scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SOVET ITTIFOQIDA DIN SIYOSATI (Islom dini misolida)

Azamat Sharipov

Abstract

Maqolada Sovet Ittifoqi din siyosati doirasida Islom diniga erkinlik berilishi va musulmonlarning diniy faoliyatini yoʻlga qoʻyilishi tarixi va kommunistlarning din borasidagi siyosatiga baho berilgan. Shuningdek, Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlarining Diniy boshqarmasi faoliyati haqida xorijlik mualliflarning ham qisqacha tahlili keltirilgan.

Full text

202 SOVET ITTIFOQIDA DIN SIYOSATI (Islom dini misolida) Azamat Sharipov, Oriental Universiteti katta oʻqituvchisi [email protected] ORCID: 0000-0001-5863-6659 Annotatsiya. Maqolada Sovet Ittifoqi din siyosati doirasida Islom diniga erkinlik berilishi va musulmonlarning diniy faoliyatini yoʻlga qoʻyilishi tarixi va kommunistlarning din borasidagi siyosatiga baho berilgan. Shuningdek, Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlarining Diniy boshqarmasi faoliyati haqida xorijlik mualliflarning ham qisqacha tahlili keltirilgan. Kalit soʻzlar: NKVD, SDUM, SADUM, F. Ruzvelt, Stalin, Eshon Boboxon, muftiyat, qoziyat, jihod. Annotation. "The article discusses the history of granting freedom to Islam within the framework of the Soviet Unionʼs religious policy and the establishment of Muslim religious activities, as well as evaluates the communist approach toward religion. It also provides a brief analysis of foreign authorsʼ views on the activities of the Spiritual Administration of Muslims of Central Asia and Kazakhstan." Keywords: NKVD, SDUM, SADUM, F. Roosevelt, Stalin, Eshan Bobokhon, Muftiate, Qadiate, Jihad. Sovet hokimiyati oʻrnatilganidan soʻng, 1923-yilda NKVD tomonidan Butun SSSR Musulmonlar diniy boshqarmasi (SDUM) faoliyatiga ruxsat beriladi. Boshqarma oʻz faoliyatini Ufa shahridan turib muvofiqlashtirar edi. Boshqarma tarkibiga Kavkaz, Qrim va Turkiston hududlari kiritilmagan. Qozogʻiston esa bu boshqarma tararrufiga kirgan edi. Dastlabki yillarda bolsheviklar hokimiyati dindorlikkar qarshi kurashish yoʻlida “Xudosiz” nomli jurnali orqali ateizmni keng targʻib qila boshlagan edi. Dastlab provaslav eʼtiqodidagilar taʼqibga uchradi. Cherkov mulki musodara qilinib, talontaroj qilindi. Oʻrta Osiyoda bolsheviklar jadidlarga tayangan holda dindorlarga qarshi kurashishga harakat qildi. Musulmonlar qoloq bir qatlam sifatida koʻrila boshlandi. Tahminiy maʼlumotlarga koʻra, 14.000 dan ortiq musulmon ulamolari qatagʻon qilingan va taʼqibga olingan. Shunday boʻlsa-da, baʼzi ulamolar jon saqlab qolishga erishgan. II-Jahon urushi davrida Sovet davlati urushni olib borish uchun zaruriy yordamni AQShdan lendliz orqali olar edi. Albatta shunday kelishuvlardan birida AQSh prezidenti F.Ruzvelt Stalindan SSSRda diniy erkinlik berish masalasini qoʻygan edi 1 . Rossiya imperiyasi qulagandan soʻng, provaslav cherkov vakillari, yahudiy sinagogiyasi ruhoniylari AQShga immigratsiya qilishlariga toʻgʻri kelgan. Ibodatxonalar va ularning mulki musodara qilingan. Ruzvelt aynan musodara qilingan 1 https://www.susanbutler.org/roosevelt_and_stalin__portrait_of_a_partnership_126427.htm 203 ibodatxonalarni faoliyatini qayta tashkil etilishiga ruxsat berilishini soʻragan 1 . Stalin buyrugʻi bilan diniy erkinlik berildi. Bunday vaziyatda boshqa din vakillari faoliyatini qayta boshlashga ruxsat berilayotganligidan xabardor oʻzbekistonlik ulamo Eshon Boboxon ibn Abdumajidxon Moskvaga borib shaxsan Stalindan masjidlar ochilishi uchun ruxsat soʻragan. Aksar masjid binolari xoʻjalik maqsadlarida, sanoat ishlab chiqarish korxonalari va uning omborlari joylashtirtilganligi uchun diniy maqsadda qayta foydalanishlari uchun dindorlarga qaytarilmagan. Shunday boʻlsa-da, boshqa yopilgan masjid mulklari qayta ochilishiga erishildi. Stalinning yagona talabi musulmonlarning xalqni urush safarbarligiga va gʻalabaga amaliy yordam berishlari kerak edi. 1943-yil 31-iyulda Toshkent shahrida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlarining Diniy boshqarmasi tashkil etildi. Eshon Boboxon ibn Abdumajidxon muftiy etib saylandi. 1-rasm. Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlarining Diniy boshqarmasi birinchi taʼsis qurultoyi Ulugʻ Vatan urushi kulminatsion nuqtasiga chiqqan bir paytda, 1943-yil oktyabr oyida Oʻrta Osiyoning koʻzga koʻringan musulmon ulamolari Toshkentda qurultoyga yigʻilib, fashizmga qarshi “jihod” eʼlon qilishganligini bildirishdi. Aynan shu qurultoyda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi tuzilgan edi. 1945-yilda butun ittifoqning koʻzga koʻringan ulamolari ilk bor haj ziyoratini amalda oshirdilar. Saudiyada ularmolar qirol Abdul Aziz bin Sauddan ittifoq musulmonlarining haj ziyorati uchun ruxsat oldi. 1953-yilda sovetlar uzoq yillardan soʻng, haj ziyoratiga borishga ruxsat berdi. Dastlabki yillarda SADUM ni SSSRning Diniy ibodat ishlari Kengashi (19431965) va keyinchalik Din ishlari boʻyicha Kengashi (1965-1991) kabi davlat idoralari 1 Khodun, Eduard (2025) "Religious Freedom in the USSR After the Russian Orthodox Church Restoration in September 1943: US Viewpoint," Occasional Papers on Religion in Eastern Europe: Vol. 45 : Iss. 4 , Article 5. DOI: https://doi.org/10.55221/2693-2229.2628 204 Sovet Ittifoqi hududida diniy faoliyat va diniy hayotni nazorat qilgan edi. Hukumat idorani moliyaviy taʼminotini boʻyniga olmagan boʻlsa-da, asosiy byudjet tushumi hayr-ehsonlardan va fitr sadaqalari, ziyoratgohlardan keladigan yigʻinlardan shakllangan. Tarixchi Eren Tashar oʻzining “Soviet and Muslim: The Institutionalization of Islam in Central Asia. 1943-1991 1 ” kitobida SADUM faoliyatini oʻrgangan va Sovet Ittifoqida din siyosatiga baho bergan. E.Tashar fikricha, 2-jahon urushidan keyin islom dini institutsional tarkibi shakllangan va bir tomondan musulmonlarni amaliy faoliyatini kengayishida katta rol oʻynagan boʻlsa, ikkinchi tomondan diniy mafkuraning kuchayishini oldini olgan. E.Tashar boshqa muallif Aleksandr Bennigsonni sovetlarning ateistik siyosati va musulmonlarning diskriminatsiyasini aksil-diniy manbalarga tayanib yoritishini tanqid qiladi. E.Tashar tadqiqotida Oʻrta Osiyoda sovetlar musulmonlarga nisbatan aniq bir qatʼiy siyosat yuritmaganligini, oz boʻlsa-da erkinlik boʻlganligini yozadi. Yana bir tarixchi Yakov Royning “Islam in the Soviet Union: From Second World War to Gorbachev 2 ” kitobida islom dini boʻyicha tor doiradagi qarashlarini bayon etgan boʻlsa-da, sovet davri din siyosatini ochib bergan. Bir necha tadqiqotlarda ittifoq davrida diniy idora faoliyatiga qiyin sharoitda, kuchli mafkuraviy tazyiqlar fonida yuz berganligi yozilgan va idora faoliyati ijobiy baho berilgan. Nikita Xrushchyov davrida din qarshi kurash kompaniyasi davrida muftiyat davlat siyosatini oddiy xalq orasida dindagi hurofotlar va yangiliklarga qarshi kurash sifatida koʻrsatishga harakat qilgan. Muftiyat moddiy taʼminoti kamaytirilgan boʻlsa ham oʻz faoliyatini yurita olgan. Xrushchyov va Brejnev davrida sovet hukumati Oʻrta Osiyo musulmonlariga kommunizm ijobiy oʻzgarishlarni berdi deb namuna sifatida muftiyatdan foydalandi va boshqa musulmon va arab davlatlari bilan xalqaro munosabatlarida foydalandi. Xalqaro munosabatlarda diniy idora muftiylari xorij safarlarida ittifoq delegatsiyasiga hamrohlik qilgan. Maʼlumot oʻrnida keltiradigan boʻlsak, diniy taʼlim masalasida 1946-yilda SSSR hududida ilk madrasa Buxoro shahrida “Mir Arab” faoliyatini boshladi. 1971-yilda Toshkentda “Imom al-Buxoriy” nomidagi islom instituti faoliyatini boshladi. Butunittifoq hududida Toshkent shahri islom markazi sifatida Ufa shahri oʻrnini egalladi. Butuun ittifoq hududidan islom dini taʼlimoti bilimlarini egallash uchun Oʻzbekiston hududiga toliblar tashrif buyurishgan. Diniy idora yangiliklari va fatvolar matni tarqalishi uchun 1968-yilda Ittifoq hududida ilk bor “Sovet sharqi musulmonlari” jurnali chop etilish boshlangan. “Perestroyka” (qayta qurish) davrida diniy idora faoliyati demokratik toʻlqinlar fonida erkinroq faoliyat olib borgan. Boshqa respublikalar qoziyatlari faoliyati erkinlasha boshlagan va mustaqil qarorlar chiqara boshlagan. Masjidlar ochila boshlangan 3 . 1 https://api.pageplace.de/preview/DT0400.9780190652111_A35486534/preview-9780190652111_A35486534.pdf 2 https://www.h-net.org/reviews/showpdf.php?id=7751 3 https://islamology.ru/content/%D1%81%D0%B0%D0%B4%D1%83%D0%BC/ 205 Foydalanilgan adabiyotlar 1. https://www.susanbutler.org/roosevelt_and_stalin__portrait_of_a_partnership _126427.htm 2. Khodun, Eduard (2025) “Religious Freedom in the USSR After the Russian Orthodox Church Restoration in September 1943: US Viewpoint,” Occasional Papers on Religion in Eastern Europe: Vol. 45 : Iss. 4 , Article 5. DOI: https://doi.org/10.55221/2693-2229.2628 3. https://api.pageplace.de/preview/DT0400.9780190652111_A35486534/previe w-9780190652111_A35486534.pdf 4. https://www.h-net.org/reviews/showpdf.php?id=7751 5. https://islamology.ru/content/%D1%81%D0%B0%D0%B4%D1%83%D0%B C/