scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FE'LGA OʻXSHASH YUKLAMALAR (الحروف المشبهة بالفعل) VA ULARNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

Talipov Nodir Batirovich

Abstract

Ushbu maqolada arab tili sintaksisida muhim oʻrin tutuvchi fe'lga oʻxshash yuklamalar (الحروف المشبهة بالفعل) hodisasi atroflicha tahlil qilinadi. Ularning grammatik vazifalari, fe'lga oʻxshashlik sabablari hamda sintaktik qurilishdagi ahamiyati Abdulqohir Jurjoniyning “Al-'Awāmil al-mi'a” asari va boshqa mumtoz manbalar asosida oʻrganiladi. Mazkur mavzuning sobiq Ittifoq va Oʻzbekistonda chop etilgan arab tili grammatik qoʻllanmalarida qanday yoritilgani qiyosiy jihatdan tahlil qilinib, mumtoz manbalardagi talqinlar bilan solishtiriladi. Shu asosda mavzuning chuqurroq ilmiy sharhi taqdim etilib, arab tili oʻqitilishida samarali qoʻllash mumkin boʻlgan nazariy xulosalar beriladi.

Full text

113 FEʼLGA OʻXSHASH YUKLAMALAR (لعفلاب ةهبشملا فورحلا) VA ULARNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI Talipov Nodir Batirovich, Oriental universiteti, Tillar-1 kafedrasi katta oʻqituvchisi [email protected] Annotatsiya. Ushbu maqolada arab tili sintaksisida muhim oʻrin tutuvchi feʼlga oʻxshash yuklamalar (لعفلاب ةهبشملا فورحلا) hodisasi atroflicha tahlil qilinadi. Ularning grammatik vazifalari, feʼlga oʻxshashlik sabablari hamda sintaktik qurilishdagi ahamiyati Abdulqohir Jurjoniyning “Al-ʼAwāmil al-miʼa” asari va boshqa mumtoz manbalar asosida oʻrganiladi. Mazkur mavzuning sobiq Ittifoq va Oʻzbekistonda chop etilgan arab tili grammatik qoʻllanmalarida qanday yoritilgani qiyosiy jihatdan tahlil qilinib, mumtoz manbalardagi talqinlar bilan solishtiriladi. Shu asosda mavzuning chuqurroq ilmiy sharhi taqdim etilib, arab tili oʻqitilishida samarali qoʻllash mumkin boʻlgan nazariy xulosalar beriladi. Kalit soʻzlar: لعفلاب ةهبشملا فورحلا, sintaksis, Al-ʼAwāmil al-miʼa, arab tili grammatikasi, qiyosiy tahlil. Abstract. This article presents an in-depth analysis of al-ḥurūf al-mushabbaha bi-l-fiʿl as an important phenomenon in Arabic syntax. Their grammatical functions, the reasons for their resemblance to verbs, and their significance in syntactic structures are examined on the basis of Abdulqahir al-Jurjaniʼs Al-ʼAwāmil al-Miʼa and other classical sources. In addition, the study conducts a comparative analysis of how this topic has been presented in Arabic grammar textbooks published in the former Soviet Union and Uzbekistan, examining both similarities and differences with classical interpretations. On this basis, the article offers more detailed explanations and provides theoretical insights that can be effectively applied in the teaching of Arabic. Keywords: al-ḥurūf al-mushabbaha bi-l-fiʿl, syntax, Al-ʼAwāmil al-Miʼa, Arabic grammar, comparative analysis. Kirish. Arab tili grammatikasi (يبرعلا وحنلا) oʻzining qadimiyligi, mukammalligi va ilmiy asoslari bilan boshqa koʻplab tillar grammatik tizimlaridan ajralib turadi. Unda nafaqat tilning amaliy jihatlari, balki chuqur nazariy tushunchalar ham ishlab chiqilgan boʻlib, arab tili sintaksisi asrlar davomida musulmon sharqidagi tilshunoslik maktablarining eng asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida shakllangan. Ana shunday murakkab va dolzarb sintaktik hodisalardan biri bu — feʼlga oʻxshash yuklamalar (لعفلاب ةهبشملا فورحلا) hodisasidir. Ular arab tilida gapning qurilishi va maʼnosiga bevosita taʼsir etib, эганинг тушум келишигида ( بوصنم) boʻlishi va кесимнинг бош келишик (عوفرم) shaklda kelishini talab qiladi. Mazkur hodisa grammatik nazariya doirasida muhim kategoriyalardan biri boʻlishi bilan birga, amaliy nutqiy faoliyatda ham katta ahamiyat kasb etadi. Xususan, Qurʼon oyatlarida, hadis matnlarida, mumtoz adabiyot namunalarida va zamonaviy yozma hamda ogʻzaki nutqda keng qoʻllanilishi uning nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham oʻquvchi va tadqiqotchilar uchun muhim oʻrganish obyekti ekanini koʻrsatadi. 114 “Feʼlga oʻxshash yuklamalar” deb atalishining sabablari bir necha asoslar bilan bogʻliq. Ularning morfologik va semantik jihatdan feʼlga yaqinligi, masalan, jumlaga taʼkidlash, oʻxshatish, maʼnoni toʻgʻirlash, tilak, orzu maʼnolarini qoʻshishi, shuningdek, oxirida fatha bilan kelishi va ayrim hollarda “saqlovchi nun” (ةياقولا نون) bilan qoʻllanishi, bu hodisaning feʼl tabiatiga qanchalik yaqinligini koʻrsatadi. Mumtoz grammatik adabiyotlarda, xususan, Abdulqohir Jurjoniyning mashhur “Al-ʼAwāmil al-miʼa” asarida ushbu yuklamalarning vazifasi chuqur izohlangan. Jurjoniy ularni gap qurilishining markaziy omillaridan biri sifatida koʻrib, ularning naqadar muhim sintaktik rol oʻynashini koʻrsatib bergan. Shuningdek, boshqa grammatik manbalarda ham (Sibavayh, Ibn Hishom, Zamaxshariy va boshqalar) mazkur hodisaga alohida eʼtibor qaratilgan. Sobiq Ittifoq va Oʻzbekistonda nashr etilgan arab tili grammatik qoʻllanmalarida لعفلاب ةهّبشملا فورحلا masalasi, asosan, sintaktik jihatdan talqin etilgan. Masalan, N. Ibrohimov va M. Yusufning “Arab tili grammatikasi” nomli qoʻllanmasida ushbu yuklamalarning grammatik vazifasi hamda oltita turi zikr etilgan boʻlsa-da, ularning semantik mazmuni (masalan, نإ – taʼkid, لعل – umid yoki qoʻrquv, تيل – orzu, نأك – tashbeh) keng yoritilmagan 1 . Xuddi shuningdek, B. Khalidov tomonidan rus tilida yaratilgan darslikda ham mazkur yuklamalarning sintaktik vazifalari asosiy eʼtiborga olingan. Baʼzi hollarda maʼnolar qisqacha qayd etilgan boʻlishi mumkin, biroq ular keng tahlil etilmagan 2 . V. Kovalev va G. Sharbatov 3 hamda A. Kuzmin 4 darsliklarida esa ushbu hodisa yanada soddalashtirilgan holda, koʻproq bosh kelishik va tushum kelishigi oʻzgarishi misolida izohlangan. Yuklamalarning nutqdagi semantik xususiyatlari deyarli ochib berilmay, grammatik taʼsiri bilan chegaralangan. Ushbu qoʻllanmalarda لعفلاب ةهّبشملا فورحلا hodisasining grammatik vazifasi qisqa va oʻquv jarayoniga moʻljallangan tarzda bayon qilingan boʻlib, uning semantik imkoniyatlari, uslubiy qiymati va matndagi maʼno rang-barangligi yetarli darajada yoritilmagan. Shu bois, bu hodisani mukammal anglash uchun mumtoz grammatik manbalar bilan qiyosiy tahlil zarurdir. Mazkur maqola ana shu ehtiyojdan kelib chiqib yozilgan boʻlib, unda فورحلا لعفلاب ةهبشملا hodisasi nafaqat grammatik qoidalar darajasida, balki uning arab tili nazariyasi va amaliyotidagi oʻrni, Qurʼon va adabiyotdagi qoʻllanishi hamda oʻqitish jarayonidagi ahamiyati yoritiladi. Asosiy qism 1. َّنإ (darhaqiqat, albatta) َّنإ yuklamasi jumlaning mazmunini taʼkidlash uchun ishlatiladi. U kelganda ismiy jumlaning egasi tushum kelishigida ( بصن), kesimi esa bosh kelishikda (عفر) boʻladi. Masalan: ٌقِلَطْنُم اًدْيَز نِإ – Darhaqiqat, Zayd yoʻlga chiqdi. 1 Ibrohimov, N., & Muhammad Yusuf. Arab tili grammatikasi. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2000. – B.212. 2 Khalidov, B. Z. Uchebnik arabskogo yazyka. – Moskva: Vostochnaya literatura, 1985. – S.145. 3 Kovalev, V. V., & Sharbatov, G. I. Uchebnik arabskogo yazyka. – Moskva: Vysshaya shkola, 1981. – S.133. 4 Kuzmin, A. D. Uchebnik arabskogo yazyka. – Moskva: Vostok–Zapad, 1977. – S.120. 115 Abdulqohir Jurjoniy bu yuklamaning asosiy vazifasi gapdagi maʼno qatʼiyatini mustahkamlash ekanligini taʼkidlaydi. Unga koʻra, َّنإ gapning xabar qismini tinglovchi ongida shubhasiz qilib qoʻyadi. 2. َّنأ (darhaqiqat, albatta) َّنأ yuklamasi ham mazmunni taʼkidlash vazifasiga ega. Biroq, u koʻproq ergash gaplarda, boshqa feʼllardan keyin keladi. Masalan: ٌبِهاَذ اًدْيَز نَأ يِنَغَلَب – Menga Zayd ketayotgani xabar qilindi. Jurjoniyning taʼkidlashicha, َّنأ orqali keltirilgan gap aslida َّنإ bilan bir xil taʼsir kuchiga ega, faqat nutq qurilishidagi vazifasi boshqacha. 3. َّنأك (goʻyo, xuddi) نأك tashbeh (هيبشت – oʻxshatish) maʼnosini beradi. U bilan taqqoslash kuchliroq boʻlib, taʼkid tusini oladi. Masalan: ُدَسَلأا اًدْيَز نَأَك – Zayd goʻyo sher kabidir. Mustafa Gʻalayniy sharhida taʼkidlanganidek, َّنأك aslida َّنإ yuklamasi va tashbeh bildiruvchi فاك qoʻshimchasining qoʻshilishidan yuzaga kelgan boʻlib, shu sababli u kuchli taʼkidli tashbeh vositasi hisoblanadi. U bu haqda shunday deydi: 1 « د كؤملا هيبشتلا :اهانعمو ،ًةدحاو ًةملك اتراصف ،هيبشتلل ُ فاكلاو نإ : نأك ُلصأو.» 4. َّنكل (lekin, biroq) نكل istidrok (كاردتسلاا – maʼnoni toʻgʻrilash, istisno qilish) uchun ishlatiladi. U oldingi gapning maʼnosini toʻldiradi yoki qarama-qarshi qoʻyadi. Masalan: ٌرِ ضاَح اًرْمَع نِكَل ٌدْيَز يِنَءاَج اَم – Zayd kelmadi, biroq Amr шу ерда. Jurjoniyning izohicha, bu yuklama gaplarning maʼnosini muvozanatlashtirib, nutqdagi tafovutni bartaraf etadi. 5. َتيل (koshki, qani edi) َتيل – tilak, orzuni bildiradi. U baʼzan imkoni boʻlgan, baʼzan esa imkoni boʻlmagan orzularni ifodalaydi. Masalan: ُدوُعَي َباَب شلا َتْيَل – Koshki yoshligim qaytsa edi. ٌدِباَع اًدْيَز َتْيَل – Koshki Zayd ibodat qilsa edi. Jurjoniyning taʼkidlashicha, َتيل arab sheʼriyati va adabiyotida eng koʻp ishlatiladigan yuklamalardan biridir, chunki u insonning orzu va armonlarini ifodalaydi. 6. َّلعل (balki, ehtimol) لعل – umidni bildiradi. U voqea roʻy berishi mumkin boʻlgan holatlarda ishlatiladi. Masalan: ٌدِباَع اًدْيَز لَعَل – Ehtimol Zayd ibodat qilayotgandir. Arab tilshunoslari taʼkidlaganidek, bu yuklama gapni noaniq va kutilayotgan holat bilan bogʻlaydi, tinglovchi ongida kutish kayfiyatini uygʻotadi. Feʼlga oʻxshashlik sabablari Bu yuklamalarga لعفلاب ةهبشملا فورحلا deb nom berilishining asosiy sabablari: 1. Ularning oxirida feʼl kabi fatha boʻlishi. 2. Ularning maʼnosida feʼlga xos maʼnolarning mavjudligi (taʼkid, tashbeh, tuzatish, orzu, umid). 1 Mustafa al-G‘alaynī, Jāmi‘ ad-Durūs al-‘Arabiyya, Bayrut: al-Maktaba al-‘Asriyya, 2005, – B.112. 116 3. Ularning ayrim hollarda feʼl singari ةياقولا نون bilan kelishi. Masalan: يِن نِإ (Darhaqiqat, men). Abdulqohir Jurjoniy taʼkidlaganidek, » لعافلا يف لعفلا لمع ربخلاو أدتبملا يف لمعت ،لمعلا يف لاعفلأا ىرجم ةيراج لعفلاب ةهبشملا فورحلا لوعفملاو« 1 yaʼni, feʼlga oʻxshash yuklamalar gap qurilishida mustaqil grammatik quvvatga ega boʻlib, ismiy jumlada ega va kesimni feʼlning feʼliy jumlada ega va toʻldiruvchiga taʼsir qilishi kabi boshqaradi, shu orqali gap maʼnosini oʻzgartiradi va mustahkamlaydi. Xulosa. Arab tili grammatik tizimida لعفلاب ةهبشملا فورحلا (feʼlga oʻxshash harflar) alohida sintaktik hodisa sifatida ajralib turadi. Ularning vazifasi nafaqat ismiy jumlaning egasini tushum kelishigida va kesimini bosh kelishikda kelishi bilan chegaralanmaydi, balki jumlaning umumiy maʼnosini kuchaytirish, tasdiqlash, istisno qilish, oʻxshatish, istak va umidni ifodalash kabi murakkab maʼno nozikliklarini taʼminlashdir. Shu jihatdan, ular arab tili nahv ilmining nafaqat texnik qoidasi, balki uslubiy va semantik boyligining ham muhim qismidir. Abdulqohir Jurjoniyning “Al-ʼAwāmil al-miʼa” asarida ushbu harflar izchil va aniq tahlil qilingan boʻlib, ularning grammatik vazifalari, feʼlga oʻxshashlik sabablari va semantik ahamiyati juda mukammal tarzda yoritilgan. Ayniqsa, Jurjoniyning ushbu mavzuga yondashuvi oʻquvchiga har bir harfning qoʻllanish vaziyatini kengroq koʻrsatib beradi. Masalan, “ ٌقلطنم اًديز ّنإ”, “ ٌرون ملعلا ّنأك”, “ ُدوعي َبابشلا تيل” kabi misollar orqali bu harflarning nafaqat sintaktik, balki uslubiy kuchi ham namoyon boʻladi. Mazkur mavzuni oʻrganishda shuni alohida qayd etish kerakki, sobiq ittifoq davrida va Oʻzbekistonda chop etilgan ayrim arab tili grammatik qoʻllanmalarida bu masala odatda qisqa va umumiy tarzda sharhlanib, faqat asosiy qoidalarga eʼtibor qaratilgan. Biroq, zamonaviy arab manbalari va anʼanaviy arab grammatik asarlari bilan qiyoslaganda, mavzuning badiiy-uslubiy va semantik imkoniyatlari yetarlicha chuqur ochilmaganini koʻrish mumkin. Shuning uchun bu qoʻllanmalardagi yondashuvni klassik manbalar bilan solishtirish arab tilini oʻrganuvchi talabalar uchun katta foyda beradi. Bu, bir tomondan, ilmiy-nazariy tahlilni boyitsa, ikkinchi tomondan, arab tili oʻqitish metodikasida ham samaradorlikni oshiradi. Xulosa qilib aytganda, لعفلاب ةهبشملا فورحلا masalasi arab tili grammatik tizimida beqiyos ahamiyatga ega boʻlib, uni chuqur oʻrganish nafaqat nazariy tilshunoslik, balki amaliy nutq va tarjima faoliyati uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Kelajakda bu mavzuni yanada kengroq tadqiq etish, klassik manbalarni zamonaviy qoʻllanmalar bilan uygʻunlashtirish hamda oʻzbek tilidagi араб тилининг grammatikасига оид adabiyotlarni shu asosda boyitish ва илмийлаштириш zarurdir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Abdulqahir al-Jurjaniy. (2003). Al-ʼAwāmil al-Miʼa (Tahrir va tahlil). Qohira: Dar al-Kutub al-ʼIlmiyya. 2. Sibawayh. (1988). Al-Kitab (A. S. Harun, Tahrir). Qohira: Al-Hayʼa alMisriyya al-ʼAmma lil-Kitab. 1 Abdulqohir Jurjoniy, Al-‘Awāmil al-Mi’a, Qohira: Dar al-Kutub al-‘Ilmiyya, 2003, – B.15. 117 3. Ibn Hisham al-Ansariy. (1991). Mughni al-Labib ʼan Kutub al-Aʼarib. Bayrut: Dar al-Fikr. 4. Al-Zamakhshariy. (1998). Al-Mufassal fi ʼIlm al-ʼArabiyya. Bayrut: Dar alKutub al-ʼIlmiyya. 5. Mustafa al-Ghalayiniy. (2005). Jamiʼ al-Durus al-ʼArabiyya. Bayrut: AlMaktaba al-ʼAsriyya. 6. Ibn Malik. (1990). Alfiyyat Ibn Malik (Sharh Ibn Aqil). Bayrut: Dar al-Fikr. 7. Abu Hayyan al-Andalusiy. (1998). Irtiqa al-ʼArab fi Nahw. Bayrut: Dar alKutub al-ʼIlmiyya. 8. Al-Radi al-Astarabadi. (1993). Sharh al-Kafiya. Qohira: Maktabat al-Khanji. 9. Al-Suyutiy. (1999). Hamʼ al-Hawamiʼ fi Sharh Jamʼ al-Jawamiʼ. Bayrut: Dar al-Kutub al-ʼIlmiyya. 10. Doktor al-Badroviy Zahron. (1983). Miʾat ʿĀmil Naḥwī li-ʿAbd al-Qāhir alJurjānī wa-Atharuhā fī Taʼsīs ʿIlm al-Naḥw al-ʿArabī (Jurjoniyning Yuz grammatik omillari arab tili ilmining asoslarida). Qohira: Dar al-Maʼarif. Oʻzbek va rus manbalari 11. Ibrohimov, N., & Muhammad Yusuf. (2000). Arab tili grammatikasi. Toshkent: Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 12. Khalidov, B. Z. (1985). Uchebnik arabskogo yazyka. Moskva: Vostochnaya literatura. 13. Kovalev, V. V., & Sharbatov, G. I. (1981). Uchebnik arabskogo yazyka. Moskva: Vysshaya shkola. 14. Kuzmin, A. D. (1977). Uchebnik arabskogo yazyka. Moskva: Vostok–Zapad. 15. Rahimov, A. (1998). Arab tili sintaksisi. Toshkent: Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi nashriyoti. 16. Matyoqubov, M. (2005). Arab tili morfologiyasi va sintaksisi. Toshkent: Toshkent Islom Universiteti nashriyoti. 17. Muhammadiev, A. (2010). Arab tili nahvining asosiy tushunchalari. Toshkent: Universitet nashriyoti.