga, ijtimoiy va kasbiy faolligiga bevosita bog‘liqdir. Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko‘ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va ijtimoiy faolligini ta’minlashga qaratilgan va shaxs o‘zida ana shu qobiliyatlarni namoyon eta olgan ta’lim shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim ham deb ataladi. Bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy faolligini rivojlantirishga qaratilgan omillar ham – turli xil moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga javob beruvchi, maqsadlarning yagona majmuasiga buysundirilgan, bir-biri bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi, o‘zida bir-butun ta’limni ko‘zda tutuvchi ijtimoiy ta’sir majmui bo‘lmog‘i kerak. Har bir 455 shaxs ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni, ehtiyoji va mavqega qarab turli xil munosabat va muloqatlar doirasida faol harakatda bo‘ladi. Ehtiyoj – insonning tirik organizm va shaxs sifatidagi faoliyati uchun moddiy, madaniy (faktorlarga) omillarga zaruratni ifodalovchi shaxs ruhiyatining ma’lum bir holati. Ehtiyojlar insonda faollikni uyg‘otadi va hayotiy faoliyat dasturi sifatida namoyon bo‘lib, uni ma’lum qadriyatlarni egallashga yo‘naltiradi. “Albatta, tug‘ilishdan to o‘limgacha bizning boshqalar bilan o‘zaro ta’sirga kirishishimiz bizning shaxsiyatimiz, hayotiy qadriyatlarimiz va xulq-atvorimizni belgilaydi. Biroq ijtimoiylashuv jarayonida har bir shaxs o‘zini anglash, mustaqil fikrlash va harakat qilishga layoqat orttiradi”. Buning uchun mazkur omillarni oydinlashtirish, amalga oshirish, nazorat va tahlil qilish kabi ish harakatlari ketma-ketligidan iborat quyidagi texnologik chizmaga asoslanishni talab etadi:1-rasm Bo‘lajak o‘qituvchi shaxsida bilimdonlikni shakllanishini belgilab beruvchi tarkibiy tuzilma Maqsadni ko‘zlash bosqichida – ijtimoiy vaziyatni baholash, o‘zining ta’limiy faoliyatini asosiy maqsadga buysundirish, kelajakdagi muayyan ta’limiytarbiyaviy ta’sirlarni qabul qilishga tayyorlik darajasiga tashxis qo‘yishdan iboratdir. Shuningdek, yuqoridagi tahlillardan kelib chiqqan holda, ehtiyoj va motivni bir biri bilan bog‘lanib keladi dedik. Demak, ehtiyojning qondirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatga undovchi va uning yo‘nalishini belgilovchi sabablar motivlar deb ataladi. Motivatsiya – motivlarning harakatlanish jarayoni, insonni asosiy faoliyatga undovchi motivlar yig‘indisidir. Bo‘lajak o‘qituvchi shaxsi faoliyatida egallanishi lozim bo‘lgan kasbiy-madaniy fazilatlarni olib qaraydigan bo‘lsak, bular: mehribonlik, g‘amxo‘rlik, bolajonlik, bilimdonlik, zukkolik, muloqatga va munosabatga kirishuvchanlik, kasbiy o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘ziga talabchanlik, mas’uliyatlilik, qiziquvchanlik, mustaqil fikr, tashkilotchilik, tadbirkorlik, qat’iyatlilik, kamtarlik, pedagogik madaniyat va kabilardan iborat. O‘qituvchi shaxsi hamisha ijtimoiy munosabatlar qurshovida yashaydi. Zamonaviy o‘qituvchi esa munosabatlar muvozanatini ko‘ra bilishga, uni rivojlanish sari unday olishga qodir bo‘lmog‘i lozim. Zamonaviylik har doim yangicha pedagogik 456 – psixologik idrokni talab etadi. Pedagogika va psixologiya fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Shunga muvofiq, zamonaviy o‘qituvchi shaxsining kasbiy va ijtimoiy faolligi jamiyatni ijtimoiy sog‘lomlashtirish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi konstitutsiyasi. 2. Giddens E. Sotsiologiya: oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma. Tarjimonlar N. Mamatov va J Boymatov. – T.: Sharq, 2002. – 848 b. 3. A.Sh. Jumaev. Pedagogik faoliyatda shaxs xususiyatlari va kasbiy sifatlar o‘rtasidagi psixologik uyg‘unlik // O‘zMU xabarlari № ½, 2015, 142-145 b. 4. M.Quronov, Z.Qurbaniyazova. Ijtimoiy pedagogika. – T.: 2003.-48 b.