scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INGLIZ TILIDAGI MATNLARDAN O'ZBEK TILIGA SAMOVIY JISMLARGA OID LISONIY VOSITALARNI TARJIMA QILISHDA SEMANTIK MUAMMOLAR

Adinayev Odiljon Jumanazarovich

Abstract

INGLIZ TILIDAGI MATNLARDAN O'ZBEK TILIGA SAMOVIY JISMLARGA OID LISONIY VOSITALARNI TARJIMA QILISHDA SEMANTIK MUAMMOLAR

Full text

466 INGLIZ TILIDAGI MATNLARDAN O‘ZBEK TILIGA SAMOVIY JISMLARGA OID LISONIY VOSITALARNI TARJIMA QILISHDA SEMANTIK MUAMMOLAR Adinayev Odiljon Jumanazarovich Ingliz tili o‘qitish metodikasi №2 kafedrasi o‘qituvchisi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Annotatsiya. Ushbu maqolada ingliz tilidagi ilmiy matnlardan o‘zbek tiliga samoviy jismlarga oid termin va iboralarni tarjima qilishda uchraydigan semantik muammolar tahlil qilinadi. Tarjima jarayonida yuzaga keladigan ma’no tafovutlari, terminlarning aniq ekvivalenti yo‘qligi, metaforik iboralarning kontekstdagi talqini misollar asosida o‘rganiladi. Shuningdek, muammolarni hal qilish usullari – ekvivalent yaratish, kontekstual tarjima, transliteratsiya va standartlashtirish usullari yoritiladi. Annotation: This article analyzes the semantic problems that arise in translating terms and expressions related to celestial bodies from scientific texts in English into Uzbek. It examines meaning discrepancies that occur during the translation process, the absence of precise equivalents for certain terms, and the contextual interpretation of metaphorical expressions, illustrated with examples. In addition, the study discusses strategies for addressing these issues, including the creation of equivalents, contextual translation, transliteration, and standardization methods. Аннотация: В данной статей анализируются семантические проблемы, возникающие при переводе терминов и выражений, связанных с небесными телами, из специализированных научных текстов на английском языке на узбекский язык. Рассматриваются различия в значении, возникающие в процессе перевода, отсутствие точных эквивалентов для отдельных терминов, а также контекстуальная интерпретацииция метафорических выражений на основе примеров. Кроме того, освещаются способы решения указанных проблем — создание эквивалентов, контекстуальный перевод, транслитерация и методы стандартизации. Kalit so‘zlar: tarjima, semantik muammo, samoviy jismlar, terminologiya, metafora, ekvivalent. Astronomiya va kosmik tadqiqotlar XXI asrda insoniyat taraqqiyotining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ingliz tilida yaratilayotgan maxsus matnlar (ilmiy maqolalar, kosmik hisobotlar, NASA va ESA kabi tashkilotlarning press-relizlari) o‘zbek ilmiy jamoatchiligi uchun katta ahamiyatga ega. Biroq bu matnlarni tarjima qilish jarayonida samoviy jismlarga oid terminologik birliklar ko‘plab semantik qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Ushbu maqolada ana shu muammolar tahlil qilinib, misollar asosida echimlar taklif etiladi. 467 Semantik muammo – bu manba til (ingliz tili) va maqsad til (o‘zbek tili) o‘rtasida ma’no mos kelmasligi yoki еtarli ekvivalentning yo‘qligi natijasida yuzaga keladigan tarjima qiyinchiligidir. Astronomik terminologiya ko‘pincha: ilmiy-texnik mazmunga ega; mifologik ildizlarga ega; metaforik ma’no kasb etadi. Ingliz tilidagi samoviy jismlarga oid terminlarni tarjima qilishda semantik muammolardan biri bu terminologik tafovutlardir. Masalan: Ingliz tilidagi Dwarf planet so‘zi so‘zma-so‘z mitti sayyora tarzida tarjima qilinadi. Lekin ilmiy nuqtai nazardan u na “to‘liq sayyora”, na “oddiy asteroid” hisoblanadi. O‘zbek tilida aniq termin yеtishmasligi chalkashlik tug‘diradi. Dwarf planet uchun mitti sayyora termini qabul qilingan bo‘lsa-da, ilmiy aniqlikni ta’minlash uchun qo‘shimcha izoh berilishi maqsadga muvofiq: mitti sayyora (sayyora va asteroid oralig‘idagi samoviy jism). Samoviy terminlardan biri Exoplanet so‘zi ingliz tilida Quyosh sistemasidan tashqaridagi sayyora tushuniladi. O‘zbekchada esa bu atama ba’zan tashqi sayyora deb tarjima qilinadi, ammo “tashqi” so‘zi noto‘g‘ri taassurot uyg‘otishi mumkin, chunki u Quyosh sistemasi ichidagi tashqi sayyoralar bilan aralashib ketadi. Ilmiy jihatdan ekzosayyora varianti aniqroq. Ilmiy jurnallarda bu atama qat’iy, neytral va ilmiy mazmunda qo‘llanadi. Masalan Nature saytida berilgan maqolada Earth-sized exoplanet spotted in star’s habitable zone " - Yerga o‘lchami jihatidan yaqin bo‘lgan ekzosayyora yulduzining yashashga yaroqli zonasi aniqlandi tarzda tarjima qilinadi. Inglizchada asteroid belt Quyosh sistemasida Mars va Yupiter orasidagi minglab asteroidlardan tashkil topgan hudud. Bu termin o‘zbek tiliga asteroid kamari deb tarjima qilingan. Lekin “kamar” so‘zi ba’zi o‘quvchilarga metaforali va noaniq tuyulishi mumkin. Black hole atamasi ingliz tilida gravitatsiya kuchidan hech narsa chiqib keta olmaydigan astrofizik ob’ekt. O‘zbekchada qora tuynuk deyiladi, ammo “tuynuk” tushunchasi oddiy fizik “teshik” bilan chalkashishi mumkin. Nebula so‘zi inglizchada gaz va changdan iborat ulkan tumansimon tuzilma. O‘zbek tilida esa tumanlik deb yuritiladi. Lekin “tuman” so‘zi kundalik hayotdagi tabiiy hodisani eslatadi va kosmik jihatdagi miqyos to‘liq anglashilmasligi mumkin. "Comet tail" (kometa dumi) iborasi turli yozuvchilar asarlarida metafora yoki bevosita astronomik ma’noda ishlatilgan. Bu obraz ko‘proq ulkan nur, iz qoldirish, chiroyli yoki vahshiy ta’sir kabi ma’nolarda qo‘llanadi. Masalan: Virjiniya Vulf o‘z esselarida "comet’s tail" inson xayoli yoki xotiraning chiroyli, ammo o‘tib ketuvchi izi sifatida qo‘llagan. Rey Bredberi o‘zining "The Illustrated Man" asarida kometalar va yulduzlarni obraz sifatida ishlatgan. Unda "comet’s tail" vaqt yoki xotiraning osmonda iz qoldirishi kabi romantik metafora sifatida keladi. 468 “And while my parents slept unaware, and while our house was asleep, all the automatic bakers and servers and robot cleaners in an electric slumber, I stared down upon brilliant motes of meteor dust, comet tail, and loam from far Jupiter glistening like worlds themselves which drew me down the tube a billion miles into space, at terrific accelerations” Родители безмятежно спали, весь дом спал, автоматические пекари, механические слуги и самоуправляющиеся уборщики погрузились в свой электрический сон, а я смотрел, смотрел на сверкающие крупинки метеорной пыли, кометных хвостов и глины с далекого Юпитера. Они сами были словно далекие миры, и сквозь тубус микроскопа я уходил в полет – миллиарды километров, фантастические ускорения. Comet tail inglizchada kometaning uzun yo‘lini anglatadi. O‘zbek tilida kometa dumi deyiladi. Lekin “dum” so‘zi antropomorfik (hayvonga xos) ma’no uyg‘otishi mumkin, shu sababli kometa izi atamasi ayrim olimlar tomonidan taklif qilingan. Milky Way (Samoviy yo‘l) ham adabiyotda ko‘p ishlatiladigan obraz. U turli ma’nolarda keladi: osmon manzarasi, abadiylik, beqiyos go‘zallik, insoniyat taqdiri bilan bog‘liq kenglik. Masalan: Dante Aligeri Divine Comedy asarida "Milky Way" ni osmon yo‘li, ruxiy nurlanish ramzi sifatida tilga oladi. Uningcha, bu yo‘l “ruhlarni abadiy manzilga еtaklovchi yo‘l”. Uolt Uitmen Leaves of Grass she’rlarida "Milky Way" inson xayoli, orzu va abadiy yo‘l ramzi sifatida keladi. Unga ko‘ra, samoviy yo‘l insonning kosmosdagi o‘rnini ko‘rsatadi. Milky Way – ingliz tilida galaktikamizning nomi. O‘zbekchada Somon yo‘li deb tarjima qilingan. Bu ham metaforali tarjima bo‘lib, turli madaniy munosabatlar tufayli ba’zida ilmiy matnlarda Млечный путь bilan ham aralashib ketadi. Tarjima jarayonida semantik muammolardan yana biri ko‘pma’nolilik (polisemiya)dir. Ingliz tilidagi Satellite so‘zi yo‘ldosh ma’nosida qo‘llanadi, biroq ingliz tilida u sun’iy yo‘ldosh (artificial satellite) va tabiiy yo‘ldosh (natural satellite)ni ham bildiradi. Tarjimada kontekst hisobga olinmasa, noto‘g‘ri tushuncha yuzaga kelishi mumkin. Satellite atamasi kontekstdan kelib chiqib sun’iy yo‘ldosh yoki tabiiy yo‘ldosh tarzida ajratilishi lozim. Kundalik hayotda ko‘p ishlatiladigan Star so‘zi inglizchada bir vaqtning o‘zida: yulduz (astronomik obyekt), mashhur shaxs (kino yulduzi) va belgi anglatadi. Tarjimada kontekst hisobga olinmasa, chalkashlikka olib keladi. Masalan: Jek Londonning Martin Eden asarida “He looked up at the stars and wondered if ever man had reached them in his dreams - U osmonga qaradi va yulduzlarga tikilib, odamzot orzusida ularga еtib borganmikin, deb o‘yladi.” Bu еrda ham stars → yulduzlar ilmiy-majoziy ma’noda kelgan. 469 U. Shekspirning ushbu sonetini J.Kamol quyidagicha tarjima qilgan: You are my sun, my moon, my stars… - Sen mening quyoshimsan, oyimsan, yulduzimsan…”. yulduz metaforasi – sevgi timsoli sifatida ishlatilgan. Shooting star termini o‘zbek tiliga yulduz yog‘ilishi deb tarjima qilinadi, ammo aslida bu “meteor”dir. Ko‘chma ma’noda esa orzu, qisqa muddatli umidni anglatadi. Shooting starni badiiy matnda umid chaqnashi, ilmiy matnda esa meteor deb tarjima qilish tavsiya etiladi. Ingliz tilidagi I saw a shooting star last night and made a wish jumlasi o‘zbek tili ilmiy matnda: Kecha meteor kuzatdim, badiiy matnda esa Kecha yulduz yog‘ilishini ko‘rib, orzu qildim tarzda tarjima qilinadi. Kontekstdan kelib chiqqan holda ikki xil tarjima beriladi. Samoviy jismlarga oid terminlarni tarjima qilishda madaniy-mifologik tafovutlar ham yuzaga kelishi mumkin. Masalan: Orion, Andromeda, Pegasus kabi yulduz turkumlari yunon mifologiyasi bilan bog‘liq. O‘zbek tiliga transliteratsiya qilinganida ma’no ochilmaydi, tarjimonda qo‘shimcha izoh berish ehtiyoji tug‘iladi. Ingliz tilidagi maxsus ilmiy matnlardan samoviy jismlarga oid lisoniy vositalarni o‘zbek tiliga tarjima qilishda semantik muammolar asosiy to‘siqlardan biridir. Ularning еchimi sifatida: terminlarga ekvivalent yaratish, kontekst asosida ma’no farqlash, transliteratsiya bilan izoh berish, metaforalarni moslashtirish, yagona standartni shakllantirish zarurligi ta’kidlanadi. Bu nafaqat tarjimalarning aniqligini ta’minlaydi, balki o‘zbek ilmiy tilining boyishiga ham xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Baker, M. In Other Words: A Coursebook on Translation. — London: Routledge, 2011. — 331 p. 2. Crystal, D. English as a Global Language. — 2nd ed. — Cambridge: Cambridge University Press, 2003. — 212 p. 3. Newmark, P. A Textbook of Translation. — London: Prentice Hall, 1988. — 292 p. 4. Shuttleworth, M., Cowie, M. Dictionary of Translation Studies. — Manchester: St. Jerome Publishing, 1997. — 248 p. 5. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. Astronomik atamalar lug‘ati. — Toshkent: Fan nashriyoti, 2020. — 356 b.