scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOLA HAYOTIDA MULTFILMNING OʻRNI VA TA'SIRI

Islamova Oʻzbekoyim

Abstract

Ushbu maqolada bolalar sevib tomosha qiladigan multfilmlarni ularning tarbiyasiga, nutqiga va oʻqish savodxonligiga ta'siri yoritib berilgan. Bundan tashqari, multfilm tomosha qilishning yosh va vaqt chegaralari va olimlarning bu boradagi tadqiqotlari keltirib oʻtilgan.

Full text

310 BOLA HAYOTIDA MULTFILMNING OʻRNI VA TAʼSIRI Islamova Oʻzbekoyim, Oriental universiteti magistranti Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalar sevib tomosha qiladigan multfilmlarni ularning tarbiyasiga, nutqiga va oʻqish savodxonligiga taʼsiri yoritib berilgan. Bundan tashqari, multfilm tomosha qilishning yosh va vaqt chegaralari va olimlarning bu boradagi tadqiqotlari keltirib oʻtilgan. Аннотация: В статье рассматривается влияние любимых мультфильмов детей на их воспитание, речь и грамотность чтения. Приводятся возрастные и временные ограничения для просмотра мультфильмов, а также исследования учёных по этой теме. Kalit soʻzlar: bola, multfilm, yosh, oʻqish savodxonligi, muammo, tasavvur, personaj, ota-ona. Ключевые слова: ребенок, мультфильм, возраст, читательская грамотность, проблема, воображение, персонаж, родители. Biz koʻpincha bizga muammo boʻlib koʻringan obyekt bilan kurashamiz. Lekin aslida u bizning yonimizga muammo sifatida chiqishidan oldin qandaydir jarayonlar sodir boʻlib oʻtgan boʻladi. Deylik, uyingizga suv toshsa, xoʻl boʻlgan yerlarni quritish bilan shugʻullanishdan oldin, albatta suv toshish manbaini aniqlash lozim. Balki joʻmrak ochiq qolgandir, balki suv kanalida yorilish bilan bogʻliq qandaydir muammo boʻlgandir. Xuddi shunday har qanday masalada oldin muammoni topib unga qarshi kurashsak, natija oʻzgaradi. Biz esa negadir buning aksini qilamiz. Yaʼni asl muammo bilan emas, uning natijalari bilan kurashamiz. Natijada esa vaqtimiz va kuchimiz samarasiz ketadi. Bu bilan nima demoqchiman? Oʻqish savodxonligini oshirishda, diqqatni aynan oʻqishning oʻziga emas, balki unga taʼsir qiladigan orqa fondagi omillarga qaratishimiz darkor. Ularni har birini sanasak, ancha boʻladi. Lekin bugun ochib bermoqchi boʻlgan mavzuyimiz, ularning biri – multfilmlarning bola ongiga va oʻqish savodxonligiga bevosita taʼsirini koʻrib chiqamiz. Olimlarning fikricha, bolaga 3 yoshigacha multfilmlarni umuman koʻrsatish tavsiya qilinmaydi. Chunki bolada koʻrish, eshitish va dunyoni qabul qilish instinktlari endi rivojlanayotga boʻladi. 3 yoshdan keyin asta-sekin fikrlash jarayoni shakllana boshlaydi. Bunda bolaga har qanday qiyin maʼnolar yuklanmagan, boshi va oxiri maʼlum boʻlgan kichik hikoyachalar koʻrinishidagi multfilmlar koʻrsatish tavsiya qilinadi. Bu orqali boʻladi tasavvur olami shakllanadi, bola hech qachon boʻlmagan joylarida boʻlib koʻradi, oʻzini qahramonlarning biri deb hisoblaydi. Enshteyn aytganidek: “Hammani nimagadir oʻrgatish mumkin, lekin tasavvurga qilish kuchiga hamma egalik qilolmaydi” 1 . Xayolot dunyosi esa oʻqish savodxonligi uchun muhim asos sifatida xizmat qiladi. Chunki bola oʻquvchi sifatida oʻqiyotgan hikoya, rivoyatni tushunishi uchun oldin uni tasavvur qila olishi kerak. Keyin matnni tushunishi-yu, oʻz soʻzlari bilan almashtirib qayta gapirib berishini kutsak arziydi. 1 Bolalar psixiatori, psixoterapevt Olshanskiy Oleg Viktorovich. 311 Umuman olganda, 3-6 yoshlar oraligʻida multfilm tomosha qilish vaqt oraligʻi haftada 2 marta, boshlangʻich sinflarda esa bu koʻrsatkich haftada 3 martaga oshirilishi mumkin ekan. Nima uchun multfilmlar sodda boʻlishi kerak? Chunki bolani miyyasi hamma maʼlumotlarni birdaniga qabul qila olmaydi. Multfilmlarda ranglar juda yorqin, kadrlar harakati tez, personajlar nutqi tez va qoʻshimchasiga orqa fonda musiqa yangrab turadi. Bola bularni hammasini bitta kartinaga keltirib joylashga qiynaladi. Bu esa miyyaga, vizual qabul qilish sistemasiga ortiqcha yuk sifatida xizmat qiladi. Natijada esa bola juda asabiy, baqiroq boʻlib qoladi. Kadrlarni tez almashinuvi sababli bolada sabrsizlik, diqqatni bir joyga yigʻa olmaslik muammosi kuzatilishi mumkin. Ushbu muammodan hozirda kattalar ham afsuski qiynalishadi. Bola ham bitta narsadan tez zerikadigan boʻlib qoladi. Bu esa keyinchalik insonda hayotdan zerikishga ham olib kelishi mumkin. Multfilmlar bolaning oʻqishiga, lugʻat boyligini oshirishga, soʻzlarni, emotsiyalarni tushunishiga va tanqidiy fikrlashini rivojlanishiga yordam beradi. shuning uchun ham multfilmdagi qahramonlar soʻzlani talaffuz qilishi, oʻgʻizlari harakatga kelishi va harakatlari gapirayotgan soʻzlariga mos kelishi shart. Hozirgi kunda BabyBus, Buba kabi nomlar ostida oʻz faoliyatini yurgazib kelayotgan multfilmlarda soʻzlar umuman qoʻllanilmaydi, multfilm faqat tovushlardan iborat. Kunimizda mashhurlikka erishib ulgurgan “labubu” oʻyinchogʻining ham multfilmi ishlab chiqilgan ekan. U yerda esa ogʻiz shunchaki ochilib-yopiladi, ogʻiz artikulyatsiyasi talaffuz qilinayotgan soʻzlarga umuman toʻgʻri kelmaydi. Bundan tashqari baʼzi qismlarida oʻqituvchiga nisbatan juda katta hurmatsizlik koʻrsatilgan sahnalar ham mavjud. Nima uchun chet el multfilmlaridan misol keltiryapman? Chunki, telegram kanalimda oʻtkazgan kichik soʻrovnomamda qatnashgan obunachilar farzandlariga rus, ingliz va turk tillaridagi yoki rus tiliga tarjima qilingan ingliz multfilmlarni koʻrsatishar ekan. shuning uchun ham urgʻuni aynan shularga qaratayapman. Multfilmlarning yuqorida sanab oʻtilgan ijobiy mahsullar uchun yordami beqiyos. Faqatgina hamma narsada boʻlganidek, multfilmni tomosha qilishda ham cheklangan vaqt boʻlishi kerak. Bunda ota-onalar budilnikli soatlardan, qumsoatlardan foydalansalar boʻladi. Yaʼni bola vaqt nihoyasiga yetganda multfilm tomosha qilish vaqti tugaganini masʼuliyat bilan his qiladi va amal qilishi kerak boʻladi. Albatta bu boshida qiyin boʻlishi mumkin. Lekin sekin-asta urishmasdan tushuntirilib, xuddi kattalardek kelishilsa, bola albatta tushunadi va tartibga oʻrganadi. Bundan tashqari, bizning mentalitetimizga, qadriyatlarimizga yod boʻlgan multfilmlardan koʻra oʻz yurtdoshlarimiz tomonidan ishlab chiqilgan “Bek va Lola” multfilmini tavsiya qilaman. Unda tarbiyaviy ahamiyatga ega mavzular qalamga olingan boʻlib, nafaqat bolani zavqlantiradi, balki unga hayoti davomida kerak boʻladigan asosiy bilimlarni oʻrgatadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. https://youtu.be/RS7jtFKENSg?feature=shared 2. https://youtu.be/5LGRGwzS2Lk?feature=shared 3. EuroSchool - 7 Amazing Benefits of Watching Cartoons for Children 4. www.kinderpedia.co - Cartoons : impact on children