scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PEDAGOGIK TA'LIM JARAYONINI TASHKIL QILISHDA KREATIV YONDASHUVNING AHAMIYATI

Gʻulomova Adiba Nozimjon qizi; Egamberdiyeva Farida Oktamovna

Abstract

Maqolada pedagogik ta'lim jarayonida kreativ yondashuvning nazariy asoslari, uning ta'lim sifatiga ta'siri hamda oʻqituvchi va oʻquvchilar faoliyatida tutgan oʻrni yoritilgan. Oʻzbekistonda kreativ pedagogika rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari, interfaol va innovatsion metodlarning qoʻllanishi, ularning dars jarayonidagi bosqichlarga tatbiqi keng yoritiladigan. Shuningdek, xorijiy mamlakatlarning kreativ yondashuv tajribalari tahlil qilinib, Oʻzbekiston ta'lim tizimi uchun muhim xulosalar berilgan.

Full text

389 PEDAGOGIK TAʼLIM JARAYONINI TASHKIL QILISHDA KREATIV YONDASHUVNING AHAMIYATI Gʻulomova Adiba Nozimjon qizi, Oriental universiteti Pedagogika fakulteti Pedagogika psixologiya yoʻnalishi talabasi Ilmiy rahbar: Egamberdiyeva Farida Oktamovna Annotatsiya: Maqolada pedagogik taʼlim jarayonida kreativ yondashuvning nazariy asoslari, uning taʼlim sifatiga taʼsiri hamda oʻqituvchi va oʻquvchilar faoliyatida tutgan oʻrni yoritilgan. Oʻzbekistonda kreativ pedagogika rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari, interfaol va innovatsion metodlarning qoʻllanishi, ularning dars jarayonidagi bosqichlarga tatbiqi keng yoritiladigan. Shuningdek, xorijiy mamlakatlarning kreativ yondashuv tajribalari tahlil qilinib, Oʻzbekiston taʼlim tizimi uchun muhim xulosalar berilgan. Kalit soʻz va iboralar: Kreativlik, innovatsion taʼlim, interfaol metodlar, pedagogik texnologiya, STEAM-taʼlim, mustaqil fikrlash. Abstract: The article explores the theoretical foundations of a creative approach in the pedagogical education process, its impact on the quality of education, and its role in the activities of teachers and students. It provides a comprehensive analysis of the main directions of the development of creative pedagogy in Uzbekistan, the use of interactive and innovative methods, and their application at various stages of the learning process. The experiences of foreign countries in implementing creative approaches are also examined, and important conclusions are drawn for the improvement of Uzbekistanʼs education system. Keywords: creativity, innovative education, interactive methods, pedagogical technology, STEAM education, independent thinking. Bugungi kunda taʼlim tizimining bosh maqsadi – jamiyatga faqat bilimli emas, balki mustaqil fikrlaydigan, ijodkor va tashabbuskor yoshlarni yetishtirishdir. Bunga erishishda kreativ pedagogika muhim oʻrin tutadi. Kreativ yondashuv , bu yangicha fikrlash, muammolarga noodatiy qarash va taʼlim jarayonini samarali tashkil etishning zamonaviy metodidir. Oʻzbekistonda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlarda kreativ pedagogika alohida eʼtibor qaratilayotgan yoʻnalishlardan biridir. Chunki zamonaviy iqtisodiyot va ijtimoiy hayot sharoitida kreativ tafakkurga ega insonlargina raqobatbardosh boʻla oladi. Kreativ pedagogikaning mohiyati va ahamiyati. Kreativ pedagogika anʼanaviy taʼlimdan farqli ravishda oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan boʻlib, uning qiziqishlari, qobiliyati va tashabbusini qoʻllab-quvvatlashni koʻzda tutadi. Uning ahamiyatlariga toʻxtaladigan boʻlsak. Bilimlarning puxta oʻzlashtirilishi oʻquvchi faqat yod olmaydi, balki bilimni amaliy vaziyatlarda qoʻllashni oʻrganadi. Mustaqil fikirlar, oʻz qarashlariga ega , yangi gʻoyalarga boy boʻlagan 390 kelajak avlodni shakillantirladi. Kreativ pedagogikada oʻquvchilar bilimni faqat yodlash bilan cheklanib qolmaydi, balki uni hayotiy vaziyatlarda qoʻllashni ham oʻrganadilar. Masalan, matematik formulani eslab qolish emas, balki uni kundalik hayotdagi muammolarni hal qilishda ishlata olish muhim sanaladi. Bu jarayon: mavzularni chuqur tushunishga, bilimlarni mustahkam xotirada saqlashga, kerakli paytda qoʻllay olish koʻnikmasini shakllantirishga yordam beradi. Ijodkorlikni rivojlantirish – oʻquvchi yangicha gʻoyalar yaratishga undaladi. Kreativ taʼlim oʻquvchini tayyor bilimni oʻzlashtirishga emas, balki yangi gʻoyalar yaratishga undaydi. Bu esa oʻquvchining ijodiy tafakkurini faollashtiradi. Turli topshiriqlarga noodatiy yechim topish, yangi loyihalar, modellar yoki ijodiy ishlar yaratish, oʻz qiziqishlariga mos faoliyat yoʻnalishlarini sinab koʻrish. Natijada, oʻquvchi faqat bilim oluvchi emas, balki yangilik yaratuvchi shaxsga aylanadi. Mustaqil fikrlashni shakllantirish – oʻquvchilar oʻz qarashini asoslash va himoya qilishga odatlanadi. Kreativ pedagogika oʻquvchilarni oʻz fikrini mustaqil shakllantirishga, uni asoslash va himoya qilishga oʻrgatadi. Bu esa: tahliliy fikrlashni rivojlantiradi oʻz qarashiga ega boʻlishga, erkin mulohaza yuritishga yordam beradi, turli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilishga tayyorlaydi Shu orqali oʻquvchi kelajakda nafaqat bilimli, balki oʻz pozitsiyasini mustaqil himoya qila oladigan shaxs sifatida shakllanadi. Shaxsiy faollik – dars jarayoni qiziqarli va motivatsion boʻlilishini tamillaydi. Kreativ taʼlim jarayonida darslar faqat oʻqituvchining maʼruzasi bilan cheklanmaydi, balki oʻquvchining faol ishtirokini taqozo etadi. Bu esa: oʻquvchining qiziqishini oshiradi, tashabbuskorlikni kuchaytiradi, dars jarayonini qiziqarli, interfaol va samarali qiladi. Natijada, oʻquvchi oʻzini darsning faol ishtirokchisi sifatida his qiladi va oʻz bilimini amalda qoʻllashga intiladi. Kreativ metodlarning qoʻllanilishi 1. Interfaol metodlar Aqliy hujum – yangi mavzu yoki muammoni hal qilishda qoʻllaniladi. 6–11sinflarda samarali. Darsning kirish bosqichida mavzu yuzasidan imkon qadar koʻp gʻoya yigʻiladi. Klaster – tushunchalar oʻrtasidagi bogʻliqlikni koʻrsatishda qoʻllaniladi. 5–9sinflarda, asosan mavzuni mustahkamlash bosqichida ishlatiladi. Debat – yuqori sinflarda (9–11-sinflar) dolzarb masalalar boʻyicha bahs yuritish orqali tanqidiy fikrlashni shakllantiradi. Rol oʻynash – boshlangʻich sinflarda ham, yuqori sinflarda ham mavzuga mos hayotiy vaziyatlarni sahnalashtirish orqali oʻquvchilarning qiziqishini oshiradi. 2. Raqamli texnologiyalar. Elektron darsliklar, interaktiv taqdimotlar, onlayn test tizimlari taʼlim jarayonida qoʻllanilib, vizual materiallar yordamida oʻquvchilarda mavzu yanada chuqurroq oʻzlashtiriladi. Masalan, boshlangʻich sinflarda animatsion darsliklar, oliy sinflarda laboratoriya simulyatsiyalari samaradorligi yuqori. 3. STEAM-taʼlim STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) uslubi oʻquvchilarni fanlararo bogʻlanishda kreativ fikrlashga oʻrgatadi. Masalan, matematika 391 darsida geometrik shakllardan foydalangan holda sanʼat asarlari, loyhalar yaratish. Bu usul 7–11-sinflar uchun mos boʻlib, loyiha ishlari bosqichida qoʻllaniladi. 4. Keys-stadi (muammoli vaziyatlar tahlili) Oʻquvchilar oldiga real hayotiy vaziyat qoʻyiladi va uni hal qilish yoʻllari izlanadi. Bu usul yuqori sinflarda darsning mustahkamlash va yakunlovchi bosqichida samarali. Kreativ yondashuvning oʻqituvchi uchun zarurati. Oʻz pedagogik mahoratini oshiradi. Kreativ yondashuv oʻqituvchidan yangicha metodlar, oʻyinlar, loyiha asosidagi topshiriqlar, muammoli vaziyatlardan foydalanishni talab qiladi. Bu esa uning pedagogik mahoratini yanada boyitadi va zamon talablariga moslashtiradi. Matematika oʻqituvchisi murakkab masalalarni oddiy formulalar bilan emas, balki real hayotdagi hisob-kitoblar orqali tushuntirsa, masalan, “oilaviy budjetni hisoblash” topshirigʻi orqali, oʻquvchilar mavzuni qiziqish bilan oʻzlashtiradilar. Dars jarayonini jonlantiradi. Kreativ yondashuv yordamida darslar quruq maʼruza shaklida emas, jonli muloqot, bahs-munozara, ijodiy topshiriqlar orqali oʻtkaziladi. Bu esa darsning samaradorligini oshiradi. Adabiyot darsida asar matnini shunchaki tahlil qilish oʻrniga, oʻquvchilarga “asar qahramoni intervyu berdi” tarzida rolik tayyorlash topshirilsa, oʻquvchilar oʻzlari obrazga kirib, jarayonni jonlantiradilar. Oʻquvchilarni faollikka undaydi. Kreativ metodlar oʻquvchini passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiradi. Oʻquvchi savol beradi, yechim izlaydi, oʻz fikrini bildiradi. Biologiya darsida oʻqituvchi “agar siz olim boʻlsangiz, inson genetikasi boʻyicha qanday tajriba oʻtkazar edingiz?” degan savol bersa, oʻquvchilar oʻz gʻoyalarini faol taklif qilishadi. Shaxsiy innovatsion salohiyatini rivojlantiradi. Kreativ yondashuvni qoʻllash jarayonida oʻqituvchi ham yangi texnologiyalar, pedagogik metodlar va interfaol usullarni sinab koʻrish orqali oʻz ijodkorligini rivojlantiradi. Oʻqituvchida kreativlikni shakllantirish uchun. Ilmiy-ijodiy faoliyatga jalb etish. Oʻqituvchining ilmiy maqolalar yozishi, tadqiqotlarda qatnashishi, yangi metodikalar ishlab chiqishi uning tafakkurini kengaytiradi va kreativlikni rivojlantiradi. Tarix oʻqituvchisi “Oʻzbekistonda qadimiy shaharlar taʼlimiy merosi” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borib, uni darslarda qoʻllasa, oʻquvchilar tarixni yangicha qarashda oʻrganadilar. Malaka oshirish kurslarida kreativ metodlardan foydalanish, Maxsus trening va kurslar oʻqituvchiga kreativ metodlar bilan tanishish, ularni dars jarayoniga moslashtirish imkonini beradi. Oʻqituvchi “STEAM yondashuvi” boʻyicha kursda qatnashib, matematika, texnologiya va sanʼatni birlashtirgan holda loyiha asosida dars oʻtsa, bu dars nafaqat oʻquvchilarni, balki oʻqituvchining oʻzini ham yangilik yaratishga ruhlantiradi. Xorij mamlakatlarida kreativ taʼlim jarayonini tashkil qilishning dars samaradorligini oshirishga taʼsiri. 1.Finlyandiya – loyiha va amaliy mashgʻulotlarga asoslangan kreativlik. Amaliy misol: Biologiya darsida oʻquvchilar faqatgina kitobdagi maʼlumotlarni oʻqib chiqmaydi, balki oʻzlari kichik tadqiqot loyihalarini bajaradilar. Masalan, mahalliy oʻrmon yoki bogʻda tuproq namunalari toʻplanib, undagi organizmlar oʻrganiladi. Keyin natijalar sinfda taqdimot qilinadi. Oʻquvchilar ilmiy izlanish, kuzatish va tahlil qilish koʻnikmalariga ega boʻladilar, faqat nazariy emas, balki amaliy tajribadan ham foydalanadilar. 392 2. Singapur – “Kreativ va tanqidiy tafakkur” dasturi. Matematika darsida masala faqat anʼanaviy formulalar bilan emas, balki hayotiy vaziyatlar orqali yechiladi. Masalan, “Bir tadbir uchun 200 kishi kelishi kutilmoqda, agar stul narxi 15 dollar boʻlsa va chegirma qoʻllansa, qanday optimal narxda koʻproq foyda olish mumkin?” kabi savollar beriladi. Oʻquvchilar nafaqat hisob-kitob qiladi, balki iqtisodiy fikrlashni, optimal yechim topishni oʻrganadi. Bu yondashuv ularga xalqaro PISA testlarida yuqori natija koʻrsatishga yordam bermoqda. 3. Janubiy Koreya – STEAM-taʼlim . Oʻquvchilar “Smart uy” loyihasini yaratishadi. Ular fizikada – elektr toki va sensorlarning ishlashini oʻrganadi. 4. AQSh – “Design Thinking” (dizayn tafakkuri) Amaliy misol: Dars jarayonida oʻquvchilarga “Shahar transport muammosini hal qilish” topshirigʻi beriladi. Ular quyidagi bosqichlarni bajaradilar: Muammoni tushunish uchun shahar aholisi bilan suhbat oʻtkazib, asosiy qiyinchiliklarni aniqlash. Tahlil qilish orqali eng koʻp uchraydigan muammo – avtobuslarning kechikishi ekanligini belgilash. Yechim yaratish: mobil ilova orqali avtobus kelish vaqti haqida aniq maʼlumot beruvchi gʻoya ishlab chiqish. Prototip yasash: oddiy mobil interfeysni chizib chiqish. Oʻquvchilar real hayotiy muammolarga innovatsion yechim topish, jamoada ishlash va ijodkorlikni rivojlantirishadi. Xulosa. Pedagogik taʼlim jarayonida kreativ yondashuv oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytiradi, darslarni samarali va qiziqarli qiladi, shuningdek, yoshlarni kelajakda mustaqil fikrlaydigan, ijodkor shaxs sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda joriy etilayotgan interfaol metodlar, raqamli texnologiyalar va STEAM-taʼlim bu boradagi muhim qadamdir. Xorijiy tajribalar esa koʻrsatadiki, kreativ pedagogika taʼlim sifatini oshirishning eng muhim omillaridan biridir. Yuqoridagi xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda dars jarayonini har bir qismini puxta oʻylab chiqqan holda kreativ , innavatsion gʻoyalar asosida tashkillashtirishimiz kerak. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taʼlim tizimini rivojlantirishga oid qaror va farmonlari. 2. Yoʻldoshev J. “Pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar” – Toshkent, 2020. 3. Qodirov N. “Kreativ pedagogika asoslari” – Samarqand, 2021. 4. Gʻulomova D. “Innovatsion taʼlim texnologiyalari” – Toshkent, 2022. 5. Xalq taʼlimi vazirligi metodik qoʻllanmalari. 6. Robinson K. “Creative Schools: Revolutionizing Education” – London, 2015.