scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI BOG'-SAROYLARINING TAVSIFI

Xudoyqulov Bekmurod

Full text

56 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI BOG‘-SAROYLARINING TAVSIFI Xudoyqulov Bekmurod Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix va falsafa kafedrasi o‘qituvchisi E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17731493 Annotatsiya: Ushbu maqolada Amir Temur va Temuriylar davrida barpo etilgan bog‘ va saroylar tavsiflanadi. Tadqiqotda bog‘larning arxitekturasi, dizayni, urbanistik joylashuvi, madaniy va ijtimoiy ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Bog‘lar nafaqat estetik go‘zallik, balki siyosiy va madaniy merosning ifodasi sifatida shakllangan. Shu davrning bog‘ va saroylari ilm-fan, san’at va ijtimoiy hayot rivojiga ham xizmat qilgan. Maqolada tarixiy manbalar, arxeologik topilmalar va san’atshunoslik tadqiqotlari asosida ularning ahamiyati baholanadi. Kalit so‘zlar: Amir Temur, Temuriylar, bog‘, saroq, arxitektura, madaniy meros. Аннотация. В данной статье описываются сады и дворцы, построенные во времена Амир Тимура и династии Тимуридов. Исследование охватывает их архитектуру, дизайн, городское расположение, а также культурное и социальное значение. Сады создавались не только ради эстетической красоты, но и как выражение политического и культурного наследия. Сады и дворцы того времени также способствовали развитию науки, искусства и общественной жизни. Статья оценивает их значение на основе исторических источников, археологических находок и исследований в области искусствоведения. Ключевые слова: Амир Тимур, Тимуриды, сады, дворцы, архитектура, культурное наследие. Abstract. This article describes the gardens and palaces constructed during the reign of Amir Timur and the Timurid dynasty. The study examines their architecture, design, urban placement, and cultural and social significance. The gardens were created not only for aesthetic beauty but also as an expression of political and cultural heritage. Timurid gardens and palaces also contributed to the development of science, art, and social life. The article evaluates their importance based on historical sources, archaeological findings, and art historical research. Keywords: Amir Timur, Timurid dynasty, gardens, palaces, architecture, cultural heritage. XIV–XV asrlarda Amir Temur va Temuriylar imperiyasining poytaxti bo‘lgan Samarqandda dunyoning turli mamlakatlaridan keltirilgan hunarmandlar va mahalliy ustalar hamkorlikda mehnat qilib, hayratlanarli go‘zallikdagi bog‘lar barpo etganlar. Darhaqiqat, Samarqandni o‘z poytaxti qilgan Sohibqiron Amir Temur o‘zining harbiy yurishlari, g‘alabalari orqali hukmronligini mustahkamladi hamda poytaxtini rivojlantirish yo‘lida katta mehnat qildi. U zabt etgan davlatlarning olimlari, san’atkorlari va hunarmandlarini Samarqandga olib kelib, shahar atrofida Sheroz, Bag‘dod, Damashq, Misr va Sultoniya nomli yangi shaharlar va qishloqlar barpo qilgan. Movarounnahrdagi Amir Temur va Temuriylar sulolasi vakillarining siyosiy faoliyatida bog‘lar qurilishi alohida o‘rin tutgan bo‘lib, bu davrda qurilgan bog‘larning aksariyati o‘z davri uchun tengsiz edi. Bog‘larning topografik xususiyatlarini tahlil qilganda, bu bog‘-saroylarning nomi bilan bevosita bog‘liq jihatlarni alohida e’tiborga olish lozim. Temuriylar davriga oid bir qator tarixiy manbalarda Samarqand atrofidagi o‘n sakkiztacha bog‘lar mavjud bo‘lganligi qayd etilgan [1, 86-b.]. Samarqand bog‘larida olib borilgan zamonaviy arxeologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu bog‘lar ko‘pincha to‘rtburchak – Chorbog‘ shaklida yoki geometrik kvadrat shaklida qurilgan. Bog‘- saroylar qurilishida betakror naqsh va bezaklardan foydalanish Temuriylar davri me’morchiligida tarixiy an’analarni o‘zlashtirish va ularni yanada rivojlantirishni namoyon etadi. Bog‘lar devor yoki maxsus panjaralar bilan o‘ralgan bo‘lib, ichida sun’iy tepalar, dam olish uchun soya beruvchi 57 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc daraxtlar, bir yoki bir necha qavatli ayvonlar mavjud bo‘lgan. Ushbu inshootlarni bezashda xattotlik san’atining nozik uslublaridan keng foydalanilgan [2, 17-b.]. XIV–XV asrlarda Samarqandda qurilgan bog‘-saroylar nafaqat shaharni bezash, balki siyosiy va madaniy meros sifatida Temuriylar davrining estetik va amaliy qadriyatlarini namoyon etgan muhim arxitektura yodgorliklari bo‘lgan. Bog‘ning mavjudligi, uning ko‘kalamzorlashtirilganligi va suv bilan ta’minlanganligi bog‘ning hayoti va funksionalligiga bevosita bog‘liqdir. Aks holda, bog‘da hech qanday hayotiy belgilar qolmasligi mumkin. XIV–XV asrlarda barpo etilgan bog‘larning mavjudligi, ya’ni ularni sug‘orish tizimi – ariqlar, ulardan oqayotgan tiniq suvlar va favvoralardan iborat bo‘lgan suv ta’minoti haqida ma’lumotlar hozirgacha juda kam [3, 51-b.]. Hozirgacha sug‘orishda asosiy manbalardan biri hisoblangan Obirahmat Samarqand shimolidagi Bog‘i Baland va Bog‘i Maydon bog‘larini sug‘organ. Shuningdek, Naqshi Jahon bog‘i ham Obirahmatdan suv olgan. Ehtimol, XIV asrning ikkinchi yarmida va XV asrning birinchi yarmida Samarqandning janubiy va janubi-sharqiy qismlari Zarafshon daryosidan qazilgan Abbos va Qoraunas kanallaridan foydalanib sug‘orilgan. Shu kanallardan biri Davlatobod bog‘ini ham ta’minlagan. I. A.Suxarevning Davlatoboddagi arxeologik tadqiqotlari davomida bog‘ning o‘rtasidan ariqlar o‘tgani va u yerga Abbos kanalidan suv kirgani aniqlangan. Shu kabi boshqa bog‘lar ham suv bilan ta’minlangan. Bog‘ning har bir qismi ma’lum kanal orqali sug‘orilgan va tashqaridan kelgan suv bog‘ bo‘ylab tarqatilgan. Bog‘larda ariqlardan tashqari hovuzlar ham ma’lum tartibda joylashgan bo‘lgan. Bu hovuzlarning joylashuvi, shuningdek ariqlarning aniq shakli haqida ma’lumotlar kam. Klavixo yozishicha, Davlatobod bog‘ida oltita hovuz mavjud bo‘lib, ular yo‘llar orqali bog‘ bilan bog‘langan va ikki tomonida turli daraxtlar o‘sgan. Tadqiqotlar davomida I.A.Suxarev ulardan to‘rttasini aniqlagan: birining o‘lchami 28x62 m bo‘lib, shimoliy chekkada, qolganlari esa 25x25, 32x32 m kattalikda bo‘lib, bog‘ning janubiy qismida joylashgan. Shu ma’lumotlarga asoslanib aytish mumkinki, bog‘lardagi hovuzlar kvadrat va to‘rtburchak shaklga ega bo‘lgan. Shubhasiz, shunday hovuzlar boshqa bog‘larda ham mavjud bo‘lgan [4, 15-b.]. Klavixo shuningdek, Bog‘i Nav ham katta hovuzga ega bo‘lganini yozadi. Chilustun va Bog‘i Boldu atrofida istiqomat qiluvchi aholining so‘zlariga ko‘ra, bu bog‘larning sharqiy tomonida ham suv hovuzlari mavjud bo‘lgan. Hozirgi vaqtda Chilustun saroyi xarobalaridagi hovuzning bir chetini qazishganda, chekkalariga marmar plitalar yotqizilgani aniqlangan. Agar bog‘larda bir nechta hovuzlar mavjud bo‘lsa, ularning bog‘ san’atidagi roli qanday bo‘lgan degan savol tug‘iladi. Shubhasiz, bu hovuzlar bog‘dorchilik san’atiga o‘zgacha go‘zallik berib, fayz va tinchlik keltirishni hisobga olgan holda yaratilgan. Hovuzlarda suzib yurgan o‘rdak va g‘ozlar bog‘ga go‘zallik baxsh etgan. Bundan tashqari, hovuzlar doim suv bilan to‘la bo‘lib, suv tanqisligi davrida bog‘ uchun kichik suv ombori vazifasini ham bajargan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida bog‘ markazida joylashgan saroylar atrofida hovuzlardan tashqari xandaqlar ham mavjudligi aniqlangan. Bu xandaqlar doimo suv bilan to‘la bo‘lgan va turli o‘lchamda bo‘lgan. Masalan, Amirzoda Shohruh bog‘idagi xandaq kengligi 6 metr, Davlatobod bog‘idagi esa 20 metrdan ortiq bo‘lgan. Bog‘dorchilik san’atida xandaqlar bog‘ga hovuzlar kabi go‘zallik berish, havoni tozalash va mikroiqlim yaratish maqsadida ishlatilgan; vaqt o‘tishi bilan ular himoya vazifasini ham bajargan [5, 63-b.]. XIV–XV asrlarda Samarqand atrofida qurilgan bog‘ va saroylarda mohirlik bilan ishlangan favvoralar alohida o‘rin tutgan. Ispaniya elchisi Klavixo Bog‘i Dilkusho haqida shunday yozgan: “Podshoh maxsus o‘rnatilgan baland o‘rindiqda o‘tirgan bo‘lib, uning ro‘parasida suvi oqayotgan 58 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc favvora, qizil buloq bor edi, olmalar favvorada suzib yurardi”. Ushbu bog‘dagi saroy xarobalari o‘rnidagi arxeologik qazishmalar natijasida saroyning markaziy chizig‘i bo‘ylab uchta to‘rtburchak shakldagi chuqurlar aniqlangan. Ushbu joylar maxsus favvoralar o‘rnatish uchun tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Ehtimol, ular yer osti keramik quvurlari orqali bir-biriga bog‘langan. Qazishmalar natijasida bunday quvurlarning ko‘plab bo‘laklari topilgan. Ulardan birining restavratsiyasi natijasida uzunligi 29 sm, diametri esa 19 sm ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shunday favvora qoldiqlari Ulug‘bek davrida Bog‘i Maydonda qurilgan Chinnixonadan ham topilgan. Ulardan biri sakkiz qirrali shaklga ega bo‘lib, uning oldida supacha mavjud edi. Bu yerda 50 metr g‘arbda ikkinchi favvora joyi saqlanib qolgan. Samarqand atrofidagi XIV–XV asrlarga mansub bog‘lar nafaqat saroyga ko‘rk beruvchi turli daraxtlar va hovuzlardan iborat bo‘lgan, balki bog‘ning ajralmas qismi bo‘lgan chodirlar va ayvonlarni ham o‘z ichiga olgan. Shu bois, bog‘dorchilik san’atida chodirlar va ayvonlarning o‘rni e’tiborsiz qoldirilmasligi lozim. Bog‘larning ayrimlarini shaxsan ko‘rgan Ispaniya elchisi Klavixo ipak va boshqa materiallardan tikilgan ko‘plab chodirlarni, rang-barang gilamlardan yasalgan shiyponlarni kuzatganini qayd etadi. G.A.Pugachenkova esa bog‘larda chodir va ayvon qurish Sharq mamlakatlari uchun qadimiy an’ana bo‘lib, bu amaliyot ko‘chmanchilar an’analari va ularning to‘quv san’ati bilan chambarchas bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi [6, 13-b.]. XIV–XV asrlarda Amir Temur va Temuriylar davrida Samarqand va uning atrofida barpo etilgan bog‘lar nafaqat siyosiy va ma’muriy markaz sifatida shaharni bezab turgan, balki davlatning madaniy va ijtimoiy hayotida ham muhim rol o‘ynagan. Bog‘lar o‘zining aniq rejalashtirilgan arxitekturasi, suv tizimlari, hovuzlar, sun’iy tepaliklar, daraxtlar, ayvon va chodirlari bilan o‘sha davr shaharsozlik va bog‘dorchilik san’ati namunalarini namoyon etgan. Suv tizimlari orqali bog‘lar doimiy ravishda suv bilan ta’minlangan bo‘lib, bu nafaqat ularning hayotiyligini, balki go‘zalligini ham saqlab turgan [7, 187-b.]. Bog‘larning qurilishi va bezaklaridagi murakkablik, saroy va shahar bog‘lari orasidagi o‘zaro uyg‘unlik, shuningdek, chodir va ayvonlarning mavjudligi bog‘dorchilik san’atining amaliy va estetik jihatlarini namoyon etadi. Shu tariqa, Temuriylar davri bog‘lari o‘z davrining me’moriy va madaniy yutuqlarini aks ettirib, bugungi kunda ham tarixiy, arxitektura va ekologik tadqiqotlar uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Umuman olganda, Temuriylar davri bog‘lari nafaqat shaharning estetik ko‘rinishini boyitgan, balki ijtimoiy, madaniy va ekologik ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy obidalar sifatida ahamiyatini saqlab kelmoqda. Ularning tuzilishi, suv tizimi o‘sha davr shaharsozlik, arxitektura va bog‘dorchilik madaniyatini chuqur tushunish imkonini beradi va zamonaviy ekologik muammolarni hal etishda ham ilhom manbai bo‘la oladi. References: 1. Abdullayev V. Navоiy Samarqandda. – Tоshkent. 1920. 2. Alimоv Оʻ. Оʻrta asrlarda Mоvarоunnahrda bоgʻchilik xоʻjaligi tarixi. –Tоshkent, О‘zbekistоn SSR “Fan” nashriyоti, 1984. – 135 b. 3. Alimоv О‘. О‘rta asrlarda Mоvarоunnahrda bоg‘chilik xо‘jaligi tarixi. – Toshkent: “Fan”, 1984. – 80 b. 4. Qоdirоva T.F., Mamatmusayev T.Sh. Ulug‘bek davrida bоg‘sоzlik san’ati. // J. О‘zbekistоn arxitekturasi va qurilishi. – Toshkent. 2009. № 6. 5. Rui Gоnsales de Klavixо. Samarqandga – Amir Temur sarоyiga sayоhat kundaligi (1403-1406 yillar). – Toshkent: “О‘zbekistоn”, 2010. 59 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 6. Saidоv A., Kuziyev A. Farahbaxsh shahar. «Fan va turmush». 1970. 8-sоn. – 16 bet. 7. Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnоma. – Tоshkent. 1972. – 288 b. 8. Shirinоv T., Sagdullayev A., Samarqand Rimning tengdоshi // “Xalq sо‘zi”, 2003. 14-dekabr. 9. Tamerlane оr Timur the great Amir, Translated by L. H. Sandrs. Frоm the Arabics lih by Ahmad ibn Arabshah. – Lоndоn. 1966. 10. Temuriylar bunyоdkоrligi davr manbalarida. Tuzuvchilar: M.M.Xayrullayev, A.Urinbayev, О.Bоʻriyev. – Tоshkent. 1997.