scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SUN'IY INTELLEKTNING SOHALARDAGI IMKONIYATLARI

Aliyev Dilshod.

Abstract

Mazkur maqola XXI asrda sun'iy intellekt texnologiyasining rivojlanishi, uning asosiy yoʻnalishlari, amaliy qoʻllanilish sohalari va jamiyatga ta'siri haqida batafsil ma'lumot beradi. Unda sun'iy intellekt ning tibbiyot, ta'lim, iqtisodiyot va transport kabi sohalardagi oʻrni yoritilgan. Shuningdek, texnologiyaning muammolari, jumladan, etik masalalar, ish oʻrinlarini qisqarishi va ma'lumot xavfsizligi muhokama qilinadi. Maqolada sun'iy intellekt texnologiyalarining kelajak istiqbollari, jumladan, smart shaharlar, kvant hisoblash va inson-mashina hamkorligi imkoniyatlari keltirilgan. Maqola sun'iy intellektni toʻgʻri boshqarish orqali jamiyatning yangi bosqichga chiqishini ta'kidlaydi.

Full text

526 SUNʼIY INTELLEKTNING SOHALARDAGI IMKONIYATLARI Aliyev Dilshod. Oriental universiteti katta oʻqituvchisi [email protected] Annotatsiya. Annotatsiya: Mazkur maqola XXI asrda sunʼiy intellekt texnologiyasining rivojlanishi, uning asosiy yoʻnalishlari, amaliy qoʻllanilish sohalari va jamiyatga taʼsiri haqida batafsil maʼlumot beradi. Unda sunʼiy intellekt ning tibbiyot, taʼlim, iqtisodiyot va transport kabi sohalardagi oʻrni yoritilgan. Shuningdek, texnologiyaning muammolari, jumladan, etik masalalar, ish oʻrinlarini qisqarishi va maʼlumot xavfsizligi muhokama qilinadi. Maqolada sunʼiy intellekt texnologiyalarining kelajak istiqbollari, jumladan, smart shaharlar, kvant hisoblash va inson-mashina hamkorligi imkoniyatlari keltirilgan. Maqola sunʼiy intellektni toʻgʻri boshqarish orqali jamiyatning yangi bosqichga chiqishini taʼkidlaydi. Kalit soʻzlar: Sunʼiy intellekt, XXI asr, avtomatlashtirish, texnologiya, neyron tarmoqlar, katta maʼlumotlar, sunʼiy intellekt xavflari, kelajak texnologiyalari. Abstract. This article provides detailed information about the development of artificial intelligence technology in the 21st century, its main directions, areas of practical application, and its impact on society. It highlights the role of artificial intelligence in fields such as medicine, education, economics, and transportation. Also discussed are the challenges of technology, including ethical issues, job losses, and information security. The article presents future prospects for artificial intelligence technologies, including smart cities, quantum computing, and human-machine collaboration. The article emphasizes that society will reach a new stage through the proper management of artificial intelligence. Keywords: Artificial intelligence, 21st century, automation, technology, neural networks, big data, risks of artificial intelligence, future technologies. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 17.02.2021 yildagi PQ-4996son, Sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” Strategiyasiga muvofiq hamda sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va ularni mamlakatimizda keng qoʻllash, raqamli maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini taʼminlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” Strategiyasini har tomonlama amalga oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish; sunʼiy intellekt sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirishning ilmiy ekotizimini shakllantirish; sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida boshqaruv va ishlab chiqarish 527 jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha innovatsion mahsulotlarni hamda ularning modellari, algoritmlari va dasturiy taʼminotini ishlab chiqish; sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha yetakchi xorijiy innovatsion va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish. Sanoat va jamiyat asoslarini qurish bilan bir qatorda, reja “kelajak poydevori sifatida taʼlimni isloh qilish va ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar tizimini qayta qurishni talab qiladi. Taʼlim islohotiga kelsak, boshlangʻich va oʻrta taʼlimdan tashqari, shuningdek, taʼlimda sunʼiy intellekt bilan bogʻliq boʻlgan taʼlim, boshqacha aytganda, “matematika, maʼlumotlar fanlari va AI” taʼlimi qanday boʻlishi kerakligi koʻrsatilgan. AI strategyasi 2030 raqamli Oʻzbekistonda tadqiqot va ishlanmalar tizimini rekonstruksiya qilish “kelajak uchun poydevor yaratish” sifatida ham koʻrsatilgan, ammo bu yerda biz “universitetlar, texnikumlar va kollejlar”dagi taʼlim islohotining konturini tushuntiramiz”. Bundan tashqari, materialda batafsil aniq raqamlrda tushuntirish yoʻqligi sababli, notoʻgʻri talqin qilish yoki notoʻgʻri baholash mumkin. Taʼlim, Madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, “barcha fuqarolar matematika, maʼlumotlar fanlari va sunʼiy intellekt asoslari” kabi zarur koʻnikmalarni rivojlantirishlari kerak. raqamli jamiyatda yozish va abacus” va barcha sohalarda ishlay olish. Universitet islohotini ilgari surish uchun texnologiya, Ushbu hisobotning qisqacha mazmunida “Informatika taʼlimining umumiy taʼlim sifatida tarqalishi” “soʻrovga javob bergan universitetlarning 82% ga yaqini informatika fanini umumiy fan sifatida takidlashgan”. Bunday sharoitda barcha talabalar uchun 2030-yillarda mumkin boʻlgan umumiy axborotni qayta ishlash, taʼlimini rivojlantirishga “matematika, maʼlumotlar fanlari va sunʼiy intellekt” taʼlimini qoʻshish katta oʻzgarish va yaxshi natijalarga erishishi kutilmoqda. Sunʼiy intellekt odamlardan ishini yengillashtirmoqdami? — Rostdan ham bu savol hozir juda dolzarb. Sunʼiy intellektning oʻzi odamlarning ishini olib qoʻymaydi. Lekin sunʼiy intellektdan unumli foydalana oladigan boshqa odamlar tortib olishi mumkin. Sunʼiy intellektning aynan oʻzidan qoʻrqish kerak emas, balki uni yaxshilab oʻrganish kerak. — Ayni qaysi sohalarda sunʼiy intellekt taʼsiri sezilmoqda? — Sunʼiy intellekt media soxasiga shiddat bilan kirib keldi ayniqsa. Tasvir ustida ishlash, montaj qilish kabilarda qoʻl kelyapti. Chet elda shu darajaga chiqdiki, televideniyeda boshlovchilarning sunʼiy intellekt shakli yaratilib (avatar), dasturlar olib borilmoqda. — Salbiy tomonlari qanday? — Salbiy tomonlar hamma narsada bor. Deylik, oddiy pichoqdan oshxona anjomi sifatida foydalanish mumkin, qurol sifatida ham foydalanish mumkin. Sunʼiy intellekt ham nima maqsadda, kimning qoʻlida ishlatilishiga qarab foydali yoki zararli boʻlishi mumkin. Masalan, 2022 yil oxirlari, 2023 yil boshlarida koʻpgina feyk suratlar tarqaldi, bu orqali feyk xabarlar ham chiqdi. Bir tomondan yaxshi keys boʻldi bular, chunki faktcheking qilish kerakligi, tekshirish lozimligi oʻrtaga chiqdi. — Olamdan oʻtib ketgan dublyaj aktyorlarimizning ovozini sunʼiy intellekt 528 orqali tiklash haqida ham gap bor edi. Shu haqida gapirsangiz. — 2019 yilda rossiyalik rejissyor oʻsha oʻtib ketgan Rossiya aktyorlarining ovozini tiklash loyihasini taqdimot qilgandi. Shunda oʻzbek aktyorlarining ovozini tiklash gʻoyasi paydo boʻlgan. Shu loyiha ustida 1 yildan beri ishlayapmiz. Hozir Hojiakbar Nurmatov, Sanjar Saʼdullayev, Hamza Umarovlarning ovoz modellarini yaratib koʻrdik. Maqsadimiz — shu durdona ovozlarni efirga qaytarish. Shaxsan men bu ovozlarni juda sogʻinganman, xalqimiz ham shunday boʻlsa kerak. Asosan dublyaj va audiokitoblar yaratishda ishlatish rejalashtirilgan. — «Boburnoma» loyihasi, jadidlar qiyofasini tiklash ishlari haqida gaplashsak, bu gʻoyalar qanday paydo boʻlgan? — Aynan birinchi loyiham «Boburnoma» boʻlgan. Oʻzim tarixni yaxshi koʻraman. Bobur oʻz asarida shaxslarni tasvirlashda ham, joylarni tasvirlashda ham batafsil tushuntirishlar bergan, bu esa yaxshi baza boʻlib xizmat qiladi. Taxminan kitobning yarmini tasvirga koʻchirdik. Bu ishni matnni tasvirga aylantiruvchi sunʼiy intellekt dasturi orqali qilganmiz. Birinchi ishlatib boshlaganimiz 3-avlod dasturi edi, unda suratlar unchalik real koʻrinishda boʻlmasdi, hozir esa 6-avlod chiqqan allaqachon, bunda suratlar juda real koʻrinishga ega boʻladi. Jadidlarni yoshlarimiz tanishi, qilgan ishlarini bilishi kerak. Shuning uchun ham birinchilardan boʻlib jadidlarga toʻxtaldik. Jadidlarning suratini ham yuqorida aytilgan dastur orqali tikladik. Bu suratlarni jamoatchilikka taqdim etganimizda ijobiy qabul qilishdi. Bundan tashqari, oq-qora koʻrinishdagi suratlarni xam ranglashtirib, detallashtirilgan variantini yaratdik. Bilamizki, jadidlarimizning saqlangan suratlari asosan qatagʻon paytidagi suratlar, shuning uchun gʻamgin koʻrinishda va ular tasavvurimizda shunday boʻlib qolgan. Shuning uchun obrazlarni oʻzgartirib, magʻrurroq koʻrinishdagi variantlar ham qilib koʻrdik. — Musiqa sanʼati borasida sunʼiy intellektning taʼsiri qanday boʻlyapti? — Sunʼiy intellektning shunday imkoniyatlari borki, agar qoʻshiq matni berilsa va kerakli janr tanlansa, shunga qarab kuy bastalab qoʻshiq aytib beradi. Masalan, Erkin Vohidovning «Inson» qasidasini rus tiliga tarjima qilib, rok yoʻnalishida qoʻshiq yarattirdik, menimcha, yaxshi chiqdi. — Boshqa sohalarda sunʼiy intellekt taʼsiri qanday boʻlyapti? — Sunʼiy intellekt faqatgina supat generatsiyasi yoki qoʻshiq aytish uchun xizmat qilmaydi. Sunʼiy intellekt juda yaxshi yordamchi. Masalan, chet elda sunʼiy intellekt yordamida robotlar operatsiyalar oʻtkazyapti, kasallarga tashxis qoʻyyapti. Bir qiziq keys ham mashhur boʻldi. Bir ayol qizi kasal boʻlganda doktorlarga olib boradi, hech biri aniq tashxis qoʻya olmaydi. Shunda ayol qizidagi alomatlarni, holatni ChatGPTʼga yozadi, u esa aniq tashxis qoʻyib beradi. Umuman, sunʼiy intellekt barcha sohaga kirib bormoqda. Lekin sunʼiy intellekt yordamida haydovchisiz boshqariladigan mashinalarga ishonmagan boʻlardim. Hali u qadar ideal darajaga yetgani yoʻq. Media sohasi vakili boʻlganim uchun koʻproq shu sohaga urgʻu beraman. Yana masalan, 3D multifilmlarni ishlash uchun oldin bir necha oylab vaqt ketgan boʻlsa, hozir esa sunʼiy intellekt yordamida ancha tezlashdi jarayon. Personajni oddiy soʻzlar 529 yordamida yozib uni yaratish mumkin. Animatsiyada ham sunʼiy intellekt juda rivojlanib bormoqda. 2024 yil sunʼiy intellekt sohasida animatsiya va jonlashtirish yili boʻladi, deb oʻylayman. — Oʻzbek tili boʻyicha ChatGTPʼda qanday ishlar olib borilyapti? — ChatGTP asosan matn bilan ishlaydi, yaqinda suratlar generatsiyasi ham qoʻshildi. ChatGTP katta maʼlumotni tez tahlil qilib, matn tarzida taqdim etoladi. Ikkinchi jihati ChatGTPʼga bir maqolani yuklasangiz, faktcheking qilib beradi. ChatGTPʼdagi oʻzbek tili boʻyicha biz ishlayotganimiz yoʻq. Shuning uchun kamchiliklar bor, ChatGTP bilan yaxshi ishlash uchun rus va ingliz tillaridan foydalansa boʻladi. ChatGTP birinchi chiqqanida Oʻzbekistonda ishlamas edi, yarim yil boʻldi ruxsat berildi. Xatolar bilan boʻlsa-da, oʻzbekchani tushunyapti. Lekin oʻzbeklar qanchalik koʻp ChatGTP bilan muloqot qilsa, u oʻzbek tilini oʻrganib boradi. ChatGTPʼda shunday imkoniyat paydo boʻldiki, siz oʻz chatingizni yaratishingiz mumkin. Hozircha sunʼiy intellektda hissiyotlar yoʻq, faqat maʼlum algoritmlar asosida ishlaydi, matnlarni oʻrganadi. Hissiyotlaring bormi, deb savol berilsa ham, menda hissiyot yoʻq degan javobni beradi. Internetda tarqalayotgan hissiyoti bor degan maʼnodagi videolar hazil tariqasida qilingan materiallar boʻlsa kerak. — Baribir ham sunʼiy intellekt insonlarga qarshi tafakkur shakllantirmasligi uchun choralar koʻrilayotgandir, nima deysiz? — 25 dan ortiq IT gigantlar ChatGTPʼning ishlab chiqaruvchisi Open Ai kompaniyasiga ochiq xat yoʻllashdi. Yaʼni yangi modelga oʻtish paytida ozroq toʻxtalib, qanday tahdidlar, kamchiliklar paydo boʻlayotganini oʻrganib olish haqida. Lekin sunʼiy intellekt rivojlanishini toʻxtatib boʻlmaydi, toʻxtatish ham ahmoqgarchilik deb bilaman. — Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt sohasini rivojlantirish uchun nimalarga eʼtibor berish kerak? — Avvalambor sunʼiy intellekt vositalaridan qanday foydalanishni oʻrgatish kerak. Deylik, har bir vazirlik, idoralarning matbuot xizmati. Kuzatilib turadigan holat esa matbuot xizmatlari qaysidir xabarni chiqarib, xalq tilida aytganda «qovun tushiradi». Agar sunʼiy intellekt vositasidan foydalansa, buning oldini olish mumkin. Masalan, ChatGTP oʻsha xabarni baholab bera oladi, qanday reaksiya boʻladi, qanday qaraladi, ijobiy-salbiy baholash kabilarni tahlil qiladi. Taʼlim sohasida ham sunʼiy intellektning oʻrni katta. Har qanday fanni sunʼiy intellekt yordamida oʻrganish mumkin, baholab ham boradi, qanday xato qilayotganini ham koʻrsatadi. Kino sohasida ham ishlatsa boʻladi. Oʻzimiz Anqara jangining bir daqiqalik videosini sunʼiy intellekt yordamida yaratdik. 2024 yil Ai filmlar yili boʻladi, Ilon Mask ham gapirdi bu haqida. Bundan qoʻrqish kerak emas, menimcha. ChatGTP hatto ssenariy yozishda ham yordam berishi mumkin. Suhbat avvalida aytganimizdek, sunʼiy intellektning oʻzidan qoʻrqish kerak emas, kimningdir ishini olib qoʻymaydi, lekin uni ishlata olgan odam olib qoʻyishi mumkin. Shuning uchun ham sunʼiy intellektdan foydalanishni oʻrganish kerak, shunda ishini oldirmaydi odamlar. Agar zamon bilan hamnafas yurmoqchi boʻlsak, sunʼiy intellektni oʻrganishimiz kerak. Oʻzi shundoq ham kech qolyapmiz, har kuni 530 yangilik boʻlyapti bu sohada. Oʻrganmasdan iloj yoʻq, oʻrganish kerak.Tahlil va tajriba sinov sifatida biz Google Home guruhi va Amazon Echo guruhiga boʻlindik va alohida guruhlarda koʻnikmalar va harakatlarni rivojlantirishni boshladik. Keyingi soatlardan boshlab biz talabalardan AI spiker bilan oʻzaro munosabatlari haqida oʻylashni soʻradik va rivojlanishni davom ettirdik. Yakuniy bosqich sifatida biz har bir ishtirokchidan oʻzlarining rivojlangan koʻnikmalari va harakatlarini haqiqiy mashinalar yordamida namoyish etishlarini soʻradik. Bunday izoh paydo boʻlishining sababi shundaki, Google va Amazon ning ishlab chiqish muhitlari sezilarli darajada bir-biridan farq qiladi. Xulosa. Bunga sabab boʻlgan asosiy mulohaza shuni koʻrsatadiki,biz har bir kompaniya va taʼlim muassasalari tomonidan taqdim etilgan koʻnikma, taʼlim sifati, korxona boshqaruv nazorati, va taʼlimni reallik asosida yanada oson oʻrgatish mumkin, dasturiy taʼminot va tizimni ishlab chiqish. O„quvchilarimizga “matematika, maʼlumotlar fanlari va sunʼiy intellekt” taʼlimini “umumiy tarzda” berish uchun o„qituvchilarning inson resurslari cheklangan bo„lsada, tizimli va chuqur muhokamalar olib borish zarur, deb hisoblaymiz. References 1. Rakhimov, M., Yuldashev, A., & Solidjonov, D. (2021). The role of artificial intelligence in the management of e-learning platforms and monitoring knowledge of students. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 308-314. 2. Yuldashev, A. (2022). DEVELOPMENT OF ECONOMIC ACTIVITIES OF ENTERPRISES ON THE BASIS OF DIGITIZATION. Yosh Tadqiqotchi Jurnali, 1(3), 251-257. 3. Axrorjon, Y., Alijon, M., & Iqlima, A. (2022). Faol texnologiyalarni oʻsmirlar psoxologiyasiga taʼsiri. Taʼlim fidoyilari, 13(6), 263-266. 4. Axrorjon, Y., Nozima, Z., & Muhtaram, J. (2022). KITOBNING INSON MAʼNAVIY VA AQLIY KAMOLOTIDAGI OʻRNI. 5. Yoldashev, A. E. O., Nishonqulov, S. F. O., & Yoldasheva, M. R. Q. (2021). TAʼLIMDAGI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI. Scientific progress, 2(3), 806813. 6. YoʻLdashev, A., & Nazarova, G. (2022). Boshlangʻich taʼlim оʼquvchilarini kasbga yоʼnaltirishda dastlabki pedagogik jarayonlar. Science and Education, 3(6), 618-623. 7. Yoʻldashev, A., & Solidjonov, D. (2022). Yangi innovatsion texnologiyalar va ularni taʼlim olish muhitida qoʻllanishi. Yosh Tadqiqotchi Jurnali, 1(3), 198-204. 8. Axrorjon, Y. L. (2022). Taʼlim tizimida axborot vositasining o‘rni. 9. Dildora, R., & Muxlisa, P. (2022). Maktabda zamonaviy taʼlim muhitini yaratish. 10. Lolaxon, K., & Zubaydaxon, J. (2022). Boshlangʻich taʼlimda yozuvga oʻrgatish usullari.