scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAHMUDXOʻJA BEHBUDIY "BIZNI KEMIRGUVCHI ILLATLAR" MAQOLASIDA QOʻLLANGAN DINIY BIRLIKLARNING SEMANTIK-STURUKTUR XUSUSIYATLARI

Rayimjonov Sayidolim Madaminjon oʻgʻli

Abstract

Maqolada Mahmudxoʻja Behbudiy faoliyati va uning diniy-ijtimoiy qarashlari tahlil etiladi. Behbudiy jadidchilik harakatining yetakchi arbobi sifatida yangi usul maktablari, milliy drama va matbuot taraqqiyotiga hissa qoʻshgani qayd etiladi. Asarlarda uchraydigan arabcha diniy terminlar mavzuviy guruhlarga tasnif qilinib, ularning oʻzbek tiliga oʻzlashuvi jarayoni yoritiladi. Xususan, aqidaviy, fiqhiy, marosimiy va ibodatga oid atamalar tahlili berilgan. Tadqiqot oʻzbek tilining boyishida arabizmlarning oʻrni muhimligini koʻrsatadi.

Full text

124 MAHMUDXOʻJA BEHBUDIY “BIZNI KEMIRGUVCHI ILLATLAR” MAQOLASIDA QOʻLLANGAN DINIY BIRLIKLARNING SEMANTIKSTURUKTUR XUSUSIYATLARI Rayimjonov Sayidolim Madaminjon oʻgʻli, Oriental universiteti Tillar-1 kafedrasi oʻqituvchisi sayidolim[email protected]m Annotatsiya. Maqolada Mahmudxoʻja Behbudiy faoliyati va uning diniy-ijtimoiy qarashlari tahlil etiladi. Behbudiy jadidchilik harakatining yetakchi arbobi sifatida yangi usul maktablari, milliy drama va matbuot taraqqiyotiga hissa qoʻshgani qayd etiladi. Asarlarda uchraydigan arabcha diniy terminlar mavzuviy guruhlarga tasnif qilinib, ularning oʻzbek tiliga oʻzlashuvi jarayoni yoritiladi. Xususan, aqidaviy, fiqhiy, marosimiy va ibodatga oid atamalar tahlili berilgan. Tadqiqot oʻzbek tilining boyishida arabizmlarning oʻrni muhimligini koʻrsatadi. Kalit soʻzlar: Behbudiy, jadidchilik, arabcha terminlar, fiqhiy atamalar, oʻzbek. Abstract. The article examines the activities and socio-religious views of Mahmudkhoja Behbudi, a prominent leader of the Jadid movement. As a pioneer of modern schools, national drama, and journalism, his role in cultural development is emphasized. Arabic religious terms used in his works are classified into thematic groups, such as theological, legal, ritual, and devotional concepts. The study highlights how these terms entered the Uzbek language through different forms of adoption, demonstrating the significant role of Arabisms in enriching Uzbek vocabulary. Keywords: Behbudi, Jadidism, Arabic terms, fiqh terminology, Uzbek language Soʻngi yillarida koʻplab mutafakkirlar qatori oʻz zamonining ijtimoiy-siyosiy muhitiga bevosita taʼsir koʻrsatgan peshqadam arbob, yangi usul maktabi targʻibotchisi, oʻzbek drama sanʼatini boshlab bergan birinchi dramaturg, jurnalist, noshir va muharrir Mahmudxoʻja Behbudiy faoliyati ham keng koʻlamda tadqiq etish yangi boshqichga koʻtarildi. Yangi Oʻzbekistonda taʼlim-tarbiya, ijtimoiy, madaniymaʼrifiy muhitni soʻgʻlomlashtirish uchun jadidlar yondashuvlari, gʻoyalari keng hayotga tatbiq etilmoqda. Oʻzbek milliy tilining shakllanishi va rivojida oʻzbek tilining 20-40-yillar davri alohida oʻrin tutadi. Chunki oʻzbek milliy tili, uning asosini tashkil etuvchi yangi oʻzbek adabiy tili qanday asoslarga tayangan holda rivojlanmogʻi kerak, deyilgan masalada oʻsha davrda xilma-xil qarashlar va harakatlar oldinga surilgan edi. Shu sababdan ham, yurtimiz rahbari Sh.Mirziyoyev 2020-yilning 24-yanvarida Oliy Majlisga Murojaatnomasida bu borada alohida toʻxtalib, shunday dedi: “Biz jadidchilik harakati, maʼrifatparvar bobolarimiz merosini chuqur oʻrganishimiz kerak. Bu maʼnaviy xazinani qancha koʻp oʻrgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda koʻp savollarga toʻgʻri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targʻib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab etadi” 1 . 1 Xalq so‘zi 19-nashr 25.01.2020. – B. 4. 125 Mahmudxoʻja Behbudiy asarlarida qoʻllanilgan arabcha diniy terminlarni quyidagi mavzuviy guruhlarga tasnif qilish mumkin: 1. Aqidaviy tushunchani anglatuvchi atamalar: imon, islom, amal, qiyomat, azob, din, jannat, jahannam, oxirat, dunyo, shariat, qozi, islom, duo, moʻmin, fosiq, kofir, rosul, nabiy kabilar. 3. Zakotga oid fiqhiy atamalar: zakot, nisob, sana, faqir, mol. 4. Roʻzaga oid fiqhiy atamalar: sovm, ramazon, oqil, boligʻ, niyyat, gʻurub. iftor, musofir, safar. 5. Haj va umra ziyoratiga oid fiqhiy atamalar: kaʼbatulloh, tavof qilmoq, iyd, arofat, “labbayka”, ehrom, Makka umr. 6. Shariat qonun-qoidalariga oid atamalar: mustahab, sunnat, vojib, farz (kifoya, ayn), makruh, harom, botil, mukallaf, shariat, millat va b. 7. Turli marosimlarga oid atamalar Quyida “Bizni kemirguvchi illatlar” maqolasida qoʻllangan diniy birliklarning mavzuviy va semantik xususiyatlar jadval asosida tahlil etiladi. № Termin (oʻzbekcha) Arabcha asl shakli Izoh (Oʻzbek tili izohli lugʻatiga asosan) Mavzuviy guruh 1 Qurʼoni karim نآرقلا ميركلا Qurʼon (arabcha: نآرقلا oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad paygʻambarga 610—632 yillar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Aqidaviy tushunchani anglatuvchi atamalar 3 Xudo / Tangrimiz الله Alloh, Yaratuvchi zot. Diniy tushunchaga, xususan islom diniga koʻra, butun mavjudotni, butun olamni yaratgan va uni boshqaruvchi oliy ilohiy kuch; har qanday dinning eʼtiqod qilish asosi (musulmonlarda: Alloh soʻzining sinonimi). — Mirzo Anvar inimga xudo martaba ato qilgan emish deb eshitdim, — dedi Safar boʻzchi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon Aqidaviy tushunchani anglatuvchi atamalar 4 Rasul / paygʻambar لوسرلا / يبنلا Ollohning vakili, elchisi (Muhammad paygʻambarning sifati). •Xudo va Rasulga boʻlgan haqorat — kufr va murtadlik boʻlib, kofir va murtadning jazosi qatl, dorga Aqidaviy tushunchani anglatuvchi atamalar 126 osilish va sangsor qilish emasmi? S. Ayniy, Qullar 5 Jahannam منهج 1. din. Gunohkorlarning ruhi narigi dunyoda doimiy azobda yashaydigan joy; doʻzax. — Jahannam qaʼriga ketibdi zolim! — deb gap otdi Sodiq temirchi. H. Gʻulom, Mashʼal 2. koʻchma Chidab boʻlmaydigan sharoit, azob, ogʻir muhit. Gulnor uch kunni jahannam azobida oʻtkazdi. Oybek, Tanlangan asarlar Aqidaviy tushunchani anglatuvchi atamalar 6 Shariat ةعيرشلا din. Islom huquq tizimida: musulmonlarning Qurʼon asosida ishlab chiqilgan diniy, jinoiy va fuqarolik qonun va qoidalari majmui. U Buxoroda madrasada oʻqib yurganda, shariat va tariqat ilmini yaxshi oʻrgangan, Quronni yod bilar edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar Fiqhga oid atamalar 7 Shoreʼi aʼzam عراشلا مظعلأا Eng ulugʻ hukm chiqaruvchi Zot (Alloh) Fiqhga oid atamalar 8 Faroiz ضئارفلا «Faroiz» soʻzi farz soʻzining jamʼidir. Farz esa lugʻatda, oʻlchov, kesish va bayon qilish maʼnolarini bildiradi. Meʼros ilmi Fiqhga oid atamalar, ijtimoiy muomila masalasi 9 Dafn نفدلا Arb. Koʻmmoq. Oʻlgan kishi (mayit)ni koʻmish, qabrga qoʻyish marosimi. Odil buvani Sobir oʻz qoʻli bilan dafn etdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi Fiqhga oid atamalar, ijtimoiy muomila masalasi 10 Kafan نفكلا Marhumni oʻrash uchun mato. Koʻmish oldidan murdani oʻraydigan oq mato; qabr libosi. Yigitali otasining oyoqlarini quchoqlab, oʻkirib-oʻkirib uzoq yigʻladi, biroq, kafan tortilgan yuzlarini koʻra olmadi. D. Nuriy, Osmon ustuni Fiqhga oid atamalar, ijtimoiy muomila masalasi 127 11 Meros ثاريملا 1. Marhumdan vorislarga qolgan mulk. Xotinimga tegadigan merosdan mani quruq qilishga urinishadi ular. Lekin boʻsh kelmayman. Oybek, Tanlangan asarlar Fiqhga oid atamalar, ijtimoiy muomila masalasi Varasa ةثرولا Vorislar/ merosxoʻrlar Fiqhga oid atamalar, ijtimoiy muomila masalasi 13 Nikoḥ حاكنلا 1. Er-xotinlikni shariat yoʻli bilan rasmiylashtirish marosimi va shu marosimda domulla tomonidan oʻqiladigan shartnoma. — Hozir Zuhur mahsum chiqsa, ayangizni chaqirib, nikoh oʻqiymiz! — dedi domla. Mushtum 2. Er-xotinning oʻzaro roziligi bilan huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan oilaviy ittifoq; er-xotinlik. Fiqhga oid atamalar, ijtimoiy muomila masalasi 17 Taʼziya ةيزعتلا Kimsaning vafoti munosabati bilan tutiladigan aza, motam; azador kishiga tasalli berish, undan ahvol soʻrash. Botir akasining taʼziyalari oʻtgandan keyin, xolasining bir gapi bilan shu yerga kelgan edi. R. Fayziy, Hazrati inson Fiqhga oid atamalar, ijtimoiy muomila masalasi 18 Sadaqa / xayrot ةقدصلا / تاريخلا 1. Tilanchiga, muhtojlarga beriladigan xayr-ehson. Shoqosim past, ayanchli ovoz 2. Xudo yoʻliga, aziz-avliyolarga ulardan najot istab qilinadigan ehson; qurbonlik. 3. Oluvchi nazarida sadaqa boʻlib tuyuladigan xayr-ehson, pul. Xotiningiz sizni allaqachon unutibdi, sadaqalaringizga muhtoj emas ekan, deb ayting. S. Ahmad, Kadr-don dalalar Fiqhga oid atamalar, ijtimoiy muomila masalasi 21 Astagʻfirulloh رفغتسأ الله Duo. “Allohdan magʻfirat soʻrayman” Ibodat va zikr 22 Subhanolloh ناحبس الله Duo. “Alloh nuqsondan pok” Ibodat va zikr 128 23 Kofir / kofirona رفاك / نورفاك 1. din. Ayn. gʻayridin. Hamma musulmonlar babbaravar, deb oʻylaysizmi? Musulmonlar oʻrtasida boʻrilar yoʻqmi? Mayli, kofirmi, musulmonmi, biz boʻrilarning jazosini beramiz. Ular kofirda ham bor, musulmonda ham. Oybek, Tanlangan asarlar 2. Din yoʻlidan qaytgan, xudosiz. Bir zum choʻzilgan sukutni Salimboyvachcha buzdi: — Ulamolarimiz gazeta oʻqigan odamlarni ham kofir deb hisoblaydilarki, bu jaholatdan boshqa narsa emas. Oybek, Tanlangan asarlar Aqidaviy tushunchani anglatuvchi atamalar 24 Sagʻir ريغصلا 1. Hali voyaga yetmagan yetim bola. Sagʻir haqqiga tegib boʻlmas. Sagʻirning haqi — sopqonning oʻqi. Maqol 2. Yosh bola, kichkina bola. Mahalla bu hangomadan uygʻonib, Eshigiga keldi sagʻir-u kabir. Muqimiy Fiqhga oid atamalar, ijtimoiy muomila masalasi Xulosa qilib aytilsa, adib oʻz zamonida faol qoʻllangan arabiy oʻzlashmalardan koʻplab foydalangan. Arabizmlardan oʻzbek tilida keng foydalanishi bevosida din umumiyligi va oʻsha paytdagi ilm-fan, madaniyat taroqqiyoti bilan bevosita bogʻliqdir. Terminlarning aqidaviy, fiqhiy, ibodat va marosimiy guruhlarga ajratilishi ularning ijtimoiy-maʼnaviy hayotdagi turli funksiyalarini koʻrsatadi. Arabizmlarning oʻzbek tiliga turli yoʻllar bilan kirib kelishi esa tilning boyishi va tarixiy taraqqiyotida muhim bosqich boʻlganini isbotlaydi. Ushbu jarayon diniy-madaniy aloqalar bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, bugungi milliy oʻzlikni anglashda ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Adabiyotlar roʻyxati: 1. Islom ensiklopediyasi. – Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2004. – 357 b. 2. Karimov N. Mahmudxoʻja Behbudiy. Tanlangan asarlar. J.I.. -Toshkent: Akademnashr, 2021. – 512 b. 3. Mahmudxoʻja Behbudiy. Amaliyoti islam (toshbosma inv. 13866,). – Samarqand, 1908. – b 36 129 4. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (I jild). Toshkent: “Oʻzbekiston milliy yensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 5. Rayimjonov, S. (2025). MAHMUDXOʻJA BEHBUDIYNING “AMALIYOTI ISLOM” ASARIDA QOʻLLANGAN ARABCHA DINIY TERMINLAR TAHLILI // Xorijiy tillar tadqiqi va taʼlimi muammolari. 146-149. https://doi.org/10.5281/zenodo.14875568 6. Ubaydullaev , A. . (2024). ARABISM OF ALISHER NAVOIʼS WORK “NASAIMU-L MUHABBAT”. Академические исследования в современной науке, 3(17), 36–39. извлечено от https://www.econferences.ru/index.php/arims/article/view/15722 7. Xalq soʻzi 19-nashr 25.01.2020 – B. 4 8. Богин Г.И. Современная лингводидактика. – Калинин: Калинин. гос. унт, 1980. – 61 с. 9. Икромжонов , А. . (2023). ФАХРУДДИН ЎЗЖАНДИЙ ВА УНИНГ ИСЛОМ HУQУQИДА ТУТГАН ЎРНИ. Евразийский журнал академических исследований, 3(9), 173–178. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/ejar/article/view/20825 10. Сотволдиев, С. (2023). Важност развития навыка исползования инфографики в уроках арабского языка для улучшения коммуникативных навыков студентов. Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения, 1(1), 69–72. https://doi.org/10.47689/ATGD:IYOMvol1-iss1-pp69-72-id2839