scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

JALOLIDDIN MANGUBERDINING MO'G'ULLARGA QARSHI HARBIY STRATEGIYASI

Yoqubjonov Qosimjon Abdujalol O'g'li

Abstract

Ushbu tezisda Sulton Jaloliddin Manguberdining mo’gullarga qarshi kurashda qo’lagan harbiy taktikasi va urushlarda shijoati harbiy sa’natda uzoqni ko’ra bilish harbiy taktika jihatidan dushmanga qarshi yovqur harakatlari batafsil yoritilgan.

Full text

11-SON 1-JILD NOYABR 2025 – YIL 1-QISM 73 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 JALOLIDDIN MANGUBERDINING MO’G’ULLARGA QARSHI HARBIY STRATEGIYASI Toshkent Amaliy fanlar universiteti Tarix fakulteti 4-bosqich talabasi Yoqubjonov Qosimjon Abdujalol O‘g‘li Anotatsiya. Ushbu tezisda Sulton Jaloliddin Manguberdining mo’gullarga qarshi kurashda qo’lagan harbiy taktikasi va urushlarda shijoati harbiy sa’natda uzoqni ko’ra bilish harbiy taktika jihatidan dushmanga qarshi yovqur harakatlari batafsil yoritilgan. Kalit so’zlar. Jaloliddin Manguberdi, Chingizxon, Valiyon, Niso, Shiki Xutuxu, Sind, Tulu. Jaloliddin og‘ir bir paytda tarix sahnasida paydo bo‘lgan edi. Uning davri Movarounnahr urush domiga tortilgan, mamlakatning katta qismi mo‘g‘ullar tomonidan istilo etilgan, Xorazmshohlar qo‘shini yakson qilingan, amirlarning bir qismi xoinlik, qolgani o‘z jonimulkini asrash yo‘liga tushgan, sulton mamlakatni o‘z holiga tashlab qo‘ygan, o‘zaro sarosima va tahlika hukm surgan bir vaqtda to‘g‘ri keldi. Jaloliddin shunday bir og‘ir vaziyatda, Vatan va xalq erki uchun kurashib, mo‘g‘ullarga qarshi 11 yil davomida kurash olib bordi, 14 marotaba mo‘g‘ullarga qarshi ot surib, uning 13 tasida g‘oliblikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Jaloliddin sarkardalik qobiliyatini juda erta namoyon qilgan. Nasaviyning yozishicha, Kushluxonni mag‘lub etgan Jo‘chixon (Nasaviy uni “Dushixon” deb ataydi) boshliq mo‘g‘ul qo‘shini bilan sulton Alouddin lashkarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ilk jangda Xorazm qo‘shini omon qoldi va dushmandan “qasos o‘chi olindi 16 . Juvayniy va Rashididdinning yozishicha, bu jangda o‘ng qanotga Jaloliddin qo‘mondonlik qilgan. Jang 1216 yilda bo‘lib o‘tgani e'tiborga olinsa, Jaloliddin 17-18 yoshidayoq o‘zini iste'dodli va jasoratli sarkarda sifatida namoyon etgani ma'lum bo‘ladi 17 . O‘tror fojiasidan so‘ng Chingizxon ibn Kafrojiy Bug‘roni ikki mulozim bilan xorazmshoh huzuriga elchi etib jo‘natdi. AsSubqiyning yozishicha, Chingizxon O‘tror fojiasining aybdori Inalxonni tutib mo‘g‘ullar qo‘liga topshirishini, elchilar o‘limi ning sabablarini keskin tarzda so‘raydi. Mo‘g‘ullar bilan munosabatlarni keskinlashtirmaslik uchun «O‘tror hokimini Chingizxon qo‘liga topshirish kerak», degan taklifni ko‘targan shahzoda Jalo liddinning fikrini sulton rad etadi. Sulton buyrug‘i bilan elchi bo‘lmish ibn Kafrojiy Bug‘ro o‘ldirilib, ikki mulozimning soqolmo‘ylovlari sharmandali tarzda qirib tashlanadi. Xorazmshoh mo‘g‘ullar bilan ertamikechmi, urush bo‘lishini yaxshi anglagan, qolaversa mamlakatda mo‘g‘ullar bostirib kirishi xususida turli mishmishlar ham avj olgan edi. Nima bo‘lganda sulton ham Chingizxonga shu yo‘sinda dag‘dag‘ali javob 16 Shixobiddin Muxammad an-Nasaviy. Jaloliddin Manguberdi hayoti. – T.: O’zbekiston, 2006. -B. 27-28. 17 Juvayniy. Tarixi jahonkusho. (Jahon fotihi tarixi). B.125; Рашидаддин. Сборник летописей. С.190. 11-SON 1-JILD NOYABR 2025 – YIL 1-QISM 74 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 berishga qaror qildi. Tarixchi Rashididdin o‘zining “Jome attavorix” asarida yozishicha xorazmshohning ushbu dag‘dag‘asi va qilmishi “Chingizxonning yuragiga shunday ta'sir qildiki, unda ortiq chidam va toqat qolmadi. Nafrat o‘ti bilan yonib u bir o‘zi tepalikka ko‘tarildi, bo‘yniga belbog‘ini tashlab, boshyalang yerga yotib ibodat qildi. Uch kungacha yig‘lab xudoga nola qilib yordam so‘radi… 18 ” Otasi vafotidan so’ng Sulto bo’lgan Jaloliddin Urganch mudofaasini tashkil qilishiga otlanadi lekin unga buvisi boshliq qipchoqlar tuzoq qo’ya boshlaydi va bundan mulozimlari Jaloliddinni ogoh etadi. Jaloliddin Manguberdi bu alfozda mo‘g‘ullarga qarshi kurashib bo‘lmasligini tushungach, uch yuz kishilik navkarlari bilan yashirincha poytaxtni tark etadi. Jaloliddin 16 kun ichida Xorazmdan Xuroson yerlaridagi Niso qo‘rg‘oni atrofiga yetib keladi. Chingizxon sulton o‘g‘illarining Xorazmga qaytganliklaridan xabar topgach, agarda ular Xurosonga chekinmoqchi bo‘lsalar, ularga qarshi chiqadi degan maqsadda har yerga pistirmalar qo‘yadi. Jaloliddin Niso yaqinida o‘zining 300 ta askari bilan mo‘g‘ullarning 700 kishilik qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratadi. Ushbu g‘alaba mo‘g‘ullarning «afsonaviy qudrati» haqidagi mishmishlarga chek qo‘yadi. Jaloliddinning obro‘si ko‘tarilib, xalq ommasida g‘alabaga bo‘lgan ishonch mustahkamlanadi 19 . Bu g’alabadan Jaloliddin Manguberdi o‘z lashkaridan mamnun va xotirjam edi. U Toliqon shahrini qo‘noq tutgan Chingizxonni yangi jangga chorlab maktub yo‘llab: «Qayerda urush qilishni istasang, o‘sha yerga boramiz», dedi. Chingizxon birinchi marotaba alamni his qildi. U katta qo‘shin hozirlab, o‘g‘illaridan birini bosh qilib, musulmonlarga qarshi urushga jo‘natdi. Tuliy ibn Chingizning boshliq qilingani rivoyat qilinadi. Yana boshqa bir rivoyatda, Chingizxon Shiki Xutuxu no‘yon boshliq 45 ming qo‘shinni safarbar qilgani aytiladi 20 . Shunday qilib Jaloliddining kuchayib borayotganini ko’rgan Chingizxon unga qarshi Shiki Xutuxu no’yonni yuboradi Bu jang Parvon dashtida ikki qo’shin to’qnashadi. Jaloliddin Manguberdi bundan oldin ko‘p bora mo‘g‘ullarning jang taktikasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, jang maydonlarida bir necha bor duch kelganligi uchun bu jangda alohida jang uslubini qo‘llagan. Ya'ni, u mo‘g‘ullarning shiddatli kamon o‘qi yog‘dirib kelib, dushman qo‘shini safini buzib tashlash va keyinchalik sarosimaga tushirib, qirib tashlash taktikasiga qarshi jangchilarini otdan tushirib, ot jilovlarini tutib bellariga o‘rab, dastlab dushman otliqlarini kamondan o‘qqa tutib, ularning o‘zini sarosimaga solgan. Keyinchalik otda qarshi hujumga o‘tib, oxiroqibat ularni qirib tashlashni buyurgan. Ko‘pgina tarixchi va harbiy mutaxassislarning fikriga ko‘ra bu samarali usulni birinchi bo‘lib, aynan Jaloliddin Manguberdi qo‘llagan. Bu usul juda yaxshi samara bergan. Ammo, Shiki Xutuxi no‘yon ham juda ayyor va tajribali qo‘mondon ediki, bejiz Chingizxon uni Jaloliddinga qarshi yubormagan. Juvayniyning hikoya qilishicha, ShikiXutuxu no‘yon jangning ikkinchi kunga o‘tar kechasi dushman mo‘g‘ullarga madad kuchlari yetib kelibdi deb o‘ylashi uchun o‘z qo‘shiniga kigizdan qo‘g‘irchoq suvoriylarni yasashni amr qiladi. Dastlabiga bu ayyorlik ish bergan va sal bo‘lmasa Jaloliddinning lashkarboshilari unga chekinishni taklif qilganlar. Ammo Jaloliddin o‘zining mardligi bilan sal bo‘lmasa fojiaga aylanishi mumkin 18 Masharipov Q. Jaloliddin Manguberdining jahon siyosiy va harbiy tarixidagi o‘rni “Yoshlar Mediaprint” -T.: 2021. -B. 80. 19 Masharipov Q. Jaloliddin Manguberdining jahon siyosiy va harbiy tarixidagi o‘rni “Yoshlar Mediaprint” -T.: 2021. -B. 98. 20 Abu Abdulloh Shoshiy Muharrir: Shamsiddin Darg‘omiy. Mo‘g‘ul bosqini yoxud Musulmonlarning qonli kechmishi. -B. 86. 11-SON 1-JILD NOYABR 2025 – YIL 1-QISM 75 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 bo‘lgan hodisaning oldini olib, qo‘shiniga dalda bergan. Ularni olg‘a boshlagan 21 . Chingizxonning bunday tez harakati, Jaloliddinning Hind yoki Sind daryosidan kechib o‘tib, butun qo‘shin va oilaharami bilan Hindistonga o‘tib ketishdek rejasining amalga oshmay qolishiga olib keldi. Jaloliddin hatto o‘zining oilasi va haramini ham narigi qirg‘oqqa o‘tkaza olmaydi. Zero, qirg‘oq bo‘yidagi mavjud yagona kema ham eski bo‘lganligidan daryo o‘rtasiga yetaretmas toshlarga urilib, parchalanib ketadi. Oxiroqibat chorasiz qolgan Jaloliddin Chingizxonga qarshi jang maydoniga kirishga majbur bo‘ladi (ilovada jang sxemasi keltirilgan). Bu jangda Jaloliddinning haqiqiy lashkarboshilik qobiliyati yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu voqealarni aks ettiruvchi deyarli barcha yozma manbalar ma'lumotlaridan biz shuni ko‘ramizki, Chingizxonning qudratli qo‘shiniga qarshi mardonavor kurashgan barcha xalqlarning qahramonlari ichida Jaloliddingina munosib raqibi bo‘lolgan, bo‘lganda ham eng asosiy xavfli raqib bo‘lganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Zero, yer yuzining mo‘g‘ullar egallagan birorta hududidan mo‘g‘ullarga Jaloliddin kabi munosib qarshilik ko‘rsatgan kuch yoki qahramon chiqmagan edi. Garchand bu jang Jaloliddin uchun ma'lum bir yetarli sabablarga ko‘ra (ayniqsa, qo‘shin sonining ozligi) mag‘lubiyat bilan tugagan bo‘lsa ham, o‘z ko‘lamiga ko‘ra eng yirik janglardan biri bo‘ldi. Hatto hech bir mubolag‘asiz aytishimiz mumkinki, agar Jaloliddin bilan Chingizxon qo‘shinlari o‘rtasidagi farq unchalik ko‘p bo‘lmaganida edi, tarixni ham o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan hal qiluvchi janglardan biri bo‘lishi mumkin edi. Jumladan, arab tarixchisi Ibn alAsir: “Sind daryosi bo‘yidagi uch kunlik jang shunday shiddatli bo‘lgan ediki, boshqa janglar bu jang oldida bolalar o‘yinidak gap edi”, deb ta'kidlaydi 22 . Shularni hisobga olib, Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ularni butunlay yengib, Xorazmshohlar davlatini tiklay bilmaganligini, faqat uning noshud siyosatchi bo‘lganligi bilan bog‘lamasdan, uning yashagan davri, shu davrdagi siyosiy va ijtimoiy vaziyatni ilmiy jihatdan keng va chuqur tahlil qilish orqali xulosa chiqarish asosidagina baho berish lozim. Shu o‘rinda, nima uchun dir hech bir tadqiqotchi Jaloliddinning yoshini hisobga olmaydi. Jaloliddining siyosat maydonidagi faoliyati davri uning 20-33 yoshlardagi davriga to‘g‘ri keladi. Bu yoshlarda uning eng asosiy raqibi Chingizxon endi o‘zining urug‘i doirasida faoliyat olib borayotgan bo‘lib, nomi hali qo‘shni qabilalar ichida ham ma'lum emas edi. Shu bilan birga uning shaxs sifatidagi faoliyatiga baho berishda raqiblari bo‘lgan, Chingizxon va boshqa mo‘g‘ul sarkardalari, musulmon dunyosi hukmdorlari, viloyat hokimlari va qolaversa, xalifalar hayotini ham qiyosiy tahlil qilish maqsadga muvofiq ish bo‘lishligini e’tiborga olishimiz zarur. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Shixobiddin Muxammad an-Nasaviy. Jaloliddin Manguberdi hayoti. – T.: O’zbekiston, 2006. -B. 27-28. 2. Juvayniy. Tarixi jahonkusho. (Jahon fotihi tarixi). B.125; Рашидаддин. Сборник летописей. С.190. 21 Juvayniy. Tarixi jahongusho. (Jahon fotihi tarixi). -B.371-372 22 Ибн ал-Асир. Ал-камил фи-т-та’рих. (Полный свод истории). - С 367. 11-SON 1-JILD NOYABR 2025 – YIL 1-QISM 76 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 3. Masharipov Q. Jaloliddin Manguberdining jahon siyosiy va harbiy tarixidagi o‘rni “Yoshlar Mediaprint” -T.: 2021. -B. 80. 4. Abu Abdulloh Shoshiy Muharrir: Shamsiddin Darg‘omiy. Mo‘g‘ul bosqini yoxud Musulmonlarning qonli kechmishi. -B. 86. 5. Ибн ал-Асир. Ал-камил фи-т-та’рих. (Полный свод истории). С. 367.