scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OLIY PEDAGOGIK TA'LIMDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHNING STEAM TEXNOLOGIYASI IMKONIYATLARI

Xudayberdiyev Pardabоy Uskanovich

Abstract

Maqolada oliy pedagogik ta’limda tasviriy san’at fanini o‘qitishning STEAM ta’lim texnologiyasi imkoniyatlari tahlili, uni ta’minlashga asoslangan ba’zi fikr mulohazalar bayon qilinadi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1638 OLIY PEDAGOGIK TA’LIMDA TASVIRIY SAN’AT FANINI O‘QITISHNING STEAM TEXNOLOGIYASI IMKONIYATLARI Xudayberdiyev Pardabоy Uskanovich Jizzax davlat pedagogika universiteti dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.17725425 Talim tizimida ko‘pdir imkonlar, Turfa uslublarni o‘zga etgan jam. Menga barchasidan ulug‘ mahbubi, STEAM ta’limdan bahra olgan dam. Annotatsiya. Maqolada oliy pedagogik ta’limda tasviriy san’at fanini o‘qitishning STEAM ta’lim texnologiyasi imkoniyatlari tahlili, uni ta’minlashga asoslangan ba’zi fikr mulohazalar bayon qilinadi. Kalit s o‘zlar: science, Technology, Engineerig, Math, differensial, integral, fan, ta’lim, texnologiya, pedagogika, san’at, tasvir, injener. Har qanday yangi narsa, ya’ni jarayon fan va ta’lim texnologiyasidan boshlanadi. Hayotimizdagi hamma narsa fanlar ta’sirida va ularning ta’limiy g‘oyalari natijasida yaratilgan va namoyon bo‘lgan. Insoniyat yaratgan barcha narsalar qachonlardir bir vaqtlar mavjud bo‘lmaganligini sababi ta’lim texnologiyasiga u narsa noma’lum bo‘lganligidir. Shu ma’noda oliy pedagogik ta’limda talabalar kasbiy faoliyati samaradorligini oshirish imkoniyatlarini har tamonlama takomillashtirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, mavzudagi STEAM ta’limi mohiyatini izohlashga e’tiborni qaratamiz. STEAM ta’limi – bu ingliz tilidagi “STEM”ga taalluqli S - Science - fan; T - Technology - texnologiya; E - Engineering - muhandislik; M – Math - matematikani atamalari (fan, texnologiyalar, muhandislik va matematika) bosh harflari integratsiyasi qisqartmasiga san’atni anglatadigan “A”(Art) qo‘shilishi orqali hosil qilingan [1]. STEAM ga aloqador kasblar o‘z ichiga: hisobchi, texnik yozuvchi, kompyuter dasturchisi, kimyogar, moliyaviy tahlilchi, web dasturchi, biologiya, atrof muhit muhandisi, tizim taxlilchisi, muhandis quruvchi, muhandis mexanik, statistic, psixolog, ma’lumotlar bazasi muhandisi, ma’lumotlar bazasi boshqaruvchisi, menejer shifokor kabi kasblarni oladi. Aytilganlardan ko‘rinadiki, STEAM (STE(A)M) - bu san’at (ART) bilan integratsyalashgan fanlar. Integratsya - o‘zaro bog‘liq holda rivojlanish uslubi (metodikasi)dir. Pedogogik faoliyatda integratsiyalashgan kasbga yo‘naltirish texnologiyasi –butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘z oldiga kasbiy fan va ta’lim texnologiyalari shakllarining samaradorligini oshirish vazifasini qo‘yuvchi ta’lim tizimi imkoniyatlari va ularning o‘zaro istiqbolli aloqasini hisobga olgan holda bilimlarini yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli usublari majmuasi hisoblanadi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1639 Integratsiyalashgan STEAM tushunchasini tassavur qilish haqidagi atamalar mohiyatini manbalardan foydalanib izohlashga urinamiz. Fan - fan haqida O‘zbek Sovet ensiklopediyasi 12-tomi 15-betida “Fan - dunyo haqidagi ob’ektiv bilimlar tizimi, ijtimoiy ong shakllaridan biri”, - deyilgan [2]. Jon Bernol “Fandunyoni kishilar tomonidan tubdan o‘zgartirish omilidir”,- degan bo‘lsa, Albert Eynshteyn uni “Fan tafakkurning dunyodagi bilish mumkin bo‘lgan barcha hodisalarni muayyan bir sistema asosida bo g‘lash uchun bir necha asr davomida toliqmay qilgan mehnatidir”,- deb yanada keng ma’noda ta’riflaydi. P’er Baust obektining behadligini “Fanning chegarasi ufqqa o‘xshaydi: qanchalik yaqinlashsa u shunchalik uzoqlashadi” ,- deya izohlagan edi. Texnologiya – yunon tilida “techne”, - “san’at”, “mahorat”, “uddalash” va “logos” - “fan” degan so‘zlardan olingan b o‘lib, hunar (mahorat) fani ma’nosini anglatadi [3,4]. Ta’lim texnologiyasi - bo‘lajak mutaxassisliklarni kasbiy faoliyatga tayyorlashga qaratilgan ishlar majmuasi bo‘lib, u o‘qituvchi tomonidan beriladigan o‘quv axborotlarini talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi, o‘quv mash g‘ulotlari, amaliyot va mustaqil ijodkorlik izlanishi jarayonida egallangan bilimlarini tushunib yetishi esda saqlashi va mustahkamlashini ta’minlovchi; 1.Ta’limiy 2.Tarbiyaviy 3.Kasbga yo‘naltiruvchi 4.Rivojlantiruvchi a’mollar (an’analar) mantiqiy ketma-ketligini o‘z ichiga oladi. Ta’lim texnologiyasini kasbiy faoliyatga muvofiqlashtirish esa ta’lim tizimining o‘ziga xos (konseptual) asoslarini dalillash, maqsad va vazifani qo‘yish, natijani shakllantirish, o‘quv materialini tanlash va ularni amalga oshirish samaradorlik darajasini baholash mezonlarini ilmiy asosda ishlab chiqishni nazarda tutadi. Pedagogik texnologiya 1950-yil AQSHda paydo bo‘lgan va fanga 1972-yilda kirib kelgan. STEAM ta’limi texnologiyasining asosiy jihatlari: 1.Instegratsyalashgan yondashuv: bitta fanni alohida o‘qitish o‘rniga, san’at, fan, texnologiya, muhandislik va matematika fanlarini o‘zaro bog‘lab o‘qitiladi. 2.Ijodiy fikrlash: talabalar muammolarga ijodiy va innovatsion yechimlarni topishga o‘rganadilar. 3.Amaliyotga y o‘naltirish: talabalarga nazariy bilimlarini amalda qo‘llash va ularni real hayotdagi muammolarga tatbiq etish imkoniyati beriladi. 4.Tanqidiy mulohaza: talabalar vaziyatlarni tahlil qilish turli yechimlarni baholash va xulosalar chiqarishni o‘rganadilar. Talabalarning tasviriy san’at sohalarini tahlil etishini ta’minlashda STEAM ta’lim texnologiyasining asosiy jihatlarini rivojlantirish maqsadida ularga mavzusi, maqsadi, turlari va shakllari bo‘yicha har xil – nazariy pedagogik va amaliy-uslubiy (metodik); tasviriy san’at nazaryasi va amaliyoti bo‘yicha obrazli taxliliy, qiziqish va qobiliyati bo‘yicha topshiriqlar berish tavsiya etiladi. Topshiriqlar esa turlicha bo‘lib ular: “Nima uchun?” “Bu qanday aloqadorlikda bajariladi?” degan savollarga javob berish, “mazmunini ochib berish”ni talab qiladi. Bunday imkoniyatlarni yaratib berish uchun tasviriy san’at o‘qituvchisi har bir darsini u talaba kasbiy faoliytidagi yorqin bir xotira bo‘lib qolishi ulardagi mustaqil obrazli tasviriy tafakkur hislarini uy g‘otishga intilishi zarur chunki rasm chizish o‘ziga xos hayojonli, qiziqarli va mas’ulyatli mash g‘ulot bo‘lib, unda har safar avvalgisiga o‘xshamagan yangi, o‘ziga xos, INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1640 hayajonli, qiziqarli muhit yaratilishi lozim. O‘qituvchi bu muhitni mazkur integrativ yondashishga asoslangan dasturlar yordamida yaratishi mumkin. Shu ma’noda tasviriy san’at darslarida STEAM ta’lim texnologiyasidagi tasvirlar shakllari o‘z ichiga: - Qog‘oz tekisligida hajm shakllarni (naturadan qarab, xotiradan, tasavvurdan) tasvirlash;ishlarni nazarda tutadi. Aytilganlar esa tasviriy san’atda ta’lim texnologiyasini avvalo o‘quv - tarbiya jarayonini “liberallashtirish (erkinlashtirish)” ga xizmat qiluvchi; 1)Differensial ta’limni joriy etish; 2)Individual ta’limni kuchaytirish; 3)Talim jarayonini integrativ darsliklar asosida tashkil qilishlarni oladi. Bu an’ana (tendensiya) o‘quv materiallari mazmunida taklif etiladigan tasvirni ko‘proq amaliyotga asoslangan har xil ifodalash shakllari miqdori va hissasini hisobga olishni taqozo etadi. Muhandis (E-Engineering) - qadimda bu so‘z lotinchada “Ingenium” shaklida bo‘lgan va tabiiy mayl, tug‘ma qobiliyat degan ma’noni anglatgan. Fransuzlar bu so‘zni “Injener” tarzida o‘zlashtirganlar. So‘zning o‘zagi “gen”dan “generator”, “genealogiya”, “genezis” kabi atamalar yasalgan. Talantning oliy darajasi “geniy” ham shundan kelib chiqqan. Shu o‘zakdan “general” s o‘zi hosil bo‘lgan. Lotinchada “generalis” - “umumiy”, “bosh” demakdir. “Olijanob” degan ma’noni bildiruvchi “Yevgeniy” ismining negizida ham “gen” so‘zi yotadi. Texnika sohasida kasbiy oliy ma’lumotga ega mutaxassis kishiga “injener” degan diplom beriladi. Bu atamani o‘zbek tilida “muhandis” deyiladi. San’at barcha sohalarda insonning oliy idrok etish shakllarini belgilovchi kasbiy; -xulqidagi me’yoriylik. - o‘z kasbi mavqeyini asrash va ulu g‘lash. - o‘z xizmat sohasida ixtisoslashgan bilim va malakaga ega bo‘lish; - qiyin va muammoli vaziyatlarda etnik vaziyatni boshqara olish; - o‘zo‘zini idora etish salohiyatining yuqoriligi kabi kasbiy dolzarb muammolarga ega bo‘lish va ularni bartaraf qilishning psixodiognostika uslublari (yuzma-yuz va masofaviy) mahorati [5]. Tasviriy san’atda rassomlar asarlarni solishtirish - taqqoslash psixodiognostikasida: rassom asarlarining farqi va o‘xshashliklarini aniqlash (bunda talabalar “asarlarining” berilgan belgilarini solishtiradilar, taqqoslaydilar, shu asnoda, ularning farqlari hamda umumiyliklarini aniqlash va tegishli xulosa chiqarish) maqsadlari ko‘zda tutiladi. Bunday solishtirish, taqqoslash tahlil talabalarning egallagan bilimlari, analiz-sintezumumlashtirishning ishlab chiqilgan ko‘nikmalarini kuchaytiradi. Rassomlar asarlarining obrazli tafakkuri va tilini aniq yanada aniq tushunishga, mazmun va shakl birligida ularni baholashga, yaxlit obrazni tasavvur qilishga, konstruktiv tomonlarini o‘rganish, tasviriy tafakkur mantiqini shakllantirishga imkon beradi. Matematika (yunon. matematike, mathema-ilm, fan so‘zidan) - moddiy dunyoning miqdoriy munosabatlari va fazoviy shakllari haqidagi fan. Matematika (M-Math) - aniq, ravshan, o‘tkir degan ma’noga ega tushuncha bo‘lib, oliy, tatbiqiy, amaliylarga bo‘linadi. Shuningdek u o‘z ichiga: bilimlarni matematiklashtirish; fanlarni matematiklashtirish y o‘nalishlarini ham oladi. Mavzudagi STEAM integratsiya tushunchasi ham bevosita matemtika fanidagi integral (cheksiz kichik sonlar yig‘indisi sifatida qaraladigan butun sonlar) so‘zidan olingan bo‘lib, INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1641 o‘zaro bog‘liq holda rivojlanish shakli:1)bir butun qilib birlashtirmoq; 2)yaxlit holga keltirmoq ma’nolarni bildiradi. Shuningdek yana u o‘z ichiga: interpolyatsiya - qo‘shimcha kiritish; interpretatsiya - izohlash , tushuntirib berish, talqin qilish, ochish; interferensiya - tovush, yorug‘lik to‘lqini va hokazo ustma-ust kelganda, qo‘shilganda bir-birini kuchaytirish yoki susaytirish kabi tavsiflarni oladi. Tasviriy san’at darslarida talabalarning qobiliyatlarini STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanib rivojlantirish: - qog‘oz tekisligida hajmli shakllarni (natyuraga qarab, xotiradan, tassavurdan) tasvirlash; - konstruktiv va dekorativ rasmlar ishlash; - san’at asarlari va borliqdagi obrazli ko‘rinishlarni idrok qilish; - tasviriy san’atdagi ma’naviy meroslarni o‘rganish; - o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha fanlararo aloqadorlikni o‘rnatish (topishmoq, ertak, tarixiy voqealar, manzaralar, portret, maishiy kartinalar, karikatyralar va hokazo …) -texnologiyada esa kelgusida naqsh ishlash uchun idishlar, qutichalar, o‘yinchoqlar yasash kabi muhitlar yaratishni o‘zida mujassamlaydi. Shuningdek talabalarga o‘z ijodiy g‘oyalarini turli texnikada tasvirlash ya’ni plastik materiallardan haykal yasash, qo‘lda yasalgan buyumlarga naqsh ishlash, har xil shoxlar, g‘o‘lalarga ishlov berib kompozitsiya hosil qilish, pero yoki boshqa o‘tkir asbob bilan qo g‘oz kartonga qirqib yoki o‘yib ishlanib, keyin u joyga tush quyib tasvir hosil qilish imkoniyatlarini mujassamlaydi. Xulosa qilib aytganda yuqorida keltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida o‘qituvchi talabalardagi o‘ziga xos ijodiy vazifalarni bajarish hamda har qanday faoliyatga ijodiy yondashish qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga imkoniyatlar yaratish orqali tasviriy san’at darslarida talabalarda: - kasbiy ijodkorlik qobiliyatlari rivojlanadi; - hissiy dunyoqarashi shakllanib, ma’naviyati tarbiyalanadi; - tasviriy san’at haqidagi qadimgi dunyo san’atidan to hozirgi vaqtgacha bo‘lgan asosiy bilimlar egallanadi; -dunyo xalqlari san’atiga nisbatan hurmat hissi uy g‘onadi; - atrof - muhit va san’atni qadrlashga nisbatan ma’naviyahloqiy xususiyatlar shakllanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Русско-Узбекский словарь. Главная редакция Узбекской Советской Энциклопедии. 1984.Том 1. 393-394 стр. 2. Fan.O’zbek Sovet Ensiklopediyasi. Bosh redaksiyasi.1979.Tom 12.17-18 betlar. 3. Технология. Русско-Узбекский словарь. Главная редакция Узбекской Советской Энциклопедии. 1984. Том 2. 567 стр. 4. Texnologiya. Politexnika lug’ati. O’zbek Sovet Ensiklopediyasi. Bosh redaksiyasi. 510 bet. 5. Tasviriuy san’atda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish. So’nggi tadqiqotlar nazariyasi. 2023 –Tom 6 - №4, 54-58 betlar.