scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

NOSIRIDDIN TUSIYNING O'RTA ASRLAR SHARQ ILM-FANI TARAQQIYOTIDAGI O'RNI

Usmanov Abdumo'min Xolmo'min o'g'li

Full text

86 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc NOSIRIDDIN TUSIYNING O‘RTA ASRLAR SHARQ ILM-FANI TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI Usmanov Abdumo‘min Xolmo‘min o‘g‘li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix va falsafa kafedrasi o‘qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17731660 Annotatsiya: Mazkur maqolada XIII asrning buyuk mutafakkiri, olim va faylasufi Nosiriddin Tusiy hayoti hamda ilmiy merosi keng tahlil qilinadi. Olimning astronomiya, matematika, mantiq, falsafa va axloqshunoslik fanlariga qo‘shgan hissasi, shuningdek, uning Marog‘a rasadxonasi faoliyatidagi o‘rni yoritilgan. Tusiyning nazariyalari keyingi asr olimlari, xususan Yevropa uyg‘onish davri allomalari faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Kalit so‘zlar: Nosiriddin Tusiy, Marog‘a rasadxonasi, “Ahlоq-i Nosiriy”, “Ziji Ilxoniy”, astronomiya, axloq, falsafa, Tusi jufti. Sharq uyg‘onish davri insoniyat sivilizatsiyasining eng yorqin sahifalaridan biridir. Bu davrda ilm-fan, falsafa, tibbiyot, matematika va axloqshunoslik sohalarida yuksak yutuqlarga erishildi. Ana shu davrning eng mashhur siymolaridan biri Abu Ja’far Muhammad ibn Muhammad ibn Hasan Nosiriddin at-Tusiy (1201–1274) bo‘lib, u “Muallim us-solis” – “uchinchi ustoz” unvoniga sazovor bo‘lgan. Abu Jafar Muhammad ibn Muhammad Nosiruddin at-Tusiy - XIII asr fors matematik va astronomi, Kamoliddin ibn Yunusning shogirdi, o‘ta serqirra olim, falsafa, jo‘g‘rofiya, musiqa, optika, tibbiyot, minerologiyaga oid asarlar muallifi hisoblanadi. Nosiriddin Tusiyning ilmiy merosi nafaqat musulmon Sharqida, balki Yevropa ilm-fanida ham chuqur iz qoldirgan. Jumladan, u Yunon ilm-fani bilimdoni bo‘lgan, Yevklid, Arximed, Avtolik, Feodosiy, Menelay, Apolloniy, Aristarx, Gipsikl, Ptolomeylarning asarlarini sharhlagan. Uning astronomiya va matematika sohasidagi ishlari Kopernik nazariyasining shakllanishiga ham zamin yaratgan. Nosiriddin Tusiy 1201-yilda Eronning Tus shahrida tug‘ilgan. Dastlabki ta’limni otasidan va mahalliy olimlardan olgan. Keyinchalik Nishopurda ta’limini davom ettirib, u yerdagi mashhur madrasalarda falsafa, mantiq, fiqh, tibbiyot, matematika va astronomiyani chuqur o‘rgangan. 1256yilda mo‘g‘ul hukmdori Hulokuxon tomonidan homiylik asosida Marog‘a rasadxonasi tashkil etilgan va Tusiy unga rahbarlik qilgan. Bu rasadxona o‘z davrida ilmiy markaz bo‘lib, unda yuzlab olimlar faoliyat yuritgan. Tusiyning ilmiy merosiga yuzlanar ekanmiz, biz yana bir bor dunyo va dunyo madaniyatining birligida vaqtlarning uzviy bog‘lanishiga amin bo‘lamiz. Shunday qilib, u o‘z asarlarida osmon mexanizmini asos qildi. 400 yil o‘tgach, ular g‘arbiy yevropa olimlari tomonidan qayta kashf qilingan. Bolalar astronomi Tixo Brage (1546-1601) Tusiyning hisob-kitoblarini qaytarib, 700 dan ziyod yulduzlar katalogini tuzgan. Bragening ilmiy ishi asosida I.Kepler osmon mexanikasini yaratgan. I.Nyuton ularning mehnatlariga tayangan holda, mexanikaning tayanch qonunlarini yaratgan. Tusiyning matematik mehnatlari Italiya, Angliya, Fransiya - Yevropa Uyg‘onish davrining bosh markazlarida nashrdan chiqqan. Tusiyning jahon ilm-faniga qo‘shgan ahamiyatli hissalaridan biri butun Sharqda tanilgan Marog‘adagi astronomik rasadxonasining yaratilishidir. Rasadxona 1259-yil hozirgi Janubiy Ozarbayjon hududida, Islomobod Respublikasidagi Eronda tashkil etilgan. Marog‘a rasadxonasi XIII asrda Sharqdagi eng ilg‘or ilmiy maskanlardan biri edi. U nafaqat astronomik kuzatuvlar, balki ilmiy izlanishlar markazi sifatida ham faoliyat ko‘rsatgan. At-Tusiy Hulokuxonga rasadxona qurilishi masalasida murojaat qiladi, ammo qurilish harajatlari unga juda katta tuyiladi. Shunda at-Tusiy Hulokuxonga askarlar uyquga ketgan vaqt tog‘dan mis tog‘orani uloqtirishni tavsiya qiladi. Tog‘ora tog‘dan tushib, katta shovqin ko‘taradi va askarlar sarosimaga tushadi va at-Tusiy shunday deydi: 87 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc “Biz bu shovqinning sababini bilamiz, askarlar esa bilmaydi; biz xotirjammiz, ular esa havotirda; shuningdek, biz osmon hodisalaridan boxabar bo‘lamiz, biz yerda xotirjam bo‘lamiz”. Bu so‘zlar Hulokuxonni ishontiradi va rasadxona qurilishiga 20 dinor ajratadi. At-Tusiyning iltimosiga binoan, Hulokuxon askarlardan ularning qo‘liga tushgan olimlarni o‘ldirmay, Marog‘aga olib kelishlariga buyruq beradi, bu yerga mo‘g‘ullar qo‘llariga tushgan barcha qo‘l yozmalari-u, astronomik moslamalarni keltirishgan. Rasadxonada Qutbiddin Shiraziy, Muayyadiddin Urdi, Fahruiddin Marog‘iy kabi olimlar Tusiy bilan birgalikda ishlaganlar. Mazkur kutubxonada 400 mingga yaqin qo‘lyozmalar saqlangan bo‘lib, bu o‘sha davr uchun nihoyatda katta ko‘rsatkich edi. Ushbu ilmiy markazda ishlab chiqilgan “Ziji Ilxoniy” jadvallari asrlar davomida astronomlar tomonidan qo‘llanilgan. Nosiriddin Tusiy o‘z umrida 150 dan ortiq ilmiy asar yaratgan. Ularning ko‘pchiligi bugungi kunda ham ilmiy manba sifatida o‘rganilmoqda. Eng mashhurlari esa quyidagilardir: 1. “Ahlоq-i Nosiriy”. Bu asar axloqiy-falsafiy yo‘nalishda yozilgan bo‘lib, insonning ma’naviy kamolotini, axloqiy fazilatlarini, jamiyatda adolat va muvozanatni saqlash zarurligini yoritadi. Asar uch bo‘limdan iborat: - axloq ilmi; - oila boshqaruvi; - siyosat nazariyasi. Tusiy inson kamolotining asosi sifatida aql, bilim va axloqni ko‘rsatadi. 2. “Ziji Ilxoniy”. Astronomiyaga oid bu asar Tusiy rahbarligida Marog‘a rasadxonasida yaratilgan. Marog‘alik rasadxonada 1259-yildan 1271-yilgacha bo‘lgan 12 yillik kuzatuv natijasi “Ilxoniy jadvali” (“Zidjiy Ilxoniy”) bo‘lgan. Bu jadvalda Quyosh va sayyoralarning joylashuv hisobkitobi, osmon katalogi, shuningdek, sinus, tangenus va katangenusning 1 oralig‘idagi jadvali keltirilgan. Unda sayyoralar harakati, yulduzlarning joylashuvi va tutilish hodisalari aniq kuzatuvlar asosida qayd etilgan. Bu asar Yevropada Kopernik tomonidan o‘rganilgan manbalardan biri bo‘lgan. 3. “Tahrir O‘qlidus”. Tusiy Evklidning “Elementlar” asarini qayta tahrir qilib, o‘z davrida geometriya fanining rivojiga katta hissa qo‘shgan. Unda sferik trigonometriya mustaqil fan sifatida shakllantirilgan. Shuningdek, Nasiruddin Tusiy Evklidning ikki parallel chiziqlar bo‘shliqda tutashishlari haqidagi beshinchi farazini isbotlashida hissasi ulkan. Bu befoyda abstraktsiya emas, balki ilmiy masalaning chinakam samoviy tuzilmasi ekanligini isbotlab bergan. Makonning (Olam) egri ko‘rinishi ob’yekt uzoqlashishi bilan yanada aniqroq namoyon bo‘laverishini avvaliga Evklid ifodalagan bo‘lsa, Tusiy uni isbotlagan bergan. 4. “Asos al-iqtibas”. Bu asarda mantiqning asosiy qoidalari bayon etilib, Tusiy Aristotelning mantiqiy qarashlarini tahlil qilib, uni yanada mukammallashtirgan. Tusiyning eng mashhur ilmiy yutug‘i bu – “Tusi jufti” modeli bo‘lib, u sayyoralar harakatini tushuntirishda foydalanilgan. Bu model aylana harakatdan chiziqli harakat hosil bo‘lishini matematik yo‘l bilan izohlaydi. Keyinchalik bu g‘oya Nikolay Kopernik tomonidan o‘zining geliotsentrik tizimini ishlab chiqishda qo‘llanilgan. Nosiriddin Tusiy falsafada Forobiy va Ibn Sino ta’limotlarini davom ettirgan. U insonni “aql va fazilat birligida” deb bilgan. Uning fikricha, inson kamoloti aqlni to‘g‘ri ishlatish va odob-axloqqa amal qilish orqali yuzaga chiqadi. U “Ahlоq-i Nosiriy”da shunday yozadi: “Insonning qudrati aqlidadir; aql esa uni hayvonlardan ajratadi. Aqlni ilm bilan ziynatlagan kishi haqiqiy insondir.” Tusiy jamiyat barqarorligi uchun adolat, mehnatsevarlik va halollikni eng muhim fazilatlar deb bilgan. Qolaversa, koinot yaratilishi va dunyoning ijtimoiy tuzumi, huquq va axloq muammolari, davlat boshqaruvi va fanlarning tasnifi, yaxshi tarbiya va oiladagi munosabatlarni takomillashtirish 88 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc uning falsafasi markazida turgan. Tusiy, asosi insoniy munosabatlar bo‘lgan tenglikka erishilgan formulani izlaydi. U davlatni fazilatli va yomonga, jangchilarni adolatli va adolatsizga ajratadi, xalqqa foyda va foydasiz narsalarni belgilab, jamoatchilik hayotidagi hodisalarga baho beradi. Tusiyning ta’kidlashicha, dunyo ikki narsadan aziyat chekadi: “Biri - dunyoda johilona hokimiyat hukm sursa, boshqasi - davlat o‘z ixtiyoriga taqdim etilsa”. Nosiriddin Tusiy nafaqat o‘z davrining eng yirik olimi, balki keyingi asrlar ilm-faniga yo‘l ochgan alloma sifatida e’tirof etiladi. Uning ilmiy merosi Ulug‘bek rasadxonasi va Samarqand ilmiy maktablari shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan. Uning asarlari arab, fors, turkiy, lotin, fransuz va ingliz tillariga tarjima qilingan. Bugungi kunda ham Tusiyning nomi bilan ataluvchi universitetlar, ilmiy markazlar va observatoriyalar mavjud, jumladan, Nosiriddin Tusiy nomidagi Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi ham shular qatorida. U jamiyat hayotida davlat rolini o‘rganadi va davlat va inson hamda davlat o‘rtasidagi o‘zaro mas’uliyat mohiyatini ishlab chiqadi, aqlning kuchi oqilona boshqaruv va adolatli qonunlarning rivojini ta’minlovchi shahar-davlatning ideal ko‘rinishini yaratadi. “Shaharning barhayotligi uning naqadar haqqoniyligiga bog‘liq”, deya ta’kidlaydi mutafakkir. Insonlarning rizoligi va tengligi g‘oyasini, ularning ixtiyoriy ittifoqi asosida adolatli davlat yaraluvchi har bir inson huquqini “yakka mukammallik” darajasida himoya qilgan. Xulosa qilib aytganda, Nosiriddin Tusiy o‘z davrining eng yirik ensiklopedik olimlaridan biri bo‘lib, uning ilmiy merosi bugungi zamonaviy fan rivojida ham muhim o‘rin tutadi. U fanlarni tizimli ravishda o‘rganish, kuzatuv asosida ilmiy xulosalar chiqarish, inson kamolotini axloqiy mezonlar orqali talqin etish an’analarini yaratgan. Tusiyning ilmiy merosi Sharq va G‘arb sivilizatsiyalari o‘rtasida ilmiy aloqalarning mustahkamlanishiga beqiyos hissa qo‘shgan. Qomusiy olim Nasiriddin Tusiyning ilmiy merosi Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari, shuningdek, Gʻarbiy Yevropaning koʻplab olimlariga ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Shu bilan birga algebra, trigonometriya, etika, kosmologiya, tarix, huquq, axloq, mantiq, tibbiyot, minerologiya, ilohiyot, xattotlik sohalarida mutafakkirning asarlari yetakchi oʻrinlarni egallagan. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Туси, Носириддин. Ахлоқ-и Носирий. — Теҳрон: Вазир, 1957. - 432 с. 2. Kennedy, E. S. The Planetary Theory of Nasir al-Din al-Tusi. - New York: Franklin, 1983. — 258 p. 3. Саййидов, Ҳ. Носириддин Тусий ва унинг илмий мактаби. - Бухоро: Давлат университети нашриёти, 2019. — 210 б. 4. Қобулов, А. Ўрта аср уламолари мероси. — Тошкент: Фан, 2012. - 156 б. 5. Nasr, S. H. Science and Civilization in Islam. — Cambridge: Harvard University Press, 1968. - 320 p. 6. De Boer, T. J. The History of Philosophy in Islam. — London: Luzac & Co, 1903. - 270 p