SUD TIZIMI SHAKLLANISHI VA JINOYAT PROTSESSIDA ADOLATLI SUD MUHOKAMASINING NAZARIY ASOSLARINING RIVOJLANISHI
Abstract
Qadimgi, o’rta va yangi davr davlatlarida sud tizimi, jinoyat protsessida adolatli sud muhokamasiga bo’lgan huquqni ta’minlash elementlarining paydo bo’lishi rivojlanishi, hozirgi davr sud-huquq tizimining asoslari, O’zbekistonda sud tizimi shakllanishi, sudlanuvchining mustaqil va xolis sudga murojaat qilish huquqini ta’minlashga oid nazariy va amaliy masalalar muhokama qilinadi va takliflar beriladi.
Full text
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 4 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17732389 SUD TIZIMI SHAKLLANISHI VA JINOYAT PROTSESSIDA ADOLATLI SUD MUHOKAMASINING NAZARIY ASOSLARINING RIVOJLANISHI Hasanov Abulmannon Mamatumurodovich Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi, Surxondaryo viloyati Denov tumani prokurorining katta yordamchisi, 3-darajali yurist ANNOTATSIYA Qadimgi, o’rta va yangi davr davlatlarida sud tizimi, jinoyat protsessida adolatli sud muhokamasiga bo’lgan huquqni ta’minlash elementlarining paydo bo’lishi rivojlanishi, hozirgi davr sud-huquq tizimining asoslari, O’zbekistonda sud tizimi shakllanishi, sudlanuvchining mustaqil va xolis sudga murojaat qilish huquqini ta’minlashga oid nazariy va amaliy masalalar muhokama qilinadi va takliflar beriladi. Kalit so‘zlar: Sud tizimi, Maat, Shamash, Rim huquqi, Hammurapi qonunlari, jinoyat protsessi, adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqni amalga oshirish elementlari, sudlanuvchining o‘ziga nisbatan adolatli hukm chiqarilishiga bo‘lgan huquqini ta’minlash. ABSTRACT The article examines the judicial system in ancient, medieval, and modern states, the emergence and development of elements ensuring the right to a fair trial in criminal proceedings, the foundations of the modern judicial system, the development of the judicial system in Uzbekistan, as well as theoretical and practical issues related to ensuring the right of the accused to appeal to an independent and impartial court, and makes proposals.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 5 Key words: Judicial system, Maat, Shamash, Roman law, Hammurabi's laws, criminal procedure, elements of the implementation of the right to a fair trial, ensuring the defendant's right to a fair trial. АННОТАЦИЯ Рассматриваются судебная система в древних, средневековых и современных государствах, возникновение и развитие элементов обеспечения права на справедливое судебное разбирательство в уголовном процессе, основы современной судебной системы, становление судебной системы в Узбекистане, а также теоретические и практические вопросы, связанные с обеспечением права обвиняемого на обращение в независимый и беспристрастный суд, и вносятся предложения. Ключевые слова: Судебная система, Маат, Шамаш, римское право, законы Хаммурапи, уголовное судопроизводство, элементы реализации права на справедливое судебное разбирательство, обеспечение права обвиняемого на справедливое судебное разбирательство. Qadimdan dunyo ko‘plab sivilizatsiyalashgan davrlarning guvohi bo‘lganligi bizga tarixdan ma’lum. Insonlarni aybi uchun sud qilish jarayoni (sud tizimi) ham insoniyat tarixi davomida juda qadim zamonlardan beri mavjud bo‘lgan. Sud qilish, ya’ni kimnidir aybdor deb topish yoki oqlash orqali adolatni ta’minlash g‘oyasi sivilizatsiya paydo bo‘lgan davrlardan boshlangan. Quyida qadimgi davrdan yangi davrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, sud tizimi va jinoyat ishlari ko‘rilishida adolatli sud muhokamasini amalga oshirish elementlarining tarixiy rivojlanish bosqichlarini tahlil qilamiz. Qadimda sud tizimlari turli xil bo‘lgan — ba’zilari diniy qonunlarga, ba’zilari davlat boshqaruviga, ba’zilari esa xalq ovoziga tayangan. Ammo ularning barchasi insonlarning qilmishlariga nisbatan jazo tayinlash yoki oqlash asosida jamiyatda tartib saqlashga harakat qilgan.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 6 Xususan, Qadimgi Misrda fir’avnlar (mil.avv. 3000 yillar) zamonida ham huquqiy tizim mavjud bo‘lgan. Ushbu davrda “Maat” xudosi adolat, haqiqat va tartib ilohasi hisoblangan va ushbu asosda sud ishlari ko‘rilgan. “Maat” — qadimgi misrliklar uchun adolat, haqiqat, tartib va samoviy qonunini anglatadi 1 . Bu tizim faqatgina jinoyatlarga qarshi kurashish vositasi emas, balki butun davlat boshqaruvi, din va fuqarolik hayotini ta’minlovchi mukammal ma’muriy-huquqiy tizim bo‘lgan. Shu sababli ham sud tizimining asosiy g‘oyasi “Maat tushunchasi” bilan uzviy bog‘liq. Bu nafaqat huquqiy, balki axloqiy ham bo‘lgan. Shuning uchun ham insonlarni sud qilish vakolati berilgan lavozim egalari Maatga itoat qilish uchun qasam ichish an’anasi mavjud edi. Uning nomi hukm va qonunning ramzi hisoblangan. Misrda Fir’avn nafaqat podshoh, balki oliy sudya adolatning yuz beruvchisi sifatida qaralgan. Sud ishlarining oxirgi qarorini chiqara olgan. Har qanday sudlov fir’avn nomidan amalga oshirgan. Vazir (vizir) – sud tizimining rahbari, sud tizimida fir’avndan keyingi eng katta shaxs – vazir edi. U barcha sud ishlarini yurituvchi shaxslarni nazorat qilgan, ish yuritishni tashkillashtirar, shikoyatlarni qabul qilar edi. Sud qiluvchi shaxslar maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslar bo‘lib, adolatni ta’minlashda mas’ul bo‘lgan. Yozuvchilar esa sudda barcha bayonotlar, guvohliklar, qarorlarni yozib borishgan. Sud jarayonlari yozma va og‘zaki ravishda amalga oshirilgan. Sud ishlari jamoat oldida ochiq o‘tkazilgan. Sud fuqarolarning shikoyati asosida yoki davlat tashabbusi bilan boshlanishi mumkin edi. Guvohlar ayblov yoki oqlashda asosiy rol o‘ynagan. Agar guvoh yolg‘on aytsa, qattiq jazolar (xatto o‘lim) berilgan. Ahamiyatli dalil sifatida qasamyod (odatda xudolar nomiga) qabul qilingan. Qasam buzgan shaxs Xudolarning g‘azabi ostida qolishdan qo‘rqgan. Ba’zi hollarda gumondor aybini tan olsa, jazo yengillashgan. 1 Donald B. Redford, "The Oxford Essential Guide to Egyptian Mythology" – 2003.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 7 Jinoyat sodir qilgan shaxsni aybdor deb topilgandan so‘ng, bir qancha jazolar tayinlangan, jismoniy jazolar, masalan, qamoq, darra (qamchilash), a’zo kesish, o‘lim jazosi (eng og‘ir jazo). Shuningdek, moliyaviy jarima, mulk musodarasi, jamoat oldida haqorat yoki yuzini bo‘yash, ijtimoiy ishdan chetlatish va hokazolar. Sud ishlari ayrim turdagi mulkiy nizolar yuzasidan (yer, chorva va mulkka oid nizolar, qozilar mulk xujjatlarini tekshirgan), oila ishlari, meros, zino masalalari, ayollar ham sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan. Jinoyat ishlari - o‘g‘irlik, odam o‘ldirish, davlatga xiyonat kabilarni tekshirish chuqur va jazo qattiq bo‘lgan. Diniy sud ishlari - xudolarga behurmatlik, ma’bad taloni, bunday ishlarda diniy amaldorlar ishtirok etgan. Qadimgi Misrda papirus qog‘ozida sud bayonnomalari, kelishuvlar, hukmlar yozib borilgan. Masalan, Xonsuyaning papirusi, Misr axloqiy ta’limotlari (Sebayt) sud va adolat haqida ko‘p ma’lumot beradi 2 . Fayum shahrida topilgan bir sud yozuvida, bir yer xojayini o‘g‘li fermerni o‘ldirganini tan oladi va sud uni og‘ir mehnat jazosiga hukm qiladi. Bu jarayon hujjatlar orqali hozirga qadar saqlanib qolingan 3 . Qadimgi Misrda ayollar sudga murojaat qila olar, mol-mulk va merosga ega bo‘lish huquqiga ega edilar — bu boshqa qadimgi jamiyatlardan farq qiluvchi jihat. Xulosa sifatida, Qadimgi Misr sud tizimida din va davlat birligidan kelib chiqqan, Maat (adolat va haqiqat) asosida shakllangan, qonunlar qat’iy va ayni paytda fuqarolarga ma’lum darajada imkoniyat beruvchi, aybdorlikka dalil va guvohlik asosida yetishgan, qog‘ozga yozilgan hujjatlarga e’tibor katta bo‘lgan, ayollar ham ishtirok etgan kam sonli qadimgi sud tizimlaridan biri hisoblanadi. Qadimgi Misrdagi Maat falsafasi va bugungi zamonaviy huquqiy tizimlar o‘rtasida yuzaki qaraganda ulkan farq bordek ko‘rinishi mumkin. Biroq, chuqur tahlil 2 James G. Keenan, J. G. Manning, Uri Yiftach-Firanko “Law and Legal Practice in Egypt from Alexander to the Arab Conquest” Cambridge University Press, 2014. 3 https://www.britishmuseum.org.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 8 qilinganda, Maat konsepsiyasi hozirgi huquq va adolat tushunchalariga asosiy falsafiy manbalaridan biri bo‘lganini ko‘rish mumkin. Maat va zamonaviy huquqiy tizimlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni bir nechta holatda tahlil qilib chiqamiz: Maat —ma’naviy va samoviy tartib, adolat va haqiqatni anglatadi. Nafaqat huquqiy, balki axloqiy va ijtimoiy barqarorlikni ham ta’minlashga qaratilgan. Maatga muvofiq yashash — jamiyatda muvozanatni saqlash vositasi bo‘lgan. Zamonaviy huquqda qonun ustuvorligi, huquqiy adolat, inson huquqlari kabi tushunchalar “Maat” bilan ma’naviy jihatdan bir biriga juda yaqin. Bugungi huquqiy tizim ham jamiyatda tartib, tenglik va adolatni ta’minlashni maqsad qiladi. Maat va zamonaviy huquqiy tizimlarda adolat va barqarorlik markaziy tushunchalar hisoblanadi. Qadimgi Misrda sudyalar Maatning vakillari sifatida qaralgan va ular halol, pok, o‘z nafsiga berilmagan bo‘lishi shart bo‘lgan. Sudyalar hal qilishdan avval adolat ilohasi — Maat oldida ma’naviy javobgar edi. Bugungi huquqiy tizimda sudyalar betaraflik, xalqaro va milliy qonunlarga itoat, axloqiy standartlar asosida ish yuritishi lozimligi belgilangan. Sudyalik etikasi va qasamyod bor "Men qonunga amal qilaman, xolis bo‘laman. Ikki tizimda ham sudya — adolatning yuz beruvchisi, uning shaxsiy ma’naviy jihatdan va vijdonan toza bo‘lishi belgilangan. Huquqiy tenglik va fuqarolik huquqlari borasida, qadimgi Misrda aksariyat holatlarda ayollar, fermerlar, hatto qullar ham sudda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan 4 . Zamonaviy huquqda esa konstitutsiyaviy tizimlar barcha fuqarolarni qonun oldida tengligi belgilangan. Sudda o‘zini himoya qilish, advokat yollash, shikoyat qilish huquqi mavjud. Maat falsafasi tenglik g‘oyasini ilgari surgan va zamonaviy huquq bu g‘oyani institutsional darajaga olib chiqqan. 4 Andriette Ferreira, The Legal Rights of the Women of Ancient Egypt, 2004.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 9 Qonunning axloqiy poydevori, qonunlar nafaqat jazo berish, balki axloqni mustahkamlash uchun kerak bo‘lgan. “To‘g‘ri yo‘lda yur”, “birovning haqini yema”, “yolg‘on so‘zlama” — Maatning asosiy tamoyillari hisoblangan. Zamonaviy huquqda ham dindan mustaqil hisoblansa-da, axloqiy qoidalar masalan, rostgo‘ylik, noqonuniy boyishga qarshi kurash juda muhim hisoblanadi. Xalqaro huquqda ham insonparvarlik prinsiplari bor. Ikkala tizimda ham axloq va qonun bir-biriga bog‘langan, qonun axloqni qo‘llabquvvatlashi kerak degan falsafa ustuvorlik kasb etadi. Qadimgi Misrdagi Maat falsafasi, harchand ilohiy va axloqiy asosga ega bo‘lsa-da, zamonaviy huquqiy tizimlar uchun falsafiy poydevor bo‘la oladi. Undagi adolat, rostgo‘ylik, tenglik va tartib kabi prinsiplar bugungi demokratik va huquqiy davlatlardagi asosiy qadriyatlar bilan hamohangdir. Shuningdek, qadimgi Bobil davlatida ham insonlarni sud qilish, aybi uchun munosib jazolash yuzasidan qonunlar ishlab chiqilgan va bu Hammurapi qonunlari (miloddan avallgi 1754 yilda) deb nomlanadi. Hammurapi qonunlari, eng qadimiy yozma qonunlardan biri, bu qonunlarda jazo, mulk, oila va savdo masalalari yuzasidan 282 moddadan iborat qonun-qoidalar belgilangan. Hammurapi podsholigi davrida sud ishlari shoh va aybdorlarni sud qiluvchi shaxslar (sudya) tomonidan olib borilgan bo‘lgan. Hammurapi qonunlari asosi talion qonuniga ya’ni «Ko‘zga ko‘z, tishga tish» tamoyiliga asoslangan. Sud jarayonida guvohlar chaqirilgan, dalillar yig‘ilgan va hatto suvda sinov (suvga tushirish) kabi metodlar qo‘llanilganligi holatlari ham yozib qoldirilgan 5 . Hattoki, Hammurapi qonunlarida agar bir kishi boshqa odamni o‘ldirsa, aybdorning o‘zi emas, uning o‘g‘li jazolanishi mumkin bo‘lgan, ya’ni oilaviy javobgarlik prinsipi mavjud bo‘lgan. 5 Martha Roth, Law Collections from Mesopotamia and Asia Minor, 2001.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 10 AQSHning Garvard universiteti professori bo‘lgan R.H.Pfeiffer tomonidan 1920 yili yozilgan “Hammurapi qonunining tahlili” (An Analysis of the Hammurabi Code) maqolasida Hammurapi qonunini nafaqat tarixiy hujjat, balki huquqiy va madaniy qadriyat sifatida tahlil qiladi. Uning fikriga ko‘ra, bu kodeks insoniyat tarixi uchun muhim bosqich bo‘lgan, chunki u birinchi marta qonunni ommaviy ravishda yoritib bergan 6 . Shuningdek, Hammurapi qonunlarida sud ishlari mavzusi — jahon huquqiy tarixi uchun inqilobiy ahamiyatga ega. Sud jarayoni davlat rasmiylari va maxsus tayinlangan sudyalar tomonidan olib borilgan. Shaxsiy da’volarni hal qilish uchun fuqarolar mustaqil ravishda sudga murojaat qila olgan. Agar sudya halol bo‘lmasa yoki xato qaror chiqarsa — jazolangan, hatto lavozimidan chetlatilgan. Agar sudya xatoli hukm chiqarsa, u jazoga tortiladi va aybdorga yetkazilgan zararni to‘lagan. Sud jarayonida Guvohlik — eng asosiy dalil manbai hisoblangan. Sudda 2 nafar guvoh yetarli hisoblangan. Agar guvoh yolg‘on aytsa — og‘ir jazo berilgan. Yozma hujjatlar, ayniqsa savdo va mol-mulk bo‘yicha, kuchli yuridik dalil sanalgan. Qasamyod – yurisdiksiyaning bir qismi bo‘lgan. Aybni isbotlab bo‘lmas hollarda inson xudolar oldida qasam ichgan. Agar bir kishi boshqasiga jinoyat haqida noto‘g‘ri guvohlik bersa, o‘sha kishini ayblagan jinoyat bilan jazolangan. Sud jarayonining tartibi, shikoyat yoki da’vo taqdim etiladi. Sud guvohlarni chaqirib, dalillarni yig‘adi, Hujjatlar tekshiriladi (muhrlangan shartnomalar, qasamlar). Yakunda sud qaror chiqaradi, jazo tayinlanadi yoki shaxs olanadi. Agar taraflar norozi bo‘lsa, ba’zi hollarda apellyatsiya qilish imkoni bo‘lgan. Jazo turlari qattiq bo‘lgan. 6 R. H. Pfeiffer, An Analysis of the Hammurabi Code, 1920.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 11 Hammurapi qonunlarining modda 196-moddasida, agar kimdir boshqasining ko‘zini chiqarsa — uning ham ko‘zi chiqariladi, deb belgilangan. Hammurappi qonunlari asosan stella shaklida yozilgan — eng mashhuri Luvr muzeyida saqlanmoqda. U akkad tilida klinopis yozuvida yozilgan. Qonunlar ommaga ochiq bo‘lgan — har bir fuqaro o‘z huquqini bilishi kerak edi. Stellaning yuqori qismida — Hammurappiga qonunlarni Shamash (adolat ilohi) taqdim etayotgani tasvirlangan. Hammurappi qonunlari — insoniyat huquqiy tafakkuri tarixidagi ilk yozma sud tizimi bo‘lib, u sud jarayonini aniq tartibga solgan, dalil, guvoh, va qasam kabi huquqiy mexanizmlarni joriy qilgan, jinoyat va jazoni ijtimoiy tabaqaga qarab belgilangan, sudyalar mas’uliyatini belgilagan, bugungi zamonaviy huquqiy tizimlarga falsafiy va amaliy ta’sir o‘tkazgan. Shuningdek, demokratiya boshlangan mamlakat qadimgi Yunonistonning Afina shahrida miloddan avvalgi 5–4 asrlarda – Afinada sud ishlarini fuqarolar yuritgan. Sudyalar to‘g‘ridan to‘g‘ri ovoz berish orqali qaror chiqargan 7 . London Kolleji professori, Afina huquqi va siyosiy tarix sohasidagi mutaxassis Kristofer Karey (Christopher Carey) o‘zining “Qadimgi Afinadagi sud ishlari” (Trials from Classical Athens) nomli asarida Afinada sudyalik faoliti bo‘lan doimiy shug‘ullanuvchi shaxs, ya’ni sudya bo‘lmaganligi va hukm chiqarish huquqi fuqarolarda bo‘lganligini bayon qilgan. Falsafa ustozi Suqrot ham sudga tortilib, “yoshlar ongini buzish” va “xudolarga ishonmaslik”da ayblangan va 500 nafar fuqaro tomonidan o‘lim jazosiga hukm qilingan 8 . Qadimgi Yunonistonda sud jarayonlari demokratik yoki aristokratik boshqaruv shakliga bog‘liq bo‘lgan. Sudda guvohlar, dalillar asosida ish ko‘rilgan. Qat’iy yozma qonunlar kam, ko‘proq urf-odat va demokratiya asosida qarorlar qabul qilinadi. Jamoat ishtirok etadigan jarayonlar muhim — afinada jamoatlik (publika) sudlarga kirish 7 Christopher Carey: Trials from Classical Athens, Routledge, 1997. 8 Donald R. Morrison, The Cambridge Companion to Socrates, 2006.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 12 mumkin bo‘lgan. Sudlar demokratiyani qo‘llab-quvvatlashi uchun qararlarni jamoatchilik asosida qabul qiladi. Qadimgi Yunonistonda sud tizimi jamoatchilik va demokratiyaning muhim qismidir, u erkin fuqarolar ishtirokida amalga oshirilgan. Yunoniston qo‘shnisi qadimgi Rim sud tizimi esa juda tartibli, yozma qonunlar asosida hukumat tomonidan boshqarilgan. Ikkisi ham huquq va sud hokimiyatining rivojlanishida muhim bosqich bo‘lib xizmat qilgan. Har ikki sivilizatsiyaning huquqiy institutlari zamonaviy huquq tizimlari uchun asosiy ilhom manbai bo‘lgan. Qonunlar yozma shaklda kamdan-kam hollarda bo‘lib, asosan urf-odat, ma’muriy qarorlar va jamoatchilik munosabatlariga tayangan. Sud jarayonida ko‘pincha oddiy fuqarolar (jurnalistlar, jamoatchilik vakillari) ishtirok etar, bu afina demokratiyasining asosiy belgisi hisoblangan. Sudda ishtirok etuvchilar ovoz berish orqali qaror qabul qilar edi — sud jarayoni ko‘pincha bevosita xalq hokimiyati (direkt demokratiya) xususiyatini ko‘rsatgan. Sud jarayonidagi guvohlik va dalillar demokratiya qoidalariga mos ravishda baholangan. Sudning ijtimoiy ahamiyati shunda bo‘lganki, sudlar jamiyatda adolatni ta’minlash bilan birga, jamoatchilikning huquqiy ongi va fuqarolik mas’uliyatini tarbiyalash vazifasini ham bajargan. Sud tizimi demokratik jamiyatning ajralmas qismi bo‘lib, siyosiy va ijtimoiy tartibni saqlashda muhim rol o‘ynagan. Aytish mumkinki, Qadimgi Yunonistondagi sud tizimi demokratiyaning huquqiy asoslarini yaratgan, jamoatchilik ishtirokida adolat va huquqiy tartibning muhim elementlarini shakllantirgan. Shuningdek, Qadimgi Rim (hozirgi Italiya)da (miloddan avvalgi 5 asrdan boshlab) ham ijtimoiy munosabatlarni va sud jarayonlarini tartibga soluvchi Rim huquqi mavjud bo‘lgan. Bugungi kunda Rim huquqiga – zamonaviy huquq tizimlarining asosi sifatida qaraladi. Sud jarayonlari ochiq bo‘lib, taraflar advokatlar yordamida o‘zini himoya qilgan. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa kovensiyasida, shuningdek, milliy Konstitutsiyamiz va Jinoyat protsessual
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 19 1689 yilgi “Huquqlar to‘g‘risidagi Bill” (Bill of Rights) — Angliya tarixidagi muhim konstitutsion hujjatlardan biri bo‘lib, parlament va xalq huquqlarini mustahkamlab, monarxiya hokimiyatini cheklashga qaratilgan qonun hujjati hioblanadi. Bu hujjatda sud-huquq tizimiga doir ham muhim qoidalar ilgari surilgan. Jumladan, 1689 yilgi Huquqlar to‘g‘risidagi Billda sud tizimi bevosita to‘liq nazarda tutilmagan bo‘lsa-da, sud mustaqilligi va adolatli sudlovni ta’minlashga qaratilgan quyidagi muhim qoidalar mavjud: 1. Qonunsiz ravishda sud tashkil qilish taqiqlandi. “Establishment of illegal courts is prohibited.” Bu qoidaga ko‘ra, qonunchilik asosisiz yoki monarx hukmi bilan tashkil etilgan maxsus yoki favqulodda sudlar mumkin emasligi, ya’ni sud tizimi qonun asosida, mustaqil ravishda faoliyat yuritishi kerakligi belgilangan. 2. Jazo qonunga asoslangan bo‘lishi shart. “Excessive bail ought not to be required, nor excessive fines imposed, nor cruel and unusual punishments inflicted.” Bu qoidaga ko‘ra: Ortiqcha kafolat pullari (bail) talab qilinmasligi; Ortiqcha jarimalar belgilanmasligi; qattiq va g‘ayriinsoniy jazolar qo‘llanmasligi sud adolatini ta’minlashdagi muhim talablar sifatida belgilangan. Bu sudlar insonparvar, muvozanatli, qonun asosidagi qarorlar chiqarishi kerakligini anglatadi. 3. Monarxning sudga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sirini cheklash. Billda bevosita “sud mustaqilligi” atamasi ishlatilmagan bo‘lsa-da, monarxning qonunsiz ravishda qonunlarni bekor qilish yoki to‘xtatib qo‘yish huquqi yo‘qligi bayon etiladi. Bu qoida qonun ustuvorligi va uning bajarilishini nazorat qiluvchi sud organlarining mustaqilligini bilvosita himoya qiladi. 4. Parlament roziligisiz sud tizimida o‘zgartirishlar mumkin emasligi belgilandi. “Laws should not be dispensed with or suspended without the consent of Parliament.” Bu esa sud tizimidagi har qanday islohot yoki o‘zgarish parlament orqali amalga oshirilishi kerakligini anglatadi. Ya’ni hokimiyat bo‘linishi prinsipini ilk marta belgilab berdi.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 20 Xulosa qilib aytish mumkinki, 1689 yilgi Huquqlar to‘g‘risidagi Billda sud tizimiga oid asosiy g‘oyalar belgilandi. Ya’ni, sudlar faqat qonun asosida tashkil etilishi kerak. Asosiy maqsad hokimiyatning o‘zboshimchalik bilan sud tashkil etishiga yo‘l qo‘ymaslik. Shuningdek, ortiqcha jazo va jazoning g‘ayriinsoniy shakllari taqiqlangan, bunda asosiy vazifa inson huquqlarini himoya qilish bo‘lgan. Monarx sud tizimiga aralasholmasligi haqida qoida natijasida, sud mustaqilligiga asos solingan. Barcha o‘zgarishlar parlament orqali amalga oshirilishi qoidaning negizida, demokratik nazorat va qonun ustuvorligi shakllana boshladi. Bundan tashqari, Angliyada 1701 yilda qabul qilingan “Mustahkamlash to‘g‘risidagi qonun” (Act of Settlement) sud mustaqilligi va umumiy huquqiy davlatning shakllanishida inqilobiy ahamiyatga ega hujjat hisoblanadi. U Angliyada hokimiyatni cheklash, sud organlarini mustaqillashtirish va hukmdorni qonunlar bilan bog‘lash jarayonida muhim bosqich bo‘ldi. Dastlab, bu akt Angliya taxtiga kim meros qilishi mumkinligini belgilash uchun qabul qilingan. Biroq muhim huquqiy islohotlar sudyalar mustaqilligi va lavozimda barqarorlik masalalarida qabul qilindi. Sudyalar endilikda umrbod tayinlanishi, faqat xulqi yomon bo‘lsa yoki parlament orqali impichment qilinsa lavozimidan olinishi mumkinligi belgilab qo‘yildi. Bu sudyalarning siyosiy hokimiyatga tobelikdan chiqishi uchun bosh qadam bo‘ldi. Monarx sudyalarni istagan paytda ishdan bo‘shatish vakolati tugatildi. Ushbu qonun qabul qilinguniga qadar amaliyotda podshoh sudyalarni istalgan vaqtda ishdan olish huquqiga ega bo‘lgan edi. Sud mustaqilligi institutsional darajada himoya qilindi. Sudyalar maoshi parlament tomonidan kafolatlandi. Bu orqali ijro hokimiyatining sudyalarga moliyaviy ta’sir o‘tkazish imkoni cheklandi. Mustaqil sud — huquqiy davlat uchun asos hisoblanadi. Sudyalar yendi Qonunni mustaqil talqin qilishi; Har qanday shaxs, jumladan hukmdorga qarshi ham hukm chiqarishi mumkin bo‘ldi.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 21 Demak, qonun ustuvorligi amalda ta’minlana boshladi. 1701 yilgi "Act of Settlement" sud mustaqilligini qonuniy asosda mustahkamladi va Angliyada huquqiy davlat (rule of law) uchun asoslar yaratildi. Shuningdek, hokimiyatlar bo‘linishi va Konstitutsion monarxiyaga asos soldi. Bu model keyinchalik Amerika va Yevropa konstitutsiyaviy tizimlariga yirik ta’sir ko‘rsatdi . Hozirgi kunda mustaqil O‘zbekistonda sud tizimi “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi; harbiy sudlar; Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari; fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari; jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari; tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari; tumanlararo ma’muriy sudlardan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga ko‘ra sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining sudlov hay’atlari: ishlarni apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida ko‘rishi belgilangan. Ushbu o‘rta bo‘g‘in sudlarining sudlov hay’ati ishlarni faqat apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rishi, biroq taftish tartibida isharni ko‘rish vakolatini boshqa mintaqiviy sudlar tashkil etgan holda ko‘rish taklif etiladi. Chunki bir sudlov hay’ati tarkibi a’zolari apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishni taftish tartibida xuddi shu sudlov hay’atining boshqa a’zolari ko‘rishi, sudlanuvchining xolis sudga murojaat qilish huquqiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Natijada sudlanuvchi yoki uning himoyachisi qaytadan yuqori instansiyaga shikoyat bilan murojaat qilishga va ortiqcha vaqtini sarflashga majbur qiladi.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 22 Shu sababli, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining sudlov hay’atlari vakolatidan taftish tartibida ishlarni ko‘rish vakolatini boshqa yuqori mintaqaviy sudlar tashkil etish va ularga ushbu vakolatni o‘tkazish sudlanuvchining adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqni amalga oshirish elementlaridan biri ya’ni mustaqil va xolis sud tomonidan ishini ko‘rib chiqilishiga bo‘lgan huquqini yanada to‘la to‘kis amalga oshirishga yordam beradi. Shuningdek, Oliy sudga sud hukmlaridan norozi bo‘lib, qaytadan taftish tartibida ko‘rib chiqishni so‘rab, murojaat qilish soni kamayishiga, bir so‘z bilan aytganda, sudlardan fuqarolarning yanada ko‘proq roziligiga erishish mumkin bo‘ladi. Jinoyat protsessual kodeksining 510-moddasiga quyidagicha o’zgartirish taklif etiladi: “Mintaqa sudlari yoki hududlararo yoxud viloyatlararo sudlari (shartli nom bilan atash mumkin)da, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlarning tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha apellyatsiya va kassatsiya instansiyasida chiqarilgan hukmlari, ajrimlari koʻrib chiqiladi. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻrib chiqiladi: jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlar tomonidan tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya yoki Mintaqa sudlari yoki hududlararo yoxud viloyatlararo sudlari (shartli nom bilan atash mumkin)ning taftish tartibida chiqarilgan hukmlari va ajrimlari”.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 23 1-instansiya sud hukmlari ustidan qilingan shikoyatlarni yuqori instansiya sudlarida ko’rib chiqishga oid takliflar va unda prokuror vakolatlarini kengaytirishga oid masalalar yuzasidan yuridik fanlar doktori, professor B.X.Po’latovning ilmiy ishida 18 va yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori, dotsent M.Z.Radjapovaning ilmiy ishlarida ham tadqiq etilgan. 19 Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Qadimgi davrda va o‘rta asr sudlarida insonlarni sud qilish, aybdorni jazolashdan maqsad faqatgina adolatni ta’minlash uchun emas, asosan hokimiyatni mutahkamlash vositasi ham hisoblangan. Qadimgi davrda ba’zi davlatlarda, sudlar, sud qiluvchi shaxs doimiy faoliyat bilan shug‘ullangan bo‘lsa(Rim imperiyasi, Misr, Bobil), ba’zi davlatlarda insonlarni sud qilish fuqarolar qo‘lida bo‘lgan (qadimgi Afina, Yunoniston). Ular doimiy faoliyati sud jarayonini olib borish yoki sudyalik bo‘lmagan. Chunki, sud jarayonida sudlanuvchiga jazoni ovoz berish usuli yo‘li bilan hukm qilishgan. Qadimgi davrda sud ishlarini yuritishning yana bir o‘ziga xosligi shundaki, haqiqatni qaror toptirishda ilohiy kuchlarga qasamyod qilish, ilohiy kuchlarga sig‘inish amaliyoti mavjud bo‘lgan (qadimgi Misrda Maat, Qadimgi Bobilda Shamash). Qadimgi davrda diniy qonun qoidalarning o‘rni yuqori bo‘lgan, ya’ni aybdor shaxs tovba qilishi, aks holda Xudo qahriga uchrashi mumkinligi, Shuningdek, qadimgi davrda ba’zi yozma qonunlar zamonaviy davr huquqini yaratish uchun poydevor bo‘lib xizmat qilgan(Hammurapi qonunlari, Rim huquqi). Xususan, Hozirgi zamonaviy davrda jinoyat protsessida adolatli su muhokamasiga bo‘lgan huquqni amalga oshirish elelmentlaridan bir nechtasi Qadimgi davrda paydo bo‘lgan bo‘lsa, ba’zilari o‘rta asrlarda va asosiy qismi yangi davrda paydo bo‘ldi. Jumladan, Hammurapi qonunlari orqali abdor shaxsga qilmishiga yarasha jazo tayinlash elementi, Rim huquqi orqali esa aybsizlik prezumpsiyasi ya’ni shaxsning 18 B.X.Po’latov. Sudlarda jinoyat ishlari ko’rilishida prokurorning protsessual faoliyati – 2004. 19 M.Z.Radjapova. Jinoyat ishlarini yuqori sud instansiyalarida ko’rilishida prokuror funksiyalari va vakolatlarini takomillashtirish: qiyosiy-huquqiy tahlil – T.2023.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 24 aybi isbotlanmaguncha, aybdor hisoblanmasligi hamda kabi jinoyat protsessi uchun muhim bo‘lgan prinsiplar shakllandi. Huquqiy tenglik va fuqarolik huquqlari borasida, qadimgi Misrda aksariyat holatlarda ayollar, fermerlar, hatto qullar ham sudda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan . Zamonaviy huquqda esa konstitutsiyaviy tizimlar barcha fuqarolarni qonun oldida tengligi belgilangan. Sudda o‘zini himoya qilish, advokat yollash, shikoyat qilish huquqi mavjud. Maat falsafasi tenglik g‘oyasini ilgari surgan va zamonaviy huquq bu g‘oyani institutsional darajaga olib chiqqan. Qonunning axloqiy poydevori, qonunlar nafaqat jazo berish, balki axloqni mustahkamlash uchun kerak bo‘lgan. “To‘g‘ri yo‘lda yur”, “birovning haqini yema”, “yolg‘on so‘zlama” — Maatning asosiy tamoyillari hisoblangan. Zamonaviy huquqda ham dindan mustaqil hisoblansa-da, axloqiy qoidalar masalan, rostgo‘ylik, noqonuniy boyishga qarshi kurash juda muhim hisoblanadi. Xalqaro huquqda ham insonparvarlik prinsiplari bor. Ikkala tizimda ham axloq va qonun bir-biriga bog‘langan, qonun axloqni qo‘llabquvvatlashi kerak degan falsafa ustuvorlik kasb etadi. Qadimgi Misrdagi Maat falsafasi, harchand ilohiy va axloqiy asosga ega bo‘lsa-da, zamonaviy huquqiy tizimlar uchun falsafiy poydevor bo‘la oladi. Undagi adolat, rostgo‘ylik, tenglik va tartib kabi prinsiplar bugungi demokratik va huquqiy davlatlardagi asosiy qadriyatlar bilan hamohangdir. O‘rta asrlarda, sud ishlari asosan diniy tashkilotlar yoki podshohlar tomonidan yuritilgan. Sud ishlarining asosiy maqsadi ushbu davrda hokimiyatni saqlab kelgan deb xulosa qilish mumkin. Xususan, Yevropa mamlakatlarida inkvizitsiya va shariat asosidagi sudlar mavjud bo‘lgan. Islom olamida Shariat sudlari shakllangan. Sud ishlarini yurituvchi qozilar Qur’on va hadislar asosida qaror chiqarishgan. Adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqni amalga oshirishning dastlabki elementlari sud jarayonlarida ayollar ham ishtirok etishi, ya’ni erkak va ayol huquq va erkinliklarini himoya qilishda bir xil mavqeda bo‘lgan.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 25 Shuningdek, Qadimgi Rimda insonning aybi isbotlanmaguncha, aybsiz hisoblanishi prinsipining shakllanishi, adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqni amalga oshirishning dastlabki elementlaridan biri hisoblanadi. Ushbu tushuncha negizida aybsizik prezumpsiyasi shakllandi. Bundan tashqari, sudlarning ochiq sud majlislarida ko‘rib chiqilishi va barcha fuqarolarning ishtirok etishi Qadimgi Afina shahrida mavjud sud jarayonlari ta’sirida rivojalandi. Sud tizimining rivojlanish rivojlanish jarayonlari ham yuqorida keltirilgan mintaqaviy sudlarni tashkil etishni taqozo qilmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI I. Normativ-huquqiy hujjatlar 1.1. O‘bekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent. O‘bekiston, 2019. 1.2. O‘bekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (2025-yil 1-avgustgacha bo‘lgan O‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan) Rasmiy nashr – O‘bekiston Respublikasi Adliya vazirligi – T .:”Adolat”, 2025. 1.3. O‘bekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi. (2025 yil 1avgustgacha bo‘lgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan) rasmiy nashr – O‘bekiston Respublikasi Adliya vazirligi. Toshkent: “Adolat”, 2025y. 1.3. O‘bekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 28 yanvardagi “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son farmoni. 1.4. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi.BMT.1948. 1.5. Sud organlari mustaqilligiga oid asosiy prinsiplar.BMT.1985. II. Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar 2.1. Po‘latov. B.X. “Jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarni ijro yetilishi ustidan prokuror nazorati. O‘quv qo‘llanma.T.: 2007.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 26 2.2. D.Bazarov,B.Shamsutdinov. Jinoyat protsessida ayblanuvchining huquqlari.Darslik. 2021. 2.3. F,A.Ramazanova. Jinoyat protsessining funksiyalari.Risola. 2016. 2.3. Isroilov B.O. Jinoyat protsessining ayrim prinsiplari, Risola. – T.: “Tan va texnologiya” 2007. B 23. 2.4. Yagofarov. S.M. "Mejdunarodnie standarti v ugolovnom sudoproizvodstve". uchebnoye posobiye.2013. 2.5. Donald B. Redford, "The Oxford Essential Guide to Egyptian Mythology" – 2003. 2.6. James G. Keenan, J. G. Manning, Uri Yiftach-Firanko “Law and Legal Practice in Egypt from Alexander to the Arab Conquest” Cambridge University Press, 2014. 2.7. Andriette Ferreira, The Legal Rights of the Women of Ancient Egypt, 2004. 2.8. Donald R. Morrison, The Cambridge Companion to Socrates, 2006. 2.9. S.H.Cuttler, The Law of Treason and Treason Trials in Later Medieval France,Cambridge University Press, 2009. III. Internet manbalar 3.1 http://www.lex.uz 3.2 https://www.akorda.kz/ru/republic_of_kazakhstan/kazakhstan 3.3. http://www.pravo.ru. 3.4. https://www.britishmuseum.org 3.5. https://www.oxfordscholarship.com 3.6. https://doi.org/10.1017/CBO9780511562396