IX-XII ASRLARDA O'RTA OSIYO SHAHARLARINING ILMIY MARKAZ SIFATIDA YUKSALISHI: SAMARQAND VA BUXORO SHAHARLARINING XALQARO AHAMIYATI
Full text
196 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc IX-XII ASRLARDA O‘RTA OSIYO SHAHARLARINING ILMIY MARKAZ SIFATIDA YUKSALISHI: SAMARQAND VA BUXORO SHAHARLARINING XALQARO AHAMIYATI Boboyev Ali O’tkir o’g’li Denov tadbirkorlik vapedagogika instituti Tarix yo‘nalishi talabasi E -mail: [email protected]. https://doi.org/10.5281/zenodo.17733697 Annotatsiya: Ushbu maqolada IX–XII asrlarda O’rta Osiyo shaharlarining ilmiy markazlarga aylanishi, shuningdek, Buxoro va Samarqand shaharlarining xalqaro ahamiyati, ularning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ilmiy hayotdagi tutgan oʻrni keng yoritilgan. Tadqiqotda Somoniylar, Qoraxoniylar va Saljuqiylar davrida bu shaharlarning davlat boshqaruvi, savdo aloqalari hamda ilmma’rifat markazlari sifatida shakllanish jarayoni tahlil qilinadi. Kalit so’z: Xuroson, Muhammad Abul-Fadl, Samarqand, Gurganj, ko’shk, Marv, Arslonxon masjidi. Аннотация. В статье подробно рассматривается превращение среднеазиатских городов в научные центры в IX–XII веках, а также международное значение Бухары и Самарканда, их роль в политической, экономической, культурной и научной жизни. В исследовании анализируется процесс становления этих городов как центров государственного управления, торговых связей, науки и образования в эпоху Саманидов, Караханидов и Сельджуков. Ключевые слова: Хорасан, Мухаммад Абул-Фадл, Самарканд, Гургандж, дворец, Мерв, мечеть Арсланхана. Abstract. This article extensively covers the transformation of Central Asian cities into scientific centers in the 9th–12th centuries, as well as the international significance of the cities of Bukhara and Samarkand, their role in political, economic, cultural and scientific life. The study analyzes the process of the formation of these cities as centers of state administration, trade relations and science and education during the Samanid, Karakhanid and Seljuk dynasties. Keywords: Khurasan, Muhammad Abul-Fadl, Samarkand, Gurganj, palace, Merv, Arslankhan mosque. Bizning davrimizgacha IX-XII asrlar madaniyati, ilm-fan va falsafiy tafakkur rivojiga doir anchagina manbalar yetib kelgan. Masalan, Yoqut al-Haniaviy (1179-1229) “Irshod alarib ila ma‘rifat al-adib” asarida IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo va Xurosonda yashagan mashhur va iste‘dodli fan va madaniyat arboblari haqida, jumladan Mahmud ibn Aziz alXorazmiy, Ahmad ibn Muhammad Abul-Fadl, Ahmad ibn Muhammad Abul-Husayn al-Xorazmiy, Hasan ibn al Muzaffar Abu-Ali, Ali ibn-Iroq, Abulhasan al-Xorazmiy, Muhammad ibn-Abul-Oosim Bayjuq, Abul-Fadl alXorazmiy al-Odamiy, Nosir ibn Abd-as-Sayid ibn Ali al-Xorazmiy al Nahviy al Adib, Yusuf ibn Abu Bakr ibn-Muhammad Abu-Yoqub as-Sakkokiy (Xorazmdan), Al-Qosim ibn-al-Muhammad ibn Muhammad al-Muhammad al-Xorazmiy kabi adib va faylasuflar haqida batafsil ma‘lumotlarni beradi. 1 IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda paydo bo’lgan saltanatlar va ularni boshqargan hukmron sulolalar haqida Muhammad ibn Mansur Marvirudiy o’zining “Tarix-i Muborak-shoh” asarida qimmatli ma‘lumotlar bergan. Bu asarda nafaqat o’sha davr siyosiy va ijtimoiy havoti, shuningdek, ilm-fan, adabiyot va madaniy yuksalish haqida keng ma‘lumotlar yozib qoldirilgan. IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo va Xurosondagi madaniy hayot, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlar, ilm-fan, adabiyot va san‘at sohalarida yuz bergan yuksalish, ya‘ni ilk Hyg’onish haqidagi qimmatli 1 Barthold, V.V. Turkiston mo‘g‘ullar bosqiniga qadar. – Toshkent: Fan, 1997
197 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc ma‘lumotlar boshqa ko’pgina manbalarda va boy ma‘naviy merosimizni o’rganishga bag’ishlangan ijodiy ishlarda har tomonlama keng sharhlab berilgan. IX-X asrlarga kelib Movarounnahr hududida mustaqil davlatlarning tashkil topishi ularda siyosiy barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish va madaniy hayotning ravnaqiga katta ta‘sir ko’rsata boshladi. Buxoro, Samarqand, Gurganj va Marv kabi shaharlar ilm-fan va madaniyat markazlari sifatida shakllanib, rivojlana boshladi. Yoqut al-Hamaviy-Mo’ljam al-buldon‖ asarida shunday yozadi: -Movarounnahr eng ko’rkam, eng unumdor va xazinasi ko’proq o’lkalardandir. Aholisi esa yaxshilikka va saxovatga rag’batli, chaqirgan kishiga kamtarlik bilan muomala qiluvchi, qo’llarida borini baham ko’ruvchidirlar. Agar bir xonadonda bir kechada yuz, ikki yuz yoki ko’proq odamlar ot ulovlari bilan mehmon bo’lsa, ulovlariga yem-xashak, o’zlariga taom va ko’rpa to’shaklar ham topish mumkin edi. Uy egalari esa bu narsa doimiy odat bo’lganligi uchun hech qiynalmasdilar. Movarounnahr aholisining ko’pchiligi o’z mablag’larini bog-rog’ barpo qilishga, yomlarni ta‘mirlashga sarf qilishga odatlanganlar. Ko’rkamlikda esa butun dunyoda Buxorodan go’zal joy yo’q”. IX–XII asrlarda Buxoro va Samarqand nafaqat Movarounnahrning, balki butun Islom olamining eng yirik siyosiy, madaniy, iqtisodiy va ilmiy markazlari sifatida dunyo tarixida beqiyos oʻrin egalladi. Bu davrda Movarounnahrda Somoniylar, Qoraxoniylar va keyinchalik Saljuqiylar hukmronligi davrida bu ikki shahar Sharqning eng yirik markazlariga aylandi. Ayniqsa, Buxoro Somoniylar davlatining poytaxti sifatida IX–X asrlarda “Islom olamining gʻarbiy chegarasidagi Bagʻdod” deb atalgan, Samarqand esa madaniyat, savdo va ilm markazi sifatida tanilgan. Ularning xalqaro ahamiyati siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diniy va ilmiy jihatdan bir-biri bilan uzviy bogʻliq edi. Somoniylar sulolasi (819–999) hukmronligi davrida Buxoro davlatning siyosiy markazi boʻlib, u yerda saroy, devonlar, harbiy markazlar, kutubxonalar, madrasalar, bozorlar joylashgan edi. Buxoro shu davrda Sharqdagi eng taraqqiy etgan shaharlar qatoriga kirdi. Arab tarixchisi al-Muqaddasiy Buxoroni “Islomning eng goʻzal va eng obod shaharlaridan biri” deb ta’riflagan. Ibn Havqal esa uni “musulmon dunyosining ziynati” deb atagan. Buxoroning xalqaro ahamiyati, avvalo, uning geografik joylashuvi bilan bogʻliq edi. U Buyuk Ipak yoʻlining markaziy tarmoqlaridan birida joylashgan boʻlib, Xitoy, Hindiston, Eronga, hatto Vizantiyaga boruvchi karvon yoʻllarining muhim tuguni hisoblangan. Shu sababli, IX–X asrlarda Buxoro orqali oʻtuvchi savdo karvonlari Sharqdan Gʻarbga ipak, ziravor, chinni, qimmatbaho toshlar, qogʻoz, temir buyumlar olib oʻtgan, Gʻarbdan esa kumush, shisha, toʻqimachilik mahsulotlari, qurollar keltirilgan. Shahar iqtisodiy jihatdan nihoyatda yuksaldi, hunarmandchilik, ipakchilik, kulolchilik, metallsozlik rivojlandi. Arxeologik topilmalar Buxoroda IX–X asrlarda mis, temir, bronza buyumlari ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatadi. Buxoroning xalqaro nufuzi uning siyosiy barqarorligi va Somoniylar tomonidan olib borilgan oqilona siyosat bilan ham bogʻliq edi. Somoniylar Eron va Movarounnahrda islomiy-ma’rifiy uygʻonish davrini boshlab berdilar. Ular arab xalifaligi tarkibidagi viloyatdan mustaqil tarzda boshqaruv yuritgan, shu bilan birga, islom dinining qadriyatlarini mustahkamlash, arab tilidan tashqari fors tilini davlat tili darajasiga ko‘tarish siyosatini olib borgan. 2 Shu tufayli Buxoro islom madaniyatining yirik markaziga aylandi. Bu yerda buyuk olimlar, allomalar, adiblar faoliyat yuritdi. Ayniqsa, Imom alBuxoriy (810–870) nomi bu shahar bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, u yozgan “Al-Jome’ as-sahih” asari butun musulmon olamida eng ishonchli hadis to‘plami sifatida e’tirof etilgan. Buxoro madrasalari, masjidlari, kutubxonalari bilan mashhur edi. 3 Tarixiy manbalarga ko‘ra, X asrda 3 Barthold, V.V. Turkiston mo‘g‘ullar bosqiniga qadar. – Toshkent: Fan, 1997
198 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Buxoroda 300 dan ortiq madrasa va 100 ga yaqin masjid faoliyat yuritgan. Ulardan eng mashhuri Arslonxon masjidi va Somoniy maqbarasi bo‘lib, ular o‘sha davr me’morchiligining yuksak namunalaridir. Somoniy maqbarasi bugungi kunda ham IX–X asr me’morchilik san’atining durdonasi sifatida qad rostlab turibdi. Bu davrda Samarqand ham Buxoro bilan bir qatorda Movarounnahrning eng yirik ilm-fan va savdo markazlaridan biri edi. Samarqand shahrining tarixi qadimiy bo‘lib, u Iskandar Zulqarnayn davridan boshlab Markaziy Osiyoning eng go‘zal shaharlaridan biri sifatida tilga olinadi. IX–XII asrlarda esa u yangi iqtisodiy va madaniy yuksalish davrini boshdan kechirdi. Qoraxoniylar davrida (999–1212) Samarqand siyosiy markazlardan biriga aylandi. Aynan shu davrda shahar devorlari, masjidlari, madrasa va bozorlari qayta qurildi. AlMuqaddasiy Samarqandni “Markaziy Osiyoning yuragi, ilm va san’at markazi” deb atagan. Samarqandda hunarmandchilik, ipakchilik, oltin va kumushdan zargarlik buyumlari ishlab chiqarish rivoj topgan, shuningdek, bu shahar Buyuk Ipak yoʻlining asosiy bekatlaridan biri sifatida xalqaro savdoda muhim rol oʻynagan. Samarqand karvon bozorlari Xitoy, Hindiston, Eron, Iroq, Suriya, hatto Vizantiyadan kelgan savdogarlar bilan to‘la edi. Shahar orqali ipak, ziravor, qimmatbaho toshlar, qurol, yogʻoch va metall mahsulotlari olib o‘tilgan. Samarqandning xalqaro nufuzi, shuningdek, uning ilmiy va madaniy hayoti bilan ham bogʻliq edi. IX–XII asrlarda bu yerda astronomiya, matematika, tibbiyot, falsafa va adabiyot yuksak rivoj topdi. Aynan shu davrda Movarounnahr zaminida yetishib chiqqan buyuk allomalar — Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, al-Khorezmiy, alFargʻoniylarning ilmiy merosi butun islom dunyosida tan olingan edi. 4 Samarqand ularning ilmiy an’anasini davom ettirgan markazlardan biri boʻlib, bu yerda olimlar, shoirlar, tarjimonlar faoliyat yuritgan. Shahar kutubxonalari, madrasalari, rasadxonalari bilan mashhur bo‘lgan. X–XI asrlarda Samarqandda qurilgan Ulugʻbek madrasasining ilk prototipi ham ana shu davrda shakllangan ilmiy muhit bilan bog‘liq edi. Samarqand me’morchiligi ham xalqaro e’tiborni tortgan. Bu davrda yaratilgan Bibixonim masjidi, Afrosiyob xarobalari, shaharning markazidagi minoralar va saroylar Markaziy Osiyoning o‘sha davrdagi arxitektura yuksalishini namoyish etgan. Shahar atroflarida bogʻlar, sugʻorish tarmoqlari, suv inshootlari barpo etilgan, bu esa uning iqtisodiy qudratini oshirgan. IX–XII asrlarda Buxoro va Samarqand o‘rtasida madaniy raqobat mavjud bo‘lgan. Har ikkisi o‘z davrining “Islom renessansi” markazlari sifatida e’tirof etilgan. Bu davrda arab xalifaligi markazidan mustaqil bo‘lgan Movarounnahrda milliy uygʻonish jarayoni kechdi. Fors-tojik tili adabiyot va ilm tili sifatida qayta jonlandi. Buxoroda Abu Abdulloh Rudakiy, Daqiqiy, Abu Mansur Daqiqiy, Abu Ali Bal’amiy, Abu Mansur Saolibiy kabi adiblar ijod qildilar. Ularning asarlari fors-tojik adabiyotining poydevorini yaratdi. Rudakiy “fors she’riyatining otasi” deb ataladi va u Buxoroda Somoniy amirlarining saroy shoiri bo‘lgan. Shu bilan birga, bu davrda arab tili ham ilm tili sifatida keng qo‘llanilgan. Samarqandda esa tarixchi Narshaxiy, geograf al-Istaxriy, olim Ibn Sino va boshqa ko‘plab allomalar faoliyat yuritdi. Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari IX–X asr Movarounnahr hayotining bebaho manbasi bo‘lib, unda shaharlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy holati batafsil tasvirlangan. Buxoro va Samarqand o‘sha davrda nafaqat ilm va madaniyat, balki islom dini markazlari sifatida ham tanilgan. Buxoroda fiqh, hadis, tafsir, kalom ilmlari rivojlangan, bu yerda mashhur faqihlar, muhaddislar, mufassirlar faoliyat yuritgan. Shulardan eng mashhurlari Imom alBuxoriy, Abu Lays Samarqandiy, Abu Mansur Moturidiy bo‘lib, ularning asarlari butun islom 4 Karimov, A. Oʻrta asrlarda Movarounnahr shahar madaniyati. – Toshkent: Sharq, 2012.
199 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc olamida keng tarqalgan. 5 Abu Mansur Moturidiy Samarqandda yashab, “Kitob at-tavhid” asarini yozgan, bu asar sunniy islomdagi aqidaviy yo‘nalish – moturidiya maktabining asosini yaratgan. Bu maktab Movarounnahrda islomning ilmiy asoslarini shakllantirdi va keyinchalik butun musulmon dunyosiga yoyildi. 6 IX–XII asrlarda Buxoro va Samarqand xalqaro diplomatik munosabatlarda ham muhim rol o‘ynagan. Somoniylar davrida Buxoro orqali Xitoy, Hindiston, Eron, Arab xalifaligi, Vizantiya elchilari o‘tgan. Karvon yo‘llari orqali siyosiy, iqtisodiy, madaniy axborot almashinuvi amalga oshgan. Qoraxoniylar davrida esa Buxoro va Samarqand Turk dunyosi bilan ham faol aloqalar o‘rnatgan. Bu shaharlar orqali turkiy xalqlar islom dini bilan tanishgan, arab yozuvi, islomiy madaniyat va ilm Movarounnahr orqali Qashgʻar, Yettisuv, hatto Volga bo‘ylariga tarqalgan. Buxoro va Samarqand shu tariqa islom sivilizatsiyasining shimoliy chegaralaridagi madaniy koʻprik vazifasini bajargan. Shuningdek, bu davrda Buxoro va Samarqandda fan va texnika rivoji ham sezilarli darajada bo‘lgan. Samarqandlik olimlar astronomiya, matematika, tibbiyot sohasida kashfiyotlar qilganlar. Ibn Sino “Kitob ash-shifo” va “Al-Qonun fit-tibb” asarlarini aynan Movarounnahrda boshlab yozgan, ularning ayrim qismlari Samarqand va Buxoro ilmiy muhitida shakllangan. Beruniy ham bu hududda o‘zining ilmiy izlanishlarini olib borgan. Shaharlar madaniy hayotida me’morchilik, musiqa, tasviriy san’at, naqshinkorlik, kulolchilik yuksak darajada rivojlangan. Samarqand sopol buyumlari, Buxoro gilamlari, ipak matolari Sharq va G‘arb bozorlarida yuqori baholangan. Buxoro ustalari yasalgan metall idishlar, zargarlik buyumlari Bag‘dod, Damashq, Qohira bozorlari orqali Yevropagacha yetib borgan. IX–XII asrlarda bu ikki shahar shunchalik obod bo‘lganki, arab geograflari ularni “Yer yuzining eng chiroyli shaharlaridan” deb atagan. Ularning obodonligi suv tarmoqlarining rivojlanganligi, adolatli soliq siyosati, karvonsaroy va bozorlarning tartibga solinganligi bilan izohlanadi. Shuningdek, bu shaharlarning xalqaro obro‘si ularning diniy bag‘rikenglik siyosati bilan ham bog‘liq bo‘lgan. Somoniylar va Qoraxoniylar davrida zardushtiylar, nasroniylar, yahudiylar ham tinch-totuv yashagan, bu esa ularning savdo va iqtisodiy aloqalarini yanada kengaytirgan. Natijada Buxoro va Samarqandning xalqaro savdoda o‘rni mustahkamlanib, ular Sharq bilan G‘arb o‘rtasidagi madaniy almashinuv markaziga aylangan. 7 XII asrga kelib, bu ikki shahar hali ham iqtisodiy va madaniy jihatdan gullab-yashnayotgan edi, biroq bu yuksalish XIII asr boshlarida mo‘g‘ullar bosqinidan so‘ng pasaydi. Shunga qaramay, IX– XII asrlarda Buxoro va Samarqandning xalqaro ahamiyati, ularning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy hayotdagi o‘rni tarixda chuqur iz qoldirdi. Ular o‘sha davrda nafaqat Movarounnahr, balki butun musulmon dunyosining eng nufuzli shaharlariga aylangan, ilm va ma’rifat markazi sifatida jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Barthold, V.V. Turkiston mo‘g‘ullar bosqiniga qadar. – Toshkent: Fan, 1997. 2. Sagdullaev, A., Mavlonov, U. Oʻzbekiston tarixi (Qadimgi davrlardan XIV asrgacha). – Toshkent: Oʻqituvchi, 2003. 3. Karimov, A. Oʻrta asrlarda Movarounnahr shahar madaniyati. – Toshkent: Sharq, 2012. 5 Sagdullaev, A., Mavlonov, U. Oʻzbekiston tarixi (Qadimgi davrlardan XIV asrgacha). – Toshkent: Oʻqituvchi, 2003 6 Karimov, A. Oʻrta asrlarda Movarounnahr shahar madaniyati. – Toshkent: Sharq, 2012. 7 Sagdullaev, A., Mavlonov, U. Oʻzbekiston tarixi (Qadimgi davrlardan XIV asrgacha). – Toshkent: Oʻqituvchi, 2003.
200 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 4. Al-Muqaddasiy. Ahsan at-taqasim fi ma’rifat al-aqalim (Yurtlar haqida eng go‘zal taqsimot). Arabcha aslidan tarjima. – Bayrut, 1980. 5. Ibn Havqal. Surat al-ard (Yer surati). – Bayrut: Dar Sader, 1967. 6. Beruniy, Abu Rayhon. Osor ul-boqiya an al-qurun al-xoliya. – Toshkent: Fan, 1973.Rtveladze E.V., Saidov A.X., Abdullaev Ye.V. Qadimgi O’zbekiston sivilizatsiyasi: davlatchilik va huquq tarixidan lavhalar. - T., 2001.