Full text
Vol.2 №11 (2025). November “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 66 ADOLAT ISH JOYIDAN BOSHLANADI” YANGI TAHRIRDAGI MEHNAT KODEKSINING HAYOTIMIZDA O‘RNI Toshkent davlat yuridik universiteti “ Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik “ fakulteti 1-bosqich talabasi Mahbuba Mansurova Maxmudovna Anotatsiya Ushbu maqola Oʻzbekistonda 2022-yil 28-oktyabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining asosiy jihatlariga bagʻishlangan. Muallifning taʼkidlashicha, ish joyidagi adolat, tenglik va xavfsizlik nafaqat xodim, balki ish beruvchi hamda butun jamiyat uchun ham muhim ahamiyatga ega. Maqolada yangi Mehnat kodeksining asosiy maqsadi – yakka tartibdagi mehnat munosabatlarini va ular bilan bogʻliq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, ishchi va ish beruvchi manfaatlarini muvozanatlash ekanligi taʼkidlanadi. Shuningdek, mehnat qonunlarining qaysi shaxslarga nisbatan tatbiq etilmasligi aniq koʻrsatilgan. Asosiy eʼtibor yangi kodeksning prinsiplari: mehnat huquqlari tengligi, majburiy mehnatni taqiqlash, xodim huquqiy holatini yomonlashtirishga yoʻl qoʻymaslik va mehnat shartnomasi shartlarini kafolatlashga qaratilgan. Maqolada shuningdek, ish joyida hurmatli va adolatli munosabatlar barpo etishning, shuningdek, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishning ahamiyati mustahkamlangan. Kalit soʻzlar: Mehnat kodeksi, mehnat munosabatlari, ish beruvchi ,xodim ,mehnat huquqlari tengligi ,majburiy mehnatni taqiqlash ,adolat ,ish joyi sharoitlari , xavfsizlik , mehnat shartnomasi ,huquqiy holat ,kamsitish, mehnat qonunchiligi, mehnat prinsiplari “Adolat ish joyidan boshlanadi” Yangi tahrirdagi mehnat kodeksining hayotimizda o‘rni. Bugun har bir inson o‘z mehnatiga yarsha hurmat va munosib sharoit xohlaydi. Ish joyidagi adolat tenglik va xavfsizlar nafaqat xodim uchun va shu bilan birgalikda ish beruvchi uchun ham muhimdir . Shu narsalarni e’tiborga olgan holda yangi tahrirdagi mehnat kodeksi qabul qilindi. Yangi tahrirdagi mehnat kodeksi ( O‘RQ798-son 28.10.2022-yil ) xodimlar , ish beruvchilar va davlat manfaatlarining bir xilda bo‘lishunu ta’minlash va takomillashtirish maqsadida yakka tartibdagi mehnat munosabatlarini hamda ular bilan bevosita bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Mehnat qonunchiligi quidagi shaxslarga nisbatan(agar ular bir vaqtning oʻzida ish beruvchilar yoki ularning vakillari sifatida ish yuritmasa) tatbiq etilmaydi:
Vol.2 №11 (2025). November “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 67 1. Muddatli harbiy xizmatni o;tayotgan harbiy xizmatchilarga ; 2. Tashkilotlarning kuzatuv kengashi a’zolariga 3. Fuqarolik – huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida ishlarni bajarayotgan shaxslarga 4. Agar , qonunda belgilangan bo‘lsa boshqa shaxslarga . Yangi mehnat kodeksining asosiy prinsiplari: Mehnat huqulari tengligi , mehnat va mashg’ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash - har bir xodim jinsidan , yoshidan va millatidan qat’i nazar teng imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak . Mehnat erkinligini ta’minlash va majburiy mehnatni taqiqlash – hech kim o‘z xohishiga qarshi ishga jalb qilinmaydi. Xodim huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo’ymaslik - yangi shartnomalar yoki o‘zgarishlar xodim uchun zararli bo’lmasligi kerak. Mehnat huquqlari ta’minlanishi va mehnat majburiyatlari bajarilishi kafolatlanganligi – ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi munosabatlar qonun bilan himoya qilinadi. Nega aynan asosiy prinsiplarga e’tibor beryapmiz degan savol tug’iladigan bo’lsa unga shunday javob bergan bo’lardik. Har bir ishchi mehnat qilayotgan joyida hurmat qilinishi , huquqlari ta’minlanishi va eng asosiysi ish beruvchi unga nisbatan adolatli va holis bo‘lishi kerak. Ish beruvchi va xodim o’rtasida munosabat “ kim kuchli o’sha haq “ tamoyiliga emas balki , ikki tarafning teng huquqliligiga asoslanishi kerak. Undan tashqari ish joylarida xodimlar uchun qulay ish sharoitlari yaratilishi , ularning hayoti va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ishlarda kamroq ishlashlari va muntazam tibbiy ko’rikdan o’tishlarini nazorat qilish ham ish beruvchining foydasiga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (OʻRQ-798-son, 28.10.2022-yil).