ASIKAGA SYOGUNLIGI DAVRIDA YAPONIYANING XITOY VA KOREA BILAN IQTISODIY ALOQALARI
Full text
144 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc ASIKAGA SYOGUNLIGI DAVRIDA YAPONIYANING XITOY VA KOREA BILAN IQTISODIY ALOQALARI Ergashova Musharraf O’zbekiston Milliy Universiteti Jahon tarixi kafedrasi II kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17732257 Annotatsiya: Ushbu maqolada XIV asrning ikkinchi yarmida Sharqiy Osiyodagi muhim siyosiy o‘zgarishlar, Asikaga syogunligi davridagi Yaponiyaning Xitoy va Koreya bilan savdo-sotiq aloqalarining tiklanishi, ushbu dvlatlar o‘rtasidagi asosiy tovarlar almashinuvi, “Vako”lar va ularning faoliyati xususida so‘z yuritiladi. Shuningdek, maqolada savdo aloqalarida alohida shaxslar, xususan Hosakava, Ouchi, So klanlari va Sakai shahridagi savdogarlarning o‘rni va roli, yirik savdo uylari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so’zlar: Asikaga Yoshimitsu, “Vako”, savdo uylari, Uch orolning vakosi, kangoboyeki, kangofu, Van Itun, Zhu Yuanzhang, “Van”. XIV asrning ikkinchi yarmida Sharqiy Osiyoda muhim siyosiy o‘zgarishlar yuz berdi: Xitoyda mo‘g‘ullarning Yuan sulolasi ag‘darilib, Min sulolasi hokimiyat tepasiga keldi, Koreyada sulolaviy almashinuv sodir bo‘ldi, Yaponiyada esa Asikaga syogunligi tashkil etildi. Sharqiy Osiyoda dengiz savdosining gullab-yashnashi boshlandi. XV asrdan boshlab savdo rasmiy diplomatik munosabatlar tizimiga kiritila boshlagan va Yaponiya uzoq tanaffusdan so‘ng Xitoy va Koreya bilan rasmiy aloqalarni tiklay boshladi 1 . 1368-yilda Zhu Yuanzhang mo’g’ullardan Xitoyni ozod qilib, yangi imperator deb e’lon qilingandan so‘ng, shu yilning oxirlarida o‘z elchilarini Annam, Champa, Koreya va Yaponiyaga yuborgan va Min sulolasining barpo etilganligini ma’lum qilgan. Min imperiyasi tashqi siyosatining mafkurasiga ko‘ra, u o‘zini «Markaziy davlat» deb hisoblab, atrofini «yovvoyi xalqlar» o‘rab olgan edi. Ushbu «yovvoyi xalqlardan» Xitoyga itoat etishlari va soliq to‘lashlari kerak edi. Buning evaziga ular bilan savdo va sovg‘alar almashishiga ruxsat berilar edi. Asikaga sulolasining iqtisodiy qudrati asosan imperator poytaxtiga yaqin joylashgan yerlaridan iborat edi. Shu sababli ular mamlakat bo‘ylab uchraydigan yirik mulkdorlar-daimyolar oilalaridan biri bo‘lgan. Ammo siyosiy hukmronlikni faqat yer egaligi asosida ushlab turish imkonsiz edi. Shuning uchun ular boshqa yirik uylar singari savdoni monopollashtirishga harakat qildi. Savdoning rivojlanishi, mamlakatga Xitoy tangalarining kirib kelishi va pul aylanmasining kengayishi natijasida Yaponiya pulga asoslangan xo‘jalikka o‘tmoqda edi. Siyosiy mavqeidan foydalangan Ashikaga Takaudzi mamlakat iqtisodiyotini yaxshilash maqsadida Kiotodagi Tenru ibodatxonasiga Xitoyga kemalar yuborishga ruxsat beradi. O‘sha davrda yapon mahsulotlari, ayniqsa qilichlar va oltingugurtga talab katta bo‘lganligi sababli, Tenru ibodatxonasining savdo faoliyati nafaqat monastirning o‘ziga, balki butun tuzumga foyda keltirgan. Bu norasmiy savdo Xitoyda mo‘g‘ullar sulolasi qulagandan so‘ng to‘xtatilgan. Asikaga Takaudzi Xitoy tangalarining mamlakatga kirib kelishi, yig‘ilishi va aylanmasi uchun bor kuchini sarfladi 2 . Uning vorislari ham shu siyosatni davom ettirdilar. Ular siyosiy himoya ko‘rsatgan va savdoda monopoliyaga ega bo‘lgan obro‘li savdogarlar bilan yaqin aloqalarni saqlab, moliyaviy yordam evaziga siyosiy ta’sirini saqlab qoldilar va 1 Сахарова Е.Б. Внешние связи Японии с Китаем и Кореей в эпоху Муромати. / Японские исследования, 2023, №4: c19 2 Настенко И.А. (ред.) История Японии/ М.: Русская панорама, 2006, c438
145 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc aristokratik hayotni davom ettirdilar. Muromachi bakufu, shuningdek yirik ibodatxonalar va ayrim daimyolar Xitoyga savdo kemalarini yuborib, mis tangalar olishga umid bog‘laganlar 3 . Amerikalik tadqiqotchi Van Itun Muromachi davridagi yapon-xitoy munosabatlarini uch bosqichga ajratadi: Birinchi bosqich (1369-1403), ikkinchi bosqich (1404-1419), uchinchi bosqich (1432-1549) 4 . Birinchi bosqich munosabatlarni tiklashga urinish va muvaffaqqiyatsiz natijalar bilan izohlanadi. 1380-yilda Asikaga Yoshimitsu rasmiy aloqalarni tiklash maqsadida Xitoyga elchi yuboradi 5 . Biroq Yaponiyaning dengiz qaroqchilari-vakoning Xitoy va Korea iqtisodiga yetkazgan zarari va o’zini vassal deb tan olmagani tufayli, Xitoy hukumati bu elchilik guruhini qabul qilmadi. XIV asr oxirida bakufu Xitoy va Koreya hududlariga hujum qilgan vakolarga qarshi chora ko‘rdi, natijada 1401-yilda Xitoy bilan diplomatik munosabatlar tiklandi. Ushbu elchilikka rohib Soa boshqardi. Ikkinchi bosqich litsenziyali savdo davri hisoblanadi. 1403-yilda Asikaga Yoshimitsu o’zini vassal deb tan olgandan so’ng bu bosqich boshlandi 6 . 1404-1547 yillar oralig‘ida Xitoyga umumiy 84 kemadan iborat 17ta elchilar guruhi yuborilgan. Yaponiyadan Xitoyga yelpig’ich, mis, kumir, oltin, kamonlar, Xitoydan Yaponiyaga esa mis pullari, ipak, kitoblar, dori-darmonlar va boshqa mahsulotlar olib kelinar edi 7 . Yaponlar faqat Ningbo portiga kelishi mumkin edi. Ushbu litsenziyalar yapon tarixshunosligida «kangofu» yoki «kangoboyeki»-«tekshirish va tasdiqlash yorlig‘i» deb ataladi. Rasmiy munosabatlarni tiklash maqsadida Asikaga syogunlari savdo manfaatlari uchun Yaponiya mavqeyini biroz pasaytirishga majbur bo‘ldilar. Davlatlararo savdo Yaponiya tomonidan Xitoyga topshirilgan «sovg‘a» va «soliq» asosida amalga oshirilardi. Biroq, Yaponiya va Xitoy o’rtasidagi aloqalar uzoqqa cho’zilmadi. Bunga Xitoy tashqi siyosatidagi o’zgarishlar va Yaponiya syogunlarining xalqaro munosabatlarga turlicha qarashlari sabab bo’ldi. 1411-1419 yillarda Yoshimoto Xitoy bilan aloqalarni uzadi. 1394-yilda 9 yoshda syogun bo’lgan Yoshimoto amalda hokimiyatga ega bo’lmay, bu vazifani rohiblikni qabul qilgan Yoshimitsu bajarar edi. Shuning uchun Yoshimotoga boshqaruv tizimini o‘z qo‘liga olish uchun vaqt kerak bo‘lgan. Yoshimoto Xitoy elchilarini uch marta qabul qilishdan bosh tortgan va ularga poytaxt Kiotoga borishga ruxsat bermagan (1411, 1417 va 1419 yillarda). XV asrning o‘rtalarida Xitoyning Yaponiya davlatini vassal mamlakat sifatida qabul qilish siyosatiga qarshi qat’iy munosabat kuchaygan. Bu jarayon yapon millatining o‘zligini anglashi va sinto ta’limotining rivojlanishi bilan bog‘liq edi. XV asrning 40-yillarida Min sulolasi hukumatlari faol tashqi siyosatni to‘xtatishga qaror qilishdi. Bunga sabab sifatida Xitoyda resurslarning kamayishi va shimol-g’arbdan kelayotgan yangi xavf edi. Shu bilan birga, ayni paytda Yaponiyada ham “Sengoku jidai” (“Urushayotgan viloyatlar davri” yoki “Ichki feodal urushlar davri”)davri kechayotgan edi. Uchinchi bosqichda syogun Yoshinori (1429–1441) Min sulolasi bilan munosabatlar tiklaydi. Tashabbus Xitoy imperatori Syuan Tszun (1425–1435) tomonidan ilgari surilgan. Imperator tinchlikparvar siyosat yuritib, Yaponiyaga nisbatan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini qayta tiklashni harakat qilgan. 1433-yilda bakufu, Shokokudzi ibodatxonasi va bir guruh daymyolar 3 Zola. J. Medieval Japan Through Art: Samurai Life in Medieval Japan./ Program for Teaching East Asia, University of Colorado Boulder. 2008, p12 4 Сахарова Е.Б..Внешние связи Японии с Китаем и Кореей в эпоху Муромати…/ Японские исследования, 2023, №4. C20 5 Османов Е. М. Особенности внешней политики Японии в XII середине XVI в // Вестник науки образования. 2015, с.45. 6 Henshall K. G. A History of Japan: From Stone Age to Superpower. /Basingstoke (Buyuk Britaniya): Palgrave Macmillan, 2004. p41 7 Стрельцова.Д.B. История Японии. /Аспект пресс. – Москва, 2018, c131
146 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc tomonidan moliyalashtirilgan uch kemadan iborat elchilik missiyasi Xitoyga jo’natiladi. Endilikda, elchilik yuborishda nafaqat bakufu, balki, yirik ibodatxonalar, ziyoratgohlar, daymyolar va saroy aristokratlari, keyinchalik esa Xakata va Sakai savdogarlari ham ishtirok eta boshlaydilar 8 . Yaponiyadan asosan oltingugurt, mis, simob, qurol (qilich, nayza, zirh), buklama yelpig‘ichlar, laklangan buyumlar, yog‘och, bo‘yoqlar eksport qilingan. Xitoydan esa mis tangalar, xom ipak, ipak matolar, paxta matolar, dorivor o‘simliklar, shakar, keramika va chinni buyumlar, bronza buyumlar, kitoblar va rasmlar import qilingan. Korea bilan munosabatlar ham bir muncha murakkab edi. Sababi, vako korea kemalarini ham tinch qo’ymas edi. Vako guruhlari asosan yaponlardan tashkil topgan deb hisoblangan, biroq ularning aniq tarkibi haqida ma’lumot yo’q. Koreyada “Uch orolning vakosi” degan ibora mavjud bo‘lib, bu ehtimol Tsushima, Iki orollari va Hizen viloyatidagi Matsuura mintaqasini nazarda tutgan 9 . Bu hududlarning asosiy qismi tog‘li zona bo’lgani uchun, ular o‘z-o‘zini ta’minlaydigan agrar iqtisoddan mahrum bo’lishgan. Natijada, aholi dengizdan tirikchilik qilishga majbur bo‘lgan. Bundan tashqari, Inland dengizi (Shimonoseki yaqinida)dan chiqqan yapon qaroqchilari ham Koreyaga hujumlarda ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. Koreyslar va yapon bo‘lmagan boshqa xalqlar ham bu talonchiliklarda qatnashgan. Ba’zan koreyslar ham yapon qiyofasida talonchilik qilgan, bu esa vako faoliyatining kengayishiga sabab bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko’ra, 1393-1407 yillarda Korea qirg’oqlariga 61 marta vakolar hujum uyushtirgan 10 . 1443-yilga kelib esa, Yaponiya va Koreya o‘rtasida savdo huquqini mustahkamlovchi shartnoma tuzildi. Biroq Yaponiya va Korea savdo munosabatlari Xitoy va Yaponiya munosabatlaridan farq qilgan. Birinchidan, Xitoy bilan savdoda asosiy monopoliya bakufuda bo’lsa, Korea bilan savdo aloqalarini mahalliy feodallar mustaqil ravishda yo’lga qo’ya olganlar. Ikkinchidan esa, Yaponiya Koreani o’zidan pastda deb bilgan. Shuning uchun Korea bilan munosabatlarda o’zlarining ismlarining oldidan “Minamoto” atamasini qo’shib ishlatishgan. Chunki, “Van” atamasini ishlatsalar Korea ham bu unvonni olgani tufayli teng darajada bo’lib qolar edilar. Shunday bo’lishiga qaramasdan. Yaponiya va Korea o’rtasidagi savdo aloqalari ancha faol bo’lgan. Korea manbalarida 1404-1563 yillar oralig‘ida bakufu tomonidan yuborilgan 60 dan ortiq va 1366-1590 yillar oralig‘ida Koryo (918–1392) va Choson sulolalari tomonidan Asikaga syogunlariga yuborilgan 20 dan ortiq elchilik qayd etilgan. Choson bilan rasmiy diplomatik aloqalar 3-syogun Yoshimitsu davrida, 1404yilda, ya’ni u «van» unvonini olganidan keyin tiklandi. Ana shu vaqtdan boshlab Yoshimitsu o‘z maktublarini Chosonga «Yaponiya vani» nomidan yuboradigan bo‘ldi 11 . Yaponiya kemalari Koreyaga yo‘l olganda maxsus hujjatlarga ega bo‘lishlari shart edi. Ushbu hujjatlarni berish monopoliya sifatida Tsusima orolidagi So klaniga berilgan edi. Koreadan paxta, ipak va kanopdan tayyorlangan matolar, buddist sutralari va buddist marosim anjomlari, yo‘lbars va leopard terilarini, koreys gilamlari, jinseng va asal, Yaponiyadan esa mis, oltingugurt, qilich va katlanadigan xurmo yelpig’ichlari eksport qilingan. Koreya va Xitoy bilan bir qatorda, Yaponiya Ryukyu arxipelagi bilan ham savdo aloqalarini olib bordi. (1429-yilda ushbu hududda yagona davlat tashkil topdi.) Yaponiya bilan Ryukyu o‘rtasidagi ilk munosabatlar 1414-yilda boshlangan. 8 Сахарова Е.Б. Внешние связи Японии с Китаем и Кореей в эпоху Муромати. …/ Японские исследования, 2023, №4. с.23 9 Hall, J. W. Toyoda. T. Japan in the Muromachi Age. /Berkeley, Los Angeles & London: University of California Press. 1977, p162 10 Османов Е. М. Особенности внешней политики Японии в XII – середине XVI в./Вестник науки и образования. 2015. № 8(10).c 49 11 Сахарова Е.Б. Внешние связи Японии с Китаем и Кореей в эпоху Муромати... с.28.
147 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Xulosa qilib aytganda, Asikaga syogunligi davrida tashqi savdo aloqalar barqaror bo’lmagan. Bunga Аsikaga syogunlarining Yaponiya bilan munosabatlardagi qarashlarining turlichaligi, markaziy boshqaruvning zaifligi, yirik savdo uylari o’rtasidagi nosog’lom raqobat, XV asrning o’rtalarida esa Xitoy chegaralaridagi yangi xafv va Yaponiyadagi “Sengoku jidai” davri sabab bo’lgan. Yaponiyadan olib ketiladigan asosiy mahsulot mis, oltingugurt, yelpig’ich va rang bo’lsa, Xitoydan shoyi, ipak, dori-darmon, chinni buyumlar bo’lgan. Koreadan paxta, ipak va kanopdan tayyorlangan matolar, buddist sutralari va marosim anjomlari olib kelingan. Yaponiyaning Korea bilan munosabatlari Xitoy bilan munosabatlaridan farq qilgan. Yaponiya Xitoyni o’zidan yuqori deb hisoblasa, Koreani o’ziga teng ko’rmagan. Xitoydan Yaponiyaga olib kelingan buyumlar ichida eng e’tiborlilari Min imperatori tomonidan syogunga sovg‘a qilingan hadyalar edi. Bu hadyalar tarkibiga kumush quyma tangalar, kamroq miqdorda yuqori sifatli ipak matolar, shuningdek sopol, bronza buyumlari, brokat matolar va turli san’at buyumlari kirgan. Xususiy savdogarlar esa Xitoydan ipak matolar, paxta, kanop, farmakopeya (dorivor moddalar), shakar, chinni buyumlar, kitoblar, xattotlik anjomlari, lak buyumlar va boshqa tovarlarni olib kelishgan. Bu davrdagi savdo aloqalari Yaponiya uchun birinchi navbatta ichi bozor infratuzilmasini yaxshilagan, hunarmandchilik va ishlab chiqarish ruvojlangan, yirik hunarmandchilik va savdo markazlari vujudga kelgan, bojxona va ruxsatnomalar orqali syogunlik katta daromad ko’rgan. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Стрельцова Д. В. История Японии./ Москва: Aспект пресс, 2018, 592 c 2. Османов Е. М. Особенности внешней политики Японии в XII – середине XVI в // Вестник науки и образования № 8(10). 2015, 45-50c 3. Сахарова Е.Б. Внешние связи Японии с Китаем и Кореей в эпоху Муромати. /Японские исследования. 2023, 18-32c 4. Ермаченко.И.С. Торговцы маслом святилища ива симидзу. Межрегиональная торговля в средневековой Японии. 191-196c 5. Настенко И.А. (ред.) История Японии . /М.: Русская панорама. 2006, 499 c. 6. Китагава Д.М. Религия в истории Японии. / Санкт-Петербург Наука, 2005. 596 c. 7. Hall J. W. Toyoda T. Japan in the Muromachi Age./ Berkeley, - Los Angeles & London: University of California Press. 1977, 376p. 8. Zola. J. Medieval Japan Through Art: Samurai Life in Medieval Japan. /Program for Teaching East Asia, University of Colorado Boulder. 2008, 15c. 9. Ледяйкин В.И. Cравнение феодальной раздробленности в Японии и на руси // Bестник магистратуры. 2021, № 11-2 (122) 65-67.