DARS JARAYONIDA MILLIY QADRIYATLARNI OʻQUVCHILARGA YETKAZISHNING SAMARALI YOʻLLARI
Abstract
Ushbu maqolada dars jarayonida oʻquvchilarga milliy qadriyatlarni yetkazishning samarali usullari va didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Ta'lim jarayonida milliy qadriyatlarni singdirish metodlari, an'anaviy va zamonaviy yondashuvlarning uygʻunligi hamda pedagogik texnologiyalarning ahamiyati koʻrib chiqilgan. Adabiyotlar tahlili asosida milliy qadriyatlarni oʻqitishning eng samarali yoʻllari aniqlangan va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra, milliy qadriyatlarni dars jarayonida muvaffaqiyatli yetkazish uchun kompleks yondashuv va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarur.
Full text
360 DARS JARAYONIDA MILLIY QADRIYATLARNI OʻQUVCHILARGA YETKAZISHNING SAMARALI YOʻLLARI Xamrayeva Dilorom Uktamjonovna, Oriental universiteti 2-kurs magistratura talabasi Egamberdiyeva Farida Oʻktamovna, Oriental universiteti Pedagogika fanlari nomzodi professor Annotatsiya: Ushbu maqolada dars jarayonida oʻquvchilarga milliy qadriyatlarni yetkazishning samarali usullari va didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Taʼlim jarayonida milliy qadriyatlarni singdirish metodlari, anʼanaviy va zamonaviy yondashuvlarning uygʻunligi hamda pedagogik texnologiyalarning ahamiyati koʻrib chiqilgan. Adabiyotlar tahlili asosida milliy qadriyatlarni oʻqitishning eng samarali yoʻllari aniqlangan va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra, milliy qadriyatlarni dars jarayonida muvaffaqiyatli yetkazish uchun kompleks yondashuv va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarur. Kalit soʻzlar: milliy qadriyatlar, dars jarayoni, taʼlim metodlari, pedagogik texnologiyalar, milliy tarbiya, maʼnaviy-axloqiy tarbiya, didaktik imkoniyatlar, oʻquvchilar Abstract: This article analyzes the Effective Ways and didactic possibilities of communicating national values to students during the course of the lesson. In the educational process, methods for the absorption of national values, the combination of traditional and modern approaches and the importance of pedagogical technologies were considered. Based on the analysis of the literature, the most effective ways of teaching national values are identified and practical recommendations are developed. According to the results of the study, in order to successfully convey national values in the course of the lesson, it is necessary to use an integrated approach and modern pedagogical technologies. Keywords: national values, lesson process, educational methods, pedagogical technologies, National Education, spiritual and moral education, didactic opportunities, students KIRISH. Mustaqil Oʻzbekiston taraqqiyotining soʻnggi oʻttiz yili davomida milliy qadriyatlarni tiklash va kelajak avlodga yetkazish masalasi davlat siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Professor Muhammadjon Quronov taʼkidlaganidek, “Oʻzligimizni koʻksimizda asrab, bir-birimizga jonu jigar boʻlishimiz kerak. Biz birlashsak, bizni toʻxtata oladigan kuch yoʻq” [1]. Bu fikr milliy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishning muhim ahamiyatini koʻrsatib turadi. Taʼlim tizimi milliy qadriyatlarni shakllantirish va yetkazishning asosiy institutlaridan biri hisoblanadi. Globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan sharoitda oʻquvchilarda milliy oʻzlikni anglash, milliy qadriyatlarni qadrlash va ularni
361 hayotda qoʻllay olish koʻnikmalarini rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda [2]. Dars jarayonida milliy qadriyatlarni samarali yetkazish pedagoglardan zamonaviy didaktik yondashuvlar va innovatsion metodlarni qoʻllashni talab qiladi. Milliy qadriyatlar deganda millatning oʻziga xos maʼnaviy boyliqlari, urf-odatlari, anʼanalari, axloqiy meʼyorlari, tarixiy tajribasi va madaniy merosi tushuniladi. Bu qadriyatlar oʻquvchilarning shaxsini shakllantirish, ularning dunyoqarashi va hayotiy pozitsiyasini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi [3]. Shuning uchun ushbu tadqiqotning maqsadi dars jarayonida milliy qadriyatlarni oʻquvchilarga yetkazishning samarali yoʻllarini aniqlash va tahlil qilishdan iborat. METODOLOGIYA VA ADABIYOTLAR TAHLILI. Ushbu tadqiqot milliy qadriyatlarni taʼlim jarayonida yetkazish masalalariga bagʻishlangan Oʻzbek, rus va xorijiy olimlarning ilmiy asarlarini tahlil qilish metodiga asoslangan. Tadqiqotda adabiyotlar tahlili usuli, qiyosiy tahlil va sintez metodlari qoʻllanilgan. Oʻzbek pedagogi va olimi M. Quronov oʻzining “Otalar kitоbi” asarida taʼkidlaganidek, “Haqiqiy tarbiya faqat milliy qadriyatlar asosida amalga oshirilishi mumkin” [1]. Bu fikr milliy qadriyatlarni taʼlim jarayoniga integratsiya qilishning zarurligini koʻrsatadi. Shuningdek, uning “Bolam baxtli boʻlsin desangiz” asarida oilaviy tarbiya va milliy qadriyatlarning uygʻunligi masalalari chuqur yoritilgan [4]. Rus pedagogi V.A. Slastenin oʻzining Pedagogika nomli oʻquv qoʻllanmasida oʻquvchiga milliy qadriyatlarni taʼlim jarayonida yetkazishning metodologik asoslarini ishlab chiqqan. Uning fikricha, milliy qadriyatlar shaxsning maʼnaviy rivojlanishining asosini tashkil etadi [5]. A.N. Djurinskiy esa “Teoriya i metodika vospitaniya” asarida milliy tarbiyaning zamonaviy konseptual asoslarini koʻrib chiqqan [6]. Xorijiy tadqiqotchilar ham milliy qadriyatlarni taʼlimda qoʻllash masalalariga alohida eʼtibor qaratganlar. J.A. Banks “Cultural Diversity and Education” asarida koʻp madaniyatli taʼlim muhitida milliy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish yoʻllarini tadqiq etgan [7]. Ch. Grant va C.E. Sleeter esa “Making Choices for Multicultural Education” asarida milliy qadriyatlarni taʼlim jarayoniga integratsiya qilishning amaliy usullarini taklif etganlar [8]. Zamonaviy tadqiqotlarda milliy qadriyatlarni dars jarayonida yetkazishning turli yoʻllari koʻrib chiqilgan. M. Apple “Official Knowledge” asarida taʼlim mazmuni va milliy madaniyat oʻrtasidagi bogʻliqlik masalalarini tahlil qilgan [9]. H. Giroux esa “Border Crossings” asarida milliy identifikatsiyani shakllantirishda taʼlimning rolini oʻrgangan [10]. Oʻzbek pedagog olimi N. Azizxoʻjayeva milliy qadriyatlarni taʼlim jarayonida qoʻllashning didaktik asoslarini ishlab chiqqan. Uning fikricha, milliy qadriyatlarni yetkazishda eng samarali usul - bu anʼanaviy va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning uygʻun qoʻllanilishidir [3]. NATIJALAR VA MUHOKAMA. Adabiyotlar tahlili natijasida dars jarayonida milliy qadriyatlarni oʻquvchilarga yetkazishning quyidagi samarali yoʻllari aniqlandi: Birinchidan, taʼlim mazmunini milliy qadriyatlar bilan boyitish zarur. Bu jarayon barcha fanlarni oʻqitishda amalga oshirilishi mumkin. Tarix darslarida milliy qahramonlar va ulugʻ shaxslarning hayoti, adabiyot darslarida milliy adiblar ijodi, matematik darslarida milliy hunarmandchilik geometriyasi kabi mavzularni qamrab olish mumkin.
362 Ikkinchidan, interfaol taʼlim metodlaridan keng foydalanish talab etiladi. Guruh muhokamasi, loyiha metodi, kreativ yozuv, dramatizatsiya kabi usullar orqali oʻquvchilar milliy qadriyatlarni faol ravishda oʻzlashtirishadi. Bu metodlar oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va milliy qadriyatlarni chuqur anglashga yordam beradi. Uchinchidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Multimedia taqdimotlar, virtual sayohatlar, interaktiv doskalar yordamida milliy madaniyat va qadriyatlarni vizual tarzda namoyish etish samaradorlikni oshiradi. Toʻrtinchidan, darsdan tashqari faoliyatni tashkil etish zarur. Milliy bayramlar, anʼanaviy oʻyinlar, folklor kechasi kabi tadbirlar orqali oʻquvchilar milliy qadriyatlarni amaliy faoliyat jarayonida egallashadi. Beshinchidan, oila va maktab hamkorligini kuchaytirish kerak. Ota-onalarni taʼlim jarayoniga jalb qilish, ularning milliy qadriyatlar haqidagi bilim va tajribalaridan foydalanish samaradorlikni oshiradi. 1-jadval. Dars jarayonida milliy qadriyatlarni yetkazish metodlari va ularning samaradorligi Metod nomi Qoʻllanish sohasi Samaradorlik darajasi Afzalliklari Hikoya qilish Barcha fanlar Yuqori Emоtsional taʼsir Loyiha metodi Ijtimoiy fanlar Juda yuqori Mustaqil izlanish Dramatizatsiya Adabiyot, tarix Yuqori Faol ishtirok Multimedia Barcha fanlar Juda yuqori Vizual taʼsir Jadval tahlili koʻrsatadiki, eng samarali metodlar loyiha metodi va multimedia texnologiyalari hisoblanadi. Bu metodlar oʻquvchilarning faol ishtiroki va chuqur anglashni taʼminlaydi. Milliy qadriyatlarni dars jarayonida yetkazishda pedagoglarning shaxsiy namunasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻqituvchi oʻzining xatti-harakati, nutqi va munosabati orqali milliy qadriyatlarning tirik namunasini koʻrsatishi kerak. Bu jarayon oʻquvchilarga milliy qadriyatlarning amaliy qiymatini anglatishga yordam beradi. Shuningdek, dars jarayonida milliy qadriyatlarni yetkazishda individual yondashuvni qoʻllash zarur. Har bir oʻquvchining individual xususiyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlarini hisobga olib, milliy qadriyatlarni ularga yetkazishda turli usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Hikoya qilish metodikasi-bu oʻquvchilarga bilim, axborot va tarbiyaviy gʻoyalarni ogʻzaki bayon qilish orqali yetkazish metodidir. U koʻproq boshlangʻich va oʻrta taʼlim bosqichlarida qoʻllaniladi, chunki kichik yoshdagi oʻquvchilar matnni oʻqib tahlil qilishda qiynalishi mumkun, ammo tinglash orqali mazmunni yaxshi qabul qiladi. Hikoya qilish metodikasining maqsadioʻquvchilarda diqqatni jamlash, tasavvur qilish va xotirani rivojlantirish, yangi bilimlarni sodda, obrazli va tushunarli shaklda yetkazish, tarbiyaviy gʻoyalarni singdirishdan iborat. Hikoya qilish metodikasining asosiy xususiyatlarioʻqituvchi ogʻzaki bayon orqali hikoya qilib beradi,oʻquvchilarni qiziqtirish uchun qiziqarli misollar, voqealar, obrazli
363 qahqamonlar keltiradi, voqealar mantiqiy ketma-ketlikda boʻladi, tarbiyaviy yoʻnalishda hikoya nafaqat bilim beradi, balki axloqiy qadriyatlarni ham shakllantiradi. Hikoya qilish turlari: 1. Axborotli hikoyayangi bilimlarni sodda va tushunarli shaklda berish. 2. Badiiy hikoya-asar, rivoyat, ertak yoki voqeani obrazli qilib etkazish. 3. Tarixiy hikoya-tarixiy voqealarni jonli misollar orqali tushuntirish. 4. Tarbiyaviy hikoya-maʼnaviy-axloqiy gʻoya va qadriyatlarni singdirish. Oʻqituvchi hikoya mavzusi, asosiy gʻoya va materiallarni tanlaydi, ovoz, intonatsiya, pauza va taʼkidlar orqali qiziqarli tarzda bayon etadi, hikoya asosida oʻquvchilarni fikrlashga undaydi, hikoyadan olinadigan asosiy bilim va tarbiyaviy gʻoya ajratib koʻrsatiladi. Xulosa qilib aytganda, hikoya qilish metodikasi-oʻquvchilar ongiga yangi bilimlarni sodda, obrazli va taʼsirchan usulda singdirishning samarali yoʻlidir. Uni suxbat, savol-javob va koʻrgazmali vositalar bilan uygʻunlashtirib qoʻllash yanada foydali boʻladi. Loyiha metodi-bu taʼlim jarayonida oʻquvchilar bilim va koʻnikmalarini hayotiy vaziyatlarga tatbiq etish, mustaqil izlanish, amaliy faoliyat hamda ijodiy yondashuv orqali shakllantirishga yoʻnaltirilgan oʻqitish metodidir. Bu metod oʻquvchilarni faol ishtiroki sifatida jalb etadi, u oʻrganayotgan nazariy bilimlarini amaliy topshiriqlar orqali mustahkamlaydi va yangilik yaratishga undaydi. Loyiha metodining maqsadiOʻquvchilarda mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni shakllantirib, nazariy bilimlarni hayotiy vaziyatlarda qoʻllab, jamoada ishlash, hamkorlik va masʼuliyatni oshiradi, tadqiqot olib boorish, maʼlumot yigʻish, tahlil qilish koʻnikmalarini rivojlantiradi. Loyiha metodining afzalliklarioʻquvchilarda faollik va qiziqishni oshiradi, mustaqil izlanishga oʻrganadi, amaliyot bilan nazariyani bogʻlaydi, jamoaviy ishlash koʻnikmasini rivojlantiradi, tashabbuskorlik, masʼuliyat va liderlikni shakllantiradi. Asosiy xususiyatlari muammoni hal qilishga qaratilgan boʻladi, oʻquvchilar mustaqil reja tuzadi va uni amalda bajaradi, yakunida aniq natija yoki mahsulot yaratiladi (maʼruza,maket,taqdimot, video, loyiha hujjati va h.k. Oʻquvchi ijodkor va izlanuvchi sifatida shakllanadi. Qoʻllash bosqichlari: Muammoni talash va maqsad qoʻyish,reja tuzish va vazifalarni taqsimlash, maʼlumot yigʻish va ishlov berish, Loyiha ustida ishlash, natijani taqdim etish (himoya qilish) xulosa va baholashdan iborat. Dramatizatsiya metodikasi-taʼlim jarayonida oʻquv materialini rolli oʻyin, sahnalashtirish, teatrlashtirish orqali oʻquvchilarga yetkazish usulidir. Bu metod koʻproq adabiyot, tarix, ona tili, xorijiy tillar va tarbiya darslarida samarali qoʻllaniladi. Drammatizatsiya metodikasining maqsadioʻquvchilarda nutq madaniyatini rivojlantirish, ijodiy tafakkurini shakllantirish, kitobxonlikka boʻlgan qiziqishini oshirish, muloqot madaniyatini oʻrgatish, Vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik kabi fazilarlarni tarbiyalashdan iboratdir. Drammatizatsiya metodikasining asosiy xususiyatlari: faollik-oʻquvchi bevosita dars jarayonida faol ishtirok etadilar.Hissiy taʼsir-sahnalashtirish orqali obrazlarni his qilish, ularni kayfiyatini tushunish imkoniyati yaratiladi. Ijodkorlik-oʻquvchilar mustaqil fikrlaydi, obraz yaratadi va oʻz talqinini namoish etadi. Kommunikativlikmuloqot qilish, jamoada ishlash koʻnikmalari rivojlanadi. Qoʻllash bosqichlari: 1. Matn tanlash-sahnalashtirishga mos hikoya, ertak, sheʼr yoki voqeani belgilash.
364 2. Rollarni taqsimlash-oʻquvchilar qiziqishni va qobiliyatiga qarab roller belgilanadi. 3. Namoish etish-sinf oldida sahnalashtirish. 4. Tahlil va muhokama-oʻquvchilarning ishi baholanadi, xatolar va yutuqlar koʻrsatib oʻtiladi. Multimedia metodi-bu taʼlim jarayonida turli xil axborot manbalari (matn, rasm, tovush, video, animatsiya, grafika interaktiv dasturlar)ni uygʻunlashtirib qoʻllash metodidir. Bu metod oʻquvchilarda mavzuni tezroq, qiziqarli va samarali oʻzlashtirishga yordam beradi. Multimediya metodining asosiy xususiyatlari: Koʻrgazmalilikmavzular rasmlar, sxemalar, grafikalar orqali osonroq qabul qilinadi. Interfaollik-oʻquvchilar dars jarayonida multimediya dasturlari yordamida faol ishtirok etadi. Bir nechta sezgi organlari orqali taʼsir qilisheshitish, koʻrish, oʻqish va amaliy bajarish jarayoni uygʻunlashadi. Axborotni tez va samarali uzatishkata hajmdagi maʼlumot qisqa vaqt ichida yetkaziladi. Darslarni jonli va interaktiv tarzda tashkil qilish imkoniyatini beradi. Qoʻllash shakllari-video darslar hujjatli film, tajriba yozuvi yoki animatsiya orqali tushuntirish. Prezentatsiyalar-PowerPoint, Prezi va boshqa dasturlar yordamida. Virtual labaratoriya-amaliy mashgʻulotlarni kompyuter orqali bajarish. Interaktiv testlar-onlayn platformalarda bilimlarni baholash. Dars jarayonida milliy qadriyatlarni yetkazishning samarali yoʻllarini tahlil qilish jarayonida bir qator muhim pedagogik tamoyillar aniqlandi. Birinchi navbatda, milliy qadriyatlarni yetkazish jarayoni ketma-ketlik tamoyiliga asoslangan boʻlishi zarur. Bu degani, milliy qadriyatlar toʻgʻrisidagi bilimlarni sodda tushunchalardan murakkabrogiga, konkret holatlardan umumiy xulosalarga oʻtkazish orqali tizimli ravishda yetkazish kerakligi demakdir. Masalan, boshlangʻich sinflarda milliy kiyimlar, taomlar, oʻyinlar kabi sodda tushunchalar orqali boshlanib, keyinchalik milliy falsafa, madaniyat nazariyasi kabi chuqur mavzularga oʻtish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqot natijalarida aniqlangan yana bir muhim jihat - milliy qadriyatlarni yetkazishda kontekstual yondashuvning ahamiyati. Bu yondashuv milliy qadriyatlarni abstrakt tushunchalar sifatida emas, balki real hayotiy vaziyatlar va amaliy faoliyat orqali yetkazishni nazarda tutadi. Dars jarayonida milliy qadriyatlarni konkret misollar, hayotiy holatlar va amaliy topshiriqlar orqali tushuntirish oʻquvchilarning chuqur anglashi va qabul qilishiga yordam beradi. Bu usul ayniqsa oʻrta maktab yoshidagi oʻquvchilar uchun samarali boʻlib, ular mavhum tushunchalarni konkret misollar orqali yaxshi oʻzlashtirishadi. Milliy qadriyatlarni dars jarayonida yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadigan yana bir omil - bu madaniyatlararo muloqot va taqqoslash metodidir. Oʻquvchilarga oʻz milliy qadriyatlarini boshqa xalqlarning qadriyatlari bilan taqqoslash imkoniyati berish, ularning oʻziga xos jihatlarini ajratib koʻrsatish milliy gʻurur va identifikatsiyani mustahkamlashga yordam beradi. Bunda asosiy maqsad boshqa madaniyatlarni kamsitish emas, balki oʻz milliy qadriyatlarining noyob va qimmatli jihatlarini taʼkidlashdir. Bu yondashuv oʻquvchilarda milliy tolerantlik va hurmatni ham rivojlantiradi, bu esa zamonaviy koʻp millatli jamiyat uchun juda muhimdir. Dars jarayonida milliy qadriyatlarni yetkazishning samaradorligini oshirishda emоtsional omilning roli ham katta ahamiyat kasb etadi. Milliy qadriyatlar nafaqat
365 aqliy, balki hissiy darajada ham qabul qilinishi kerak. Shuning uchun dars jarayonida milliy qoʻshiqlar, sheʼrlar, ertaklar, afsonalar kabi emоtsional taʼsirga ega boʻlgan materiallardan foydalanish zarur. Bu materiallar orqali oʻquvchilarda milliy qadriyatlarga nisbatan ijobiy emоtsional munosabat shakllanadi, bu esa ularning barqaror oʻzlashtirilishiga yordam beradi. Zamonaviy taʼlim muhitida milliy qadriyatlarni yetkazishda texnologik integrasiyaning ahamiyati ham ortib borayapti. Raqamli resurslar, virtual reallik, augmented reallik kabi zamonaviy texnologiyalar orqali milliy madaniy merosni yanada jonli va interaktiv tarzda namoyish etish mumkin. Masalan, virtual muzey ekskursiyalari, tarixiy shaxslar bilan virtual suhbat, milliy hunarmandchilik jarayonlarining 3D modellari orqali oʻquvchilar milliy qadriyatlarni yanada chuqur va qiziqarli tarzda oʻzlashtirishadi. Bu usul ayniqsa zamonaviy texnologiyalarga qiziqish bildiruvchi yosh avlod uchun juda samarali hisoblanadi. Milliy qadriyatlarni dars jarayonida yetkazishda muhim rol oʻynadigan omillardan biri ham pedagogning shaxsiy tayyorgarlik darajasi va uslubiy mahoratidir. Oʻqituvchi milliy qadriyatlarni faqat nazariy jihatdan bilishi kifoya emas, balki ularni oʻz hayotida amalda qoʻllay olishi va oʻquvchilarga shaxsiy namuna koʻrsata olishi zarur. Pedagog oʻzining nutq madaniyati, xatti-harakati, munosabat tarzida milliy qadriyatlarning aksi boʻlishi kerak. Bu oʻquvchilarda milliy qadriyatlarga nisbatan ishonch va hurmatni mustahkamlaydi. Xulosa. Tadqiqot natijalariga koʻra, dars jarayonida milliy qadriyatlarni oʻquvchilarga samarali yetkazish uchun kompleks yondashuvdan foydalanish zarur. Bu jarayon taʼlim mazmunini milliy qadriyatlar bilan boyitish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash, interfaol metodlardan foydalanish va oila-maktab hamkorligini kuchaytirishni oʻz ichiga oladi. Milliy qadriyatlarni yetkazishning eng samarali yoʻllari loyiha metodi, multimedia texnologiyalari, dramatizatsiya va guruh ishi metodlaridir. Bu usullar oʻquvchilarning faol ishtiroki va chuqur anglashini taʼminlaydi. Kelajakda milliy qadriyatlarni dars jarayonida yetkazish boʻyicha yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish, mavjud metodlarni takomillashtirish va ularning samaradorligini empirik tadqiqotlar orqali oʻrganish zarur. Shuningdek, bu sohadagi xalqaro tajribalarni oʻrganish va mahalliy sharoitlarga moslash muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyotlar roʻyxati 1. Azizxoʻjayeva, N.N. (2018). Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent: Oʻqituvchi. (2) – 156 b. 2. Apple, M.W. (2014). Official Knowledge: Democratic Education in a Conservative Age. New York: Routledge. (9) 3. Banks, J.A. (2019). Cultural Diversity and Education: Foundations, Curriculum, and Teaching. Boston: Pearson. (7) – 432 p. 4. Giroux, H.A. (2015). Border Crossings: Cultural Workers and the Politics of Education. New York: Routledge. (10)
366 5. Grant, C.A., & Sleeter, C.E. (2018). Making Choices for Multicultural Education: Five Approaches to Race, Class, and Gender. New York: Wiley. (8) – 368 p. 6. Джуринский, А.Н. (2014). Теория и методика воспитания. Москва: Юрайт. (6) – 292 с. 7. Inomova, M. (2016). Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida milliy gʻururni tarbiyalash. Toshkent: Fan. (3) – 128 b. 8. Сластенин, В.А., Исаев, И.Ф., Шиянов, Е.Н. (2013). Педагогика. Москва: Академия. (5) – 496 с. 9. Quronov, M. (2007). Otalar kitоbi. 25-b. Toshkent: Oʻzbekiston NMIU. (1) 10. Quronov, M. Bolam baxtli boʻlsin desangiz. Toshkent: Maʼnaviyat. (2010). (4) – 96 b.