scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BIZNES TURIZMI VA UNI TASHKIL ETUVCHI MAMLAKATLARGA TA'SIRI

Xalilova Gulnoza Nurullo qizi

Abstract

Mazkur maqolada biznes turizmi haqida tushuncha hamda uni tashkil etuvchi mamlakatlarga ta'siri, iqtisodiy foydasi, ijtimoiy samarasi hamda aholining bandlik darajasini ta'minlashga keltiradigan foydasi haqida mahalliy hamda xorijiy olimlarning fikr va mulohazalari oʻrganilgan va ular asosida tavsiya va takliflar ishlab chiqilgan.

Full text

443 BIZNES TURIZMI VA UNI TASHKIL ETUVCHI MAMLAKATLARGA TAʼSIRI Xalilova Gulnoza Nurullo qizi, TDIU mustaqil izlanuvchisi, Oriental universiteti “Biznes va boshqaruv” kafedrasi oʻqituvchi-stajyori, Annotatsiya: Mazkur maqolada biznes turizmi haqida tushuncha hamda uni tashkil etuvchi mamlakatlarga taʼsiri, iqtisodiy foydasi, ijtimoiy samarasi hamda aholining bandlik darajasini taʼminlashga keltiradigan foydasi haqida mahalliy hamda xorijiy olimlarning fikr va mulohazalari oʻrganilgan va ular asosida tavsiya va takliflar ishlab chiqilgan. Kalit soʻzlar: biznes, samara, foyda, mamlakat iqtisodiyoti, bandlik, ishbilarmonlik muhiti. Abstract: This article examines the views and opinions of local and foreign scholars on the concept of business tourism and its impact on the countries that make up it, its economic benefits, social impact, and the benefits it brings to ensuring the employment level of the population, and based on them, recommendations and suggestions are developed. Keywords: business, efficiency, profit, national economy, employment, business environment. Biznes sayohatlari zamonaviy turizmning eng tez rivojlanayotgan sohasidir. Bilamizki, ish turizmi jadal surʼatlar bilan rivojlanib kelayotgan turizm turlaridan biridir. Mustaqil va yuqori daromadli turizm turi sifatida ishbilarmonlik turizmi 70-80yillarda Yevropa va AQSHda rivojlana boshlagan. MICE soʻzi ingliz tilidagi Meeting, Incentives, Conferences, Events kabi soʻzlar majmuasidan tashkil topgan boʻlib, u uchrashuvlar, konferensiyalar, turli tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan ish safarlarini oʻz ichiga oladi. MICE turizmining rivojlanishi mamlakatlararo, hukumatlararo va tashkilotlararo munosabatlarni yaxshilash, biznes va hamkorlik boʻyicha shartnomalarni imzolash, oʻzaro manfaatli takliflarni almashish, yangi gʻoyalarni izlab topish, munozarali va muhokamali vaziyatlarni hal qilishda samarali yechim hisoblanadi. Bunda ayniqsa ish va turizmning oʻzaro bogʻlanishi ikki hamkor tomonlarga ham ijobiy foyda olib keladi. MICE turizmi – bu biznesning (tijorat) maqsadli yoki korporativ, madaniy, ijodiy, sport, va boshqa turdagi tadbirlarni tashkil qiluvchi kompaniyalar, tashkilotlar vakillari tomonidan amalga oshiriladigan turizm turidir. MICE turizmi – mamlakat tashqi va ichki iqtisodiy rivojlanishining asosiy koʻrsatkichlaridan biridir. Ishbilarmonlik turizmi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: • biznes suhbati; • yangi bozorlar va hamkorlarni izlash; • texnologiya va axborot almashinuvi; • korporativ madaniyatni rivojlantirish va xodimlarni oʻqitish; 444 • PR harakatlari. Ishbilarmonlik turizmining bir necha turlari mavjud: • korporativ va individual xizmat safarlari; • konferensiyalar, kongresslar, koʻrgazmalar, seminarlar, simpoziumlar, yarmarkalar, taqdimotlar, treninglarda ishtirok etish uchun sayohatlar; • xodimlarning korporativ ruhini saqlash va xodimlarni ragʻbatlantirish uchun ragʻbatlantiruvchi turlar; • hamkorlarning firma va korxonalariga tashrif buyurishi. MICE tadbirlari oʻtkaziladigan joylar odatda malakali mutaxassis yoki turagentlar tomonidan tanlangan muayyan mamlakatlar va shaharlardagi maxsus konferensiya joylarida yoki mehmonxona tadbirlar zalida oldindan tayyorgarlik koʻrgan holda tashkil etiladi. Bu tadbir oʻtkaziladigan shahar iqtisodiyotiga juda katta iqtisodiy foyda keltiradi 1 . MICE turizmini rivojlantirish borasida iqtisodchi olimlar, marketologlarning fikrlari muhim ahamiyat kasb etadi. UNWTO doimiy vakili Dmitriy Ilinning soʻzlariga koʻra, uchrashuvlar sanoati turizmning eng muhim segmentlaridan biri hisoblanadi. Zero, u iqtisodiyotga juda katta foyda keltiradi — mavsumiylik tushunchasini kamaytiradi, turistik yoʻnalishlarning yangilanishiga turtki beradi va umuman, innovatsiyalar va ijodiy yondashuvga ijobiy taʼsir koʻrsatadi 2 . Biznes turizmi – bu zamonaviy hodisa emas, insonlar qadimdan oʻz faoliyatlari bilan bogʻliq holda sayohat qilganlar. Birinchi navbatda savdo-sotiq maqsadlarida sayohat amalga oshirilgan. MICE turizmi mamlakatlar iqtisodiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, turizmda biznes turizmining rivojlanishiga turtki boʻladi. Birinchidan, biznes turizmi ancha qimmat va samaradorligi yuqoridir. Bu turizm turidan tushadigan daromad boshqa turizm turlariga qaraganda ancha katta va naflidir. Shuning uchun dunyoning rivojlangan mamlakatlari aynan ushbu turizm turini rivojlantirishga harakat qiladilar. Misol uchun futbol chempionati, qishki olimpiya oʻyinlari, karnaval, festivallar qaysi davlatlarda tashkil etilsa, oʻsha davlat iqtisodiyotiga katta daromad keladi degani. Chunki u yerga dunyoning barcha mamlakatlaridan turistlar tashrif buyuradi va bu esa oʻz navbatida oʻsha mamlakatning iqtisodiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Biznes turizmning boshqa turizmlardan asosiy farqi uning yuqori narxda ekanligi. MICE turizmining tarkibiy qismlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi: korporativ uchrashuvlarni tashkil etuvchilarni, mehmonxona va dam olish maskanlaridagi uchrashuvlar va konvensiya boʻlimlari, koʻrgazma va kongress markazlari, konferensiya zallari, kruiz kemalari, koʻngilochar tadbirlarni tashkil etuvchi kompaniyalar, logistika firmalari, hususiy sayohat operatorlari, transfer kompaniyalari, professional savdo tashkilotlari, turizm kengashlari, aviakompaniyalar, biznes 1 Smith, J. and Stewart, S., (2014): Cambridge international AS and A level: Travel and Tourism, Cambridge University press, CambridgeUK 2 O‘zbekiston turistik tashkilotlari uchun ilk marta MICE-turizm bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi//elektron resurs// https://daryo.uz/2019/08/11/o%25ca%25bbzbekiston-turistik-tashkilotlari-uchun-ilk-marta-mice-turizmbo%25ca%25bbyicha-mahorat-darsi-o%25ca%25bbtkazildi 445 markazlari, konsalting firmalar, sugʻurta kompaniyalari, turizm savdo uyushmalari va tur xizmatlarini sotuvchi turistik firmalarni 1 . Quyidagi chizmada (1-chizma) MICE turizmni tashkil etuvchi mamlakatlarga taʼsiri koʻrsatib oʻtilgan: Bilim almashish Aloqalarni kengaytirish Ijtimoiy qiziqish Professional imkoniyatlarni yaratish 1-chizma: MICE turizmni tashkil etuvchi mamlakatlarga taʼsiri 2 Yuqoridagi chizmadan shuni tushunishimiz mumkinki, biznes turizmi nafaqat uni tashkil etuvchi mamlakatga foyda olib kiradi balki oʻsha mamlakatning turizm salohiyatini yaxshilashga, ijtimoiy yuksalishga, madaniyatlararo almashinuvga, biznes sanoatini takomillashtirishga ham katta imkoniyatlar yaratadi. Xulosa tariqasida aytish mumkinki, turizm sohasi har qanday mamlakat iqtisodiyotining ajralmas va muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Mazkur sohaning rivojlanishi natijasida mamlakatning iqtisodiy salohiyati ortadi, aholi bandligi taʼminlanadi, yangi ish oʻrinlari yaratiladi hamda fuqarolarning turmush darajasi va ijtimoiy farovonligi yaxshilanadi. Shu bilan birga, turizm milliy madaniyatning rivojlanishiga, malakali kadrlar shakllanishiga hamda mamlakatning xalqaro miqyosdagi ijobiy imijini mustahkamlashga xizmat qiladi. Natijada, turizm sohasi milliy iqtisodiyotga katta hajmdagi valyuta tushumlarini keltiruvchi strategik daromad manbai sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. 1 Khan, M., (2015): Mice Tourism, International Journal of Multidisciplinary Research and Development, Volume 2, Issue 4, Delhi, India, April. 2 Sayora Safayeva. Event tourism – perspective form of tourism development in Uzbekistan. KIMEP International Research Conference: The Silk Road and the tourism and Hospitality Industries. 2018. pp. 62-64. MICE turizmning ta’siri: Axborot almashish orqali yangi gʻoyalarni yaratish imkoniyati Ishtirokchilar oʻrtasida toʻgridan-toʻgri hamkorlik aloqalarini oʻrnatish imkoniyati Ommaviy axborot tadbirlari orqali ijtimoiy yuksalishga erishish imkoniyati XKadrlar motivatsiyasini oshirishda professional mutaxassislardan boshqaruvni oʻrganish imkoniyatlarini yaratib berish BBiznes sanoatini takomillashtirish Qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish Tadqiqot va biznesni yaxshilash Kadrlarni oʻqitish va rivojlantirish 446 Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1. Khan, M., (2015): Mice Tourism, International Journal of Multidisciplinary Research and Development, Volume 2, Issue 4, Delhi, India, April 2. Smith, J. and Stewart, S., (2014): Cambridge international AS and A level: Travel and Tourism, Cambridge University press, CambridgeUK 3. Sayora Safayeva. Event tourism – perspective form of tourism development in Uzbekistan. KIMEP International Research Conference: The Silk Road and the tourism and Hospitality Industries. 2018. pp. 62-64. 4. Oʻzbekiston turistik tashkilotlari uchun ilk marta MICE-turizm boʻyicha mahorat darsi oʻtkazildi//elektron resurs// https://2019/08/11/o%25ca%25bbzbekiston-turistik-tashkilotlari-uchun-ilkmarta-mice-turizm-bo%25ca%25bbyicha-mahorat-darsi-o%25ca%25bbtkazildi