FRANSUZ OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI MATNLARINI O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDA LEKSIK BIRLIKLAR TALQINI
Abstract
FRANSUZ OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI MATNLARINI O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDA LEKSIK BIRLIKLAR TALQINI
Full text
457 FRANSUZ OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI MATNLARINI O‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDA LEKSIK BIRLIKLAR TALQINI Karimova Nilufar Xabibullayevna Fan va texnologiyalar universiteti, “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Annotatsiya. Maqola, fransuz tilidagi media matnlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida uchraydigan asosiy muammolarni va leksik birliklarni qanday qilib to‘g‘ri ifodalash zarurligini tahlil qiladi. Media matnlar ommaviy axborot vositalari orqali keng auditoriyaga yetkaziladigan axborot manbai bo‘lib, ularni tarjima qilishda faqatgina lingvistik elementlarni emas, balki matnning ijtimoiy va madaniy kontekstlarini ham inobatga olish lozim. Maqolada tillararo ekvivalentlik tushunchasining media matn tarjimasidagi o‘rni va ahamiyati atroflicha ko‘rib chiqiladi. Xususan, o‘zbek va fransuz tillari turli til oilalariga mansub bo‘lib, ularning leksik, grammatik va sintaktik tafovutlari tarjimon uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi. Ayniqsa, frazeologik birliklar, idiomalar va madaniy jihatdan yuklangan so‘zlarni tarjima qilishda mos ekvivalent topish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, tarjimon nafaqat tilshunos, balki madaniyatshunos sifatida ham harakat qilishi kerak. Bundan tashqari, maqolada global kommunikatsiya va axborot almashinuvi jarayonida media matn tarjimasining roli alohida yoritiladi. Hozirgi axborot asrida tarjima qilingan matnlarning aniqligi va tushunarliligi ommaviy axborot vositalari orqali yetkaziladigan xabarlarning samaradorligini belgilaydi. Shu nuqtayi nazardan, tarjimonlar nafaqat aniq ekvivalent topish, balki matnning stilistik va funksional jihatlariga ham e’tibor berishlari lozim. Ushbu maqola ilmiy tadqiqotlar va tarjima amaliyoti uchun muhim nazariy hamda amaliy asos yaratib, tarjimonlar uchun foydali tavsiyalar beradi. Media matn tarjimasida uchraydigan qiyinchiliklarni yengish va sifatli tarjima qilish uchun ilmiy yondashuv, madaniy kontekstni tushunish va tilshunoslik bilimlari zarurligi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: media matn, tarjima, ekvivalentlik, leksik birliklar, semantika, sintaksis, madaniy kontekst, kommunikatsiya, axborot,media platforma, ijtimoiy tarmoqlar, reklama,ma'lumot tarqatish, ommaviy axborot vositalari, matbuot. INTERPRETATION OF LEXICAL UNITS IN TRANSLATING FRENCH MEDIA TEXTS INTO UZBEK Karimova Nilufar Khabibullayevna Senior Lecturer, Department of Foreign Languages, University of Science and Technology Annotation. This article analyzes the main challenges encountered in translating French media texts into Uzbek and examines how lexical units should be accurately conveyed. Media texts serve as a primary source of information disseminated to a
458 broad audience through mass media, and their translation requires consideration not only of linguistic elements but also of the social and cultural contexts of the text. The article thoroughly explores the concept of interlingual equivalence and its significance in media text translation. Notably, Uzbek and French belong to different language families, and their lexical, grammatical, and syntactic differences pose additional difficulties for translators. The challenge is particularly evident in the translation of phraseological units, idioms, and culturally embedded words, where finding an appropriate equivalent is of crucial importance. Therefore, a translator must not only be a linguist but also act as a cultural mediator. Moreover, the article highlights the role of media text translation in the global communication and information exchange process. In the present era of information, the accuracy and clarity of translated texts directly impact the effectiveness of messages conveyed through mass media. From this perspective, translators should focus not only on finding precise equivalents but also on preserving the stylistic and functional aspects of the text. This article provides both theoretical and practical foundations for academic research and translation practice, offering valuable recommendations for translators. It emphasizes that overcoming challenges in media text translation and ensuring highquality translation require a scientific approach, an understanding of cultural context, and linguistic expertise. Keywords: media text,translation,equivalence,lexical units, semantics, syntax, cultural context, communication, information, media platform, social networks, advertising,information dissemination, mass media, press. Ma‘lumki, tillararo tarjima – bu jahon miqyosidagi axborot almashuv va kommunikatsiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. “Tarjima – bu faqat so‘zlar o‘rtasidagi almashtirish emas, balki ma’nolar, ruh va mazmunlarning bir madaniyatdan ikkinchisiga o‘tishi”. (Sh. Mirziyoyev. 2022) Ayniqsa, media matnlari tarjimasi – bu tezkor axborot berish va auditoriya e’tiborini jalb qilishga qaratilgan maxsus janrdir. Media matnlari tarjimasi jarayonida ekvivalentlik tamoyili – ya’ni bir tilning birliklarini boshqa tilning birliklari bilan almashtirish – eng muhim omillardan biridir. O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy hamkorlik yildan-yilga rivojlanib, yanada mustahkamlanib bormoqda. Shu o‘zaro aloqalarning faollashuvi ikki xalq o‘rtasida tillararo tarjimaga bo‘lgan ehtiyojni sezilarli darajada oshirgan. Ayniqsa, media matnlarini tarjima qilish jarayoni — bu faqat so‘zlarni boshqa tilga ko‘chirish emas, balki ikki turli madaniyat, dunyoqarash va tafakkur tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro muloqot shaklidir. Shu sababli o‘zbek va
459 fransuz tillaridagi media matnlarini tarjima qilishda ekvivalentlikning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish bugungi kunda dolzarb ilmiy masalalardan biri hisoblanadi. Tilshunoslikda ekvivalentlik tushunchasi tarjima nazariyasining markaziy muammolaridan biri sifatida qaraladi. U tarjima qilingan matnning asl matn mazmuni bilan ma’nodosh, yaqin yoki to‘liq mos kelishini anglatadi. Biroq har bir tilning o‘z tuzilishi, madaniy qadriyatlari va milliy tafakkuriga xos xususiyatlar mavjudligi sababli, tarjimada to‘liq ekvivalentlikni ta’minlash har doim ham imkoni darajasida amalga oshmaydi. Media matnlari deganda gazeta va jurnallarda chop etiladigan maqolalar, radio va televidenieda efirga uzatiladigan dasturlar, shuningdek, internet orqali tarqatiladigan xabarlar, intervyular va boshqa turdagi axborot materiallari tushuniladi. Bunday matnlar auditoriyaga tez, aniq va ta’sirchan tarzda yetib borishi zarur. Shu bois media matnlarida tilning ekspressiv vazifasi — ya’ni ta’sir o‘tkazish, ishontirish hamda his-tuyg‘ularni uyg‘otish kabi omillar alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbek va fransuz tillari turli til oilalariga mansub bo‘lganligi tufayli ularning grammatik va leksik strukturasida jiddiy farqlar mavjud. Bu farqlar tarjima jarayonida muayyan qiyinchiliklar tug‘diradi. (С. Шамақсудова.2018) G.X. Bakieva hamda D.M. Teshabayeva «Mediamakonda matn» nomli monografiyasida bugungi kunda “OAV tili” tushunchasining uch xil ma’noda qo‘llanilayotganini aytib o‘tishadi, ya’ni 1) OAV yaratgan va tarqatgan barcha turdagi matnlar majmui; 2) barqaror tilning ichki sistemasi; 3) OAVning har biriga mos verbal va audiovizual qismlarning mutanosibligidan iborat alohida qorishma belgilar sistemasi. Darhaqiqat, OAV tili jumladan, «matbuot tili namunaviy til bo‘lib qolishi” u o‘zida ham standart, ham ta’sirchan vositalarni jamlamog‘i darkor. (A.Abdusaidov. 2005) Gazeta matnning uslubiy o‘ziga xosligini aniqlash va tavsiflashda ma’lum bir matnning umumiy uslub qonuniyatlarini bilish alohida ahamiyat kasb etadi. D.M. Teshabaeva “Publitsistika jamiyatning siyosiy-mafkuraviy sohasiga xizmat qiladi. Dastavval ushbu uslubning asosiy funksiyasi sifatida tilning ta’sir etish xususiyati e’tirof qilinardi. Lekin bugungi kunda axborotning ijtimoiy hayotdagi o‘rni naqadar muhim ahamiyat kasb etayotganiga guvoh bo‘layotirmiz”, deb ta’kidlaydi. (D.Teshaboyeva.2012) Bа’zi tilshunoslаr mаtngа аsosаn yozmа hujjаt tegishli ekаnligini tа’kidlаshаdi. Mаsаlаn, mаshhur tilshunos I.Gаlperin mаtngа quyidаgichа tа’rif berаdi: “Mаtn – bu yozmа hujjаt ko‘rinishdаgi tugаllаngаn, xolislikkа egа og‘zаki ijodiy jаrаyondаgi аsаr; sаrlаvhа vа bir qаtor til birliklаridаn tаrkib topgаn, mа’lum mаqsаdgа yo‘nаltirilgаn vа prаgmаtik ko‘rsаtmаgа egа, turli leksik, grаmmаtik, uslubiy аloqаlаrning turlаri bilаn birlаshtirilgаn аsаr”.(I.Galperin.1981)
460 Frаnsuz tilidа mаtn tаrjimаsi bo‘yichа bir qаtor olimlаr muhim ilmiy ishlаr olib borishgаn. Mаsаlаn, Jаn-Pol Vine vа Jаn Dаrbelne o‘zlаrining аsаridа tаrjimа jаrаyonidаgi trаnsformаtsiyalаr vа muаmmolаrni tаhlil qilishgаn. Ulаr tаrjimа strаtegiyalаri vа usullаrini o‘rgаnib, turli tillаr o‘rtаsidаgi semаntik vа sintаksik o‘zgаrishlаrni tаsniflаshgаn. (Жан-Поль Вине и Дарбельнет. 1958). Shuningdek, Аntuаn Bermаn hаm tаrjimа nаzаriyasigа kаttа hissа qo‘shgаn. Uning аsаridа tаrjimа jаrаyonidаgi muаmmolаr vа chegаrаlаr hаqidа fikr yuritilgаn. A.Bermаn tаrjimаdаgi mа’no yo‘qotish vа o‘zgаrishlаrni tаhlil qilib, ulаrni minimаllаshtirish yo‘llаrini tаklif qilgаn. (Антуан Берман.2018). Bu olimlаrning ishlаri tаrjimа nаzаriyasi vа аmаliyotidа muhim аhаmiyatgа egа bo‘lib, ulаrning аsаrlаri tаrjimа sohаsidаgi tаdqiqotlаr uchun аsosiy mаnbаlаrdаn hisoblаnаdi. Fransuz va o‘zbek tillaridagi media matnlarini tadqiq etishda ularning semantik, sintaksis, leksik va stilistik xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Fransuz va o‘zbek tarjima nazariyalari orasidagi asosiy farq shundaki, fransuz tarjimashunoslari matn shaklini saqlashga e’tibor bersa, o‘zbek tarjimashunoslari matn mazmunini tushunarli yetkazishga urg‘u beradilar. Media matnlarni tarjima qilish jarayonidagi qiyinchiliklar, turli omillar tufayli yanada murakkablashishi mumkin. Bu qiyinchiliklar tarjimonning mahorati va kreativligini sinovdan o'tkazadi. Quyidagi batafsil tahlil, media matnlarni tarjima qilishda duch kelinadigan asosiy qiyinchiliklarni chuqurroq yoritadi: Fransuz tilidagi media matnlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida leksik birliklarni qanday qilib to‘g‘ri va samarali berish juda muhimdir. Bu jarayon bir nechta muhim qadamlarni o‘z ichiga oladi va tarjimonning til bilimlari, madaniy tushunchalari hamda ijodiy yondashuvini talab qiladi. Fransuz tilidagi so‘zlarni o‘zbek tiliga tarjima qilishda, tarjimon so‘zning ma’nosini, kontekstini va uslubini to‘liq tushunishi kerak. Masalan, fransuz tilidagi “soutien” so‘zi turli kontekstlarda “yordam”, “qo‘llab-quvvatlash” kabi ma’nolarni anglatishi mumkin. Shuning uchun, tarjimon matnning mazmunini to‘g‘ri tushunib, eng mos leksik birlikni tanlashi zarur. Mazkur matn Fransiyaning “L’Express” nashridan olingan. Ushbu sayt lexpress.fr axborot agentligi bo‘lib, u xalqaro siyosat, iqtisodiyot va dolzarb voqealar haqida maqolalar chop etadi. Matnning aniq manbasi: Sayt nomi: L’Express. Havola: lexpress.fr/monde/emmanuel-macron (suratda qisman ko‘rinib turibdi). Maqola muallifi: Ambre Xerri (Ambre Xerri avec AFP). Chop etilgan sana: 2-noyabr, 2023
461 Matnning o‘zbek tiliga tarjimasi va leksik tahlilini qilib chiqamiz: Fransuzcha matn: O‘zbekcha matn: "Emmanuel Macron : en Ouzbékistan, la valse des contrats continue." "C’est dans l’actu. Après une escale au Kazakhstan, le chef de l’Etat français était attendu en Ouzbékistan, qui tente depuis plusieurs années de revenir sur le devant de la scène internationale." Sayt: https://www.lexpress.fr/monde/emma nuel-macron-en-ouzbekistan-la-valsedes-contrats-continueGGXBGCOPGJHWPFC3UZQI64TN SU/ "Emmanuel Makron: O‘zbekistonda shartnomalar valsi davom etmoqda." "Bu dolzarb yangilik. Qozog‘istondagi qisqa to‘xtashdan so‘ng, Fransiya davlat rahbari O‘zbekistonda kutib olindi. O‘zbekiston esa so‘nggi yillarda xalqaro sahnaga qaytishga harakat qilmoqda." Sayt: https://www.facebook.com/share/p/1FJL RweKi5/?mibextid=oFDknk Yuqoridagi ma’lumotni leksik tahlil qilamiz. La valse des contrats continue → Shartnomalar valsi davom etmoqda. Valse fransuz tilida “vals” (raqs turi) degan ma’noni anglatadi. Bu ibora metafora bo‘lib, shartnomalar tez-tez imzolanayotganini bildiradi. Des contrats - shartnomalar, ya’ni iqtisodiy yoki diplomatik kelishuvlar nazarda tutilgan. Continue - davom etmoqda, ya’ni bu jarayon tugamagan. C’est dans l’actu. → Bu dolzarb yangilik. Actu – “actualité” (dolzarb yangilik, xabarlar) so‘zining qisqartmasi. C’est (bu) shunchaki e’tiborni tortish uchun ishlatilgan. Après une escale au Kazakhstan → Qozog‘istondagi qisqa to‘xtashdan so‘ng. Escale – “qisqa to‘xtash, tranzit” ma’nosini anglatadi, bu odatda aviaqatnovga nisbatan ishlatiladi. Après – “so‘ng”, vaqt bog‘lovchisi sifatida ishlatilgan. Le chef de l’Etat français → Fransiya davlat rahbari. Chef de l’Etat - davlat rahbari degan rasmiy ibora. Bu joyda Président (prezident) so‘zi ishlatilmagan, lekin ma’no o‘sha. Était attendu en Ouzbékistan→ O‘zbekistonda kutib olindi.Attendu - kutildi, qarshi olindi degan ma’noni anglatadi. Majhullik nisbat shaklda était attendu kelgani uchun bu aniq shaxs tomonidan amalga oshirilgan ish emas, balki umumiy kutish holati. Qui tente depuis plusieurs années→O‘zbekiston esa so‘nggi yillarda harakat qilmoqda.Tente - harakat qilmoqda, urinyapti. Depuis plusieurs années - bir necha yil davomida, ya’ni uzoq vaqt jarayon davom etgan. De revenir sur le devant de la scène internationale → Xalqaro sahnaga qaytishga harakat qilmoqda. Revenir – “qaytmoq”, ya’ni oldin bo‘lgan joyga ya na kelish. Le devant de la scène internationale - xalqaro sahnaning old qatoriga, ya’ni O‘zbekiston global maydondagi faol o‘rnini qayta tiklashga intilmoqda.
462 Xulosa qilsak, mazkur maqola Emmanuel Makronning Markaziy Osiyoga, xususan O‘zbekistonga rasmiy tashrifi haqida yozilgan bo‘lib, uning siyosiy va iqtisodiy ahamiyati tahlil qilinadi. Bu matnda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi, bu tashrif doirasida shartnomalar imzolangani va O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faolligini oshirishga intilishi haqida gap ketmoqda. Metaforalar shartnomalar valsi ham ishlatilgan bo‘lib, bu diplomatik va iqtisodiy jarayonlarning dinamikligini ifodalaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mirziyoyev, Sh. (2022). Tillararo tushunish – millatlararo do‘stlik va hamkorlikning asosi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti. Retrieved from [www.president.uz](www.president.uz) 2. Abdusaidov, A. (2005). Gazeta janrlarining til xususiyatlari (Doctoral dissertation). Samarkand, Uzbekistan. 3. Teshabayeva, D. M. (2012). Ommaviy axborot vositalari tilining nutq madaniyati aspektida tadqiqi (O‘zbekiston Respublikasi OAV misolida) (Doctoral dissertation). Tashkent, Uzbekistan. 4. Galperin, I. R. (1981). Tekst kak ob’yekt lingvisticheskogo issledovaniya. Moscow, Russia: Nauka. 5. Vinay, J.-P., & Darbelnet, J. (1958). Stylistic comparison of French and English. Canada. 6. Berman, A. (2018, July). The age of translation. France. Elektron ta’lim resurslari: 1. https://www.lexpress.fr/monde/emmanuel-macron-en-ouzbekistan-la-valsedes-contrats-continue-GGXBGCOPGJHWPFC3UZQI64TNSU/ 2. https://www.facebook.com/share/p/1FJLRweKi5/?mibextid=oFDknk 3. “Til texnologiyasi” nomli qo'llanma mashina tarjimasi texnologiyalari va kompyuter lingvistikasi bo'yicha nazariy va amaliy bilimlar: 4. https://tsuull.uz/sites/default/files/til_texnologiyasi.pdf 5. “Korpus lingvistikasi” nomli qo'llanma tarjima jarayonida korpuslardan foydalanish, elektron lug'atlar va tezauruslar bilan ishlash bo'yicha ma'lumotlar: 6. https://pureportal.spbu.ru/files/104745919/_._._1_.pdfcom 7. “Media va Axborot Savodxonligi: Talabalar Uchun Qo'llanma” media matnlarini tushunish va tahlil qilish bo'yicha bilimlarni taqdim etadi: 8. https://www.coursehero.com/file/242249695/Media-majmuadoc.com