scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DIPLOMATIK VAKILLARNING IMTIYOZLARI VA IMMUNITETLARINING YURIDIK TABIATI

Turabboyeva, Xidoyat Botirjon qizi

Abstract

Ushbu tadqiqot ishida diplomatik vakillarning imtiyoz va immunitetlarining yuridik tabiati, ularning xalqaro hamda milliy huquq tizimidag tutgani oʻrni va qoʻllanish doirasi keng yoritilgan. Tadqiqot davomida 1961-yilgi va 1963-yilgi Vena konvensiyalari, Oʻzbekiston Respublikasining tegishli normativ-huquqiy hujjatlari, shuningdek xalqaro sud amaliyoti (Devyani Khobragade, Augusto Pinochet ishlari) tahlil qilinib, diplomatik immunitetning funksional va shaxsiy ko‘rinishlari oʻrtasidagi farqlar o`zaro bog`liqliklar ochib berilgan. Ishda xalqaro va milliy huquq normalari oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tafovutlar, ularning amaliyotdagi muammolari hamda immunitetning chegaralari yoritilib, mazkur institutni takomillashtirish bo‘yicha ilmiynazariy xulosalar berilgan. Tadqiqot natijalari diplomatik vakillar faoliyatini samarali tashkil etish hamda huquqiy ziddiyatlarni bartaraf etishda amaliy ahamiyatga ega.

Full text

81 “CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH” Volume 02. Issue 09. November 2025 DIPLOMATIK VAKILLARNING IMTIYOZLARI VA IMMUNITETLARINING YURIDIK TABIATI Turabboyeva Xidoyat Botirjon qizi Toshkent davlat yuridik universiteti 2-bosqich talabasi Annotatsiya: Ushbu tadqiqot ishida diplomatik vakillarning imtiyoz va immunitetlarining yuridik tabiati, ularning xalqaro hamda milliy huquq tizimidag tutgani oʻrni va qoʻllanish doirasi keng yoritilgan. Tadqiqot davomida 1961-yilgi va 1963-yilgi Vena konvensiyalari, Oʻzbekiston Respublikasining tegishli normativ-huquqiy hujjatlari, shuningdek xalqaro sud amaliyoti (Devyani Khobragade, Augusto Pinochet ishlari) tahlil qilinib, diplomatik immunitetning funksional va shaxsiy ko‘rinishlari oʻrtasidagi farqlar o`zaro bog`liqliklar ochib berilgan. Ishda xalqaro va milliy huquq normalari oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tafovutlar, ularning amaliyotdagi muammolari hamda immunitetning chegaralari yoritilib, mazkur institutni takomillashtirish bo‘yicha ilmiynazariy xulosalar berilgan. Tadqiqot natijalari diplomatik vakillar faoliyatini samarali tashkil etish hamda huquqiy ziddiyatlarni bartaraf etishda amaliy ahamiyatga ega. Kalit so`zlar: diplomat, imtiyoz, immunitet, diplomatik vakil, diplomatik vakolatxona, metod, soliq va yig`im, funksional nazariya, vakillik nazariyasi, shaxsiy nazariyasi, Vena konvensiyasi, shaxsiy daxlsizlik. I.Kirish: Mavzuning dolzarbligi: Xalqaro maydonda sodir bo’layotgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamda huquqiy o’zgarishlarning tobora tez o’zgarib borayotganligi diplomatik vakillik institutining ahamiyatini yanada oshirmoqda. Bunday vaziyatda diplomatik vakillar nafaqat ikki tomonlama munosabatlarda, qolaversa ko’p tomonlama munosabatlarning ham asosiy ishtirokchisi bo’lib qolmoqda. Shunday vaziyatda ularning faoliyati samaradorligini oshirish juda ham dolzarb masala. Qolaversa, ularning samarali faoliyatini ta’minlashning bir qancha huquqiy mexanizmlari mavjud, eng avvalo, ularga beriladigan diplomatik imtiyozlar va immunitetlar bilan uzviy bog’liq. Hozirgi zamonaviy sharoitda turli xalqaro siyosiy nizolar, diplomatik mojarolar, elchixonalar faoliyati bilan bog’liq hodisalar diplomatik vakillik institutining bir qismi hisoblangan diplomatik immunitet va imtiyozlar masalasining ahamiyatini yanada oshirmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, diplomatik vakillarning imtiyozlari va immunitetlarining 82 “CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH” Volume 02. Issue 09. November 2025 yuridik tabiati hamda ahamiyati, ularning xalqaro huquqda hamda milliy huquqda tutgan o’rni nafaqat ilmiy ahamiyatga, qolaversa muhim amaliy ahamiyatga ega. Asosiy muammo: Diplomatik imtiyozlar hamda immunitet xalqaro maydonda davlarning bir-biriga bo’lgan o’zaro ishonchi hamda hurmatini ifoda etadi. Biroq, bunday huquqni amalga oshirish doirasi chegarasi bo’yicha bir qancha munozarali qarashlar mavjud. Ayrimlar uni mutloq huquq sifatida qabul qilsa, boshqalar esa uni cheklangan, ya’ni vakilning faqat xizmat vazifasi yuzasidan foydalanishi mumkin bo’lgan huquq sifatida ko’radi. Shuningdek, diplomatik vakillarning vakolati yuzasidan kelib chiqishi mumkin bo’lgan qarama-qarshiliklar. Ko’pgina hollarda ushu vakolatlarni belgilashda xalqaro va milliy huquq tizimlari o’rtasida o’zaro ziddiyatlar kelib chiqadi. Diplomatik vakolatxonalarning rahbari hamda xodimlarining immuniteti va imtiyzolarini doirasini aniqlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, ushbu biz tahlil qilishimiz lozim bo’lgan mavzu doirasidagi asosiy muommo shundan iboratki, diplomatik vakillarning imtiyozlari va immunitetlarining qo’llanilishidagi asosiy tafovutlar va ularning doirasini aniqlash. Tadqiqotning maqsadi: Ushbu tadqiqotning maqsadi diplomatik vakillarning hamda diplomatik vakolatxona xodimlarining imtiyozlari hamda immunitetlarining yuridik ahamiyati, shuningdek ularning xalqaro va milliy huquq tizimida qo’llashdagi tafovutlarni aniqlash va bartaraf etish uchun amalga oshirilishi lozim bo’lgan nazariyamaliy ishlarni tahlil qilishdan iborat. Bundan ko’zlangan yana bir maqsad diplomatik vakil hamda vakolatxona xizmatchilari imtiyoz va immunitet doirasidagi farqli hamda o’xshash tomonlarini aniqlash. Qolaversa, bunday tafovutlarni aniqlash va oldini olish diplomatik vakil faoliyati samaradorligini oshirishga hissa qo’shadi. Tadqiqotning metodlari va markaziy munozaralar: Ushbu tadqiqotda ilmiy tahlilarning bir qancha turlaridan foydalanildi. Birinchi navbatda, tarixiy metod yordamida diplomatik vakilning imtiyozlari va immunitetlari kelib chiqishi, shakllanish bosqichlari hamda uning rivojlanib borishi chuqur o’rganildi. Shuningdek, qiyosiyhuquqiy metod yordamida, davlatlarning milliy qonunchilik tizimida diplomatik vakilning faoliyati qanday tatibga solinganligi hamda ularning Vena Konvensiyasi(1961yil) va boshqa xalqaro hujjatlar bilan farqli hamda o’xshash jihatlari tahlil qilindi. Mavzu doirasida diplomatik vakilning imtiyozlari va immuniteti doirasidagi ayrim tizimli muommolarni aniqlash maqsadida huquqiy va amaliy tahlil qilish usulidan ham 83 “CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH” Volume 02. Issue 09. November 2025 foydalaniladi. Shuningdek, ushbu mavzu doirasida boshqa umumiy va maxsus metodlar ham mavzuning mohiyatini ochib berishda muhim ahamiyat kasb etdi. II. Ilmiy-nazariy qism: Diplomatik immunitet hamda imtiyozga turlicha yuridik ta’rif berilgan bo’lib, biz ularning ayrimlarini ko’rib chiqamiz. Masalan, akademik A.X.Saidovning fikriga ko’ra, diplomatik vakolatxona vakili o’z faoliyatini uni qabul qiluvchi davlat hududida amalga oshiradi hamda o’zining vakillik funksiyasi hamda xodimidan kelib chiqib, qabul qiluvchi davlat tomonidan ta’minlab beriladigan alohida yuridik maqomga ega bo’ladi 1 . Diplomatik vakolatxonalar yoki maxsus missiyalar hamda ularning xodimlariga beriladigan immunitetlar, yuboruvchi davlatning vakolatlarini amalga oshirish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu holat davlat immuniteti tushunchasi bilan uzviy aloqador hisoblanadi. Davlat immuniteti — bu xalqaro huquqda davlatlarning o‘zaro munosabatlaridagi tenglik tamoyilidan kelib chiqadigan va davlatlarning suverentligi asosida shakllangan huquqiy hodisadir. Mazkur tamoyil davlatlarning mustaqil faoliyatini, o‘z ichki ishlariga aralashmaslik prinsipini ifodalaydi. U, avvalo, davlatlararo huquqiy munosabatlarni barqarorlashtirish, davlat suverenitetining daxlsizligini ta’minlash va xalqaro tartibni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat immuniteti g‘oyasi xalqaro huquq amaliyotida uzoq yillar davomida shakllanib, 1961-yilgi “Diplomatik munosabatlar to‘g‘risida”gi Vena konvensiyasida o‘zining huquqiy ifodasini topgan. Shu bois uni nafaqat tarixiy jarayon sifatida, balki xalqaro huquq tizimining uzviy elementi sifatida baholash lozim. Immunitet tamoyili har bir davlatning boshqa davlat yurisdiksiyasidan mustasno bo‘lish huquqini anglatadi. Ya’ni, bir davlat boshqa davlatning sud, ma’muriy yoki ijro hokimiyati vakolatlari doirasida javobgarlikka tortilmaydi. Bu esa o‘z navbatida davlatning mustaqilligi va teng huquqliligi prinsipiga asoslanadi. Shu sababli “immunitet” atamasi aslida “jurisdiksiyadan ozodlik” ma’nosini bildiradi. “Yurisdiksiya” esa, ma’lum bir davlatning o‘z hududi doirasida qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyatini amalga oshirish vakolatini bildiradi. Demak, davlat immuniteti tamoyiliga ko‘ra, bir davlat boshqa davlatga nisbatan bu vakolatlarni qo‘llay olmaydi. Qabul qiluvchi davlat qonunlari odatda xorijiy davlatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Xususan, diplomatik vakolatxonalar yoki maxsus missiya xodimlariga nisbatan 1 Saidov A.X. Xalqaro huquq.-T.:O’zbekiston,2000.154-bet 84 “CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH” Volume 02. Issue 09. November 2025 bu cheklov qat’iy amal qiladi. Ular joylashgan davlatning milliy qonunlariga bo‘ysunmaydi, shu bilan birga, o‘sha davlat sud yoki ma’muriy organlari ularning faoliyatiga aralasha olmaydi. Davlat immuniteti xalqaro huquq tamoyili sifatida nafaqat diplomatik vakolatxonalar joylashgan binolar va mulklarga, balki ular joylashgan davlatdagi huquqiy munosabatlarga ham tatbiq qilinadi. Buning sababi shundaki, bunday mulklar xorijiy davlatga tegishli bo‘lib, ular ustidan mahalliy yurisdiksiya o‘rnatilishi xalqaro huquqning asosiy prinsiplariga zid bo‘ladi. Diplomatik vakolatxonalar va maxsus missiyalar immuniteti doirasida, avvalo, vakolatxonaga tegishli binolar daxlsiz hisoblanadi. Bu binolarga hech qanday mahalliy organ kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki u yerda joylashgan buyumlarni musodara qilinishi mumkin emas. Shuningdek, harakat vositalari, rasmiy hujjatlar, arxivlar ham daxlsizlik huquqiga ega. Diplomatik xodimlarning shaxsiy daxlsizligi ham muhim tamoyil hisoblanadi. Ular hibsga olinmaydi, shaxsiy xonalari, yozishmalari yoki mol-mulklari tintuvdan ozod etiladi. Bundan tashqari, vakolatxona joylashgan davlat jinoyat, ma’muriy yoki fuqarolik yurisdiksiyasi doirasida ularni sud javobgarligiga torta olmaydi. Mazkur immunitetlar xodimlarning shaxsiy foydasi uchun emas, balki ular yuboruvchi davlat manfaatlarini ifoda etuvchi vakolatlarni to‘laqonli bajarishlari uchun kafolat sifatida belgilanadi. Shu bois, diplomatik shaxslarning immunitetini bekor qilish faqat ularni yuborgan davlatning ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. Xalqaro huquqda ushbu yondashuv imperativ norma (ya’ni, majburiy qoida) sifatida tan olingan. Unga ko‘ra, davlatlar o‘zaro munosabatlarda teng huquqlilik va o‘zaro hurmat tamoyillariga amal qilishlari lozim. Diplomatik aloqalar tizimining asosiy maqsadi esa — davlatlar o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va huquqiy hamkorlikni barqaror shaklda yo‘lga qo‘yishdir. Vakilning imtiyozlari, eng avvalo uni samarali faoliyati va ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarini yaxshilaydi. Ular quyidagi imtiyozlardan foydalanadilar:  vakolatxona joylashgan davlat bo’ylab erkin harakatlanish;  barcha soliq va yig’imlardan ozod qilinish;  barcha mehnat va davlat majburiyatlaridan ozod qilinish, jumladan harbiy majburiyatlardan ozod etiladi;  vakil hamda uning oila a’zolari shaxsiy foydalanish uchun buyumlarni 85 “CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH” Volume 02. Issue 09. November 2025 bojxona bojlari, soliqlar va yig’imlarni to’lamasdan olib kirish huquqiga ega va boshqalar. Hozirgi kunda diplomatik immunitet va imtiyozlar xalqaro va milliy me’yorlar asosida tartibga solinadi. Xalqaro huquqda bu 1961-yil 18-aprel Vena konvensiyasi (Diplomatik aloqalar to‘g‘risida) va 1963-yil 4-aprel Vena konvensiyasi (Konsullik munosabatlari to‘g‘risida) bilan belgilanadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasida bu institut 2001-yil 8-mayda qabul qilingan “Chet el davlatlarining O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risidagi nizom” orqali tartibga solinadi. Immunitet va imtiyozlarning yuridik xususiyatlari: 1. Shaxsiy immunitet: Diplomatik vakil va u bilan birga yashovchi oila a’zolari, shaxsiy hayotiga taalluqli ishlar bo‘yicha mahalliy sud va boshqa organlar aralashuvidan himoyalangan. 2. Funksional immunitet: Vakilning xizmat faoliyatiga bog‘liq immunitet va imtiyozlar, jumladan, diplomatik mulk, rasmiy yozishmalar va transport vositalari daxlsizligi, ularning vazifasini samarali bajarishini kafolatlaydi. Xalqaro huquq va milliy qonunchilik o‘rtasidagi tafovutlar ko‘pincha amaliyotda muammolar tug‘diradi. Elchilarning immuniteti keng qamrovli bo‘lsa, konsullik xodimlari faqat xizmat faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha himoyalanadi. Shu sababli, milliy qonunchilik va xalqaro normalar o‘rtasidagi tafovutlar diplomatik vakolatxonalar xodimlarining faoliyatini tartibga solishda noaniqlik yaratadi. 1. Eksterritoriallik nazariyasi: Vakolatxona hududi qabul qiluvchi davlat hududidan mustaqil deb hisoblanadi, shuning uchun xodimlar ham immunitetga ega bo‘ladi. 2. Funksional zarurat nazariyasi: Immunitet va imtiyozlar diplomatik vazifalarni samarali bajarishni ta’minlash zarurati bilan bog‘liq. 3. Vakillik nazariyasi: Elchi va uning oilasi davlat vakolatini amalga oshiradi, shu bois immunitet bilan ta’minlanadi. Y. Demin nazariyasiga ko‘ra, immunitet va imtiyozlar davlatlarning suveren tengligi tamoyili asosida belgilanadi va qabul qiluvchi davlat vakillariga ham, diplomatik vakolatxona xodimlariga ham adolatli tarzda qo‘llaniladi 2 . 2 Demin, Y. (2020). Theories of justification of diplomatic privileges and immunities: Problems and ways of solution. ResearchGate. Retrieved from 86 “CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH” Volume 02. Issue 09. November 2025 2012 yilda AQShda Eron elchixonasi xodimi diplomat maqomida bo‘lishiga qaramay, shaxsiy avtohalokat sodir etgan. Elchining shaxsiy immuniteti xalqaro norma asosida himoyalangan bo‘lsa-da, xodimning xizmatdan tashqari harakatlariga milliy qonunchilik bo‘yicha baho berish masalasi yuzaga kelgan. Bu voqea xalqaro va milliy qonunchilik o‘rtasidagi tafovutni yaqqol ko‘rsatadi. Shundan xulosa qilish mumkinki, xalqaro va milliy qonunchilikni uyg‘unlashtirish, immunitet va imtiyozlar farqlarini milliy qonunchilikda aniq belgilash, vakil va xodimlar faoliyati uchun shaffof va kafolatli mexanizm yaratish, diplomatik immunitet va imtiyozlar faqat vakolatlarning samarali bajarilishi uchun berilishini ta’minlash juda katta ahamiyat kasb etadi. III. Huquqiy asoslar: Yuridik adabiyotlarda, bu masalaga shunday ta’rif berilgan: “Diplomatik vakolatxonalarga immunitet va imtiyozlar belgilashda zamonaviy xalqaro huquqning umumtan olingan tamoyillaridan asosiysi bo’lib, davlat suvereniteti va davlatlarning suveren tengligi tamoyilini hurmat qilish hisoblanadi”. Aynan shu tamoyilga amal qilgan holdagina diplomatik vakolatxona va uning vakillariga mahalliy hokimyat organlaridan mustaqil ravishda faoliyat yuritishlari uchun to’liq diplomatik immunitet va imtizyozlarga rioya etish xalqaro huquqiy tartibni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi” 3 . Diplomatik vakolatxonalar va ularning xodimlari uchun immunitet va imtiyozlar xalqaro va milliy huquq normalari asosida tartibga solinadi. Ushbu institutlar, asosan, ikki asosiy guruhga bo‘linadi: vakolatxona hududi va mulki bilan bog‘liq himoya hamda vakolatxona xodimlari va ularning oila a’zolari uchun shaxsiy immunitet. Vakolatxona hududining daxlsizligi, vakolatxona hududi xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq daxlsiz hisoblanadi. 1961-yilgi Vena konvensiyasining 22moddasi 1-bandiga ko‘ra, vakolatxona joylashgan davlatning hokimiyati organlari vakolatxona rahbarining roziligisiz hududga kira olmaydi. L. Modjoryan nazariyasiga muvofiq, bu daxlsizlik mutlaq himoya sifatida e’tirof etiladi. 4 Shuningdek, 1969-yil 8-dekabrdagi BMT Maxsus missiyalar to‘g‘risidagi konvensiya favqulodda vaziyatlarda (masalan, yong‘in yoki jamoat xavfsizligiga tahdid 3 Николаев А. Дипломатические привилегии и иммунитеты. // Международная жизнь. -1983. № 8. С.152. 4 Моджорян Л. А. Правовое положение дипломатических представительств и их персонала. // Советский ежегодник международного права. 1974. -М.: Наука, 1976. – С. 157. Аналогичная позиция излагается в книге: Курс международного права. Том 4. -М.: Наука, 1990. – С. 124. 87 “CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH” Volume 02. Issue 09. November 2025 yuzaga kelganda) vakolatxona hududiga kirish imkoniyatini belgilaydi. Bu esa xalqaro huquqda vakolatxona hududi daxlsizligining cheklangan holatlarini ko‘rsatadi Milliy huquq nuqtai nazaridan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (165-modda) vakolatxona hududida olib qo‘yish yoki tintuv faqat vakolatxona boshlig‘ining ruxsati bilan amalga oshirilishini belgilaydi. Shu bilan birga, jarayonda Tashqi ishlar vazirligi va prokuror vakolatli shaxs sifatida ishtirok etadi. Diplomatik vakolatxona xodimlari va ularning oila a’zolari istiqomat qiladigan binolarda ham ushbu tartib qo‘llaniladi. Shuningdek, xalqaro huquq doktrinasiga muvofiq, shaxsiy daxlsizlik diplomatga berilgan eng asosiy immunitetlardan birin bo’lib, qolgan barcha immunitet va imtiyozlar shundan kelib chiqadi 5 O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida tahlil qiladigan bo’lsak, “Chet davlatlarning O’zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to’g’risida”gi nizomning 3.13 bandiga asosan: ”Diplomatik vakolatxona boshlig’i va shaxsiy tarkib shaxsiy daxlsizlikdan foydalanadi va qanday shaklda bo’lmasin tintuv qilinishi, qamoqqa olinishi mumkin emas 6 . Shuningdek, “Chet davlatlarning O’zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to’g’risida”gi nizomda diplomatik vakolatxona rahbari va a’zolari akkreditatsiya qilinayotgan mamlakatning aniq roziligi bilan O’zbeksiton Respublikasining yuristdiksiyasiga tegishli bo’lishlari mumkin 7 . IV. Sud amaliyoti tahlili: 2013-yil oxirida Hindistonning Nyu-Yorkdagi konsul xodimi Devyani Khobragade AQShda ayblovga uchradi. Unga konsul faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ish joyida ishchilarga noto‘g‘ri maosh to‘lagani va viza bilan bog‘liq hujjatlarni soxtalashtirgani ayblovlari qo‘yildi. Diplomat maqomi va immunitet masalasi: Khobragade Hindiston hukumati tomonidan konsul maqomida akkreditatsiya qilingan, ya’ni u diplomat maqomiga ega bo‘lgan. Diplomatik maqom unga ma’lum huquq va immunitetlarni beradi, jumladan, xizmat faoliyati bilan bog‘liq ishlar uchun jinoiy va fuqarolik javobgarligidan himoya qilinadi. Biroq, AQSh sudlari va huquq organlari uning 5 Бастрыкин А. И. Взаимодействие советского уголовно-процессуального и международного права. –Л.: Изд-во ЛГУ, 1986. – С. 100 6 O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi to’plami N9(21),2021,-47-b. 7 O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi to’plami N9(21),2021,-47-b 88 “CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH” Volume 02. Issue 09. November 2025 jinoyat ishini xizmat faoliyati bilan bog‘liq emas deb baholadi. Shuning uchun, Khobragade avtomatik ravishda barcha diplomatik immunitetlardan foydalana olmadi. AQSh federal sudi ishni ko‘rib chiqqanida, diplomat maqomi xizmat faoliyati bilan bog‘liq harakatlarga immunitet beradi, ammo xizmatdan tashqari jinoyatlar uchun immunitet avtomatik kafolatlanmasligini e’lon qildi. Natijada, Khobragade shaxsiy javobgarlikka tortilish mumkin bo‘lgan holatlarda diplomatik immunitetni qo‘llay olmadi. Devyani Khobragade ishida diplomatning immuniteti amalda qanday ishlashini aniq ko‘rish mumkin. Diplomatik maqom xizmat faoliyatini himoya qiladi, lekin xizmatdan tashqari harakatlar uchun immunitetni kafolatlamaydi. Shu orqali xalqaro huquq va milliy sud amaliyoti o‘rtasidagi muvozanat namoyon bo‘ladi. Lekin, bu masala yuzasidan hali hanuzgacha tafovutlar mavjud. Shuningdek, Chilining sobiq diktatori Augusto Pinochet 1998-yilda Buyuk Britaniyaga tibbiy ko’rik uchun kelganida Britaniya hukumati vakillari tomonidan hibsga olinadi. Pinochet o’sha paytda sobiq davlat rahbari sifatida immunitetga da’vo qilardi. Ispaniya hukumati uni topshirishni so’rab Britaniya hukumatiga so’rov yuboradi. Buning asosiy sababi, Ispaniya fuqarolari hamda Pinochet o’rtasidagi tarixda sodir bo’lgan voqea edi. E’tibor bering, Britaniya hukumati Pinochetni inson huquqlarini buzgan jinoyatlar bo’yicha butunlay immunitet bilan himoya qila olmasligini tan olgan bo’lsa-da, yakunda Pinochetning sog’lig’i yomon deb topildi, Pinochet Chiliga qaytarib yuborildi. V. Xulosa: Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, diplomatik vakilning immuniteti va imtiyozlari xalqaro huquqda muhim tamoyil sifatida tan olingan bo‘lib, ularning asosiy maqsadi — vakilning o‘z diplomatik vazifalarini erkin va xavfsiz bajarishini ta’minlash. Immunitet faqat diplomatik faoliyat bilan bog‘liq harakatlarga tatbiq etiladi va shaxsiy jinoyatlar yoki qonunbuzarliklar uchun himoya bermaydi. Amaliyotda, masalan, Augusto Pinochet ishi kabi holatlar immunitetning chegaralarini aniq ko‘rsatadi. Sobiq davlat rahbari ham inson huquqlarini buzgan bo‘lsa, butunlay javobgarlikdan himoyalanmaydi. Shu bilan birga, vakolatxona hududining immunitetlari va diplomatik imtiyozlari davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda muhim vosita bo‘lib, ularni buzish xalqaro nizolarga sabab bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, diplomatik immunitet va imtiyozlar — bu vakolatni himoya qiluvchi vosita, lekin u mutlaqo cheksiz emas, xalqaro huquqiy me’yorlar va inson huquqlari bilan muvofiqligi doimo nazoratda bo’lishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar: 89 “CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH” Volume 02. Issue 09. November 2025 1. Saidov A.X. Xalqaro huquq.-T.:O’zbekiston,2000.154-bet 2. Demin, Y. (2020). Theories of justification of diplomatic privileges and immunities: Problems and ways of solution. ResearchGate. Retrieved from 3. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi to’plami N9(21),2021,-47-b 4. Бастрыкин А. И. Взаимодействие советского уголовно-процессуального и международного права. –Л.: Изд-во ЛГУ, 1986. – С. 100 5. Николаев А. Дипломатические привилегии и иммунитеты. // Международная жизнь. -1983. № 8. С.152 6. Моджорян Л. А. Правовое положение дипломатических представительств и их персонала. // Советский ежегодник международного права. 1974. -М.: Наука, 1976. – С. 157. Аналогичная позиция излагается в книге: Курс международного права. Том 4. -М.: Наука, 1990. – С. 124. 7. Diplomatik va konsullik huquqi;darslik/Yuldasheva Gavxerjan.-T.:TDYU nashriyoti,2024.-224 b.