MEHNAT MUNOSABATLARINI KAFOLATLASHNING HUQUQIY ASOSLARI
Abstract
Mazkur maqolada mehnat munosabatlari kafolatlarining huquqiy asoslari, ularning mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati hamda xalqaro mehnat standartlari bilan uyg‘unligi tahlil qilingan. Shu bilan birga, mehnat huquqining konstitusion kafolatlari mehnat bozoridagi zamonaviy tendensiyalar, aholi bandligi, ishsizlikdan himoya, mehnatni muhofaza qilish va ijtimoiy sug‘urta tizimlari bilan bog‘liq holda o‘rganilgan. Maqola oxirida mehnat huquqlarini yanada rivojlantirish yuzasidan amaliy takliflar ilgari suriladi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 680 MEHNAT MUNOSABATLARINI KAFOLATLASHNING HUQUQIY ASOSLARI Yarashev Bobomurod Chalgashevich O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Kafedra boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik. https://doi.org/10.5281/zenodo.17726653 Annotatsiya. Mazkur maqolada mehnat munosabatlari kafolatlarining huquqiy asoslari, ularning mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati hamda xalqaro mehnat standartlari bilan uyg‘unligi tahlil qilingan. Shu bilan birga, mehnat huquqining konstitusion kafolatlari mehnat bozoridagi zamonaviy tendensiyalar, aholi bandligi, ishsizlikdan himoya, mehnatni muhofaza qilish va ijtimoiy sug‘urta tizimlari bilan bog‘liq holda o‘rganilgan. Maqola oxirida mehnat huquqlarini yanada rivojlantirish yuzasidan amaliy takliflar ilgari suriladi. Kalit so‘zlar: Konstitusiya, kafolat, mehnat huquqi, mehnat muhofazasi, ishsizlikdan himoya, ijtimoiy ta’minot, adolatli ish haqi, xalqaro mehnat standartlari, mehnat munosabatlari. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda mehnat bozori, bandlik, mehnat muhofazasi, mehnat migratsiyasi va ijtimoiy ta’minot sohalarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Bu jarayon Konstitusiyada belgilangan mehnat huquqlari va ularning zamonaviy huquqiy mexanizmlarini yanada muhim ahamiyatga ega ekanligini namoyon qildi. Mehnat insonning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida markaziy o‘rin tutadigan qadriyatlardan biridir. Jamiyat va davlat taraqqiyotining asosiy omili sifatida mehnat munosabatlarining barqaror, xavfsiz va adolatli huquqiy asoslarda amal qilishini ta’minlash har bir demokratik davlatning ustuvor vazifasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida mehnat huquqlari inson haq-huquqlarining ajralmas qismi sifatida mustahkamlangan bo‘lib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi va himoya qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilishning asosiy manbai sifatida mehnat munosabatlarini muhim ijtimoiy qadriyat sifatida e’tirof etadi. Demokratik davlatda mehnat huquqlarining konstitusion kafolatlanishi fuqarolarning munosib turmush darajasini, bandlikni, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning asosiy shartlaridan biridir. Konstitusiyaning 42–46-moddalari ushbu sohadagi huquqiy kafolatlarni kompleks ravishda belgilab bergan bo‘lib, ular mehnat qilish huquqi, xavfsiz mehnat sharoiti, adolatli ish haqi, ishsizlikdan himoya, majburiy mehnatni taqiqlash, bolalar mehnatiga cheklovlar, dam olish va ijtimoiy ta’minot huquqlaridan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining aynan 42-moddasida har bir shaxsning mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqi kafolatlangan. Bu normaning mazmuni mehnat qilish huquqi – asosiy inson huquqi sifatida, erkin kasb tanlash huquqi, majburiy mehnatni taqiqlash, adolatli ish haqi va mehnat uchun munosib shartsharoitlar kafolati, mehnat muhofazasi va xavfsiz mehnat sharoiti kafolati, ishsizlikdan himoya va davlat kafolatlari, ijtimoiy ta’minot va pensiya kafolatlari, kasaba uyushmalari va jamoaviy kelishuvlar kafolati kabi asosiy huquqiy talablarni o‘z ichiga oladi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 681 Mehnat qilish huquqi fuqarolarning tabiiy huquqlaridan biri bo‘lib, jamiyatda o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, daromad olish va munosib turmush kechirish imkoniyatini beradi. Konstitusiya esa bu huquqni to‘liq kafolatlaydi va davlatdan uni ta’minlash uchun sharoit yaratishni talab qiladi. Shaxs o‘z qobiliyati va qiziqishidan kelib chiqib, mehnat faoliyati turini erkin tanlaydi. Hech bir fuqaro davlat, korxona yoki muassaslar tomonidan o‘zi istamagan kasbda faoliyat yuritishiga majburlay olmaydi. Konstitusiyaning 42-moddasi biz yuqorida e’tiborga olgan masalalardan tashqari homilador yoki bolasi bor ayollarning ham mehnat kafolatlari alohida e’tiborga olingan unga ko‘ra “Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi” 1 Konstitusiyamizda o‘z aksini topgan sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanishi hamda bolalar mehnatining bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanishi bilan bog‘liq norma o‘z navbatida mamlakatimizning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini oshirishga xizmat qilmoqda. Konstitusiyamizdagi mazkur norma rivojlangan mamlakatlar “Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Hindiston, Yaponiya davlatlari Konstitusiyalarida belgilangan har bir inson xavfsiz va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarida ishlash, bolalar mehnatidan foydalanish taqiqlanishi, majburiy mehnat bo‘yicha haq to‘lanishi kabi qoidalar Konstitusiya darajasida mustahkamlab qo‘yilgan normalarning chuqur tahlil etish va o‘rganishlar asosida kiritilganligini” 2 ta’kidlab o‘tish o‘rinli. Buning amaliy natijasini esa O‘zbek paxtasi dunyodagi ko‘plab nufuzli brend kompaniyalarning “qora ro‘yxati”dan chiqarilganligi va “Cotton campaign” tashkiloti O‘zbekistonga qo‘yilgan taqiqni butunlay bekor qilganligida 3 ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Albatta bunga erishishnning o‘zi bo‘lmadi. 2025 yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kasaba uyushmalari bilan uchrashuvida ham ushbu masalaga to‘xtaldi. “Bolalar mehnati va majburiy mehnatga to‘liq barham berish uzoq yillar biz uchun eng og‘riqli masala bo‘lib kelgan edi. Faqat kuchli iroda, qat’iy pozitsiyamiz orqali biz bu murakkab muammoni ijobiy hal qildik” 4 . Mehnat munosabatlarini kafolatlashning yana bir elementi bu adolatli ish haqi va mehnat uchun munosib shart-sharoitlar yaratishdir. Konstitusiyamizning biz yuqorida qayd etib o‘tgan 42-moddasida fuqarolar xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olishi lozimligi alohida o‘rin olgan. 1 О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi - T. 2023. https://lex.uz/docs/6445145: 2 X.Quchqarov Mehnat qilish huquqlarining konstitusiyaviy kafolatlari // https://yuz.uz/news/ 3 https://xabar.uz/jamiyat/bolalar-mehnati-ozbekiston-uchun-uzoq-yillar-ogriql 4 О‘sha manbaa
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 682 Darhaqiqat yuqorida keltirib o‘tilgan kafolatlar fuqarolarimizning munosib turmush kechirishi va kambag‘allikdan himoya qilinishini ta’minlovchi eng asosiy kafolatdir. Shu bois, mazkur kafolatlarning amaliy mexanizmini takomillashtirish, aholi bandligini oshirish hamda ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini yuksaltirish ustuvor vazifa sifatida namoyon bo‘lib, fuqarolarning farovonligi va barqaror rivojlanishga xizmat qiladi. Adolatli ish haqi olish huquqi shaxs bajargan mehnat uchun munosib bo‘lgan ish haqini olishi bo‘lib unga quyidagilar kiradi: - mehnat qiymatiga mos haq, - kambag‘allikdan himoya qiluvchi darajadagi ish haqi, - kamsitishsiz haq, - qilingan ish uchun teng haq va boshqalar. Mamlakatimizda fuqarolarning mehnatga oid huquqlarini ta’minlashda yangi mexanizmlar, mehnat munosabatlarining umume’tirof etilgan yangidan yangi sohalari tan olinib, qonun hujjatlari bilan kafolatlanayotganligi, kerak bo‘lsa imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilishi barobarida ishsizlikni kamaytirish hamda aholining real daromadlarini oshirishga qaratilganligi kabi omillarda namoyon bo‘ladi. 5 Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, mamlakatimizda mehnat munosabatlarini kafolatlashga juda katta etibor qaratilmoqda. Buning isbotini shu kunga qadar amalga oshirilgan amaliy ishlar, qabul qilingan qonun, qonunosti hujjatlari va bugungi davlat siyosatidan ham anglash qiyn emas. Ilmiy texnika revolyutsiyasi yuz berayotgan paytda ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa munosabatlarning globallashuv jarayoni kuzatilmoqda. Bunday sharoitda jahonning bir burchagida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar dunyoning boshqa burchagida yashovchi xalqlar va davlatlar hayoti va siyosatiga ham tasir qilyapti. Ushbu omillar yuz berayotgan jarayonlarni muvofiqlashtirilishini, davlatlar va xalqlar o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilishini taqozo etmoqda. Eng asoosiysi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida mehnat munosabatlari keng qamrovli va puxta huquqiy kafolatlar bilan ta’minlangan. Mehnat qilish huquqi, adolatli ish haqi, xavfsiz sharoit, ishsizlikdan himoya, ijtimoiy ta’minot, kasaba uyushmalari faoliyati – bularning barchasi demokratik jamiyatning ajralmas qismi hisoblanadi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar bu kafolatlarni amaliy hayotga yanada samarali tatbiq etishni ta’minlamoqda. Hozirda raqamlashtirish, mehnat muhofazasini kuchaytirish, mehnat migrantlar huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish Konstitusiya talablarini ro‘yobga chiqarishda muhim yo‘nalishlar hisoblanadi. 5 X.Quchqarov Mehnat qilish huquqlarining konstitusiyaviy kafolatlari // https://yuz.uz/news/