TEMURIYLAR DAVRI DIPLOMATIK ALOQALARI VA ULARNING JAHON TARIXIDAGI O'RNI
Full text
157 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc TEMURIYLAR DAVRI DIPLOMATIK ALOQALARI VA ULARNING JAHON TARIXIDAGI O‘RNI Ahmadova Nozima Akmal qizi Islomiddinova Farangiz Asqaraliyevna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari Email:[email protected] Email:[email protected]. https://doi.org/10.5281/zenodo.17733049 Annotatsiya: Mazkur maqolada Temuriylar davrida shakllangan diplomatik aloqalar tizimi va uning jahon tarixidagi o‘rni tahlil qilinadi. Amir Temur va uning avlodlari tomonidan olib borilgan tashqi siyosat, elchilik aloqalari hamda diplomatik missiyalar xalqaro munosabatlar tarixida muhim bosqich sifatida baholanadi. Tadqiqotda Temuriylar saltanatining Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Usmonlilar davlati va Yevropa mamlakatlari bilan o‘rnatgan aloqalari tarixiy manbalar asosida yoritilib, bu aloqalarning siyosiy, iqtisodiy va madaniy mazmuni tahlil etiladi. Kalit so‘zlar: Temuriylar, diplomatiya, Amir Temur, xalqaro aloqalar, G‘arbiy Yevropa, savdo-sotiq, elchilar, Karl VI, strategiya, madaniyat Аннотация: В данной статье анализируется система дипломатических отношений, сформировавшаяся в эпоху Тимуридов, и ее место в мировой истории. Внешняя политика, дипломатические отношения и дипломатические миссии, проводимые Амиром Темуром и его потомками, оцениваются как важный этап в истории международных отношений. В исследовании на основе исторических источников освещаются связи империи Тимуридов с Китаем, Индией, Ираном, Египтом, Османским государством и странами Европы, анализируется политическое, экономическое и культурное содержание этих связей. Ключевые слова: Темуриды, дипломатия, Амир Темур, международные отношения, Западная Европа, торговля, послы, Карл VI, стратегия, культура Abstract: This article analyzes the system of diplomatic relations formed during the Timurid era and its role in world history. Foreign policy, diplomatic relations, and diplomatic missions conducted by Amir Timur and his descendants are considered an important stage in the history of international relations. In the study, based on historical sources, the relations of the Timurid Empire with China, India, Iran, Egypt, the Ottoman Empire, and European countries are highlighted, and the political, economic, and cultural content of these relations is analyzed. Keywords: Timurids, diplomacy, Amir Timur, international relations, Western Europe, trade, ambassadors, Charles VI, strategy, culture Kirish: Insoniyat tarixida diplomatik aloqalar davlatlararo munosabatlarning eng muhim ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, ular siyosiy barqarorlikni ta’minlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va madaniy muloqotni rivojlantirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. O‘rta asr Sharqida, ayniqsa, Markaziy Osiyo hududida Temuriylar sulolasi davrida diplomatik faoliyat yangi bosqichga ko‘tarilgan edi. Amir Temur va uning avlodlari xalqaro miqyosda o‘z davlatining siyosiy nufuzini mustahkamlash maqsadida Sharq va G‘arb mamlakatlari bilan keng ko‘lamli diplomatik aloqalar o‘rnatganlar. Temuriylar diplomatiyasi o‘z davrining ilg‘or tajribalariga asoslanib, nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy va madaniy manfaatlarni ham ko‘zda tutgan. Xususan, Amir Temurning Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Usmonlilar davlati hamda Yevropa mamlakatlari bilan olib borgan diplomatik munosabatlari uning strategik fikrlash qobiliyati va xalqaro maydondagi nufuzini yaqqol namoyon etgan. Asosiy qism: Amir Temur jahon tarixida qudratli va taraqqiy etgan davlat barpo etgan buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi va strateg sifatida yodga olinadi. Biroq uning shaxsiy faoliyati faqat
158 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc harbiy yurishlar bilan emas, balki mohir diplomat sifatidagi faoliyati bilan ham alohida ahamiyatga ega. Sohibqiron o‘z davrining murakkab xalqaro munosabatlarini chuqur anglagan, diplomatik yo‘l bilan siyosiy muvozanatni saqlash, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga intilgan arbob edi. G‘arb olimlari, xususan Fransiyada, Amir Temur shaxsiga bo‘lgan ilmiy va tarixiy qiziqish yuqori darajada bo‘lib, ularni faqat uning yurishlari va siyosiy faoliyati emas, balki o‘sha davrning ijtimoiy-siyosiy muhitini, ma’naviy qadriyatlarini, shuningdek, Temur va uning avlodlariga xos insoniy fazilatlarni o‘rganish ham qiziqtirgan. [1] Fransuz tadqiqotchilari Sohibqironning davlat boshqaruvi, din, ilm-fan va jamiyatga nisbatan tutgan munosabatini keng qamrovli tarzda tahlil qilib, uni o‘z davrining buyuk siyosiy tafakkur egasi sifatida baholaydilar.Sohibqiron Amir Temur o‘z davrida xalqaro diplomatiya va davlatlararo aloqalar tarixida beqiyos o‘rin egalladi. U Sharq va G‘arb o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirib, mamlakatlarni o‘zaro bog‘lashda ulkan hissa qo‘shgan arbob sifatida tanilgan. Temur davrida Yevropaning Fransiya, Angliya, Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan savdo va diplomatik munosabatlar yo‘lga qo‘yilgan. Sohibqiron davlat boshqaruvida harbiy kuch bilan bir qatorda, aynan diplomatik aloqalarning ahamiyatini chuqur anglab, siyosiy maqsadlariga tinch yo‘l bilan erishishga intilgan. Temur barpo etgan saltanat nafaqat Markaziy Osiyodagi qo‘shni mamlakatlar, balki uzoqdagi yevropalik hukmdorlarning ham e’tiborini tortgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, XIV asrning 70-yillaridayoq Yevropa elchilari Movarounnahrga tashrif buyurib, bu yerdagi yangi va qudratli davlat hayotini o‘rganishni boshlaganlar. Sohibqiron hukmronligining keyingi yillarida u Fransiya qiroli Karl VI (1380–1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399–1413) hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III de Trastamara (1390–1407) bilan do‘stona yozishmalar olib borib, diplomatik munosabatlar o‘rnatgan. Fransiya qiroli Karl VI o‘z fuqarolari — genuyalik savdogarlar va ularning G‘alatadagi mustamlakalari xavfsizligini ta’minlash maqsadida Amir Temur bilan yaqin aloqalar o‘rnatishga harakat qilgan. Sohibqiron esa o‘z navbatida, Usmonli sultoni Boyazid bilan bo‘lajak to‘qnashuvlarda Yevropa davlatlari bilan hamkorlik qilishga intilgan. Bu maqsadda u Genuya va Venetsiya hukmdorlariga sovg‘a-salomlar hamda do‘stlik maktublari bilan elchilar yuborgan.[2] Shuningdek, Amir Temur Konstantinopol noibi Ioann VII Paleolog bilan ham yozishmalar olib boradi. 1402-yil 15-may sanasidagi Temurning Ioann VII nomiga yo‘llagan maktubida Konstantinopol noibi va Genuyaning Peradagi hokimi Boyazidga qarshi kurashda Sohibqiron tomonida bo‘lishga, hatto har biri 20–40 tadan kemadan iborat harbiy yordam ko‘rsatishga va’da berganliklari qayd etiladi. Bu tarixiy voqeani ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo o‘z “Safar xotiralari”da ham batafsil qayd etgan. Amir Temur va Fransiya qiroli Karl VI o‘rtasidagi yozishmalarda Sohibqironning qirolni doimiy qo‘llab-quvvatlagani qayd etilgan. Anqara yaqinida turklar ustidan qo‘lga kiritilgan 160 ming kishilik g‘alabadan so‘ng Amir Temurning G‘arbiy Yevropa bilan aloqalari sezilarli darajada o‘zgaradi. Endilikda u bu aloqalarni mustahkamlash, savdo-sotiq munosabatlarini yo‘lga qo‘yish va o‘zaro manfaatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi. Amir Temur diplomatiyasining o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, u barcha murojaatlarida, hatto qat’iy talablarni bildirgan xatlarida ham sharqiy diplomatiya tamoyillarini qat’iy saqlaydi. Ayrim davlatlar hukmdorlarining keskin yoki g‘azabli xatlariga javoban Sohibqiron doimo madaniyat va odob bilan fikrini aniq ifodalagan. Bu esa tarixiy xatlar orqali ham aniq seziladi. Misol uchun, Karl VI ning Amir Temurga yo‘llagan maktubida “Salom va tinchlik e’lon qilaman!” degan jumla ayni shuni tasdiqlaydi.[3] Tarixiy manbalarda Amir Temur va Temuriylar sulolasi vakillarining xorijiy mamlakatlar bilan olib borgan diplomatik va elchilik faoliyati keng yoritilgan. Ushbu manbalarda Sohibqironning Sharq
159 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc va G‘arb davlatlari bilan olib borgan muzokaralaridagi mohir siyosati, diplomatik mahorati va uzoqni ko‘ra bilgan strategiyasi yaqqol namoyon bo‘ladi. Amir Temurning siyosiy faoliyati natijasida mamlakatdagi siyosiy tarqoqlik bartaraf etilib, markazlashgan kuchli davlat tashkil topdi. Bu esa iqtisodiyot va ijtimoiy hayotning barqarorlashuvi, ishlab chiqarish kuchlarining tiklanishi uchun qulay sharoit yaratdi. Chingizxon yurishlari va mo‘g‘ullar hukmronligi oqibatida tanazzulga uchragan iqtisodiyot Sohibqiron davrida qayta tiklanib, ishlab chiqarish va savdo-sotiq yangi bosqichga ko‘tarildi. Sug‘orma dehqonchilik sohasida ham sezilarli o‘sish kuzatildi — yangi kanallar qazilib, sug‘oriladigan yerlar kengaydi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivoj topib, shaharlar obodlashdi va madaniy hayot jonlandi. Bu holat, shubhasiz, Temuriylar davlatining diplomatik nufuzini mustahkamlashga xizmat qildi. Amir Temurning siyosiy faoliyati ikki bosqichda kechganini ta’kidlash joiz. Birinchi bosqichda (1360– 1386) u Movarounnahrni mo‘g‘ullar hukmronligidan ozod etib, markazlashgan davlat barpo etishga harakat qildi. Bu davrda Sohibqiron mamlakatdagi tarqoq mulklarni birlashtirishga intilib, O‘rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. Jahon tarixida buyuk iz qoldirgan har bir davlat singari, Temuriylar davlati ham o‘z davrida mavjud mamlakatlar bilan faol diplomatik munosabatlar olib bordi. Ushbu elchilik aloqalari nafaqat siyosiy nufuzni oshirish, balki savdo va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishda ham muhim rol o‘ynadi. Amir Temurning diplomatik yondashuvi, uning shaxsiy jasorati va siyosiy donoligi xalqaro maydonda obro‘-e’tibor qozonishiga sabab bo‘ldi.[4] Bu borada Sharafiddin Ali Yazdiy o‘zining “Zafarnoma” asarida Amir Temurning Hirot voliysi huzuriga yuborgan elchisi haqidagi voqeani keltirib o‘tadi: “Amir Joku Hirot voliysi Malik Husayn huzuriga elchi qilib jo‘natildi. Malik Husayn, Temurga bo‘lgan hurmat va ehtiromi bois, elchini bir lahza ham e’tiborsiz va qarovsiz qoldirmadi.” Bu misol Sohibqironning elchilik diplomatiyasi va uning xalqaro nufuzining qanchalik yuksak darajada bo‘lganini yaqqol ifodalaydi. Amir Temur o‘z tashqi siyosatida qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tinch-totuvlikni saqlash va savdo aloqalarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratgan. Uning diplomatik siyosati nafaqat harbiy qudratga, balki siyosiy donolik va iqtisodiy manfaatlarni uyg‘unlashtirishga asoslangan edi. Sohibqironning ana shunday siyosiy yondashuvi tufayli u nafaqat Sharq, balki G‘arb mamlakatlari hukmdorlari orasida ham katta e’tibor va hurmat qozondi. Temuriylar davrida savdo aloqalari ayniqsa jadal rivoj topdi. Samarqand – davlatning siyosiy va madaniy markazi sifatida – Movarounnahrning boshqa shahar va qishloqlari bilan, shuningdek, qo‘shni dasht xalqlari bilan iqtisodiy hamkorlikni mustahkamladi. Urushlarga chek qo‘yilishi, markaziy hokimiyatning mustahkamlanishi va xavfsizlikning ta’minlanishi natijasida ichki va tashqi savdo tarmoqlari faol jonlana boshladi.[5] Samarqand bozorlariga Movarounnahrning turli hududlaridan yuqori sifatli mahsulotlar, xomashyo va yarim tayyor tovarlar keltirilib, ularning bir qismi xorijiy savdogarlar uchun mo‘ljallangan edi. Natijada Temuriylar davlati xalqaro savdo yo‘llarida muhim o‘rin egalladi va iqtisodiy jihatdan barqarorlikka erishdi. Bu jarayonlar Amir Temurning siyosiy salohiyatini yanada oshirib, uni mohir diplomat va dono davlat arbobi sifatida jahon tarixida yuksak mavqega ega qildi. Amir Temur 1405-yilda vafot etganidan so‘ng, uning siyosiy merosini davom ettirgan o‘g‘li Shohrux Mirzo Yaqin Sharqdagi siyosiy barqarorlikni saqlash, xususan, Usmonlilar imperiyasining kengayishiga qarshi muvozanat o‘rnatish yo‘lida faol diplomatik harakatlarni olib bordi. Shohruxning siyosiy faoliyati natijasida G‘arb mamlakatlarida Usmonlilarning Yevropaga bostirib kirish xavfini kamaytirish mumkinligiga bo‘lgan umid kuchaydi. Amir Temur davrida ham Yevropa bilan bevosita aloqalar yo‘lga qo‘yilgan edi. Jumladan, bavariyalik sayyoh Iogann Shiltberger 1402–1405-yillar
160 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc mobaynida Sohibqiron xizmatida bo‘lgan va o‘z asarlarida Temuriylar saroyidagi siyosiy, harbiy hamda madaniy hayot haqida qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Shu bilan bir qatorda, venetsiyalik va genuyalik savdogarlar ham Temur davlati bilan faol savdo-diplomatik aloqalar o‘rnatib, O‘rta Osiyo orqali o‘tuvchi xalqaro savdo yo‘llarining tiklanishida muhim rol o‘ynaganlar. Temuriylar davlati bilan Yevropa o‘rtasidagi keyingi aloqalar XV asrning birinchi yarmida davom etdi. 1420–1425yillarda venetsiyalik sayyoh Nikolo de’ Konti Sharq mamlakatlariga sayohat qilib, Temuriylar saltanati to‘g‘risida Yevropaga muhim tarixiy ma’lumotlar yetkazdi. Bu davrda Ispaniya, Portugaliya va Italiya davlatlari Sharq bilan yaqin diplomatik hamkorlikni rivojlantirishga intilgan bo‘lsalar-da, keyinchalik bu aloqalar sustlashib, Xristofor Kolumb davrigacha davom etgan xolos.[6] Amir Temur shaxsiga bo‘lgan qiziqish Yevropada nafaqat siyosiy, balki madaniy hayotda ham o‘z aksini topgan. 1590-yilda ingliz dramaturgi Kristofer Marlou “Buyuk Temur” nomli sahna asarini yaratgan bo‘lsa, 1724-yilda nemis bastakori Georg Fridrix Gendel “Temur” nomli operasini sahnalashtirgan. Bu asarlar orqali Temur shaxsi Yevropa madaniyatida buyuk sarkarda va dono davlat arbobi timsolida yod etilgan. Xulosa: Temuriylar davri diplomatik aloqalari nafaqat O‘rta Osiyo va Sharq olamida, balki butun dunyo siyosiy maydonida muhim ahamiyat kasb etgan. Amir Temur o‘z davrida nafaqat harbiy g‘alabalari bilan, balki mahoratli va ma’naviy jihatdan uyg‘un diplomatiyasi bilan ham ajralib turgan. U Sharq diplomatiyasi tamoyillarini qat’iy rioya qilgan holda, G‘arbiy Yevropa hukmdorlari bilan do‘stona va manfaatli munosabatlar o‘rnatishga intilgan. Amir Temur davrida rasmiy xatlar va elchilik missiyalari orqali o‘rnatilgan aloqalar savdo-sotiq, siyosiy hamkorlik va madaniy almashinuvning barqaror tizimini yaratgan. Uning Karl VI, Genrix IV kabi G‘arbiy qirollar bilan yozishmalari shuni ko‘rsatadiki, Temuriylar diplomatiyasi nafaqat strategik manfaatlarni ta’minlagan, balki xalqaro madaniyat va odobga hurmat bilan yondashgan. Shu jihatdan Temuriylar davri diplomatik aloqalari tarixda muhim o‘rin tutadi: ular Sharq va G‘arb o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy ko‘prik vazifasini bajargan, mamlakatlarning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qilgan. Bugungi kunda ham Amir Temur diplomatiyasi namunasi sifatida xalqaro aloqalarda strategik fikrlash, madaniyat va odobni uyg‘unlashtirishning muhim darsi sifatida qadrlanadi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Amir Temur jahon tarixida. Toshkent-1991. 2. Borodin Sergey. Samarqand osmonida юduzlar. Toshkent-2020. 3. Temur tuzuklari. Toshkent 1999. 4. Omonullo Bo‘riyev. Temuriylar davri yozma manbalarda Markaziy Osiyo. Toshkent: “O‘zbekiston”, 1997. 5. Temur va Ulugʻbek davri tarixi. — Toshkent. -1996. 6. https://uz.wikipedia.org/wiki/Temuriylarning_Yevropa_mamlakatlari_bilan_aloqalari