scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ARAB VA OʻZBEK TILLARIDA TA'LIM-TARBIYAGA OID ZOOFRAZEMALARNING LINGVOMADANIY TAHLILI

Boborajabov Muhammadiqbol

Abstract

Maqolada arab va oʻzbek tillarida shakllangan ta'lim-tarbiyaga oid zoofrazemalar lingvomadaniy nuqtayi nazardan oʻrganiladi. Unda frazeologik birliklarning xalq tafakkuri, tarbiyaviy qarashlari va milliy qadriyatlarini ifodalashdagi oʻrni yoritiladi. Tadqiqot davomida zoofrazemalarning tarbiya jarayonidagi ma'nodoshlik va ma'nofarzlik jihatlari tahlil qilinib, ularning axloqiy-me'yoriy ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, arab va oʻzbek xalqining turmush tarzi, madaniy tajribasi va pedagogik qarashlari frazeologizmlar misolida qiyosiy tahlil qilinadi. Natijada, zoofrazemalarning ta'lim-tarbiyada estetik vosita sifatida ham, axloqiy-me'yoriy koʻrsatkich sifatida ham muhim ahamiyat kasb etishi koʻrsatib beriladi.

Full text

167 ARAB VA OʻZBEK TILLARIDA TAʼLIM-TARBIYAGA OID ZOOFRAZEMALARNING LINGVOMADANIY TAHLILI Boborajabov Muhammadiqbol, Oriental universiteti oʻqituvchisi [email protected] Annotatsiya. Maqolada arab va oʻzbek tillarida shakllangan taʼlim-tarbiyaga oid zoofrazemalar lingvomadaniy nuqtayi nazardan oʻrganiladi. Unda frazeologik birliklarning xalq tafakkuri, tarbiyaviy qarashlari va milliy qadriyatlarini ifodalashdagi oʻrni yoritiladi. Tadqiqot davomida zoofrazemalarning tarbiya jarayonidagi maʼnodoshlik va maʼnofarzlik jihatlari tahlil qilinib, ularning axloqiymeʼyoriy ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, arab va oʻzbek xalqining turmush tarzi, madaniy tajribasi va pedagogik qarashlari frazeologizmlar misolida qiyosiy tahlil qilinadi. Natijada, zoofrazemalarning taʼlim-tarbiyada estetik vosita sifatida ham, axloqiy-meʼyoriy koʻrsatkich sifatida ham muhim ahamiyat kasb etishi koʻrsatib beriladi. Kalit soʻzlar: frazeologizm, zoofrazema, taʼlim-tarbiya, lingvomadaniyat, milliy qadriyat, madaniy ramz, qiyosiy tahlil. Annotation. The article studies educational zoophrases formed in the Arabic and Uzbek languages from a linguistic and cultural point of view. It highlights the role of phraseological units in expressing national thinking, educational views and national values. During the study, the semantic and semantic aspects of zoophrases in the educational process are analyzed, and their moral and normative significance is revealed. Also, the lifestyle, cultural experience and pedagogical views of the Arab and Uzbek people are comparatively analyzed using phraseologisms. As a result, it is shown that zoophrases play an important role in education both as an aesthetic tool and as a moral and normative indicator. Keywords: phraseology, zoophrase, education, linguistic culture, national value, cultural symbol, comparative analysis. Arab tilidagi ayrim taʼlim-tarbiyaga oid zoofrazemalar ham arab xalqi madaniyatini oʻzida aks ettiradi. Arab frazeologizmlarida لمج (tuya), سرف (ot), بض (kaltakesak), بارغ (qargʻa), بلك (it), دسأ (sher), روفصع (chumchuq) kabi hayvon va qush nomlari koʻp uchraydi. Ushbu hayvonlar arab diyorlarida keng tarqaganligi va arablar oʻz hayotlari davomida ulardan keng foydalanganligi sababli arab madaniyatiga kirib borgan. Yuqorida taʼkidlanganidek لمجلا (tuya) arablar eng koʻp foydalanadigan hayvon boʻlib, ular nazdida sabrlilik timsolidir. Tuya soʻzi Qurʼoni karimning bir qancha oyatlarida, arab sheʼriyatida, maqol va frazeologik birliklarida uchraydi. Quyida tuya leksemasi ishtirokidagi ayrim frazeologizmlarni koʻrish mumkin: رتجي هفوج نم لمجلا (tuya oʻz qornidan chaynaydi) – ushbu frazema halol mehnat qilib pul topadigan shaxs holatiga nisbatan qoʻllaniladi. رامحلاك مهفي و لمجلاك لمحي (tuya kabi yuk koʻtarib eshak kabi tushunadi). Ushbu ibora yodlab lekin maʼnosini tushunmaslik holatini ifodalaydi. Yaʼni biror bir matn yoki sheʼr yodlaydi lekin maʼnosini anglamaydi [4,159]. Iborada لمجلا – tuya va رامح – eshak 168 hayvonlari ihstirok etgan. Har ikkala hayvon ham arab xalqi hayotida muhim boʻlgan, biroq ulardan biri ijobiy maʼno anglatsa ikkinchisi salbiy maʼnoni bildirib kelmoqda. Frazema qadimiy arab hayotidan olingan boʻlib, hayvon obrazi orqali insonning aqliy faoliyatiga baho beradi. Arablarda qadimdan ilm olish faqat yodlash emas, balki tushunish, aql bilan anglash, hikmatni farqlay olish deb hisoblangan. Shu sababli ilmni yodlab olib uni anglamagan shogirdlarga tanqid koʻzi bilan qaralmoqda. لمجلا بيدأت هدلو بدأ (bolasini tuyani tarbiyalagandek tarbiyaladi). Bu ibora orqali bolani sabr bilan, izchil, bosqichma-bosqich, doimiy mashq va nazorat bilan tarbiyalash nazarda tutiladi. Arab madaniyatida tuya bolasi ogʻir yuk koʻtarishga, yurishga, buyruqlarga boʻysunishga bosqichma-bosqich oʻrgatiladi, har kuni oz-ozdan oʻrgatish, lekin barqarorlik va davomiylik asosida tarbiya qilinadi. Shu sababli frazemada katta pedagogik saboq, yaʼni bola birdan oʻzgarmasligi, unga asta-sekin, ammo izchil va qatʼiy tarbiya zarurligi ifodalanadi [4,160]. Shuningdek, ibora ota-ona, ustoz yoki tarbiyachiga sabr, uzluksiz eʼtibor, toʻgʻri yondashuv kerakligini bildiradi. Yuqoridagi ushbu misollardan anglashildiki tuya leksemasi arab frazeologizmlarida bilimli, sabrli shaxs holatlarini ifodalaydi. سرفلا (ot) arab madaniyatida qahramonlik, dovyuraklik ramzi. Qadimda arablar urushlarda otlardan keng foydalanishgan va haligacha arab zodagonlari zotdor otlarni boqishni yaxshi koʻradilar. ةموسم سرف نم نسحأ (bezatilgan otdan ham yaxshiroq). Bu frazema tarbiyasi, odobi, kamoloti bilan barchani lol qoldiradigan inson haqida aytiladi [5,320]. Ushbu ibora orqali goʻzallik nafaqat tashqi koʻrinishda, balki tarbiya va odobda ekanligini tushunish mumkin. هبوكر لبق سرفلا بدأ (otga minishdan oldin uni tarbiyaladi). Ushbu ibora tarbiya ilmdan muhimroq ekanligini koʻrsatadi. Jamiyatda insonga ilm berish va biror masʼuliyat yuklashdan oldin tarbiya oʻrgatish lozim. Otni tarbiyalashsiz unga minish xavfli. Xuddi shunday, bolani yoki shogirdni tarbiyalamasdan unga ilm berish yoki uni biror ishga jalb etish foydasiz, baʼzan zararli boʻlishi mumkin. ملعلا يف ملاغلا سرفأ (yigitni ilmda otdek yoʻlga soldi). Ushbu ibora tarbiyani ot minishga qiyoslovchi madaniy obrazdir [5,520]. Bu ibora ilm olish passiv jarayon emas, balki harakat, kuch, irodani talab qiladigan faoliyat ekanligini anglatadi. Shogird esa faqat bilim emas, motivatsiya, shijoat va mashq bilan yuksaladi. Arab pedagogik anʼanalarida ustoz chavandozga, shogird esa otga qiyoslanadi. Bu esa ustozning faolligini, masʼuliyatini, oʻrgatishdagi ehtiyotkorligini ifodalaydi. Ushbu misollar shuni anglatadiki, ot soʻzi ishtirok etgan frazeologizmlar arab madaniyatining koʻchmanchilik, otliq hayot tarzi, hamda ilmga boʻlgan hurmat, tarbiyani birinchi oʻringa qoʻyish anʼanalariga tayangan holda shakllangan. Ular zamonaviy taʼlim-tarbiya konsepsiyalarini lingvomadaniy jihatdan boyitishi mumkin. رامح (eshak) arab madaniyatida sabrli lekin aqlsiz va kaltafahm hayvon timsolidir. Uni bir qancha taʼlim-tarbiyaga oid frazeologik birliklarda kuzatish mumkin. ارفسأ لمحي رامحلا لثمك (kitoblar koʻtarib olgan eshakdek). Ushbu ibora Qurʼoni karimda keltirilgan boʻlib, yahudiylarning Tavrotga amal qilmasdan uni yod olish yoki oʻqish bilan kifoyalanishlarini tanqid qiladi. Frazemadan bilim olib, undan foyda olmaslik va tushunmaslik maʼnosini tushunish mumkin. Bundan tashqari ibora 169 talabalarga taʼlimni yuzaki emas, tushunishga asoslangan holatda olib borishni urgʻulaydi va ilmning amaliy foydasiga eʼtibor qaratishni taqozo etadi. رامحلا توصك هتوص (ovozi eshakning ovozidek). Frazeologik birlik tarbiyasiz, ovozini baland koʻtaradigan inson holatini ifodalaydi [5,361]. Ushbu ibora oʻquvchilar va notiqlarga odob va goʻzal soʻzlashni targʻib qilish uchun ishlatiladi. Qurʼoni karimda ham Luqmoni Hakim oʻz farzandini tarbiyash jarayonida ovozini past tutishini va eng yomon ovoz eshakning ovozi ekanligini taʼkidalashi keltirilgan. Ibora talabalarni muomalada estetikani saqlash va mulohazali boʻlishga chaqiradi. Yuqoridagi misollar shuni isbotlaydiki, eshak arabcha taʼlim-tarbiyaga oid frazeologiyadagi asosiy lingvomadaniy koʻrsatkichlardan biridir. Ular Qurʼoni karimda asoslangan boʻlib, diniy, axloqiy, ijtimoiy va pedagogik qadriyatlarni oʻzida mujassam etadi. Frazeologizmlarda hayvon timsollari orqali insonning ichki sifati, aqliy salohiyati, nutqi, bilimga munosabati obrazli ifoda etiladi. Bu frazeologizmlar lingvomadaniy birlik sifatida nafaqat tilshunoslik, balki pedagogika va psixologiya nuqtayi nazaridan ham tadqiq etilishi mumkin. بض (kaltakesak) arab madaniyatida mashhur boʻlgan sudralib yuruvchi hayvondir. Arab diyorlari asosan sahrolardan iborat boʻlgani uchun u yerlarda kaltakesak koʻp uchraydi. Ushbu hayvon nomini arab frazemalarida xiyonatkor, bevafo shaxs timsolida koʻrish mumkin. بضلا نم هلبأ (kaltakesakdan ham ablahroq), بضلا نم لضأ (kaltakesakdan ham adashganroq), بض نم دنعأ (kaltakesakdan ham qaysar), هرحج يف بض هنأك (inida yotgan kaltakesakdek) kabi frazemalar bunga misoldir [4,230]. Mazkur misollardan tushuniladiki kaltakesak arab tilshunosligida salbiy boʻyoqdor soʻz sifatida qoʻllaniladi. Frazeologik birliklarda tarbiyasiz, quloqsiz, tanbehni qabul qilmaydigan, jamiyatdan chekinib yashovchi, bilimdan, odamlar bilan muloqotdan yiroq shaxs holatini tasvirlaydi. بارغ (qargʻa) ham arablar madaniyatida muhim qushlardan biri hisoblanadi. Qurʼoni karimda ham qargʻa soʻzi Qobil va Nobil qissasida zikr etilgan. Undan tashqari Nuh alayhissalomning suv sathini bilish uchun qargʻani joʻnatganlari qargʻa esa qaytib kelmagani manbalarda zikr etilgan. Qargʻa soʻzi bilan bogʻliq bir qancha frazemalar mavjud boʻlib, ularga بارغ نم ركبأ (qargʻadan ham epchil), بارغ نم رصبأ (qargʻadan ham koʻzlari oʻtkir), حون بارغ نم أطبأ (Nuhning qargʻasidan ham sustkashroq) kabi frazeologizmlarni misol keltirish mumkin [5,370]. Eʼtiborli jihati shundaki, qargʻa soʻzi ayrim iboralarda epchil va tarbiyali shaxs holatini ifodalasa, boshqa iboralarda sustkashlik holatini anglatmoqda. Bu kabi frazeologizmlar arab tilshunosligida koʻp uchraydi. Taʼkidlash joizki, bunday frazeologizmlar arab xalqining madaniyatini, ularning kundalik hayotida ishlatadigan hayvonlari orqali koʻrsatib beradi. Oʻzbek tilida ham bunday frazeologizmlar uchraydi. Ularga quyidagilarni misol qilish mumkin: Tulpor kabi shiddatli boʻlmoq. Tulpor oʻzbek xalqining tez va jasur otini bildiradi. Bu frazeologizm maqsad sari qatʼiyat bilan intilish, shiddat bilan harakat qilishni anglatadi. Arslon jasorati. Arslon jasorat, mardlik timsoli sifatida ishlatiladi. Bu frazeologizm bolalarda mardlik va jasorat ruhini shakllantirishda qoʻllaniladi. 170 Sher qiyofasida yurmoq. Sherning qahramonligi va hurmatga sazovorligi ifodalanadi. Bu ibora oʻquvchilarni qattiq iroda va mardlikka chaqiradi. Toʻti kabi sayramoq. Koʻp gapirish, jim turmaslik, tarbiyasizlik qilish holatlarini ifodalaydi. Qaldirgʻochdek fidoyi. Oʻzining bolalari uchun fidoiylik, mehr-muhabbatni ifodalaydi. Taʼlimda mehr-shafqat va fidoyilik sifatlarini shakllantirish uchun ishlatiladi. Kapalakdek yengil yurmoq. Ehtiyotkorlik, muloyimlik va oʻzini nazorat qilishni taʼkidlaydi. Taʼlim-tarbiyada yaxshi odob, xushmuomala boʻlish sifatlarini targʻib qiladi. Oʻzbek tilida hayvon nomlari ishtirokidagi frazeologik birliklar xalq tafakkuri, dunyoqarashi, axloqiy meʼyorlari va maʼnaviy qadriyatlarini oʻzida mujassam etgan boy til qatlamini tashkil qiladi. Bunday frazeologizmlar nafaqat til bezagi, balki tarbiyaviy vosita sifatida ham muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, taʼlim-tarbiya sohasida bu kabi birliklar orqali yosh avlodga yaxshi va yomon xulq-atvor oʻrtasidagi farqni koʻrsatish, axloqiy fazilatlarni shakllantirish, ijtimoiy hayotda toʻgʻri yoʻl tanlashga yoʻnaltirish mumkin. Bu frazeologizmlarning milliylik jihati shundaki, ular xalqning turmush tarziga, urf-odatlariga, tarixiy-madaniy tajribasiga tayangan holda shakllangan. Ularda oʻzbek xalqining mehnatga, jasoratga, sabr-toqatga, donolik va adolatga boʻlgan munosabati, yaʼni milliy ruh, xalq falsafasi va mentaliteti aks etadi. Shu bois, bunday frazeologik birliklar taʼlim-tarbiyada nafaqat estetik vosita, balki axloqiy-maʼnaviy mezon sifatida ishlatiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Rahmatullayev Sh. Oʻzbek tilining izohli frazeologik lugʻati-Toshkent: Oʻqituvchi, 1978.- 407 b. 2. Yuldoshev B. Oʻzbek frazeologiyasi va frazeografiyasining shakllanishi hamda taraqqiyoti.- Samarqand: SamDU, 2007.- 106 b. 3. Саёд Мустафа А.М., Родинова Л.В Учебный русско-арабский фразеологический словарь – Москва: Русский язык, 1989.- 611 c. 4. Дж. Аби Джабер, А.В. Капшук. Арабско-русский словарь идиоматических выражений.- М.: Издательский Дом ЯСК, 2019.- 455 c. 5. بيرغلا راد :ةرهاقلا .ةرصاعملا ةيبرعلا يف يحلاطصلاا ريبعتلا مجعم .دواد دمحم دمحم روتكدلا . ،عيزوتلا و رشنلا و ةعابطلل٦٩٠ ص٢٠٠٣ 6. ةيبرعلا ةغللا عمجم ةلجم .ةرصاعملا ةيبرعلا يف ةيحلاطصلاا تاريبعتلا روص ضعب دياف لماك ءافو قشمدب– دلجملا٧٨