scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XITOY TILIDAGI RITORIK OHANGLI TURGʻUN BIRIKMALARNING LINGVISTIK TAHLILI

Badalbayev Dilshod Farxod oʻgʻli

Abstract

Ushbu maqolada xitoy tilidagi ritorik ohangli turgʻun birikmalar lingvistik jihatdan tahlil qilinadi. Asosiy e'tibor mazkur birliklarning semantik, sintaktik va pragmatik xususiyatlariga qaratiladi. Ularning nutq jarayonida ta'sirchanlikni oshirish, soʻzlovchining pozitsiyasini kuchliroq ta'kidlash va suhbatdoshga hissiy ta'sir koʻrsatishdagi oʻrni ochib beriladi. Misollar orqali birikmalarning qoʻllanish xususiyatlari izohlanib, ularning kommunikativ samaradorlikni ta'minlashdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari xitoy tilidagi ritorik birliklarni oʻzlashtirish hamda ta'lim jarayonida ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Full text

48 XITOY TILIDAGI RITORIK OHANGLI TURGʻUN BIRIKMALARNING LINGVISTIK TAHLILI Badalbayev Dilshod Farxod oʻgʻli, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 2-bosqich tayanch doktoranti Annotatsiya. Ushbu maqolada xitoy tilidagi ritorik ohangli turgʻun birikmalar lingvistik jihatdan tahlil qilinadi. Asosiy eʼtibor mazkur birliklarning semantik, sintaktik va pragmatik xususiyatlariga qaratiladi. Ularning nutq jarayonida taʼsirchanlikni oshirish, soʻzlovchining pozitsiyasini kuchliroq taʼkidlash va suhbatdoshga hissiy taʼsir koʻrsatishdagi oʻrni ochib beriladi. Misollar orqali birikmalarning qoʻllanish xususiyatlari izohlanib, ularning kommunikativ samaradorlikni taʼminlashdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari xitoy tilidagi ritorik birliklarni oʻzlashtirish hamda taʼlim jarayonida ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Kalit soʻzlar: ritorik soʻroq, turgʻun birikma, semantika, pragmatika, kommunikativ vazifa, xitoy tili Abstract. This article provides a linguistic analysis of rhetorical fixed expressions in Chinese, focusing on their semantic, syntactic, and pragmatic features. It highlights their role in enhancing expressiveness, strengthening the speakerʼs stance, and influencing the interlocutor. Examples illustrate usage patterns and communicative functions. The findings demonstrate how these expressions improve discourse effectiveness and offer valuable insights for language acquisition and teaching. Keywords: rhetorical question, fixed expression, semantics, pragmatics, communicative function, Chinese Xitoy tili sintaksisida ritorik soʻroq gaplar alohida gap turini tashkil etadi. Ularning shakliy belgisi savol tusidagi qurilish boʻlsa-da, mazmun jihatidan ular odatda javobni talab qilmaydi. Asosiy pragmatik vazifa — aniq maʼno va nuqtai nazarni savol shaklida ifodalashdir. Ushbu gaplarning intonatsiyasi oddiy bayon gaplarga nisbatan keskinroq va kuchliroq boʻlib, koʻpincha taʼkidlash, inkor etish, norozilik bildirish, qarshi dalil keltirish yoki subyektiv his-tuygʻularni ifodalashda qoʻllanadi. Ritorik gaplarning ikki asosiy turi ajratiladi: Ijobiy shakldagi ritorik soʻroq gaplar — tashqi shaklda tasdiq ifodalansa ham, mazmunan inkorni bildiradi. Masalan: “他怎么会同意呢?” (“U qanday qilib rozilik beradi?”) — aslida “U rozilik bermaydi” mazmunini anglatadi. Inkorga asoslangan ritorik soʻroq gaplar — shaklan inkor tusida boʻlib, mazmunan tasdiqni anglatadi. Masalan: “我们怎能不努力呢?” (“Biz qanday qilib harakat qilmasligimiz mumkin?”) — aslida “Biz albatta harakat qilishimiz kerak” maʼnosini beradi. 49 Ritorik gaplarning shakllanishida 难道 (nándào), 怎么/怎能 (zěnme/ zěn néng), 哪里 (nǎlǐ), 何必 (hébì) kabi yordamchi birliklar faol ishtirok etadi. Shuningdek, gap oxirida 吗, 呢 singari modal partikllar qoʻllanishi intonatsion kuchaytiruvchilik vazifasini bajaradi. Quyida biz xitoy tilida qoʻllanadigan, ritorik ohangga ega boʻlgan bir qator turgʻun birikmalarni lingvistik tahlil obyekti sifatida koʻrib chiqamiz. Ushbu birliklar oʻzining semantik va pragmatik xususiyatlari bilan ajralib turib, suhbat jarayonida maʼlum kommunikativ vazifalarni bajaradi.[1:320] 犯不上 (fàn bu shàng) “犯不上” ifodasi kishi tomonidan qilinayotgan harakat yoki hissiy reaksiyaning ortiqcha, zarur boʻlmaganligini bildiradi. U koʻpincha muayyan vaziyatda kuch sarflash, jahllanish yoki keskin munosabat bildirishning arzimay qolishini ifodalashda qoʻllanadi. Shu maʼnoda, mazkur birlik “keragi yoʻq”, “arzimaydi” tarzida tarjima qilinadi. Til amaliyotida ushbu ifoda koʻpincha ritorik savol shaklida uchraydi, masalan, “犯得上吗” — “arziydimi?”, shuningdek, “犯不着” yoki “犯得着吗” koʻrinishlari ham ishlatiladi. Ushbu birikmaga misol keltiradigan boʻlsak: 甲:我妈就爱贪便宜,你看,又买回一堆没用的衣服,谁穿哪!真想都给 扔了! (jiǎ: wǒ mā jiù ài tān piányi, nǐ kàn, yòu mǎi huí yī duī méi yòng de yīfu, shuí chuān nǎ! zhēn xiǎng dōu gěi rēng le!) A: Onam arzonchilikka oʻch, qarang, yana keraksiz kiyimlarni uyga olib keldi. Bularni kim kiyadi? Hammayoqni tashlab yuborgim keladi! 乙:犯得着吗?老人都这样。 (yǐ: fàn dézháo ma? lǎorén dōu zhèyàng) B: Arziydimi? Keksalar shunaqa boʻladi-da.[2:420] 管不着 (guǎn bù zháo) “管不着” ifodasi suhbatdoshning boshqa birovning shaxsiy ishlari ustidan nazorat oʻrnatishga yoki ularga aralashishga huquqi yoʻqligini bildiradi. Mazkur birlik maʼno jihatidan mustaqillikni, yaʼni biror kishi oʻz xatti-harakatlari ustidan oʻzi masʼul ekanligini taʼkidlaydi. Oʻzbekchada “sizga nima”, “ishniz boʻlmasin” kabi soʻzlar bilan tarjima qilinadi. Amaliy nutqda “管得着吗” — “senga tegayaptimi?” shaklidagi ritorik savol koʻrinishida ham qoʻllanadi. Bu ifodada “管” feʼli aslida “boshqarish, nazorat qilish, qarash” maʼnosiga ega boʻlib, “着” yordamchisining ishtirokida potensial qoʻshimcha (可能补语) hosil qiladi. Rad etuvchi shakl — “管不着” — “nazorat qila olmaydi, aralasha olmaydi” semantikasi orqali “aralashishga haqqi yoʻq” maʼnosiga koʻchgan. Demak, bunda semantik kengayish (语义引申) jarayoni kuzatiladi: fizik nazorat qilish imkoniyatidan ijtimoiy-huquqiy aralashuvni rad etishga oʻtish sodir boʻladi. Ushbu birikmaga misol keltiradigan boʻlsak: 甲:这是公共场所,请你不要吸烟。 50 (jiǎ: zhè shì gōnggòng chǎngsuǒ, qǐng nǐ bú yào xīyān.) A: Bu jamoat joyi, iltimos, chekmang. 乙:你管得着吗? (yǐ: nǐ guǎn dézháo ma?) B: Sizga nima, aralashishga haqqingiz bormi?[3:126] 还说呢 (hái shuō ne) “还说呢” ifodasi koʻpincha ritorik tusdagi gap boʻlib, suhbatdoshga nisbatan “gapirma”, “oʻzing ham sababchisan” mazmunini bildiradi. Mazkur birlik muammoning kelib chiqish sababi gapiruvchida emas, balki qarshi tomonda yoki tashqi omillarda ekanligini taʼkidlab, javob ohangida ishlatiladi. Intonatsiya jihatidan unda norozilik, hafsalasi pir boʻlish yoki tanbeh maʼnolari boʻladi. Ushbu birlik asosan yaqin munosabatdagi suhbatdoshlar orasida qoʻllanadi va hissiy boʻyoqdorlik kuchli. Ushbu birikmaga misol keltiradigan boʻlsak: 甲:你身上怎么弄得这么脏啊? (jiǎ: nǐ shēnshang zěnme nòng de zhème zāng a?) A: Ust-boshing nega bunchalik kir boʻlib qolgan? 乙:还说呢!今天下雨,我没带伞,往回跑的时候又被汽车溅了一身泥。 (yǐ: hái shuō ne! jīntiān xiàyǔ, wǒ méi dài sǎn, wǎng huí pǎo de shíhou yòu bèi qìchē jiàn le yī shēn ní.) B: Gapirma! Bugun yomgʻir yogʻdi, soyabon olmadim, qaytib kelayotganda mashina ustimga loy sachratdi. 可不是嘛 (kě bú shì ma) “可不是嘛” ifodasi ritorik soʻroq shaklida qoʻllanib, suhbatdoshning soʻzlarini toʻliq tasdiqlash va maʼqullash maʼnosini bildiradi. Mazkur birlik “ha, albatta”, “ha, shunday”, “shunday emasmi” tarzida tarjima qilinadi. Nutqda u muloqotdagi hamfikrlikni kuchaytiradi, suhbatdosh bilan oʻzaro bir fikrda ekanlikni taʼkidlaydi. Amaliy qoʻllanishda ushbu shakl qisqargan variantlarda ham uchraydi: “可不是” yoki “可不”. Ushbu birikmaga misol keltiradigan boʻlsak: 甲:农村到春节的时候可热闹了。 (jiǎ: nóngcūn dào chūnjié de shíhou kě rènao le.) A: Qishloqlarda bahor bayrami paytida juda gavjum boʻladi. 乙:可不是嘛,家家户户都放鞭炮。 (yǐ: kě bú shì ma, jiājiā hùhù dōu fàng biānpào.) B: Ha, albatta, har bir xonadon piyola-piyola petardalar otadi. 没办法 (méi bànfǎ) “没办法” ifodasi kishi biror vaziyat yoki holat oldida chorasiz qolganini, yaʼni unga taʼsir oʻtkazish imkoniyati yoʻqligini bildiradi. Bu birlik “chorasizman”, “boshqa iloj yoʻq”, “majburman” tarzida tarjima qilinadi. Nutqda koʻpincha shaxsning ojizligini va vaziyatga boʻlgan bevosita taʼsir kuchining yetishmasligini ifodalaydi. Amaliy qoʻllanishda ritorik shaklda ham uchraydi: “有什么办法?”— “qanaqa chora bor oʻzi?”. Ushbu shaklda ifoda 无可奈何 ohangini, yaʼni majburiy taslim boʻlish yoki vaziyatni qabul qilish hissini kuchaytiradi. Ushbu birikmaga misol keltiradigan boʻlsak: 51 甲:你儿子整天玩儿电脑游戏,你也不说说他呀? (jiǎ: nǐ érzi zhěngtiān wánr diànnǎo yóuxì, nǐ yě bù shuōshuō tā ya?) A: Oʻgʻlingiz kun boʻyi kompyuter oʻyinlari oʻynaydi, unga hech nima demaysizmi? 乙:我说了多少次了,他就是不听,有什么办法? (yǐ: wǒ shuō le duōshao cì le, tā jiù shì bù tīng, yǒu shénme bànfǎ?) B: Necha marta aytdim, lekin u quloq solmaydi, boshqa nima chora bor?[6:243] Xulosa qilib, Xitoy tilida ritorik ohangli turgʻun birikmalar muloqotning muhim pragmatik vositasi sifatida nutqning taʼsirchanligini sezilarli darajada kuchaytirilganini ayta olamiz, Bunday birliklar shaklan savol tusida boʻlsa-da, mazmunan aniq tasdiq yoki inkorni bildiradi. Bu esa ularga nafaqat semantik, balki kuchli pragmatik yuklama ham beradi. Tadqiqot davomida koʻrib chiqilgan “犯不上”, “管不着”, “还说呢”, “可 不是嘛”, “没办法” kabi birikmalar suhbat jarayonida taʼkidlash, rad etish, tanbeh berish, tasdiqlash va chorasizlikni ifodalash kabi turli kommunikativ vazifalarni bajarishi aniqlandi. Ularning nutqiy qoʻllanishi suhbatdoshlar orasida maʼlum ijtimoiypsixologik munosabatlarni ham ifodalash imkonini beradi. Shu bois, mazkur birikmalarni lingvistik nuqtai nazardan oʻrganish ularning nutqiy faoliyatdagi rolini aniqlash, xitoy tilini oʻrganishda ularni samarali qoʻllash hamda tarjima jarayonida toʻgʻri ekvivalent tanlash uchun muhim ahamiyatga ega. Adabiyotlar: 1. 朱德熙. 语法讲义 . 北京: 商务印书馆, 1982, 320 页. 2. 陆俭明. 现代汉语语法研究 . 北京: 北京大学出版社, 2000, 412 页. 3. 王力. 汉语语法理论 . 北京: 中国社会科学出版社, 1985, 295 页. 4. 崔希亮. 汉语语法学 . 北京: 北京语言大学出版社, 2010, 365 页. 5. 许嘉璐. 现代汉语八百词 . 北京: 商务印书馆, 1980, 540 页. 6. 刘月华, 潘文娱, 敖承江. 实用现代汉语语法 . 北京: 商务印书馆, 2001, 450 页. 7. 张斌. 现代汉语虚词例释 . 北京: 商务印书馆, 2001, 398 页.