scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YANGI O'ZBEKISTONDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING MAFKURAVIY BARQARORLIKKA TA'SIRI

Murotov Elyor Narzillo o'g'li

Full text

72 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc YANGI O‘ZBEKISTONDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING MAFKURAVIY BARQARORLIKKA TA’SIRI Murotov Elyor Narzillo o‘g‘li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi. Tel: +998919721236. [email protected]. https://doi.org/10.5281/zenodo.17731609 Annotatsiya: Ushbu maqolada ommaviy axborot vositalarining inson ma’naviyatidagi o‘rni hamda mafkuraviy barqarorlikka ta’siri, ularning ijobiy hamda salbiy tomonlari har tomonlama tahlil qilinadi. Bugungi OAV uzatayotgan mahsulotlarning turlari, sifati va ularni istemolchilarga ta’siri o‘rganilib, axborot iste’mol madaniyatini shakllantirish bo‘yicha fikr mulohazalar keltiriladi. Kalit so‘zlar: OAV, ijtimoiy tarmoqlar, mafkura, ma’naviyat, jamiyat, yoshlar, axborot iste’mol madaniyati. Аннотация. В данной статье всесторонне анализируется роль средств массовой информации в духовной жизни человека и их влияние на идеологическую стабильность, а также рассматриваются положительные и отрицательные стороны этого процесса. Изучаются виды и качество информационной продукции, распространяемой современными СМИ, и её воздействие на потребителей. Представлены мнения и предложения по формированию культуры потребления информации. Ключевые слова: СМИ, социальные сети, идеология, духовность, общество, молодёжь, культура потребления информации. Abstract. This article provides a comprehensive analysis of the role of mass media in human spirituality and their impact on ideological stability, highlighting both the positive and negative aspects. It examines the types and quality of information products distributed by today’s media and their influence on consumers. The paper also presents views and suggestions for developing information consumption culture. Keywords: mass media, social networks, ideology, spirituality, society, youth, information consumption culture. Insoniyat tarixi — bu shunchaki voqealar ketma-ketligidan iborat emas, balki har bir davr jamiyat rivojida yaqqol ko‘zga tashlanuvchi voqea hodisalari bilan ajralib turadigan murakkab jarayon. Jamiyatda qaysi jarayon asosiy ahamiyat kasb etsa jamiyat mafkurasi ham aynan shu bilan bog‘liq holda kechadi. Shu tarzda har bir davr nafaqat moddiy, balki ma’naviy va madaniy hayot rivojiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Ko‘plab tahlilchilarning fikrlariga ko‘ra bugungi XXI asrga axborotlarning yangi texnologiyalar asosida keng tarqalishi tufayli “Axborot asri” sifatida nom berildi. Bundan kelib chiqadiki ushbu asr odamlarining ma’naviy olamiga Ommaviy axborot vositalari (OAV)ning ta’siri har qachongidan ham yuqori. “Bugungi kunda dunyo shiddat bilan o‘zgarmoqda. Barcha sohalar kabi axborot olish va uni yetkazish, ta’sirchan jamoatchilik fikrini shakllantirish borasida ham raqobat keskin tus olmoqda. Bunday murakkab sharoitda hayot yangi-yangi talab va vazifalarni oldimizga qo‘ymoqda” [1]. Haqiqtdan ham bugungi OAV oldingisidan xilma-xilligi hamda auditoriyasining kengligi bilan farq qilib jamiyat hayotining ajralmas qismi sifatida maydonga chiqdi. Yashayotgan asrimizdagi OAV ya’ni gazeta, jurnal, radio, televideniye, sayt va ijtimoiy tarmoqlar o‘zining ta’sir kuchi, muhimligi, auditoriyasining kengligi bilan hozirda “to‘rtinchi hokimiyat” ga aylanib borayotgani ayni haqiqat. 73 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Bugungi kunda respublikamizda 2 ming 400 ga yaqin ommaviy axborot vositalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va shunga mos ravishda ularning iste’molchilari ham 14,7 milliondan 32,7 millionga yetgan. Bundan kelib chiqadiki OAVning soni bilan birga uning iste’molchilari soni ham kundan kunga ortib bormoqda. Jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan OAV nafaqat tezkor ma’lumot yetkazuvchi vosita, balki jamiyatni uyg‘otish, ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash va yangi mafkuraviy barqaror muhit yaratishda ham muhim vosita sifatida o‘z o‘rnini topmoqda. Jamiyatning barcha sohalari qatori OAVning mafkuraviy jarayonlarga ta’siri ham sezilarli darajada bo‘lib u quydagilarda namoyon bo‘lmoqda: 1.Kishilarning dunyoqarashini shakllantirishda. OAV tomonidan tarqatilayotgan yangiliklar, ma’lumotlar, ko‘rsatuvlar hamda suhbatlardagi mavzular bevosita jamiyatda ijtimoiy ong va jamoatchilik fikrini shakllantirishga xizmat qiladi. 2. Ta’lim tarbiya tizimida. OAV orqali namoyish etiladigan ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvlar, filmlar, multfilmlar yoshlarni ham ruhan, ham ma’nan komil inson qilib tarbiyalashga qaratilgan bo‘lib, ularda mehr-oqibat, hurmat, ro‘stgo‘ylik, halollik, sog‘lom turmush tarzi hamda ilm olishga qiziqish uyg‘otadi. 3. Davlat siyosatini tushuntirish hamda davlat organlari va mansabdor shaxslar ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda. “Xolis va adolatli jurnalist va bloggerlarning tanqidiy chiqishlari eskicha qolipda ishlaydigan rahbarlarning xato-kamchiliklarini ko‘rsatib, ularni ish uslubini o‘zgartirish va mas’uliyatini oshirishga majbur qilmoqda” [2]. Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunlar, farmon, qaror hamda farmoyishlar, milliy dasturlar va boshqalarni fuqarolorga yetkazib, ularda faol fuqorolik pozitsiyasini shakllantirishda hamda davlat organlari va mansabdor shaxslar ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda jurnalistikaning o‘rni beqiyos. Bu jarayon fuqorolarda davlat siyosati va islohotlardan rozi bo‘lib yashashga xizmat qiladi 4. Milliy g‘oya va ma’naviy qadriyatlar targ‘iboti. Hozirgi kunda OAV nafaqat yangilik va xabar tarqatadi balki milliy g‘oya targ‘ibotini ham amalga oshirib: vatanparvarlik, bag‘rikenglik, erkinlik, insonparvarlik, adolat, ma’rifatparlik kabi g‘oyalarni kishilar ongiga singdirishga xizmat qiladi. OAVning ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi, mustahkamlovchi hamda ularning keyingi avlodga o‘tkazuvchilik vazifasi ham mafkuraviy barqaror muhit yaratishda muhim vositada namoyon bo‘lmoqda. 5. Mafkuraviy immunitetni shakllantirishda. Bugungi global axborot maydonida ma’lumotlar oqimi shu qadar xilma-xilki bu o‘rinda haqiqiy, milliy manfaatlarimizni himoya qiladigan o‘zbek jurnalistikasi fuqorolarni rostni yolg‘ondan, yangilikni targ‘ibotdan ajratib olishda muhim o‘rin tutadi. Bu o‘rinda Prezidentimiz “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan ularga yo‘llagan bayram tabrigida bepoyon mediaolamda xolis va haqqoniy axborot tarqatish bilan birga, milliy manfaatlarimizni qat’iy himoya qiladigan jurnalist ahlining mashaqqatli mehnatini muqaddas sarhadlarimizda sergak turgan Vatan posbonlarining jasoratiga qiyoslagan edi [3]. 6. Millatlararo totuvlikni hamda bag‘rikenglikni ta’minlashda. O‘zbekistonda bugungi kunda 130 dan ortiq millat va elat, 17 ta diniy konfessiya faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. OAV tomonidan turli millat va elatlarning do‘stligi va hamjihatligini targ‘ib qilinishi, ularning milliy urf-odat va an’analari, bayram va marosimlarini namoyish etilishi ham jamiyatda bag‘rikenglik va barqaror muhit yaratishda muhim rol o‘ynamoqda. 74 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 7. Ma’naviy hordiq va ruhiy tarbiya vositasi. Kishilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishida, ma’naviy hordiq hamda ruhiy tarbiya olishda OAV tomonidan namoyish qilinayotgan filmlar, konsertlar, ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar ham o‘rin tutadi. Har qanday taraqqiyot mahsulining ijobiy tomonlari bilan bir paytda salbiy tomonlari ham bo‘lgani kabi zamonaviy OAVning ham jamiyat mafkuraviy barqarorligiga ijobiy ta’siri bilan bir qatorda, salbiy ta’siri va uning xavf-xatarlari ham mavjud. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, “shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin”[4]. Afsuski, OAV tomonidan inson ma’naviyatiga salbiy ta’sir qiluvchi bu kabi mahsulotlarning turi va soni oshib bormoqda. Misol uchun ayrim OAVlar uzatayotgan yolg‘on yoki chalg‘ituvchi ma’lumotlar - dezinformatsiya, ommaning fikriga ongli ta’sir o‘tkazish orqali noto‘g‘ri qarorlar chiqarishga yo‘naltirish - manipulyatsiya, haqiqiy axborot o‘rniga, shov-shuvga asoslangan ma’lumotlar tarqatish, axloq va til me’yorlarning buzilishi, turli yot g‘oyalar targ‘iboti, Ommaviy madaniyat va boshqalar. Bu o‘rinda Birinchi Prezidentimizning aytganlaridek: “OAV hamisha jamoatchilik fikriga kuchli ta’sir o‘tkazishga qodir bo‘lgan faol qurol bo‘lib kelganini unutmasligimiz kerak.”[5] Bu kabi salbiy ta’sirlar nafaqat yoshlar ma’naviyatiga, balki jamoatchilikda mavjud siyosatdan norozilik kelib chiqish, milliy qadryatlarni unutilishi, yot g‘oyalarni kirib kelishiga sabab bo‘ladi. Yaqin yillarga qadar OAV televideniye, radio, gazeta, jurnal kabilardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 1996-yilda o‘zbekiston jahon internet tarmog‘iga ulangandan keyin internet nashrlari, veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlar ham OAV safini kengaytirdi. Internet bugungi kunda nafaqat axborot makonining muhim bo‘g‘ini balki inson hayotining ham ajralmas qismi sifatida maydonga keldi. OAVning jamiyatga salbiy ta’sirini aksariyati internet tarmog‘i orqali tarqalmoqda. Buning bir nechta sabablari bo‘lib ular:internetning chegara bilmasligi, auditoriyasini kengligi, yoshlarbobligi va foydalanish qulayligi kabilardir. Bugungi kunda internetda o‘z-o‘zini o‘ldirishning oson yo‘llarini targ‘ib qiluvchi 9 mingdan ziyod, pornografik mazmunga ega 4 mingdan ortiq, shuningdek, mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, internet orqali tarqatiladigan komyuter o‘yinlarining 49 foizi zo‘ravonlik va yovuzlik ko‘rinishiga ega. So‘ngi vaqtlarda teroristlarni g‘oyalarini tarqatishga qaratilgan vebsaytlar soni ham sezlarli darajada ortib, internet ular uchun qulay vositaga aylanib qoldi. Shuni tan olish kerakki, biz uchun eng katta yo‘qotish, bu yoshlarni qimmatli vaqtini yo‘qotayotganligi hisoblanadi. Albatta bu jarayonlar jamiyatda mafkuraviy muhitning buzilishiga, yot g‘oyalarni kirib tarqalishiga, ma’naviy qashshoq, befarq va loqayd fuqorolarni ko‘payishiga olib keladi. To‘g‘ri yuqorida sanalganlarning barchasi ham rasmiy OAV emasdir, bu jarayonda OAV larni ayblash xatodir, ammo haqiqiy OAV bilan nohaqiqiysini ajratib olish kishidan katta mahorat talab qiladi. Xulosa qilib aytganda axborot bu-bilim, unga ega inson esa bilimli, bilimli insonlardan iborat jamiyat kuchli, kuchli jamiyatdan Yangi O‘zbekistonni qurish esa maqsadimizdir. Yangi O‘zbekiston jamiyatida mafkuraviy barqaror muhit yaratishda OAV ning o‘rni beqiyos, faqat uning haqiqiy kuchidan, ezgu maqsadda foydalanish barchamizdan katta mas’uliyat talab qiladi. Buning uchun barchamizda iste’mol madaniyati, axborot bilan ishlash ko‘nikmasi yuqori darajada bo‘lishi, imkon qadar uz domenli saytlardan foydalanishimiz yoki davlat tashkilotlarining 75 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc rasmiy axborot manzillariga murojaat qilishimiz foydadan xoli emas. Agar axborot maydonini bozorga, unda tarqaloyotgan xabarlarni tovarga qiyoslasak hech kim bozordan sifatsiz narsa olishga bormagani kabi axborot maydonidan ham o‘zimiz uchun kerakli axborotlarni tanlab olishimiz muhimdir. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigi. 2019-yil 27-iyun. – https://xabar.uz/uz/jamiyat/prezident-jurnalistlar. 2. Mirziyoyev Sh. M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To‘ldirilgan ikkinchi nashri. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2022. – 94-bet. 3. Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigi. 2025-yil 27-iyun. – https://president.uz/oz/lists/view/8269. 4. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. Ikkinchi nashr.– Toshkent: “Ma’naviyat”, 2016. – 115-bet. 5. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. // Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. 7-j. – T.: “O‘zbekiston”, 1999. https://api.ziyonet.uz/uploads/books/47879/5899c77841f14.pdf?F2mnucEssoXdwwi6I3CM9.