BOSHLANG'ICH TA'LIMDA TABIATSHUNOSLIK FANINING MAZMUNI VA VAZIFALARI
Abstract
mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limda tabiatshunoslik fanining mazmuni va uning asosiy vazifalari ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Davlat ta’lim standartlari asosida fan mazmunining tarkibiy yo‘nalishlari, jonsiz va jonli tabiatga oid tushunchalar, ekologik tarbiya, kundalik hayotga tatbiq etiladigan amaliy topshiriqlar tizimlashtirilgan. Tadqiqot davomida tahlil, kuzatish va kontent tahlil metodlaridan foydalanilgan. Natijalarda tabiatshunoslik fanining boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarda kuzatuvchanlik, tajriba o‘tkazish, tanqidiy fikrlash va ekologik ongni rivojlantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Maqola fan mazmunini kompetensiyaviy yondashuv asosida optimallashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Full text
newjournal.org zenodo.org 1 BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TABIATSHUNOSLIK FANINING MAZMUNI VA VAZIFALARI Norova Madina Ergashevna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 70110401– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlangʻich ta’lim) mutaxassisligi 1-bosqich magistri Email: [email protected] Telefon raqami:+998917343252 ANNOTATSIYA: mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limda tabiatshunoslik fanining mazmuni va uning asosiy vazifalari ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Davlat ta’lim standartlari asosida fan mazmunining tarkibiy yo‘nalishlari, jonsiz va jonli tabiatga oid tushunchalar, ekologik tarbiya, kundalik hayotga tatbiq etiladigan amaliy topshiriqlar tizimlashtirilgan. Tadqiqot davomida tahlil, kuzatish va kontent tahlil metodlaridan foydalanilgan. Natijalarda tabiatshunoslik fanining boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarda kuzatuvchanlik, tajriba o‘tkazish, tanqidiy fikrlash va ekologik ongni rivojlantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Maqola fan mazmunini kompetensiyaviy yondashuv asosida optimallashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, tabiatshunoslik, fan mazmuni, vazifalar, ekologik tarbiya, kompetensiya, kuzatish, tajriba. АННОТАЦИЯ: В данной статье раскрываются содержание и основные задачи предмета «Естествознание» в начальном образовании. На основе государственных образовательных стандартов систематизированы основные содержательные направления: неживая и живая природа, экологическое воспитание, практические задания, связанные с повседневной жизнью. В исследовании использованы методы анализа, наблюдения и контент-анализа. Полученные результаты показывают значимость естествознания в формировании у младших школьников наблюдательности, навыков проведения простых опытов, критического мышления и экологического сознания. Статья содержит научные рекомендации по совершенствованию содержания предмета на основе компетентностного подхода.
newjournal.org zenodo.org 2 Ключевые слова: начальное образование, естествознание, содержание обучения, задачи предмета, экологическое воспитание, компетенции, наблюдение, эксперимент. ABSTRACT: This article examines the content and key objectives of the subject “Natural Science” in primary education. Based on national educational standards, the paper systematizes core content areas including non-living and living nature, ecological education, and practical tasks connected with daily life. The study employs methods such as analysis, observation, and content analysis. The findings highlight the importance of natural science in developing observation skills, basic experimentation abilities, critical thinking, and environmental awareness among primary school students. The article provides scientific recommendations for optimizing the curriculum through a competency-based approach. Keywords: primary education, natural science, curriculum content, educational objectives, environmental education, competencies, observation, experiment. KIRISH Boshlang‘ich ta’lim jarayonida tabiatshunoslik fani o‘quvchilarda atrof-muhitni anglash, tabiat hodisalarini kuzatish va ularga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish kompetensiyalarini shakllantiruvchi asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarda kuzatuvchanlik, qiziqish, tajriba o‘tkazish, fikr yuritish kabi tabiiy bilish jarayonlari faol bo‘lishi sababli tabiiy fanlar mazmunini to‘g‘ri tanlash, didaktik jihatdan to‘g‘ri tuzish va samarali metodlar bilan o‘qitish muhim pedagogik masala sanaladi. Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limda tabiatshunoslik fanining mazmuni, umumta’lim standartlari asosidagi vazifalari hamda uni o‘qitishning kompetensiyaviy ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. METODLAR Tadqiqot jarayonida boshlang‘ich ta’limda tabiatshunoslik fanining mazmuni va vazifalarini ilmiy asosda o‘rganish maqsadida bir qator ilmiy metodlardan foydalanildi. Avvalo, tahlil va sintez metodi orqali davlat ta’lim standartlari, amaldagi darsliklar hamda metodik qo‘llanmalar mazmuni chuqur o‘rganilib, ularning tarkibiy tuzilishi va o‘quvchilar uchun qo‘yilgan kompetensiyaviy talablar tahlil
newjournal.org zenodo.org 3 qilindi. Taqqoslash va tizimlashtirish metodi yordamida turli sinf bosqichlarida o‘qitiladigan tabiatshunoslik mazmuni o‘zaro solishtirilib, mavzularning ketma-ketligi va uzviylik darajasi aniqlab berildi. Pedagogik kuzatish metodi boshlang‘ich sinflarda tabiatshunoslik darslarining real o‘tilish jarayonini o‘rganishga, o‘qituvchilarning metodlardan foydalanish amaliyotini tahlil qilishga xizmat qildi. Shuningdek, fan mazmunining kompetensiyaviy yondashuv asosidagi ifodasini aniqlashda kontent tahlil metodi qo‘llanildi. Tadqiqot yakunida esa metodistlar va amaliyotchi o‘qituvchilarning fikr-mulohazalarini o‘rganish, ularning tajriba va takliflarini baholash maqsadida ekspert baholash metodidan foydalanildi. Ushbu metodlar tadqiqot natijalarining ilmiy asoslangan va obyektiv bo‘lishiga imkon yaratdi. NATIJALAR Tadqiqot davomida O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim davlat standartlari, darsliklarning mazmuni va metodik qo‘llanmalar tahlili boshlang‘ich ta’limda tabiatshunoslik fani beshta asosiy mazmuniy yo‘nalishdan tashkil topganini ko‘rsatdi [1.6. b]. Birinchi yo‘nalish — jonsiz tabiat elementlari bo‘lib, u havo, suv, tuproq, issiqlik, yorug‘lik, tovush hamda ob-havo hodisalari haqidagi boshlang‘ich tasavvurlarni shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi yo‘nalish — jonli tabiat asoslari bo‘lib, unda o‘simliklar, hayvonlar, inson organizmi va ularning hayotiy jarayonlari haqida fundamental bilimlar beriladi. Uchinchi yo‘nalish — Yer va koinot haqidagi tushunchalar bo‘lib, unda kun va tun almashinuvi, fasllarning kelib chiqish sabablari hamda Quyosh tizimining sodda modeli haqida ilmiy tasavvurlar shakllantiriladi. To‘rtinchi yo‘nalish — ekologik tushunchalar bo‘lib, tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarga ongli munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Beshinchi yo‘nalish — kundalik hayot bilan bog‘liq amaliy topshiriqlar bo‘lib, o‘quvchilarda oddiy tajribalar o‘tkazish, kuzatishlar olib borish va tabiat hodisalarini real hayot bilan bog‘lash malakalarini rivojlantiradi. Ushbu mazmun yo‘nalishlari o‘quvchining yosh xususiyatlari va tabiiy bilimlarni faol egallash
newjournal.org zenodo.org 4 ehtiyojiga mos ravishda tuzilgan bo‘lib, fanning kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etilganini ko‘rsatadi. O‘tkazilgan tahlillar tabiatchunoslik fanining boshlang‘ich ta’lim bosqichidagi pedagogik vazifalarini aniqlash imkonini berdi. Avvalo, fan o‘quvchilarda tabiat hodisalarini tushunish va ilmiy izohlash kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, dars jarayonida turli kuzatuvlar va tajribalar bajarish orqali kuzatuvchanlik, tajriba o‘tkazish, solishtirish va tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlantiriladi [2. 210 b]. Fan mazmunining ajralmas qismi bo‘lgan ekologik yo‘nalish o‘quvchilarda ekologik madaniyat va tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga qaratilgan. Tabiatshunoslik fanining yana bir muhim vazifasi — o‘quvchilarning tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni ilmiy-tadqiqotga yo‘naltirish va ijodiy faoliyatga undashdir. Bundan tashqari, fan kundalik hayotda uchraydigan tabiiy jarayonlarni tushunish orqali tabiat qonunlaridan amaliy foydalanish malakasini rivojlantiradi. Shu bilan birga, tabiatshunoslik mazmuni STEAM ta’limi elementlarini egallash uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich ilmiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga tayanch bo‘lib xizmat qiladi [3.86 b]. Tadqiqot jarayonida boshlang‘ich sinflarda tabiatshunoslik fanining o‘qitilishi o‘quvchilarda bir qator asosiy kompetensiyalarning shakllanishiga xizmat qilishi aniqlangan. O‘quvchilarda axborot bilan ishlash kompetensiyasi shakllanadi, ya’ni ular tabiat hodisalarini tasniflay oladi, kuzatuv natijalarini qayd etadi va ulardan umumiy xulosalar chiqaradi. Tabiatshunoslik darslarida tajriba natijalarini og‘zaki va yozma tarzda ifodalash orqali o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasi rivojlanadi[4.33b]. Natija shundan iboratki, o‘quvchilar oddiy tajribalarni mustaqil bajarish, hodisalar sabablarini izohlash orqali amaliy kompetensiyani egallaydi. Nihoyat, fan mazmuni ekologik tarbiya bilan uzviy bog‘langanligi sababli o‘quvchilarda ekologik kompetensiya, ya’ni tabiatni asrash, ekologik muammolarga e’tiborli bo‘lish va resurslardan oqilona foydalanish madaniyati shakllanadi. MUNOZARA
newjournal.org zenodo.org 5 Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’limda tabiatshunoslik fanining mazmuni o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, bilish faolligi va psixologik rivojlanish darajasiga mos ravishda shakllantirilganini ko‘rsatadi. Davlat ta’lim standartlari va darsliklar tahlilidan ma’lum bo‘ldiki, fan mazmuni jonsiz tabiat, jonli tabiat, ekologiya, koinotga oid tushunchalar hamda amaliy faoliyatga asoslangan topshiriqlarni o‘z ichiga olgan holda izchil va tizimli tarzda berilgan [5. 45 b]. Biroq amaliyotchi o‘qituvchilarning fikrlari, pedagogik kuzatuvlar hamda ekspert baholash natijalari shuni ko‘rsatadiki, dars jarayonida eksperimental topshiriqlardan yetarli darajada foydalanilmasligi o‘quvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyasining to‘liq shakllanishiga to‘siq bo‘lmoqda. Ayniqsa, ko‘plab darslar nazariy ma’lumotlar bilan cheklanib qolayotgani, o‘quvchilarning mustaqil tajriba o‘tkazish imkoniyatini cheklab, ularning amaliy fikrlashini sustlashtirishi aniqlangan [6. 55 b]. Tadqiqot davomida shuningdek, tabiatshunoslik faniga amaliy-topshiriqlar, kuzatishlar, oddiy tajribalar, mini-loyihalar va interfaol faoliyat turlarini kengroq tatbiq etish o‘quvchilarda bir qator muhim kompetensiyalarni samarali rivojlantirishi aniqlandi. Xususan, mustaqil kuzatish, muammoni hal qilish, sabab-oqibat aloqalarini aniqlash, ilmiy farazlar ilgari surish, tajribalarni rejalashtirish va natijalar asosida xulosa chiqarish kabi ilmiy-tadqiqotchilik ko‘nikmalari amaliy faoliyat orqali ancha yuqori darajada shakllanishi kuzatildi. Bu esa fanning nafaqat mazmuniy, balki metodik jihatdan ham faol-ta’lim strategiyalari bilan boyitilishi zarurligini ko‘rsatadi. Shuningdek, tahlillar darsliklardagi ayrim nazariy mavzularning murakkab yoki umumiy tarzda yoritilganini, buning esa barcha o‘quvchilar tomonidan teng darajada qabul qilinishiga to‘sqinlik qilayotganini ko‘rsatdi. Mazkur holat nazariy materiallarni sodda, vizual, qiziqarli va faoliyatga yo‘naltirilgan ko‘rinishda taqdim etishni talab etadi. Infografika, rasmlar, tajriba bosqichlari ko‘rsatmalari, natural obyektlar va modellar bilan ishlash imkoniyatlari kengaytirilsa, o‘quvchilarda tabiatshunoslikka qiziqish sezilarli ravishda ortishi mumkin. Umuman olganda, munozara natijalari shuni ko‘rsatadiki, tabiatshunoslik fani mazmuni ilmiy-nazariy jihatdan to‘g‘ri shakllangan bo‘lsa-da, uni o‘qitish metodikasini, xususan eksperimental topshiriqlardan foydalanishni kuchaytirish orqali fan samaradorligini yanada oshirish mumkin [7. 50 b]. Bu esa o‘quvchilarning ilmiy
newjournal.org zenodo.org 6 dunyoqarashi, ekologik madaniyati va tadqiqotchilik kompetensiyalarining izchil rivojlanishini ta’minlaydi. XULOSA Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich ta’limda tabiatshunoslik fanining mazmuni o‘quvchilarda atrof-muhitni ilmiy asosda anglashga zamin yaratadi hamda ularni tabiat hodisalarini kuzatish, tahlil qilish va izohlashga yo‘naltiradi. Fan mazmuni jonsiz va jonli tabiat elementlari, koinotga oid sodda ilmiy tasavvurlar, ekologik tushunchalar hamda kundalik hayotga bog‘langan amaliy topshiriqlardan iborat bo‘lib, u o‘quvchilarning tabiiy fanlarga oid fundamental bilimlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot davomida aniqlanganidek, tabiatshunoslik fanining asosiy vazifalari — ekologik ongni rivojlantirish, kuzatuvchanlik va mustaqil fikrlashni shakllantirish, sodda tajribalar orqali ilmiy xulosalar chiqarish, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarbiyalash hamda o‘quvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyasining boshlang‘ich bosqichlarini rivojlantirishdan iborat. Ushbu vazifalar samarali bajarilishi uchun dars jarayonida amaliy-topshiriqlar, kuzatishlar, eksperimental faoliyat va interfaol usullar ulushini ko‘paytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, darsliklardagi nazariy materiallarni sodda, vizual, amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan shaklda taqdim etish, shuningdek o‘quvchilarni faol ishtirok etishga undaydigan tajribaviy topshiriqlar bilan boyitish tabiatshunoslik fanining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Eksperimentlar asosidagi ta’lim o‘quvchilarga tabiat hodisalarini bevosita kuzatish, sabab-oqibat aloqalarini tahlil qilish, muammoli vaziyatlarni hal etish, xulosa chiqarish va o‘z fikrini asoslashga imkon beradi. Umuman olganda, tabiatshunoslik fanining mazmuni va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ayniqsa eksperimental topshiriqlardan tizimli foydalanish, o‘quvchilarning tabiiy fanlarga qiziqishini kuchaytiradi, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytiradi va tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantiradi. Bu esa boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning keyingi bosqichlardagi tabiiy-ilmiy fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishiga mustahkam poydevor yaratadi.
newjournal.org zenodo.org 7 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti. – Toshkent: 2020. 2. Yo‘ldosheva, D. Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. – 210 b. 3. F. Qodirova, A.Mamarasulov. Boshlang‘ich ta’limda tabiiy fanlarni o‘qitish nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. – 256 b. 4. N.Xasanova. “Tabiatshunoslik darslarida amaliy topshiriqlardan foydalanish metodikasi.” Boshlang‘ich ta’lim jurnali, №4, 2022, 33–38-b. 5. M.Shavkatova. “O‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari.” Ta’lim va innovatsiya, №2, 2021, 45–52-b. 6. Kamolovich Makhmudov Shokir. “Practical forms, methods and tools of spiritual and legal education technologies suitable for citizens in the process of socialization of students.” Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.7 (2022): 55-61. 7. Махмудов, Ш. К., & Мусаева, У. М. (2014). Правовое образование и воспитание в современном социально-культурном развитии общества узбекистана. The Way of Science, 50.