scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUSTAQIL OʻZBEKISTON TASHQI SIYOSATIDA BMT VA UNING INSTITUTLARI BILAN HAMKORLIK

Abdullayev Afzalbek Otabek oʻgʻli; Abdullayev Muhammad Ilhom oʻgʻli

Full text

185 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc MUSTAQIL OʻZBEKISTON TASHQI SIYOSATIDA BMT VA UNING INSTITUTLARI BILAN HAMKORLIK Abdullayev Afzalbek Otabek oʻgʻli Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 4-kurs talabasi afza[email protected] Abdullayev Muhammad Ilhom oʻgʻli Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 4-kurs talabasi [email protected]. https://doi.org/10.5281/zenodo.17733590 Annotatsiya: Mazkur maqolada mustaqil O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan institutlari bilan olib borayotgan hamkorlik jarayonlari tahlil qilingan. Unda tartib boʻyicha O'zbekistonning BMT tizimidagi YUNESKO, UNISEF, MAGATE, XVJ, JST kabilarda aʼzo boʻlishi uchun qilgan chora tadbirlar tarixi yoritilgan. Bundan tashqari hozirgi kunlarda JSTga aʼzo boʻlish yoʻlida harakatlariga eʼtibor berib oʻtilgan. Maqolada O'zbekiston tashqi siyosatining ochiqlik, tinchliksevarlik va konstruktiv diplomatiya tamoyillari asosida shakllanayotgani, bu yo'nalishda BMT bilan hamkorlik milliy manfaatlarni xalqaro miqyosda ilgari surishning muhim omili ekani ilmiy asosda tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: YUNESKO, valyuta, Ulugʻbek haftaligi, MAGATE, Jahon Savdo Tashkiloti, jamgʻarma. Annotation: This article analyzes the cooperation processes carried out by the independent Republic of Uzbekistan within its foreign policy with the United Nations and its specialized agencies. It highlights the historical measures taken by Uzbekistan to join various UN system organizations such as UNESCO, UNICEF, IAΑΕΑ, IMF, and WTO. In addition, particular attention is given to Uzbekistan's current efforts toward accession to the World Trade Organization (WTO). The article scientifically examines how Uzbekistan's foreign policy is being shaped on the principles of openness, peace, and constructive diplomacy, and how cooperation with the UN serves as an important factor in promoting national interests at the international level. Keywords: UNESCO, currency, Ulugbek Week, IAEA, World Trade Organization, fund. Аннотация: В данной статье проанализированы процессы сотрудничества независимой Республики Узбекистан в сфере внешней политики с Организацией Объединённых Наций и её специализированными учреждениями. Освещена история мер, предпринятых Узбекистаном для вступления в такие структуры системы ООН, как ЮНЕСКО, ЮНИСЕФ, МАГАТЭ, МВФ и ВТО. Кроме того, уделено внимание современным усилиям страны по присоединению к Всемирной торговой организации (ВТО). В статье научно обосновано, что внешняя политика Узбекистана формируется на принципах открытости, миролюбия и конструктивной дипломатии, а сотрудничество с ООН является важным фактором продвижения национальных интересов на международном уровне. Ключевые слова: ЮНЕСКО, валюта, Неделя Улугбека, МАГАТЭ, Всемирная торговая организация, фонд. KIRISH Birlashgan Millatlar Tashkiloti 193 davlatga a’zo bo‘lgan yirik xalqaro tashkilotdir. O‘zbekiston mustaqillikka erishgan olti oylik davrda mazkur institutga 1992-yil 2-martda to‘la huquqli a’zo sifatida qo‘shildi. Bu BMTning 46-sessiyasiga toʻgʻri keldi. Tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, sog‘liqni saqlashni rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ta’lim, madaniyat, 186 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc turizm va boshqa sohalardagi hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda. 1 1993-yilga kelib Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. Xolid Malik BMTning O‘zbekistondagi vakili etib tayinlandi. 2 1993-yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ilgari birinchi xalqaro tashabbusi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi adolatparvar siyosatidan darak berdi. I. Karimov bu ma’ruzasida bir qator aniq takliflarni tashladi. Bularga Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha BMTning doimiy ishlaydigan seminarini chaqirish, BMT xavfsizlik kengashida yuzaga kelayotgan mojarolarni tahlil qilish kabilar edi. 3 ASOSIY QISM BMTning maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti – YUNESKO boʻlib, Oʻzbekiston unga 1993-yilning 29-oktyabrida a’zo bo‘lgan. Hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun o‘sha kuni Ulug‘bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. 1994-yil oktyabrida Parijda Ulug‘bek haftaligi tantana bilan o‘tkazildi. 1997-yilda jahon madaniyatning durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva YUNESKO ning jahon madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu ro‘yxatda 411 ta obyekt bor. 1994-yil dekabrda respublikamizda YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bo‘lib, tarkibiga ta’lim, fan, madaniyat va axborot sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a’zo bo‘ldi. YUNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o‘rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. “Ipak yo‘li - muloqot yo‘li” deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi. 1995-yil iyul oyida YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayorning O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog‘ida 1995-yil iyul oyida mazkur institut ochildi. YUNESKO bobomiz Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996-yil oktyabrda Parijda Amir Temurga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. 4 2025-yil YUNESKOning 43-sessiyasi Samarqandda 30-oktyabrdan 13-noyabrgacha oʻtkaziladigan boʻldi. Bu sessiyaning muhim jihati shundaki YuNESKOning so‘nggi 40 yillikda birinchi marta Parijdan tashqarida o‘tkazilayotgani edi. 5 Yunisef BMTning asosiy jamgʻarmalaridan biri boʻlib, uzoq vaqt davom etgan urush natijasida katta qiyinchiliklarga duchor boʻlgan bolalarga gʻamxoʻrlik qilish uchun tashkil etilgan. Jamg‘arma O‘zbekistonda 1994-yil 1-martda o‘z vakolatxonasini ochdi. O‘zining hamkorlik dasturlari orqali UNICEF markaziy va mahalliy darajada hukumatga bolalar va ularning oilalari huquqlari va farovonligini ta’minlash bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda yordam berib kelmoqda. 6 UNICEF tomonidan “O‘zbekiston yoshlari: muammolar va istiqbollari” mavzusida 2018-2020 yillarga moʻljallangan “Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi” va “Yuksalish” umumxalq harakati bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma doirasida Oʻzbekiston yoshlari milliy tadqiqotining asosiy maqsadi – Oʻzbekiston yoshlari ahvolini har tomonlama koʻrib chiqish, bunda ularning kundalik hayotining 1 “UZBEKISTAN, UN PLEDGE TO BOLSTER COOPERATION FOR PEACE AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” article. Issue of 13.06.2015 2 “O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” (darslik) Toshkent-2021 3 R.E.Xoliqova “O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” (darslik) Toshkent-2021 4 “O‘ZBEKISTON VA YUNESKO ALOQALARI TARIXI” (BMI) Samarqand-2016. B.5-8 5 Kun.uz sayti “Samarqandda YuNESKOning 43-bosh konferensiyasi ish boshladi” maqolasi. 30.10.2025 6 “Узбекистан и ЮНИСЕФ развивают сотрудничество” – Новости Узбекистана – Gazeta. 2011. https://share.google/V40vjs2cCpuQhXyL4 187 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc muhim sohalarini qamrab olish, yoshlarga oid siyosat va qabul qilingan qarorlarni takomillashtirishga eʼtibor qaratishdan iborat edi. 7 BMT tizimidagi yana bir tashkilotlardan biri bu MAGATE. MAGATE Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimiga kiruvchi ixtisoslashgan xalqaro tashkilot bo'lib, uning asosiy maqsadi - atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishni nazorat qilish va rivojlantirishdir. Asosiy vazifalari: 1. Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanishni targ'ib etish; 2. Yadro qurollarining tarqalishini nazorat qilish; 3. A’zolar o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish; 4. Atom stansiyalarining xavfsizligini ta’minlash va xalqaro standartlarni ishlab chiqish; 5. Yadro materiallari va texnologiyalarining harbiy maqsadlarda ishlatilmasligini tekshirish. Oʻzbekiston 1994-yildan buyon MAGATE a’zosi hisoblanadi. 8 Yadro qurolini tarqatmaslikning global rejimini mustahkamlash bo‘yicha yirik qadam sifatida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston diplomatlari Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud (CANWFZ) tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma matnini kelishib oldilar. 2002yil 27-sentyabrda O‘zbekistonning Samarqand shahrida e’lon qilingan kelishuv 1997-yilda boshlangan besh yillik muzokaralarni yakunladi. 9 Shartnoma keyinchalik Markaziy Osiyoning barcha beshta davlati tomonidan ratifikatsiya qilindi va 2009-yil 21-martda kuchga kirdi. 10 BMTning xalqaro valyutani barqarorlashtirish, iqtisodiy qoidalarni liberallashtirish kabi tashkilotlaridan biri XVJ. O‘zbekiston Respublikasi 1992-yilning 21-sentabrida Xalqaro valyuta jamg‘armasining a’zoligiga qabul qilindi. 1993-yilning sentabr oyidan boshlab XVJning O‘zbekitondagi vakolatxonasi ish yuritadi va u XVJning Vashingtondagi (AQSh) bosh qarorgohi (shtab-kvartirasi) bilan ma’lumotlarning tezkor ayirboshlanishini ta’minlagan holda respublikaning Jamg‘arma bilan o‘zaro aloqalarini amalga oshirishda hamkorlik qiladi. XVJdagi O‘zbekiston nomidan boshqaruvchi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri, uning o‘rinbosari esa – Markaziy bank raisi hisoblanadi. Markaziy bank XVJ bilan hamkorlik manzili qilib belgilangan. 2016-yilga qadar O‘zbekistonning XVJdagi kvotasi 275,6 mln SDRni tashkil etdi. XVJ kvotalarini navbatdagi qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha XVJ Boshqaruvchilar Kengashining qarori kuchga kirganidan keyin ya’ni 2016 yil yanvarida respublikamiz kvotasi 275,6 mln. SDRdan 551,2 mln. SDR ga yetkazildi. Bunda, kvotalarning umumiy sonidagi mamlakatimizning ulushi 0,116 foiz miqdorida saqlanib qolgan. 11 Natijalar va muhokama Jahon savdo tashkiloti (JST) — mamlakatlararo savdo qoidalarini boshqarib turuvchi yagona xalqaro tashkilot hisoblanadi. O‘zbekiston 1994-yil dekabr oyida Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish uchun ariza berdi, biroq bir necha yildan so‘ng muzokaralar yakuniga yetdi. O‘zbekiston 1994-yilning ikkinchi yarmida an’anaviy makroiqtisodiy paket bo‘yicha milliy valyuta so‘mning yaratilishidan so‘ng amalga oshirildi. 2005-yil may oyidagi Andijon voqealaridan keyin xorijdan moliyalashtirish qurib, O‘zbekiston va xalqaro moliya institutlari o‘rtasidagi munosabatlar 7 “Youth of Uzbekistan: Challenges and Prospects” United Nations Children's Fund (UNICEF), Uzbekistan. 2020. P.5-7 8 Azon-global sayti. “Oʻzbekiston va MAGATE oʻrtasida tinch atom sohasini rivojlantirish boʻyicha kelishuvga erishildi” 2024. https://share.google/FL6pMZ56F6ySjRyJT 9 “Central Asian States Achieve Breakthrough on Nuclear Weapon-Free Zone Treaty” Skott Parrish. 2006 https://share.google/sLhK2rJL9NXzyjKvM 10 “United Nations Platform for Nuclear-Weapon-Free Zones” United Nations Treaty on a Nuclear-Weapon-Free Zone in Central Asia | United Nations Platform for Nuclear-Weapon-Free Zones https://share.google/uhKhv51MrcevJO5BF 11 “O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) bilan hamkorligi to‘g‘risida ma’lumotnoma” (Markaziy Bank) 2019. https://cbu.uz/uz/about/international-cooperation/74827/ 188 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc sovuqlashgan edi. Shundan soʻng qayd etish joizki, Sh. Mirziyoyevning alohida nazorati asosida mamlakatimizda 2023-yildan boshlab, JSTga a’zo bo‘lish choralari ko‘rilmoqda. O‘tgan davrda ko‘p va ikki tomonlama muzokaralarda muayyan natijalarga erishildi. Jumladan, Ishchi guruhining to‘rtta muhim yig‘ilishi o‘tkazilib, 500 dan ortiq masalalar ko‘tarildi, 30 dan ziyod rasmiy hujjatlar JST Kotibiyatiga taqdim etildi. A’zolikni jadallashtirish maqsadida sohalarda tizimli islohotlar ro‘yobga chiqarilmoqda. 12 Xulosa. O‘zbekiston Respublikasining BMT va uning ixtisoslashgan tashkilotlariga a’zo bo‘lishi mamlakatning xalqaro hamjamiyatdagi nufuzini oshirish, barqaror taraqqiyotga erishish hamda milliy manfaatlarini ilgari surish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Mamlakat MAGATE, UNICEF, YUNESKO kabi tuzilmalarga a’zo bo‘lish orqali sog‘liqni saqlash, ta’lim, energetika xavfsizligi, bolalar huquqlarini himoya qilish va madaniy merosni asrash sohalarida jahon tajribasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (WTO) a’zo bo‘lish yo‘lidagi hozirgi harakatlari ham mamlakat iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish, eksport salohiyatini kengaytirish va xalqaro savdo tizimiga to‘liq integratsiyalashish maqsadlariga xizmat qilmoqda. JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi muzokaralar O‘zbekistonning ochiq iqtisodiyot siyosatini, xalqaro raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan qat’iy intilishini namoyon etadi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. “UZBEKISTAN, UN PLEDGE TO BOLSTER COOPERATION FOR PEACE AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” article. Issue of 13.06.2015 2. “O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” (darslik) Toshkent-2021 3. R.E.Xoliqova “O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” (darslik) Toshkent-2021 4. “O‘ZBEKISTON VA YUNESKO ALOQALARI TARIXI” (BMI) Samarqand-2016. B.5-8 5. Kun.uz sayti “Samarqandda YuNESKOning 43-bosh konferensiyasi ish boshladi” maqolasi. 30.10.2025 6. “Узбекистан и ЮНИСЕФ развивают сотрудничество” – Новости Узбекистана – Gazeta. 2011. https://share.google/V40vjs2cCpuQhXyL4 7. “Youth of Uzbekistan: Challenges and Prospects” United Nations Children's Fund (UNICEF), Uzbekistan. 2020. P.5-7 8. Azon-global sayti. “Oʻzbekiston va MAGATE oʻrtasida tinch atom sohasini rivojlantirish boʻyicha kelishuvga erishildi” 2024. https://share.google/FL6pMZ56F6ySjRyJT 9. “Central Asian States Achieve Breakthrough on Nuclear Weapon-Free Zone Treaty” Skott Parrish.2006 https://share.google/sLhK2rJL9NXzyjKvM 10. “United Nations Platform for Nuclear-Weapon-Free Zones” United Nations Treaty on a NuclearWeapon-Free Zone in Central Asia | United Nations Platform for Nuclear-Weapon-Free Zones https://share.google/uhKhv51MrcevJO5BF 11. “O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) bilan hamkorligi to‘g‘risida ma’lumotnoma” (Markaziy Bank) 2019. https://cbu.uz/uz/about/international-cooperation/74827/. 12 “O‘zbekiston — Jahon savdo tashkiloti: keng imkoniyatlar sari” 2025. Oliy Kengashning parlament palatasi https://share.google/krA17GWJVuUGIsQqf