scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ARAB MATBUOTIDAGI SIYOSIY VA DIPLOMATIK UNVONLARNING STILISTIK AHAMIYATI

Shamsuddin Fayziyev

Abstract

Ushbu maqolada arab matbuotida rasmiy shaxslar uchun ishlatiladigan unvonlarning stilistik va diplomatik funksiyalari tahlil qilinadi. “صاحب السمو”, “فخامة”, “معالي”, “دولة” va “جلالة” kabi unvonlarning kontekstual ishlatilishi, ularning matn uslubi va protokol normalaridagi oʻrni aniq misollar asosida yoritilgan. Unvonlarning matn janri, siyosiy ohang va ijtimoiy konnotatsiyani shakllantirishdagi roli chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga koʻra, arab jurnalistikasida rasmiy unvonlar matnning rasmiylik darajasi va diplomatik noziklikni belgilovchi muhim vosita sifatida baholanadi.

Full text

102 ARAB MATBUOTIDAGI SIYOSIY VA DIPLOMATIK UNVONLARNING STILISTIK AHAMIYATI Shamsuddin Fayziyev, Oriental universiteti, Tillar-1 kafedrasi oʻqituvchi-stajyori Annotatsiya: Ushbu maqolada arab matbuotida rasmiy shaxslar uchun ishlatiladigan unvonlarning stilistik va diplomatik funksiyalari tahlil qilinadi. “ بحاص ةلود“ ,”يلاعم“ ,”ةماخف“ ,”ومسلا” va “ةللاج” kabi unvonlarning kontekstual ishlatilishi, ularning matn uslubi va protokol normalaridagi oʻrni aniq misollar asosida yoritilgan. Unvonlarning matn janri, siyosiy ohang va ijtimoiy konnotatsiyani shakllantirishdagi roli chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga koʻra, arab jurnalistikasida rasmiy unvonlar matnning rasmiylik darajasi va diplomatik noziklikni belgilovchi muhim vosita sifatida baholanadi. Kalit soʻzlar: arab matbuoti, rasmiy unvonlar, stilistik tahlil, diplomatik protokol, siyosiy ohang, jurnalistika uslubi. Abstract: This article analyzes the stylistic and diplomatic functions of honorific titles used for officials in the Arab press. The contextual usage of titles such as “ بحاص ومسلا” (His Highness), “ةماخف” (His Excellency), “يلاعم” (The Honorable), “ةلود” (The Prime Minister), and “ةللاج” (His Majesty) is examined through concrete examples, highlighting their role in text style and adherence to protocol norms. The study provides an in-depth analysis of how these titles contribute to shaping the textual genre, political tone, and social connotation. The findings indicate that in Arab journalism, official titles serve as key tools for establishing the level of formality and diplomatic sensitivity of the text. Keywords: arab press, official titles, stylistic analysis, diplomatic protocol, political tone, journalistic style. Arab matbuoti oʻzining rasmiy, muayyan protokol va uslub qoidalariga asoslangan yozish malakasi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, siyosiy, diplomatik va davlat darajasidagi xabarlarda rasmiy shaxslarni tilga olishda foydalaniladigan unvonlar katta ahamiyatga ega boʻlib, bu unvonlar faqat shaxsiy maqomni ifodalab qolmay, balki matnning uslubiy, ijtimoiy va hatto siyosiy rang-barangligini ham belgilaydi. Hayyam Ibrohim ملاعلإا ةغل يف ثاحبأ (Matbuot tiliga oid tadqiqotlar) nomli kitobida taʼkidlaganidek: “Jurnalistlar tomonidan qoʻllaniladigan til, ayniqsa, siyosiy va diplomatik xabarlar yozishda aniq, qisqa va taʼsirli boʻlishi kerak. Bu uslubiy yondashuv arab gazetalaridagi xabarlarning stilistik tahlilida muhim rol oʻynaydi” [Hayyam Ibrohim, 2012:67]. Quyida ushbu unvonlarning asosiy turlari, ularning ishlatilish konteksti, farqlari va stilistik jihatlari tahlil qilinadi. 1. ومسلا بحاص – “Janobi oliylari” (Sahib as-Sumuv). Bu unvon koʻpincha malika aʼzolari, valiahd shahzodalar yoki hukmron oilalarning yuqori martabali aʼzolariga nisbatan ishlatiladi. Masalan, Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar yoki Quvayt kabi monarxik tuzum hukmron boʻlgan mamlakatlarda “Janobi Oliylari” maqomi shaxsning nafaqat ijtimoiy maqomini, balki siyosiy va ramziy darajasini ham bildiradi. Masalan, 103 2023-yil 18-iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklarining “al-Bayan” gazetasida chop etilgan xabarda bunday deyiladi: لاجر نم اًدفو ةلودلا سيئر دياز نب دمحم خيشلا ومسلا بحاص لبقتسا نيينابايلا لامعلأا – “Janobi oliylari Shayx Muhammad bin Zoyid, davlat rahbari, Yaponiya ishbilarmonlari delegatsiyasini qabul qildi” [al-Bayan gazetasi, 2023:7-son]. Bu yerda “ومسلا بحاص” (Janobi oliylari) iborasi matnga izzat-ikrom, hurmat va rasmiylik ohangini qoʻshadi. Uning ishlatilishi – muomala madaniyatining bir qismidir va arab matbuotida juda keng tarqalgan. 2. ةماخف – “Janobi oliylari” yoki “Janobi muhtaram” (Faxomat). Bu unvon prezidentlarga nisbatan ishlatiladi va yuksak rasmiy maqomni bildiradi. U faqat prezidentlarga xos unvondir. Masalan, Tunis, Misr, Iroq, Suriya kabi respublika tuzumidagi davlatlarda prezident shaxsiga “سيئرلا ةماخف” deb murojaat qilinadi. Masalan, رمتسملا ينيصلا معدلل هريدقتو هركش نع نوبت ديجملا دبع سيئرلا ةماخف برعأ – “Janobi Oliylari Prezident Abdulmajid Tebbun Xitoyning doimiy yordami uchun minnatdorlik va ehtirom bildirdi”. Ushbu bayonot Prezident Tebbun tomonidan Xitoy bilan ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash doirasida bildirilgan. Bu unvonning ishlatilishi oʻz ichiga diplomatik hurmat, davlat protokoliga rioya va siyosiy ohangni qamrab oladi. 3. يلاعم – «Janob» yoki «Muhtaram» (Maʼaliy). “Maʼaliy” unvoni odatda vazirlarga, ayrim yuqori lavozimli amaldorlarga, masalan, tashqi ishlar vaziri, iqtisod vaziri yoki ichki ishlar vaziriga nisbatan ishlatiladi. Bu unvon sohibiga nisbatan baland maqomda muomala qilinayotganini bildiradi. Jumladan, «Hurmatli tashqi ishlar vaziri fransiyalik hamkasbi bilan oʻzaro hamkorlik yoʻllarini muhokama qilish uchun uchrashdi». Masalan, 2024-yil 3-dekabr kuni Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdulatif bin Roshid az-Zayyani Qohirada fransiyalik hamkasbi Jan Noel Barro bilan uchrashuv oʻtkazgani haqida نيرحبلا يف ىلولأا ةيمويلا ةديرجلا (Bahraynning birinchi kunlik jurnali) shunday deydi: ىقتلا كرتشملا نواعتلا لبس ثحبل يسنرفلا هريظنب ةيجراخلا ريزو يلاعم – “Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi tarixiy doʻstlik aloqalari va ularni rivojlantirish yoʻllari muhokama qilindi”. Bu kontekstda “يلاعم” unvoni rasmiy protokolning muhim qismidir va matnni ogʻir, rasmiy uslubda bayon etishda xizmat qiladi. 4. ةلود – “Janobi Vazirlar Mahkamasi raisi” (Davla). “Davlat” unvoni, yaʼni “ ةلود سيئرلا” degan ibora asosan bosh vazirlarga nisbatan ishlatiladi. Masalan, Livan, Falastin, Iordaniya, Marokash kabi davlatlarda bosh vazir rasmiy maqomida “Davlat ar-Rais” deb ataladi. Jumladan, 2024-yil 3-noyabr kuni «Lebanon24» nashrida xabarda bunday deyiladi: ةيداصتقلاا عاضولأا ةشقانمل اًيلود اًدفو يتاقيم بيجن ءارزولا سيئر ةلود لبقتسا – “Janobi Bosh vazir Najib Miqoti xalqaro delegatsiyani qabul qildi va ular bilan iqtisodiy vaziyatni muhokama qildi”. Bu unvon prezident unvonidan farqli ravishda boshqaruvning ijroiy tarmogʻidagi yuqori lavozimni bildiradi. 5. ريملأا ومس – “Janob Amir” (Sumuv al-Amir). “Amir” unvoni koʻplab arab davlatlarida ishlatiladi. U monarxik yoki qabila boshliqlariga, ayrim hollarda esa harbiy yoki diniy maqomdagi shaxslarga ham nisbatan ishlatiladi. Qatarda, Quvaytda, Saudiya Arabistonida va BAAda ushbu unvon keng qoʻllaniladi. Masalan, “al-Jazira” gazetasi 2024-yil 14-noyabr kuni Anqarada boʻlib oʻtgan uchrashuv haqida bunday deydi: ةرقنأ يف يكرتلا سيئرلا عم تاثداحم يناث لآ دمح نب ميمت ريملأا ومس ىرجأ – “Janobi Amir Tamim bin Hamad Ol Soniy Anqarada Turkiya Prezidenti bilan muzokaralar oʻtkazdi” 104 [al-Jazira, 2024:4/2-soni]. Bu unvon matnga muayyan siyosiy va ijtimoiy ramziy tus beradi, ayniqsa davlat boshligʻi boʻlgan amirlarga nisbatan. 6. ةللاج – “Janobi Oliylari” (Jalala). Bu unvon qirollik maqomini bildiradi va asosan Marokash, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Bahrayn kabi qirollik tuzumiga ega davlatlardagi shohlar uchun ishlatiladi. “كلملا ةللاج” degan ibora shohning eng rasmiy va yuksak maqomini ifodalaydi. Jumladan 2024-yil 24-sentabr kuni Nyu-Yorkda boʻlib oʻtgan BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida Iordaniya Qirol Abdulloh II nutq soʻzlagani haqida «Jaridat al-gʻod» (دغلا ةديرج) gazetasi bunday xabar beradi: ةدحتملا مملأل ةماعلا ةيعمجلا مامأ اًباطخ يناثلا الله دبع كلملا ةللاج ىقلأ - «Janobi Oliylari Qirol Abdulloh II BMT Bosh Assambleyasida nutq soʻzladi» [Jaridat al-gʻod gazetasi, 2024:7-son]. Bu yerda “ةللاج” unvoni matnga jiddiy, protokolga xos rasmiylikni olib kiradi. Shuni taʼkidlash joizki, arab tilida unvonlarning oʻziga xos semantik nozikliklari mavjud. Har bir unvon shaxsning siyosiy maqomini emas, balki ijtimoiy maqomi, tarixiy anʼana va rasmiy yozuv kontekstida egallagan oʻrnini aks ettiradi [Muhammad Anas, 2017:43]. Masalan, “ةماخف” – prezident uchun, “يلاعم” – vazirlar uchun, “ بحاص ومسلا” – shahzoda yoki malikiy shaxslar uchun moʻljallangan boʻlib, ularning oʻzaro almashib ishlatilishi uslubiy xatolik sanaladi. Bundan tashqari, har bir unvon matndagi uslubni belgilaydi. Masalan, “ومسلا بحاص” bilan boshlangan matn odatda rasmiy, diplomatik kontekstda boʻlib, unda emotsional neytrallik va hurmat uygʻotuvchi til uslubi ustuvor boʻladi. Aksincha, “يلاعم” yoki “ةلود” unvonlari ishlatilgan matnlar hukumat faoliyati, siyosiy uchrashuvlar, iqtisodiy forumlar haqidagi xabarlarda uchraydi. Olib borilgan tadqiqotdan unvonlar arab matbuotida matnning janri va ohangini belgilovchi asosiy vositalardan biri ekani maʼlum boʻldi. Ularsiz matn soddalashadi, rasmiylik darajasi pasayadi, hattoki ayrim hollarda diplomatik noziklik buzilishi mumkin. Shu sababli, Arab jurnalistikasi uslubida bu unvonlar tahririyat siyosatining muhim qismiga aylangan. Arab matbuoti oʻzining stilistik jihatdan mukammal tuzilmalari bilan ajralib turadi. Rasmiy maqomdagi shaxsni toʻgʻri izzat bilan tilga olish – bu nafaqat madaniy qadriyat, balki diplomatik ehtiyotkorlik mezonidir. Aynan shuning uchun unvonlarning har biri oʻzining konnotativ maʼnosi bilan arab jurnalistikasida yuksak funksional yuklamaga ega. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Doktor Hayyam Fahmiy Ibrohim. (2012). Abhas fi lugʻa al-iʼlam. Bagʻdod: Dar al-Farohidiy. 2. Doktor Abdussalom Mussadiy. (1982). Al-uslub va al-uslubiyya. Qohira: alDar al-Arobiyya al-Kitab. 3. Muhammad Anas Sarminiy. (2017). Al-lugʻa al-arobiyya al-fusʼha fi iʼlam alarobiy al-muʼasir. Damashq: Dar al-Muqtabas. 4. Al-Jazirah.com 5. Alghad.com 6. www.albayan.ae