scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAHMUDXO'JA BEHBUDIYNING MILLIY UYG'ONISHDAGI ROLI

Oqbo'tayev Abdulaziz Nurmuhammad o'g'li

Full text

60 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING MILLIY UYG‘ONISHDAGI ROLI Oqbo‘tayev Abdulaziz Nurmuhammad o‘g‘li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi Email: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17731514 Ilm mushtarakdur.Bilgannikidur Mahmudxo‘ja Behbudiy Annotatsiya: Ushbu maqola Mahmudxo‘ja Behbudiyning O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo tarixida milliy uyg‘onish va ma’rifat harakatidagi o‘rni, uning g‘oyalari va faoliyati orqali xalqni ma’naviy va ijtimoiy rivojlantirishga qo‘shgan hissasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Mahmudxo‘ja Behbudiyning asarlari, maqolalari va publitsistik faoliyati milliy ongni uyg‘otish, ta’lim-tarbiyaga e’tibor qaratish, madaniy va ma’rifiy taraqqiyot yo‘lida muhim vosita bo‘lgan. U jamiyatda xotinqizlar ta’limi, milliy til va madaniyatni rivojlantirish, ijtimoiy adolatni mustahkamlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratgan. Maqola Behbudiyning pedagogik, adabiy va ijtimoiy faoliyati orqali milliy uyg‘onish jarayoniga qo‘shgan hissasini tarixiy manbalar va ilmiy tadqiqotlar asosida tahlil qiladi. Kalit so‘zlar: Ma’rifat islohoti, Turkiston ziyolilari, milliy o‘zlikni anglash, zamonaviy ta’lim tizimi, madaniy uyg‘onish, teatr san’ati taraqqiyoti, ilm va taraqqiyot g‘oyalari, maorif islohotchilari, jamiyatni yangilash harakati. Аннотация: Данная статья посвящена изучению роли Махмудходжи Бехбуди в движении национального возрождения и просвещения в истории Узбекистана и всей Центральной Азии, его вклада в духовное и социальное развитие народа посредством его идей и деятельности. Произведения, статьи и публицистическая деятельность Махмудходжи Бехбуди стали важным инструментом пробуждения национального самосознания, обращения внимания на образование и воспитание, культурного и просветительского развития. Он уделял особое внимание таким вопросам, как женское образование в обществе, развитие национального языка и культуры, укрепление социальной справедливости. В статье анализируется вклад Бехбуди в процесс национального возрождения через его педагогическую, литературную и общественную деятельность на основе исторических источников и научных исследований. Ключевые слова: Реформа просвещения, интеллигенция Туркестана, национальное самосознание, современная система образования, культурное возрождение, развитие театрального искусства, идеи науки и прогресса, реформаторы просвещения, движение за обновление общества. Annotation: This article is devoted to the study of Mahmudhoja Behbudi's role in the national awakening and enlightenment movement in the history of Uzbekistan and all of Central Asia, his contribution to the spiritual and social development of the people through his ideas and activities. Mahmudhoja Behbudi's works, articles, and journalistic activities served as an important tool for awakening national consciousness, focusing on education and upbringing, and cultural and educational development. He paid special attention to such issues as women's education in society, the development of national language and culture, and the strengthening of social justice. The article analyzes Behbudi's contribution to the national awakening process through his pedagogical, literary, and social activities based on historical sources and scientific research. Keywords: Enlightenment reform, Turkestan intellectuals, national self-awareness, modern education system, cultural awakening, development of theatrical art, ideas of science and progress, reformers of education, movement for the renewal of society. 61 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Kirish: Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875-yil 19-yanvarda Samarqand viloyatining Baxshitepa qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi Behbudxo‘ja Solihxo‘ja o‘g‘li Ahmad Yassaviyning naslidan bo‘lib, imom-xatiblik faoliyati bilan shug‘ullangan. Onasi tomonidan bobosi Niyozxo‘ja esa Urganchlik bo‘lib, Buxoro amiri Shohmurod hukmronligi davrida (1785–1800) Samarqandga ko‘chib kelgan. Otasining vafotidan so‘ng Mahmudxo‘ja tog‘asi — qozi Muhammad Siddiq tarbiyasida voyaga yetgan. Mahmudxo‘ja dastlab kichik tog‘asi Mulla Odil qo‘lida arab tili va grammatikasini o‘rgangan. Keyinchalik Buxorodagi madrasalarda tahsil olib, diniy va dunyoviy bilimlarni chuqur o‘zlashtirgan. Biroq 1893-yilda onasi, oradan ko‘p o‘tmay 1894-yilda otasining vafoti sababli moddiy qiyinchiliklar tufayli tahsilini yakunlay olmagan.[1] Asosiy qism: U Ismoil Gasprinskiy bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritib, Markaziy Osiyoda yangi usuldagi maktablar ochish, ta’lim tizimini yangilash g‘oyasini amalda ro‘yobga chiqarishga intildi. Ayniqsa, Haj safaridan qaytgach, “Tarjimon” gazetasi orqali dunyo yangiliklarini kuzatib, o‘z xalqini ma’rifat yo‘liga boshlash zaruratini chuqur his etdi. Behbudiy tashabbusi bilan 1903-yilda Samarqand viloyatining Halvoyi (S.Siddiqiy) va Rajabamin (A.Shakuriy) qishloqlarida yangi usul maktablari tashkil etildi. U bu ta’lim dargohlari uchun zamonaviy o‘quv qo‘llanmalarini yaratishga kirishib, qisqa fursatda “Risolayi asbobi savod” (1904), “Risolayi jo‘g‘rofiyayi umroniy” (1905), “Risolayi jo‘g‘rofiyayi Rusiy” (1905), “Kitobatul aftol” (1908), “Amaliyoti islom” (1908) va “Tarixi islom” (1909) kabi asarlarini yaratdi. Ushbu darsliklar o‘z davri uchun ilg‘or o‘quv manbalari bo‘lib, yosh avlodni zamonaviy ilm-fan bilan tanishtirishda muhim o‘rin tutgan. Behbudiy tajribasi o‘sha davrda jadidchilik harakatining shakllanishida beqiyos ahamiyat kasb etdi. U zamonining ilg‘or tafakkur egasi bo‘lib, dunyo bilan aloqa o‘rnatish, tashkiliy yangiliklardan foydalanish orqali milliy uyg‘onish g‘oyalarini ilgari surdi. Behbudiy shaxsida musulmon ta’lim an’analariga sadoqat bilan birga, yangicha madaniy shakllarni qabul qilishga ochiqlik uyg‘unlashgan edi. faqat ta’lim sohasida emas, balki teatr va matbuot orqali ham xalqni ma’rifatga chorlagan. “Padarkush” nomli dramasi 1914-yil 15-yanvarda sahnaga qo‘yilib, o‘zbek dramaturgiyasining ilk namunalaridan biri sifatida tarixda o‘chmas iz qoldirdi. Ushbu asar orqali Behbudiy xalqni jaholat, beparvolik va eskicha urfodatlarga qarshi kurashishga da’vat etdi.[2] Mahmudxo‘ja Behbudiy turli siyosiy bosim va tazyiqlarga qaramay, millatning ma’naviy yuksalishi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan, Turkiston jadidchilik harakatining eng nufuzli namoyandalaridan biri sifatida tarixda o‘z o‘rnini mustahkam egalladi U Samarqandga qaytgach, tog‘asi Muhammad Siddiqning qozixonasida mirzolik faoliyatini boshlaydi. Tez orada shariat ilmlarini chuqur egallab, o‘z mehnati va zakovati bilan qozilik darajasiga, so‘ngra muftilik maqomigacha yetadi. Shu davrdan boshlab u o‘zining ilmiy, ma’rifiy va ijtimoiy faoliyatini keng yoyadi. Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z faoliyatining dastlabki yillarida qozilik ishlari bilan yaqindan tanishib, muftilik uchun zarur bo‘lgan bilim va tajribani egalladi. Tog‘asi lavozimidan ketgach, u Kobud volostining qozi Mulla Zabir huzurida mirzolik faoliyatini davom ettirdi. Oradan ko‘p o‘tmay, u muftilik lavozimiga tayinlanib, 1916-yilgacha shu mansabda xizmat qildi. Behbudiy o‘sha paytda oilasi bilan Samarqand shahrida istiqomat qilgan bo‘lsa-da, haftasiga bir necha bor qozixonaga borib turar, shu joydan bir necha tanob yer olib, dehqonchilik bilan ham shug‘ullangan. Uning diniy va ma’rifiy faoliyati xalq orasida chuqur hurmat qozongan bo‘lib, zamondoshlari uni “mufti Mahmudxo‘ja Behbudiy” deb atashgan. Bu nom hurmat belgisi sifatida bugungi kunda ham adabiyotshunoslar tomonidan shu tarzda tilga olinadi. 1918-yilning may oyida Mahmudxo‘ja Behbudiy Samarqand Musulmon ishchilar sho‘rosida viloyat maorif komissari sifatida faoliyat yuritgan. Shu davrda ham u muftilik vazifasini davom ettirgan. Tadqiqotchi S. Qosimovning qayd 62 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc etishicha, Behbudiy o‘z zamonasidagi eng bilimdon faqihlardan biri bo‘lgan, ammo uni boshqa diniy ulamolardan ajratib turgan jihat — fiqh ilmini ijtimoiy taraqqiyot va xalq manfaatlariga zid bo‘lmagan tarzda talqin qilganidir. U o‘z fatvolarida mehnatkash xalq manfaatini himoya qilgan, ilm va ma’rifatga da’vat etgan hamda Yevropa xalqlari bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirish tarafdori bo‘lgan.[3] Zamondoshi Hojimurad Xudoyberdiyevning esdaliklariga ko‘ra, Behbudiy iqtisodiy nizolarni hal etishda odatda kambag‘allar foydasini himoya qilgan, zo‘ravonliksiz kelishuvlarga erishgan va ijtimoiy adolatni ta’minlashga intilgan. 1918-yildan keyingi notinch siyosiy sharoitga qaramay, Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘zining ma’rifiy faoliyatini to‘xtatmadi. U yangi tuzum sharoitida ham xalqni ilm va taraqqiyot sari yetaklash zarurligini uqtirib, turli yig‘ilish va majlislarda ma’ruzalar o‘qidi. Shu yillarda u “Samarqand” va “Oyna” kabi nashrlarda milliy ta’lim, madaniyat va ijtimoiy masalalarga oid maqolalar bilan muntazam chiqishlar qilib turdi. Behbudiy o‘z maqolalarida Turkiston xalqlarining birlikda harakat qilishi, milliy maktablar tarmog‘ini kengaytirish, ayollar ta’limiga e’tibor qaratish zarurligini uqtirgan. Uning “Oyna” jurnalidagi maqolalari, xususan, “Millatni saodatga eltuvchi yo‘l”, “Maorif yo‘lida” va “Dunyo ahvolidan ogoh bo‘laylik” kabi chiqishlari xalq ongini uyg‘otishda muhim o‘rin tutdi. Behbudiy o‘sha paytda yangi hukumatning Turkiston siyosatiga nisbatan ehtiyotkorona, ammo tanqidiy munosabatda bo‘lgan. U millat kelajagi mustaqil fikrlaydigan, ilmli yoshlar qo‘lida ekanini ta’kidlagan. 1919-yilda Turkiston o‘lkasidagi siyosiy vaziyat keskinlashgan bir paytda, Mahmudxo‘ja Behbudiy faoliyati Sovet hukumatining ham, Buxoro amirligi tarafdorlarining ham nazarida xavfli deb topildi. Shu bois, Favqulodda komissiya (Cheka) ayg‘oqchilari yordamida Shahrisabz bekligida Behbudiy hamda uning safdoshlari — Muhammadquli O‘rinboyev va Mardonquli Shomuhammedovlar hibsga olindi. Ular ikki oycha zindonda saqlanib, keyinchalik Qarshiga olib ketildi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, Qarshi begi Tog‘aybekning buyrug‘i bilan Mahmudxo‘ja Behbudiy zindonga yaqin joylashgan “Podsholik chorbog‘i” deb atalgan maskanda Nuriddinxo‘ja Og‘aliq Ahmadxo‘ja o‘g‘li tomonidan qatl etilgan. Shu tariqa o‘z xalqining ma’rifati, milliy uyg‘onishi va mustaqil tafakkuri yo‘lida fidokorona xizmat qilgan bu ulug‘ ma’rifatparvar hayotdan ko‘z yumdi. Allomaning o‘limi haqidagi xabar esa o‘sha paytdagi Turkiston markazi — Samarqandga bir yil o‘tibgina yetib borgan. Uning o‘limi butun jadid ziyolilari orasida katta g‘am va iztirob uyg‘otgan. Abdurauf Fitrat “Behbudiyning sag‘anasin izladim” she’rini, Sadriddin Ayniy esa “Behbudiy Afandini esga tushirib, qatl va qatlgohga xitoban” hamda “Behbudiy ruhiga ithof” asarlarini yozgan. Cho‘lpon ham “Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasiga” nomli marsiyasida ustozining fidoyiligi va millat yo‘lida jonini fido qilganini chuqur iztirob bilan yod etgan.[5] Behbudiy o‘limi arafasida o‘z izdoshlariga yozib qoldirgan so‘nggi maktubi ham bugun ma’naviy vasiyat sifatida qadrlanadi. U unda shunday deydi: “Maorif yo‘lida ishlayturg‘on muallimlarning boshini silangizlar! Maorifga yordam etingiz! O‘rtadan nifoqni ko‘taringiz! Turkiston bolalarini ilmsiz qo‘ymangiz! Har ish qilsangiz jamiyat ila qilingiz! Hammaga ozodlik yo‘lini ko‘rsatingiz!” Bu so‘zlar Behbudiyning butun hayoti, g‘oyasi va ma’rifatparvarlik ruhining ramzi sifatida tarixda muhrlanib qoldi. Xulosa:Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z faoliyati bilan jadidchilik harakatining ma’naviy-axloqiy va ilmiy asoslarini mustahkamlab bergan yirik ma’rifatparvar sifatida tarixda o‘chmas iz qoldirdi. U o‘z davrining og‘ir siyosiy sharoitida ham xalqni ilm, ma’rifat va taraqqiyot yo‘liga yetaklashdan charchamadi. Behbudiy yaratgan yangi usul maktablari, darsliklar, matbuot va teatr sohasidagi 63 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc faoliyati Turkiston xalqlari orasida milliy uyg‘onish g‘oyalarining keng yoyilishiga xizmat qildi. Uning faoliyati orqali o‘zbek xalqining madaniy hayotida yangi davr boshlandi — jaholat va qoloqlik o‘rnini ilm va tafakkur egallay boshladi. Behbudiy o‘z hayoti va ijodi bilan ma’rifat, adolat, vatanparvarlik va milliy o‘zlikni anglash timsoliga aylandi. Bugungi kunda ham uning merosi yosh avlodni ilmga, vatanparvarlikka, ma’naviy barkamollikka undaydigan bebaho manba sifatida qadrlanadi. References: 1. https://jadid.uz/jadids/mahmudxoja-behbudiy/ 2. Jadidlar. Muahmudxo‘ja Behbudiy. Yoshlar nashriyot uyi. Toshkent-2022.11-12 betlar; 3. Naim Karimov. Mahmudxo‘ja Behbudiy. Toshkent-2010.13-15-betlar; 4. Sh. Kamoliddinov. Jadidchilik va milliy uyg‘onish tarixidan lavhalar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2017. – 48–50-betlar. 5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Mahmudxo%CA%BBja_Behbudiy.